cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI)

Қишлоқ хўжалигини механизациялаш илмий-тадқиқот институтининг расмий телеграмм канали t.me/qxmiti Расмий веб сайт: https://qxmiti.uz/ E-mail: [email protected] [email protected] Тел.: +99870 601 07 04 @qxmitiChat

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
307
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+27 kunlar
+630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishda agrotexnik tadbirlarning o‘rni katta 📌Ayni paytda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq Koson tumanida joylashgan “Koson” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. 🌱Yangicha yonashuv va yangicha texnologiya asosida 90 sxemada tomchilatib sug‘orish texnologiyalari asosida, plyonka ostiga g‘o‘zaning Xitoyning Xin Lu Zao-78 navi ekilgan. 🟢Ayni paytda unib chiqqan g‘o‘zalarda birinchi hamda ikkinchi ko‘saklar paydo bo‘lgan. Fermerning aytishicha, tajriba tariqasida bir tomonga 90 sxemada chigit qadalgan. Bu esa, 76 sxemaga nisbatan biroz samarasiz. Shuningdek, hududning 10 gektar qismida “Buxoro-10” navi qo‘shqator qilib ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi qator oralarini begona o‘tlar bosishiga sabab bo‘lgan. ➡️To‘g‘ri hali bu yerda qilinadigan ishlar yetarlicha, biroq agrotexnikalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi kutilgan natijasini berishi bor gap. Bu yerda paxtani yetishtirish bo‘yicha yangicha yondashuv asosida ish olib borilmoqda.
Vazir ayni jihatlarga e’tibor qaratar ekan, bu yerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, hududda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
✅Maqsad paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi asosida boy tajribasi hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish va bu orqali dehqon-fermerlar manfaatini oshirishdan iborat.   🟢Bu esa nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni eksport yoki importi balki qishloq xo‘jaligini yangi bosqichda taraqqiy ettirish sohada qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishning muhim jihatlaridan biri ekani bilan ahamiyatlidir. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Qashqadaryo: natijadorlikka erishish uchun har bir rahbar vazifasini sidqidildan bajarishi zarur 🟢Amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, vazirlik mas’ullari, viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, sohaga aloqador shaxslar ishtirokida tanqidiy ruhdagi yig‘ilish o‘tkazildi. 📌Viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport, yer o‘zlashtirish, aholi va yoshlarga yer ajratish, g‘alla parvarishi, chigit ekish, yangi bog‘-tokzorlarni barpo etish va boshqa masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan vazifalar va erishiladigan ko‘rsatkichlar taqdimoti bilan boshlangan yig‘ilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov eng avvalo bu kabi raqamlar hisobotni vijdonan yondashilgan holdagi aks ettirilgan bo‘lishi lozimligi qayd etdi. ✅Binobarin, viloyat eksport salohiyatini oshirish, aholi va yoshlar bandligini ta’minlash, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgan hamda belgilangan rejani ortig‘i bilan bajargan tuman agrosanoat rahbarlarini rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriq berildi. 💬Bunda eng asosiysi, har bir rahbar bugun viloyatda mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerda unumli foydalanilyaptimi, yoshlarga qanday sharoitlar yaratilmoqda, ularga qulay sharoit yaratib berilyaptimi kabi savollarga javob bera olishi va ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi qayd etildi. 💬Shuningdek, joriy yilda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosil, aholi bandligini oshirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, paxtachilik sohasida agrosanoat klasteri va kooperativlari faoliyatini rivojlantirish, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari xususida so‘z yuritildi. Qolaversa, har bir tuman va shahar rahbarlari kunlik reja asosida ish olib borishi zarurligi qayd etildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Har qarich yerdan samarali foydalanish yuksak hosil garovi demak 🟢​Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning agrar sohadagi islohotlar izchilligini ta’minlash, dalalardagi agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga amaliy tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. 🌱Vazir tashrif dasturining navbatdagi manzili – Qarshi tumanidagi “Sharopov Yusuf” fermer xo‘jaligining maydoni bo‘lib bu yerga ekilgan “Porloq-4” elita g‘o‘za navining joriy holatini ko‘zdan kechirdi. Xo‘jalikning 10 gektar yer maydoniga ekilgan ushbu g‘o‘za navining parvarishi uchun tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu dalada g‘o‘zalarning shonalashiga ijobiy baho bergan Ibrohim Abdurahmonov qator oralarida begona o‘tlar, hasharotlar mavjud emasligi va g‘o‘za nihollarining kasalliklarga chalinmaganiga alohida e’tibor qaratdi.
Darhaqiqat, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilsa, g‘o‘zadan gektariga 45 sentner hosildorlikka erishish mumkin bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich cho‘l hududidagi xo‘jaliklar uchun paxta yetishtirishda samarali hosildorlik hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi rahbari bilan dala boshida qilingan suhbat chog‘ida vazir Ibrohim Abdurahmonov cho‘l hududida paxta hosildorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish uchun chigitlarni 76 sxemada qo‘shqator qilib ekish lozimligi, natijada esa gektariga 70 sentnerdan paxta xirmonini bunyod etish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
🔝Bundan tashqari, Ibrohim Abdurahmonov soha mutasaddilari va mutaxassislar bilan birgalikda xo‘jalikning 10 gektarlik yer maydoniga ekilgan g‘alla dalasida ham bo‘ldi. Bu yerga g‘allaning Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan mahalliy “Kesh-2016” navi ekilgan. Uning hosildorligi 66-71 sentnerni tashkil etib, ushbu nav cho‘l hududi uchun maqbul va samarador g‘alla navi hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, cho‘lning qumoq - tuproq sharoitida suvsizlikka chidamliligi va hosildorligi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. 🔘Shundan so‘ng vazir boshchiligida bir guruh mutasaddi va mutaxassislar yonma-yon hududda joylashgan “Shodi o‘g‘li Salim” fermer xo‘jaligi dalasi bilan ham tanishdi. Bu yerda ham 16 gektar yerga g‘o‘zaning mahalliy “Buxoro-8” navi ekilgan. Paxtani tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Biroq g‘o‘zalarning vegetatsiya davri biroz orqada qolganligi sababli mutaxassislar bilan birgalikda stimulyatorlar bilan ishlov berish masalasi ko‘rib chiqildi. Shunda g‘o‘zalarning yetilishi ancha muddatga tezlashadi. Bu esa hosildorlikka albatta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov bu bo‘yicha g‘o‘zaga tezda biostimulyatorlar bilan ishlov berish va Entojen sepish orqali paxtani ishlatishga o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida fikr almashar ekan, mutasaddilarga chekankani ham erta muddatlarda yakunlab, paxtani yog‘in sochinga qoldirmasdan terib olish yuzasidan chora-tadbirlarini belgilab berdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
# Live 🟢Ayni damda Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hududlarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi obyektlarida olib borilayotgan ishlar, ekin maydonlarida koʻrsatilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif buyurdi. 🟢Vazir dastlab viloyatning Jarqoʻrgʻon tumani "Jayraxona" MFY hududidagi ikkita gʻoʻza maydonini koʻzdan kechirdi. Bu yerga gʻoʻzaning mahalliy "Buxoro-102" navi ekilgan boʻlib, agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida sifatli amalga oshirilgani bois jami 35 gektar maydondagi gʻoʻzaning vegetativ holati yaxshi. ✅Vazir Ibrohim Abdurahmonov ayni damda gullash fazasida kirgan gʻoʻzalarga keyingi ishlovlarni berish boʻyicha mutasaddilarga oʻz tavsiyalarini berdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
🕯DRAYVER ILMIY LOYIHALAR MUHOKAMASI 🔗Bugun Milliy markazda "Drayver ilmiy loyihalari" muhokamasiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi. 💬Seminarda dastlab Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy- tadqiqot institutining texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori A.Rasuljonovning "Qishloq xoʻjaligi mashinalarining ish koʻrsatkichlarini raqamli texnologiyalar asosida nazoratlash va boshqarish" mavzusidagi taqdimoti tinglandi.
🟡A.Rasuljonovning ilmiy tadqiqot ishining maqsadi: tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlov berish chuqurligini raqamli texnologiyalar asosida mashinalashgan usulda nazoratlash va boshqarish orqali yerlarga ishlov berish sifati va ekinlar hosildorligini oshirishdan iborat.
💬Tadqiqotdan kutilayotgan natijalar: hozirgi kunda mavjudlariga nisbatan yuqori ish sifati hamda kam material-energiya hajmdorlikka ega boʻlgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ularni qoʻllash qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi va ekinlar hosildorligini 12-15 foizga oshiradi. Shuningdek, ish koʻrsatkichlarini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qiluvchi va boshqaradigan qurilmalar bilan jihozlangan tuproqqa ishlov berish mashinalari qoʻllanilganda ularning ishlov berish chuqurligi doimiy va uzluksiz ravishda masofadan boshqariladi. Eng muhimi, оlingan maʼlumotlarga tezkorlik bilan ishlov beradi va uzatadi. Natijada ekinlar uchun butun maydon boʻylab bir xil sharoit yaratiladi. 🔼Seminar yakunida mavzu yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtdi. Ekspertlar ilmiy ish yuzasidan taqdimotchidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ustoz olimlar tomonidan taqdimotchiga zarur maslahat va tavsiyalar berildi.
⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
Hammasini ko'rsatish...
🕯Qishloq xo‘jaligida ko‘chma ustaxonalarning ahamiyati 🔼Sarlavhaga yuqoridagi gapni bejiz chiqarmadik. Chunki qishloq xo‘jaligida sifat va tezkorlikni ta’minlashda ko‘chma ustaxonalarning ahamiyati beqiyos. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida mavsumiy tadbirlar o‘tkazilayotganda qulay fursatni boy bermaslik zarur. Tasavvur qiling, ikkita viloyatning chegaradosh hududlarida g‘alla o‘rimida kombayn buzilib qoldi. Olisdan texnik ko‘mak kelgunicha qo‘shni viloyat yoki tumanning yaqin hududda turgan ko‘chma ustaxonasi yordamga kelgani yaxshi emasmi? ⭕️Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Jamoliddin Ochilov ham ko‘chma ustaxonalarning samaradorligini oshirish borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 📍Bugun u Milliy markazda bo‘lib o‘tgan “Doktorantlar kuni” da “Servis markazi ko‘chma ustaxonasining  rasional soni va xizmat ko‘rsatish parametrlarini asoslash” mavzusida olib borayotgan ilmiy-tadqiqotining natijalari xususida ustoz olimlarga ma’lumotlar taqdim qildi.
Tadqiqotning vazifalari servis tizimi elementlarini ularning qishloq xo‘jaligi amaliyotida funksiyalanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta’riflash va tavsiflash, servis hajmdor g‘alla kombaynlariga davriy texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari orasidagi intervalning optimal qiymatini aniqlash usulini ishlab chiqish, servis tizimida ko‘chma ustaxonaga bo‘lgan talabni aniqlash usulini ishlab chiqish va ratsional miqdordagi ko‘chma ustaxonaning samarasini baholashdan iborat.
🔣Shuningdek, seminarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqqot instituti doktoranti Mirsharof O‘roqov “Lalmikorlikning nam bilan yarim ta’minlangan mintaqasida mahsar hosildorligiga  ekish muddati va me’yorlarining ta’siri” mavzusida olib borayotgan ilmiy izlanishlari xususida ekspertlarga qiziqarli ma’lumotlar taqdim qildi. ⌛Bugungi seminar ham o‘ziga xos qiziqarli tarzda o‘tdi. Batafsil tafsilotlar bilan tez kunda videoformatda tanishishingiz mumkin.
⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶️Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.