uz
Feedback
INTER ZONE | UZB 🇺🇿

INTER ZONE | UZB 🇺🇿

Kanalga Telegram’da o‘tish

#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida. Since 03.08.2020 Murojaat uchun: Direct dan foydalaning

Ko'proq ko'rsatish
1 241
Obunachilar
-124 soatlar
-77 kun
-2330 kun
Postlar arxiv
⚡️ | Kivu terma jamoalariga chaqirilmagan futbolchilarga — Tyuram, Karlos Augusto, Jones, Mkhitaryan, Luis Henrique, Pavard,
⚡️ | Kivu terma jamoalariga chaqirilmagan futbolchilarga — Tyuram, Karlos Augusto, Jones, Mkhitaryan, Luis Henrique, Pavard, Provedel va Di Gennaroga bir haftalik dam berdi. ℹ️ Jamoa mashg‘ulotlarni 28-sentabr, dushanba kuni qayta boshlaydi. ☝️ Hakan, Spence va Stones esa tiklanish jarayonini davom ettirish uchun bazaga bundan oldinroq qaytadi. ⚽️ INTER ZONE | UZB

⚽️ | 5-tur uchrashuvlaridan so‘ng A Seriya turnir jadvali. ✔️ Chempionatda mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan atigi 4 ta jamo
⚽️ | 5-tur uchrashuvlaridan so‘ng A Seriya turnir jadvali. ✔️ Chempionatda mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan atigi 4 ta jamoa qoldi. Bu Rim va Milan jamoalari: • ⚽️”Roma” • ⚽️ “Inter” • ⚽️ “Latsio” • ⚽️ “AC Milan” ⚽️ INTER ZONE | UZB

⚡️ | Turinda yuz bergan voqealardan so‘ng “Yuventus” klubi rasmiy bayonot berdi, va o’z muxlislari ishini qoraladi: Har qanda
⚡️ | Turinda yuz bergan voqealardan so‘ng “Yuventus” klubi rasmiy bayonot berdi, va o’z muxlislari ishini qoraladi:
Har qanday raqobat ham bir daqiqalik sukut paytidagi hurmatsizlikni oqlay olmaydi. Xotirasi yod etilayotgan insonlarni hurmat qilish va bunday damlarda birgalikda xotirlash — klubga sadoqat va ranglardan ustun turadigan umumiy mas’uliyatdir.
⚽️ INTER ZONE | UZB

🤝 | “AC Milan” bilan raqobatimiz faqat futbol maydonida. 👏 Mazzola xotirasiga bag‘ishlangan bir daqiqalik sukut paytida ham “AC Milan” muxlislari buni yana bir bor namoyish etishdi. Ular sukutni hurmat bilan saqlab, so‘ng Sandro Mazzolani uzoq davom etgan qarsaklar bilan kuzatishdi. ✊ Raqobat boshqa, insoniylik va hurmat esa boshqa boshqa… ⚽️ INTER ZONE | UZB

⚫️🔵 “Inter” U23’da nima gap? 📊 “Inter”ning ikkinchi jamoasi C Seriyadagi ikkinchi mavsumini yaxshi boshladi. 6 turdan so‘ng
⚫️🔵 “Inter” U23’da nima gap? 📊 “Inter”ning ikkinchi jamoasi C Seriyadagi ikkinchi mavsumini yaxshi boshladi. 6 turdan so‘ng jamoa 3 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat bilan 10 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida 6-pog‘onada bormoqda. So‘nggi ikki uchrashuvda esa “Inter” U23 ketma-ket ikkita g‘alabani qo‘lga kiritdi. 🇮🇹C Seriyada jami 60 ta klub qatnashadi va ular 20 tadan A, B va C guruhlariga bo‘linadi. Bu harflar kuch yoki divizion darajasini anglatmaydi — uchalasi ham bir xil C Seriya. Guruhlar tarkibini har mavsum Lega Pro belgilaydi, shu sababli jamoalar bir mavsumdan ikkinchisiga boshqa guruhga o‘tishi mumkin. ⬆️ Har bir guruh g‘olibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri B Seriyaga chiqadi. 2–10-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa playoffga yo‘l oladi. Uch guruh vakillari va C Seriya kubogi g‘olibi bilan jami 28 jamoa playoffda qatnashadi va ulardan faqat bittasi B Seriyaga chiqadi. ⬇️ Har bir guruhning so‘nggi o‘rindagi jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri D Seriyaga tushadi, 16–19-o‘rinlar esa play-out orqali ligada qolish uchun kurashadi. Masalan, “Milan Futuro” 2024/25 mavsumida 18-o‘rinni egallab, play-outda mag‘lub bo‘lgach D Seriyaga tushib ketgan. 🔹 “Inter” U23 esa o‘tgan mavsum — o‘z tarixidagi ilk C Seriya mavsumida — 48 ochko bilan 12-o‘rinni egallagan. Playoffga faqat 2–10-o‘rinlar yo‘l olgani sababli neradzurrilar playoffdan tashqarida qolgan edi. 📈 Bu mavsum hozircha vaziyat yaxshiroq: 6 turdan keyin 6-o‘rin va playoff zonasi. ☝️ Agar “Inter” U23 B Seriyaga yo‘llanma olsa, “Inter”ga tegishli jamoa ham nihoyat B Seriyada o‘ynagan bo‘ladi. Asosiy jamoa emas, albatta. ⚽️ INTER ZONE | UZB

👶 | “Inter”ning 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat U18 jamoasida ham ishlar joyida. 🆚 Ular bugun derbida “AC Milan
👶 | “Inter”ning 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat U18 jamoasida ham ishlar joyida. 🆚 Ular bugun derbida “AC Milan”dagi tengdoshlarini 6:1 hisobida mag‘lub etib, chempionatdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritishdi. 📊 Turnir jadvalida esa, tabiiyki, “Inter” yoshlari birinchi pog‘onada. ⚽️ INTER ZONE | UZB

Raqobat — futbolning bir qismi. “Inter”ni yomon ko‘rishingiz, uning mag‘lubiyatini istashingiz, derbida yoki tribunada raqibg
Raqobat — futbolning bir qismi. “Inter”ni yomon ko‘rishingiz, uning mag‘lubiyatini istashingiz, derbida yoki tribunada raqibga qarshi bor ovozda baqirishingiz mumkin. Bularning barchasi futbol. Ammo vafot etgan inson xotirasiga bag‘ishlangan bir daqiqalik sukutga hurmatsizlik qilish — insoniylikdan emas. Sandro Mazzola shunchaki “Inter” afsonasi emas, Italiya futboli tarixining buyuk namoyandalaridan biri edi. Bunday vaziyatda klub ranglari va azaliy raqobat bir chetda turishi kerak. Bir daqiqa jim turish uchun “Inter”ni hurmat qilish shart emas. Insonni va uning xotirasini hurmat qilishning o‘zi kifoya. ⚽️ INTER ZONE | UZB

🗣 | Mishel Platini: 🗣️ Sizga bir sirni aytaman, men yoshligimda eng ko’p kuzatadigan jamoam bu “Inter” edi. ⚽️ INTER ZONE |
🗣 | Mishel Platini: 🗣️ Sizga bir sirni aytaman, men yoshligimda eng ko’p kuzatadigan jamoam bu “Inter” edi. ⚽️ INTER ZONE | UZB

📊 | Primavera musobaqasining turnir jadvali. 🔝 “Inter” yoshlari besh turdan so‘ng turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. ⚽
📊 | Primavera musobaqasining turnir jadvali. 🔝 “Inter” yoshlari besh turdan so‘ng turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. ⚽️ INTER ZONE | UZB

👀 | “Yuventus” muxlislari yaqinda vafot etgan “Inter” afsonasi Sandro Mazzola xotirasiga bag‘ishlangan bir daqiqalik sukut v
👀 | “Yuventus” muxlislari yaqinda vafot etgan “Inter” afsonasi Sandro Mazzola xotirasiga bag‘ishlangan bir daqiqalik sukut vaqtida orqa o‘girib, ataylab shovqin ko‘tarishdi. 👎 Bunday pastkashlikdan hayron qolardik, agar uni kimlar qilganini bilmaganimizda. ⚽️ INTER ZONE | UZB

❓😅 | Sizlarga ham shunday tuyuladimi? Raqib jamoa darvozabonlari “Inter”ga qarshi o‘yinda… ⚽️ INTER ZONE | UZB

✅🇮🇹 | Rasman: “Inter” tanaffusga turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida chiqib ketadi. ☝️ Qolgan o‘yinlar qanday natija bi
✅🇮🇹 | Rasman: “Inter” tanaffusga turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida chiqib ketadi. ☝️ Qolgan o‘yinlar qanday natija bilan yakunlanishidan qat’i nazar, kuchli to‘rtlikdagi jamoalar o‘z o‘rinlarini saqlab qoladi. ⚽️ INTER ZONE | UZB

💬 | “Frosinone” — “Komo” o‘yinini ko‘rib, A Seriya ancha o‘sganiga yana bir bor guvoh bo‘lyapman. Ikki jamoaning ham asosiy
💬 | “Frosinone” — “Komo” o‘yinini ko‘rib, A Seriya ancha o‘sganiga yana bir bor guvoh bo‘lyapman. Ikki jamoaning ham asosiy tarkibidagi futbolchilarning o‘rtacha yoshi 24 atrofida. Birinchi bo‘limning o‘zida darvozalar tomon jami 31 ta zarba yo‘llandi, umumiy xG esa 3 dan yuqori bo‘ldi. 31 ta zarba — bu deyarli har 1.5 daqiqada darvoza tomon bittadan zarba berilganini anglatadi. Taqqoslash uchun, parallel davom etayotgan “Manchester City” — “Sunderland” uchrashuvida hisob 3:2 bo‘lishiga qaramay, birinchi bo‘limda jami 14 ta zarba qayd etildi, umumiy xG esa 2,5 ni tashkil qildi xolos. A Seriya tobora yoshroq, tezkorroq va hujumkorroq chempionatga aylanib bormoqda. ⚽️ INTER ZONE | UZB

⚡️📰 | La Gazzetta dello Sport: Tanaffusdan keyingi dastlabki o‘yinda “Inter” darvozasini Ivan Provedel qo‘riqlaydi. Shuningd
⚡️📰 | La Gazzetta dello Sport:
Tanaffusdan keyingi dastlabki o‘yinda “Inter” darvozasini Ivan Provedel qo‘riqlaydi. Shuningdek, Djed Spens ham ushbu uchrashuvga qadar Kivu ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda.
⚽️ INTER ZONE | UZB

📊 | Markus Tyuram’ning A Seriyadagi statistikasi. • 100 o‘yin. • 42 gol. • 28 assist. ⚽️ INTER ZONE | UZB
📊 | Markus Tyuram’ning A Seriyadagi statistikasi. • 100 o‘yin. • 42 gol. • 28 assist. ⚽️ INTER ZONE | UZB

🎙 | Massimo Ambrosini: “Inter” — juda kuchli jamoa. Ular 0:2 hisobida ortda qolib ham o‘yinni o‘girib yubora oladi. Bu stadi
🎙 | Massimo Ambrosini:
“Inter” — juda kuchli jamoa. Ular 0:2 hisobida ortda qolib ham o‘yinni o‘girib yubora oladi. Bu stadionda kambek qilish uchun haqiqatan ham juda kuchli bo‘lish kerak.
⚽️ INTER ZONE | UZB

1-taymdan so'ng Bastonining optimizmi😁

📊 | Kristian Kivu — “Inter” tarixida A Seriyada 100 ochkoga eng kam o‘yinda erishgan murabbiy. 🇷🇴 Kivuga 100 ochko jamg‘ar
📊 | Kristian Kivu — “Inter” tarixida A Seriyada 100 ochkoga eng kam o‘yinda erishgan murabbiy. 🇷🇴 Kivuga 100 ochko jamg‘arish uchun atigi 43 ta o‘yin kifoya qildi. ⚽️ INTER ZONE | UZB

😅 | Yoki manabu kabi… ⚽️ INTER ZONE | UZB