Janni Rodarining "Uchtadan oxiri bor" ertaklar turkumida,
" Hurishni eplolmagan kuchukcha" ertagi bor edi.
Ertakda kelishicha, kuchukcha hurishni bilmaydi. Yozuvchi uning hurishi ramzida aynan kuchukchaning oʻzligini, shaxsiyatini, vazifasi, oʻrnini nazarda tutadi.
" Jajji kuchukcha hayotda oʻz oʻrnini, mashgʻulotini topguncha qiynaldi,
oʻziga yot boʻlgan mashgʻulotlar – xoʻrozday qichqirish, kakkuday sayrash,
sigirday moʻrashni ham foydali tomonga yoʻnaltirishga harakat qildi goʻyo. Hatto,
hurishni bilmay turib ham oʻziga munosib ish topib olgandek ham boʻldi. Biroq u
faqat ovchi itiga duch kelgandagina ichida tushuntirish va tushunish qiyin boʻlgan
tuygʻuni boshdan kechiradi. Avvaliga qayerdan kelayotgani nomaʼlum boʻlgan
gʻalati ovoz uning yuragiga jiz etib tekkanday boʻladi, yuragini oʻynatib
yuboradi...
Endi bir savol ustida oʻylab koʻraylik: kakkudek sayrashni, xoʻrozdek
qichqirishni, sigirdek moʻrashni tinimsiz mashq qila-qila zoʻrgʻa oʻrgangan
kuchukchadagi bu oʻzgarishning, hayajonning boisi ne? Nima uchun u "birdaniga
hura ketadi"? Hamma gap shundaki, yozuvchi mana shu mitti kuchukcha taqdirida
odamzodga xos boʻlgan muhim va abadiy muammolardan biriga javob izlagan.
Yaʼni, dunyodagi har bir mavjudot, ayniqsa, inson, avvalo, oʻzini, oʻzligini
tanimaguncha, kimning avlodi ekani, asosiy vazifasi nimadan iborat ekanini
anglamagunga qadar hayotda oʻz oʻrnini hech qachon topa olmaydi."
Menimcha har bir insonning oʻz ovozi, oʻz vazifasi bor, ammo uni topib olguncha, goʻyo ana shu kuchukchadek, sarson boʻlishi, izlanishi, baʼzi qiyinchiliklarni boshdan kechirishga toʻgʻri keladi.
Insonlar kuchukchadek qiyinchilikka uchraganida oʻz ovozini qidirishdan chekinsa, unda sigir kabi moʻrovchi yoki baqadek vaqillovchi kuchukchadek boʻlib qolishlari hech gap emas.
Ovozimizni topolmayapmizmi, unda izlanishimiz, mayli qiynalishimiz kerak, ammo albatta ich-ichimizda bor boʻlgan aslimizni topib, oʻzligimizni topa bilishimiz shart, menimcha.
Bu hayotdan albatta oʻz ovozimizda yashab oʻtishimiz kerak))
Xuddi shu mavzuga daxldor, bolalar uchun atalgan quvnoq arabcha qoʻshiq topib olgandim, multiklipdagi xoʻroz ham oʻz ovozini qidiryapti, qo‘shiq bolalar ruhida bo‘lsa ham, men aytgan holatga mantiqan yaqin ekan))
@mendagi_borliq