cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ULUL ALBAB - The People of Intellect

"Фақат ақл эгаларигина эсларлар" (2:269) ❗️Kitoblar, tajriba, saviya, fikrlash, rivojlanish. @weareululalbab @introverts_shell @mymadinah ©️ Manba bilan olinsin! Murojaat: @ua_ask_bot Ayollar uchun xos kanalga qo'shilish uchun @mukhiddinova_link

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 341
Obunachilar
-224 soatlar
+1007 kunlar
+38230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bomdodga budilnik bilan ham turolmayapman... Avval: 👉 Kun va tuningizni tartiblang. Shomdan boshlab, uyquga tayyorlaning. Mana bu usulda reja tuzing. 👉 Turmush tarzingiz sog'lommi? Har kuni yetarlicha aktivmisiz Taomnomangiz yengil va balanslimi? 👉 Body clock (tana soati)ngizni kuzating va o'rganing. 👉 Bomdod va erta turishning fazilatlarini qayta-qayta o'rganing. Niyatni har safar yangilayvering. 👉 Boshqa amallaringiz ahvoli qanday? Kunduzgi namozlar vaqtida bo'lyaptimi? Zikrlar? 👉 Solih do'stingiz yoki oila a'zongiz bilan kelishib oling. Bir-biringizni tergab turing. Bularni bajargandan keyin: 1⃣ Asrdan keyin kofein va shirinliklar iste'mol qilmang. 2⃣ Shomdan keyin gadjet ishlatishni kamaytiring. Qur'on, kitob, qog'ozda nimadir o'qing. Odamlar bilan gap sotmang. Ko'chada yarim kechgacha yurmang. 3⃣ Xufton vaqti kirguncha barcha ishlaringiz bajarilgan bo'lsin. Vaqti kirishi bilan o'qing va yoting. 4⃣ Budilnik qo'yilgan telefonni uzoqroqqa qo'ying. Ish bermasa, budilnik soatga alishtiring. Bitta chaladi, boshqa chalmasligini bilib ham turarsiz, balki! 5⃣ 10-15 daqiqa zikrlarni ayting. Allohdan sizni bomdoddan avval turg'izishini so'rang. 6⃣ Bomdodgacha uyg'onsangiz, tahajjud o'qing yoki masjidga chiqing. ❗️Muhimi: tanaga moslashishi uchun vaqt bering. Avvalgi tartibsiz hayotingizdan tartibli routinega o'tishi uchun ongga ham, jasadga ham biror kunlar vaqt kerak. ❗️Bu bir mujodala! Niyatdagi ixlosingizni o'zingizga isbotlaydigan mujodala! @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
31🤗 15😢 8
Photo unavailableShow in Telegram
Munosabatlarni yaxshilash uchun... "O'zingdan kattani ko'rsang, bu odam mendan iymon va solih amallarda o'zib ketgan, shu sabab u mendan yaxshiroq, degin. O'zingdan kichikni ko'rsang, undan gunoh va ma'siyatlarda oldinga o'tib ketdim, shu sabab u mendan yaxshiroq, degin. Agar birodarlaring senga ikrom ko'rsatib, seni ulug'lashayotganini ko'rsang, bu ular tutgan fazl, degin. Agar ularda bir qusur ko'rsang, bu men qilgan gunoh, degin". - Bakr ibn Abdulloh Muzaniy rohimahulloh @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
56😢 15🤗 9
Bu safar #ehson laringizni iftorlik sifatida tarqatdik. Alloh hammadan qabul qilsin. Gunohlarga kafforat bo'lsin. @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
🤗 46 18😢 7
Photo unavailableShow in Telegram
Hozircha shular hayolimga keldi: 1⃣Kanal yurgizishdan maqsadingizni aniqlab oling. 2⃣Foydali narsa ulashing. Avval o'zingizga gapiring. Tushungan, bajargan, his qilgan narsalaringizni post qiling. Kontent sifatiga focus qiling. 3⃣ Original bo'ling. Birovlarni ko'chirmang. USPingiz bo'lsin. 4⃣ Auditoriya bilan bog'laning. Kommentariya yoki savollar orqali. Ko'p gaplashmasangiz ham, samimiy bo'ling. 5⃣ Kuniga ko'p post qilmang, lekin... 6⃣ Har kuni post qiling. Bir kun uzilib qolsa ham, keyin zanjirni ulash qiyinroq bo'ladi. 7⃣ Tahlil qiling. Qanday postlar yaxshi ketyapti? Share ko'p? 8⃣ Boshqa kanallar bilan hamkorlik qiling. Lekin reklama masalasi o'zingizga bog'liq. 9⃣ Bularni qilmang. +Shaxsan, imloviy xatoga to'la kanallarni ham kuzatmayman. 1⃣0⃣ Bir yo'nalish/soha bo'yicha ketish-ketmaslik ham sizga bog'liq. Avvaliga bir kanal - bir yo'nalish, keyin boshqa sohalar uchun kanallar "diversify" qilish mumkin. Muhimi yozishni, ulashishni yaxshi ko'ring. @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
32🤗 15
Nima uchun fiqh ilmi ustozlari o'z kitoblarini tahorat hukmlari bilan boshlaydilar? - Chunki tahorat namozning to'g'ri bo'lishini ta'minlaydigan shartlardandir. Namoz islom ruknlarining ikkinchisidir. Shu sababli avval tahorat hukmlari, so'ngra namoz hukmlari keltiriladi. Moida surasi 6-oyatida Alloh taolo marhamat qiladi: يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا قُمتُمۡ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ فَٱغسِلُواْ وُجُوهَكُمۡ وَأَيدِيَكُمۡ إِلَى ٱلمَرَافِقِ وَٱمسَحُواْ بِرُءُوسِكُمۡ وَأَرۡجُلَكُمۡ إِلَى ٱلكَعبَينِۚ
Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo'lsalaringiz, yuzlaringizni va qo'llaringizni chig'anoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mash tortinglar va oyoqlaringizni to'piqlari ila yuvinglar
Bu oyatdan ko'rinadiki, tahoratda yuvish va mas'h tortish lozim (farz) bo'lgan a'zolar: 1. Yuz. 2. Ikki qo'l. 3. Ikki oyoq. 4. Boshga mas'h tortish. 📚 "At-tas'hil ad-Doruriy" @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
29🤗 16
Bo'sh-bo'sh hayollarga "yo'q" deng Yurakka tegadigan, hislarni jumbushga keltirib, o'tmishdagi xatolar, sizga qanday xiyonat qilishgani, qanchalik bechora odamligingiz esingizga tushib, dangasalashtirib qo'yadigan narsadan uzoqlashing. Ashula, kino, dam olish, ko'p uxlash, ko'ngil yozishga mukkasidan ketishni boshlaganingizni o'zingiz ham sezmay qolasiz. Natijada - musulmonlik burchingizni unutasiz. Dangal, aniq, sizga foyda olib keladigan ishlarga qiziqing. Shunday insonlar bilan suhbatda bo'ling. Yaqin yuring, "qora"si yuqsin. Vaqtinchalik emotsiyalar keladi, ketadi. Ketganda ham, dunyoga g'arq qilib ketadi. Aniq ilm, qat'iy ishonch, to'g'ri amallar isloh qiladi. Qalbingiz bir onda yumshoq, bir onda maqsadini unutmagan "ko'zi" ochiq bo'ladi. - Mening maqsadim qani, Rasululloh sollallohu alayhi wasallam va sahobalar kuyunib, ustida vafot etishgan sabablar qani bizda?, deng o'zingizga. - Mening dardim nima bo'libti, dunyoning turli nuqtasida birodarlarim uzoq yillar zulm ostida bo'lgan bir vaqt?, deng o'zingizga. Bo'sh-bo'sh narsalarga aldanmang. Ular sizga tobe bo'lsin, siz ularga emas. @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
62🤗 14😢 13
Tahoratning farzlarini bayon qilib bergan oyat qaysi? #fiqhAnonymous voting
  • Oli Imron surasi, 7-oyat
  • Moida surasi, 6-oyat
  • Niso surasi, 6-oyat
  • Niso surasi, 43-oyat
0 votes
19😢 14🤗 7
Qanday qilib noodatiy fikrlashni o'rganaman? Tanqidiy, tahliliy va noodatiy fikrlash uzoq muddatda bular bilan shakllanadi: 📚 O'qish. Ha, cliché, lekin bu shunchaki o'qish emas. Bu turli va bir-biriga teskari janr, soha, mualliflarga oid kitoblar va maqolalarni filtrlab, o'qish. O'qirkan, fikrlarni munozara ostiga qo'yish, solishtirish. Masalan, g'arbdagi ommalashgan kitobni olib, uni islom nuqta-i nazaridan o'qish. ✍️ Yozish. Ko'p o'qigan odam, yaxshi yoza oladi. So'zlarini yozuvda ifodalay olmagan birining fikrlash jarayoni tiniqlashmaydi. Chunki gapirish tez va oson, hamma eplaydi. Lekin yozish - tizimli fikrlash degani. Nima yozay? Kitoblardan anglanganlar, chiroyli his va xotiralar, maqolalar,.. 🧕 Turli insonlar bilan suhbatlashish. Kutilmagan jonli suhbatlar insonni noqulay vaziyatlarga soladi. Qancha ko'p noqulay vaziyatga tushilsa, shuncha yangi fikrlar keladi. Ulardan feedback olinsa, inson o'zini yaxshiroq anglay boshlaydi. 🖼 Bir-biriga o'xshamagan narsalarga qiziqish. Sport, jismoniy yoki aqliy hobbilar bilan shug'ullanish, chizish, yasash kabi jarayonlar fikrlashdagi ijodiylikni rivojlantiradi. ❓ To'g'ri savollar so'rash. Xarakter, uyalish, andisha qilish savol so'rashdan to'smasligi kerak. Narsalarning haqiqati, tarixi va mohiyatiga qiziqib so'ralgan to'g'ri savollar insonga o'zini va atrofni anglashga yordam beradi. @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
48🤗 12😢 2
Suvlaringizning bir qismini (30ta) tarqatdik. Endi iftorlik. Eslatib o'tamiz, 10.000 so'mdan boshlab istalgan miqdorda ehson qilishingiz mumkin. @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
32🤗 12😢 3
Kunlik challengemi yo haftalik? Challengelarga shaxsiy rivojlanish darajasida qaraydiganlarga bir odatni olib, uzoq muddat mashq qilgan foydaliroq. Har kuni har xil odat - bir kun yashaydi, xolos. 40(+) kun bajarilgan bir odat esa, hayot tarziga aylanadi. Shu sabab, har hafta uchun 1 dona challenge yuboramiz. Har kuni 1 hafta mobaynida bajaramiz. 1️⃣ Bizda birinchi #haftalik_challenge - farz namozlarni kechiktirmay vaqtida o'qish. Hafta oxirida hisobot topshirasiz o'zingizga. 🆕 Yana, yangilik: talablarga binoan quiz savollari ham tashlab boriladi. Savollar har bir musulmon bilishi kerak bo'lgan fiqhiy masalalarga oid bo'ladi. Islohni o'zidan boshlaydiganlarni challengega chorlang. @weareululalbab
Hammasini ko'rsatish...
70🤗 27
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.