fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

INTER ZONE | UZB 🇺🇿

INTER ZONE | UZB 🇺🇿

رفتن به کانال در Telegram

#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida. Since 03.08.2020 Murojaat uchun: Direct dan foydalaning

نمایش بیشتر
1 221
مشترکین
+124 ساعت
-37 روز
-2630 روز
آرشیو پست ها
🏆 | Chempionlar ligasining 2-turidan keyingi turnir jadvali. 📊 «Inter» hozircha 29-o‘rinda bormoqda. ⚽️ INTER ZONE | UZB
🏆 | Chempionlar ligasining 2-turidan keyingi turnir jadvali. 📊 «Inter» hozircha 29-o‘rinda bormoqda. ⚽️ INTER ZONE | UZB

💔 | «Inter»ga qarshi o‘yindan so‘ng Yann Sommer 2026-yil boshida turmush o‘rtog‘i Alina bilan ajrashishga qaror qilganini ma
💔 | «Inter»ga qarshi o‘yindan so‘ng Yann Sommer 2026-yil boshida turmush o‘rtog‘i Alina bilan ajrashishga qaror qilganini ma’lum qildi. Balki Sommerning «Inter»dagi so‘nggi davrida yo‘l qo‘ygan xatolariga shaxsiy hayotidagi ayrim qiyinchiliklar ham ta’sir qilgandir… Futbolchilar ham, avvalo, inson. Maydondagi o‘yiniga baho berayotganimizda, ularning maydon tashqarisida qanday sinovlarni boshdan kechirayotganini har doim ham bilavermaymiz. ⚽️ INTER ZONE | UZB

💬 | Aslida, Kivu ixtiyorida so‘nggi yillarda A Seriyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida o‘zini ko‘rsatgan Ivan
💬 | Aslida, Kivu ixtiyorida so‘nggi yillarda A Seriyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida o‘zini ko‘rsatgan Ivan Provedel bor. Qolaversa, Provedel bolaligidan «Inter» muxlisi. Xosepning ketma-ket xatolaridan so‘ng, menimcha, uni hech bo‘lmaganda 3–4 o‘yinga zaxirada qoldirib, Provedelga imkoniyat berish kerak. O‘ylashimcha, bu qaror nafaqat jamoaga, balki Xosepning o‘ziga ham foyda keltiradi. Ba’zan futbolchiga bosimdan biroz uzoqlashib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash uchun ham tanaffus kerak bo‘ladi. ⚽️ INTER ZONE | UZB

🗣 | Alfredo Pedulla: Kivu go‘yo boshqa sayyorada yashayotgandek. Undan Provedel maydonga tushadimi, deb so‘rashganida, u jam
🗣 | Alfredo Pedulla:
Kivu go‘yo boshqa sayyorada yashayotgandek. Undan Provedel maydonga tushadimi, deb so‘rashganida, u jamoada darvoza muammo emasdek mazmunda javob qaytardi. Aslida esa «Inter»da darvozabon bilan bog‘liq jiddiy muammo bor. Chempionlar ligasida o‘ynab, bunday xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
⚽️ INTER ZONE | UZB

‼️ | «Eshak ot poygasida eshak bo‘lgani uchun qatnasha olmaydi. Ammo u doimo mag‘lub bo‘lgan otning ustidan kuladi». Kecha «I
‼️ | «Eshak ot poygasida eshak bo‘lgani uchun qatnasha olmaydi. Ammo u doimo mag‘lub bo‘lgan otning ustidan kuladi». Kecha «Inter»ning mag‘lubiyatidan keyin negadir shu ibora yodimga tushdi. 😁 Anchadan beri iniga kirib, jim yotganlar yana bosh ko‘tarib chiqishibdi. Ayniqsa, o‘z jamoasi Chempionlar ligasida oxirgi marta qachon o‘ynaganini eslay olmaydigan, yana qachon bu musobaqada maydonga tushishini ham bilmaydiganlarning «Inter» mag‘lubiyatidan bayram yasashi ularning darajasini ko’rsatadi. Mayli, bir necha kun bo‘lsa ham xursand bo‘lib olinglar. O‘z jamoangiz sizlarni xursand qila olmayotgan bir paytda, «Inter»ning mag‘lubiyatini xuddi sovrin yutgandek nishonlayveringlar. ‼️ Faqat inlaringizdan uzoqlashmanglar. Yana qaytishga to‘g‘ri keladi. 😁 ⚽️ INTER ZONE | UZB

📊🧤| Yann Zommer kecha «Inter»ga qarshi o‘yinda 9 ta seyv amalga oshirdi. • 🔝 Bu Chempionlar ligasining joriy mavsumida hoz
📊🧤| Yann Zommer kecha «Inter»ga qarshi o‘yinda 9 ta seyv amalga oshirdi. • 🔝 Bu Chempionlar ligasining joriy mavsumida hozircha qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. ⚽️ INTER ZONE | UZB

🎙 | Franchesko Totti: «Inter» Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir. Kivu bu vazifani uddalay oladi. U hali katta ishl
🎙 | Franchesko Totti:
«Inter» Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir. Kivu bu vazifani uddalay oladi. U hali katta ishlarga qodirligini ko‘rsatadi. Bir o‘yinda mag‘lub bo‘lish mumkin. Muammo shundaki, Italiyada mag‘lubiyatdan keyin hamma narsa haddan tashqari bo‘rttirib yuboriladi.
⚽️ INTER ZONE | UZB

✅ | Rasman: «Boloniya» – «Inter» uchrashuviga bosh hakam etib Daniele Doveri tayinlandi. ⚽️ INTER ZONE | UZB
✅ | Rasman: «Boloniya» – «Inter» uchrashuviga bosh hakam etib Daniele Doveri tayinlandi. ⚽️ INTER ZONE | UZB

📊📰 | GdS tomonidan jamoamiz a’zolariga qo’yilgan baholar. ⚽️ INTER ZONE | UZB
📊📰 | GdS tomonidan jamoamiz a’zolariga qo’yilgan baholar. ⚽️ INTER ZONE | UZB

‼️ | «Inter»ning navbatdagi raqibi — «Bolonya»! 📊 «Inter» «Bolonya»ga qarshi safardagi so‘nggi 5 ta uchrashuvning atigi bitt
‼️ | «Inter»ning navbatdagi raqibi — «Bolonya»! 📊 «Inter» «Bolonya»ga qarshi safardagi so‘nggi 5 ta uchrashuvning atigi bittasida g‘alaba qozongan. ⚽️ INTER ZONE | UZB

🎙 | Kristian Kivu «Brugge»ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng bildirgan fikrlari: ⚽️ Uchrashuv haqida: Birinchi bo‘limni yaxshi o
🎙 | Kristian Kivu «Brugge»ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng bildirgan fikrlari: ⚽️ Uchrashuv haqida:
Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Har ikki jamoa ham yuqori shiddatda o‘ynadi. Keyin burchak zarbasidan so‘ng raqibning qarshi hujumida gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshladik, ikkita juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldik. Ammo ulardan foydalana olmaganimiz bizni asabiylashtirdi. Shoshqaloqlik tufayli maydondagi tartib va muvozanatni yo‘qotdik. Ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin hammasi izdan chiqdi. Sovuqqonlikni saqlab, o‘yin rejamizga amal qila olmadik.
🛡 O‘tkazib yuborilgan 14 ta gol haqida:
Bu meni xavotirga soladimi? Albatta, ha. Ayniqsa, Chempionlar ligasidagi ayrim jihatlarni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Bu musobaqada hisobda ortda qolsangiz, vaziyatni o‘zgartirish juda qiyin. Chunki raqiblarning tezligi va texnik saviyasi yuqori. Biz maydondagi muvozanat va futbolchilar orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash ustida ishlashimiz kerak.
📉 Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar haqida:
Muammolarimizni yaxshi bilamiz. Ayrim kamchiliklar anchadan beri davom etmoqda. Birinchi navbatda, mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Ba’zi uchrashuvlarda jamoaning to‘g‘ri muvozanatini topa olmayapman. Bu ikki mag‘lubiyat bizga qattiq ta’sir qildi. Hammamiz boshqacha natija kutgandik. Faqat Dortmundda g‘alaba qozondik. Taktik va ruhiy jihatdan juda ko‘p ishlashimiz kerak. Buning uchun birinchi navbatda men javobgarman.
🧠 Taktik xatolar haqida:
Ikkinchi bo‘limda foydalanilmagan imkoniyatlardan so‘ng futbolchilarimiz haddan tashqari asabiylashib ketdi. Hamma oldinga intildi, ammo ortga qaytishni unutdi. Noto‘g‘ri joylarda bosim o‘tkazdik, futbolchilar orasidagi masofa kattalashdi. Doimo kechikib harakat qildik. Chempionlar ligasida bunday xatolar juda qimmatga tushadi. Balki uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshiroq tashkil qilishim mumkin edi. Tanaffusda futbolchilarga ortiqcha ruhiy bosim berish o‘rniga, ko‘proq xotirjamlik singdirishim kerak edi. Bu musobaqada muvozanat va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish nihoyatda muhim. Balki o‘yinimizda ayrim narsalarni o‘zgartirishimiz kerakdir.
😤 Lautaro va Dimarkoning imkoniyatlari haqida:
Lautaro va Dimarko qulay vaziyatlardan foydalana olmaganidan keyin shoshqaloqlikka berildik. Keraksiz joylarda raqibga bosim qilishga urindik. Ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng esa asabiylik va alam tufayli o‘yinga qayta olmadik.
🏆 Nega Italiyada ustunlik qilyapmiz, ammo Yevropada yo‘q?
Bunga aniq javobim yo‘q. Chempionlar ligasida 7 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lganimizni yaxshi bilamiz. Bu musobaqada raqiblarning texnik mahorati va o‘yin shiddati juda yuqori. Oldinda yana 6 ta uchrashuv bor. Bor kuchimizni ishga solib, so‘nggi bir yildagi salbiy natijalarni o‘zgartirishga harakat qilamiz.
🔥 Kambeklar va jamoaning ruhiy holati haqida:
Jahl va qat’iyatsiz hisobni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Siz «Napoli»ga qarshi o‘yinni eslatdingiz. Ammo biz voqealarga javob qaytaradigan emas, o‘yinni o‘zi boshqaradigan jamoa bo‘lishni istaymiz. Futbolchilarda kurashish istagi hech qachon yo‘qolmagan. Bugun esa haddan tashqari shoshildik. Chempionlar ligasida raqiblar juda kuchli. Hatto eng kichik xatoingiz uchun ham sizni jazolashadi.
⚽️ INTER ZONE | UZB

🎙 | Yann Bissek: O‘yin biz kutgandek kechmadi. Raqibning yaxshi o‘ynaganini tan olish kerak, ammo biz ham o‘z ustimizda ishl
🎙 | Yann Bissek:
O‘yin biz kutgandek kechmadi. Raqibning yaxshi o‘ynaganini tan olish kerak, ammo biz ham o‘z ustimizda ishlashimiz shart. Chempionlar ligasida 4 ta gol o‘tkazib yuborish — mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bu seni sindirib qo‘yadi. «Shaxtyor»ga qarshi uchrashuvda o‘zimizni tiklab, munosib javob qaytarishimiz kerakmi? Albatta, ha!
⚽️ INTER ZONE | UZB

💬 | Shunaqa o‘yinlardan keyin «AC Milan» va «Yuventus» muxlislarining so‘nggi bir necha yillardan beri nimalarni boshdan kechirganini tobora yaxshiroq tushunib boryapman. Azob ekan-ku bu, aaa… 😂 ⚽️ INTER ZONE | UZB

💔 | «Bavariya» va «Barcelona» kabi grandlarni mag‘lub etgan jamoadan «Bodø/Glimt» va «Brugge» kabi raqiblarga o‘z uyida yutq
💔 | «Bavariya» va «Barcelona» kabi grandlarni mag‘lub etgan jamoadan «Bodø/Glimt» va «Brugge» kabi raqiblarga o‘z uyida yutqazadigan jamoagacha… ⚽️ INTER ZONE | UZB

🤷‍♂️ | Hatto FIFA kabi futbol simulyatorlarida ham Provedel Martinesdan sezilarli darajada kuchliroq-ku… ⚽️ INTER ZONE | UZB
+1
🤷‍♂️ | Hatto FIFA kabi futbol simulyatorlarida ham Provedel Martinesdan sezilarli darajada kuchliroq-ku… ⚽️ INTER ZONE | UZB

💬 | Mag‘lubiyat — futbolning ajralmas qismi. Hatto eng kuchli jamoalar ham ba’zan og‘ir zarbalar qabul qiladi. Birgina muvaf
💬 | Mag‘lubiyat — futbolning ajralmas qismi. Hatto eng kuchli jamoalar ham ba’zan og‘ir zarbalar qabul qiladi. Birgina muvaffaqiyatsizlik bilan hammasi tugab qolmaydi. Chempionlar ligasida oldimizda yana 6 ta uchrashuv bor. Vaziyatni o‘zgartirish, yo‘qotilgan ishonchni qaytarish va o‘zimizning haqiqiy kuchimizni ko‘rsatish uchun hali imkoniyat yetarli. Ammo bir narsani tan olish kerak: Xosep Martinesning xatolarini cheksiz muhokama qilishdan foyda yo‘q. Futbolchi xato qilishi mumkin. Uni takroriy xatolariga qaramay asosiy tarkibga kiritish esa murabbiyning qarori. Shu sababli savollar faqat Martinesga emas, avvalo Kivuga qaratilishi kerak. Biz jamoadan qaytish, Kivudan esa xatolarni tan olib, to‘g‘ri qarorlar chiqarishni kutamiz. Hali hech narsa boy berilgani yo‘q. Ammo endi xato qilishga imkon tobora kamaymoqda… ⚽️ INTER ZONE | UZB

📊 | «Inter» o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar kubogi / Chempionlar ligasida ketma-ket 4 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga
📊 | «Inter» o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar kubogi / Chempionlar ligasida ketma-ket 4 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. • «Bodø/Glimt» 3:1 «Inter» • «Inter» 1:2 «Bodø/Glimt» • «Real Madrid» 2:1 «Inter» • «Inter» 3:4 «Brugge» Bu «Inter»ning Yevropa musobaqasidagi eng noxush rekordlaridan biriga aylandi. ⚽️ INTER ZONE | UZB

✅ | O‘yin yakunlandi. Og‘ir mag‘lubiyat, savollar ko‘p, javoblar esa, nazarimda, Kivuning o‘zida ham yo‘q… 👋 Barchaga xayrli
✅ | O‘yin yakunlandi. Og‘ir mag‘lubiyat, savollar ko‘p, javoblar esa, nazarimda, Kivuning o‘zida ham yo‘q… 👋 Barchaga xayrli tun 🖤💙 ⚽️ INTER ZONE | UZB

3-4 | Goal

2-4 | #nocomment ⚽️ INTER ZONE | UZB