Math_Master
Kanalga Telegram’da o‘tish
262
Obunachilar
-224 soatlar
-27 kunlar
-430 kunlar
Postlar arxiv
262
Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent
❓ Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat'iy formada kelish shartmi?
✅ JAVOB: yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
❓ Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
✅ JAVOB: Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog'ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya.
❓Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
✅ JAVOB: Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi.
❓ Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.
❓ O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
✅ JAVOB: yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 165 ming so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.
262
Repost from Abituriyent OFF | Rasmiy
⚡️Qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘lish aniq bo‘ldi!
✅ @Abituriyent_Off kanalidagi post izohlariga ko‘ra, qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘lishining sanalari oydinlashdi. Unga ko‘ra:
📙Huquq+Ingliz tili (1-avgust)
📙Kimyo+Biologiya (1-2-avgust)
📙Kimyo+Matematika (1-2-avgust)
📙Matematika+Kimyo (2-avgust)
📙Biologiya+Kimyo (1-2-3-4-avgust)
📙Biologiya+Ona tili (6-avgust)
📗Matematika+Fizika (5-6-10-11-12
📗Matematika+Ingliz (5-6-7-8-11
📕Tarix+Geografiya (7-avgust)
📕Geografiya+Matematika (7-avgust)
📕Tarix+Ingliz (7-avgust)
📔Ona tili+Ingliz (8-9-
📔Ingliz+Ona tili (8-9-10-11-avgust)
📔Ingliz +Rus tili (8-9-10-11-avgust)
📕Rus+Ona tili (9-avgust)
📕Ona tili+Matematika (9-10-avgust)
📘Fizika+Matematika (10-11-12-avgust)
🔥 Imtihonni Huquq + Ingliz, Biologiya + Kimyo hamda Kimyo + Matematika yo‘nalishlari 1-avgust kunidan boshlab berishadi. Eng yomoni, ular mandatni boshqalarga qaraganda uzoqroq kutishga majbur!
😎 Barcha abituriyentlarga omad!
✅ Abituriyent Off | Rasmiy👇
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
262
Repost from Bilimni baholash agentligi
Ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish mumkin:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
262
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
262
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️RASMAN: test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustgacha bo’ladi
Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
262
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Statistika #Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi
✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili — 828 699 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 88 830 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 28 718 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 239 nafar.
👨🏻💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.
🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
🔸 O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
🔸 Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
🔸 Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
🔸 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
🔸 Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.
📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
4️⃣ Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
