cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
11 953
Obunachilar
+1524 soatlar
+1077 kunlar
+58330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha birdek mas’ul 🟢Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. 🚫Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. ❗️Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 3👏 1🙏 1🕊 1🤗 1
Veterinariya: “mahallabay” hamda “xonadonbay” ishlash tizimi amalda 💉Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida hududlarda hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi profilaktik emlash jarayonlari davom etmoqda. ✅Xususan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassis xodimlari, veterinariya uchastkalari hamda tashxis markazi xodimlari bilan birgalikda "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlarida faol ishtirok etib, aholi xonadonlaridagi chorva hayvonlarini kuydirgi va qutirish kasalliklariga qarshi emlash tadbirlari o‘tkazilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🤩 2 1❤‍🔥 1🔥 1👏 1🕊 1
Kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘chiligi istiqbollari muhokama qilindi ✅Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida “Respublikada avlodli urug‘liklar jamg‘arish va kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘chiligi istiqbollari va g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish" bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda "O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligi ekinlari, urug‘lari yetishtirilishi nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbonboyev so‘zga chiqib, urug‘lik g‘alla maydonlarini belgilangan tartibda dala aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazilishi, urug‘lik g‘alla maydonlarini o‘rib olish uchun alohida kombaynlar va tashish texnikalarini ajratish, jamg‘arilgan urug‘lik donni o‘z vaqtida sifatli qabul qilish, qayta ishlash va saqlashni tashkil etish jarayonlarida doimiy nazorat olib borilishi to‘g‘risidagi tegishli tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 10👏 2🤩 2🔥 1🤗 1
Koreyaning “Aqlli issiqxonalar” texnologiyasi o‘rganilmoqda 🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent Davlat Agrar universiteti va Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari hamkorligida Toshkent Davlat Agrar universiteti talabalari uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan 10-kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. 🟢Mazkur oʻquv-seminar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag'lari hisobiga O'zbekiston qishloq xo'jaligiga ilg'or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari" to'g'risida 2022-yil 14-iyuldagi PQ-321-son qarori ijrosi yuzasidan universitet 1-bosqich talabalari uchun Janubiy Koreyaning "Camtic" (ilg'or mexatronika texnologiya instituti) vakillari tomonidan “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda. 📌Ushbu loyiha asosida universitetning 50 nafar saralab olingan talabalarini koreyalik mutaxassislar tomonidan 3,5 yil davomida “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim, ko‘nikmalarini dastlabki bosqichdan boshlab o‘qitadilar. 💬Maʼlumot oʻrnida, oʻquv-seminar joriy yilning 25-may sanasigacha davom etadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👏 5🤩 2❤‍🔥 1🙏 1🕊 1
👍👍👍👍👍👍👍 Iqlim o’zgarishi xatarlari. U o’simliklar uchun qanday havf tug’diradi? 🌤Iqlim o‘zgarishi o‘simliklar va boshqa organizmlar o‘rtasidagi murakkab muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. — Haroratning ko‘tarilishi o‘simliklarning erta gullashiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida gullash vaqti va changlatuvchi faollik o‘rtasidagi nomuvofiqlikni keltirib chiqarishi mumkin. — Iqlim o‘zgarishi zararkunandalar yoki patogen zamburug‘larning ko‘payishi uchun yana-da qulay sharoit yaratishi mumkin. Issiq iqlim baʼzi zararkunandalarning yashash joylarini kengaytirib, ularning o‘simliklarga taʼsirini kengaytiradi. — Ko‘plab noyob o‘simlik turlari tuproqdan ozuqa moddalarini olish uchun zamburug‘lar yoki bakteriyalar bilan simbiotik munosabatga kirishadi. Iqlim o‘zgarishi esa, o‘simliklar uchun ozuqa yetishmaslik xavfini tug‘dirishi mumkin. — O‘zgaruvchan iqlim sharoitida suv va ozuqa moddalari kabi resurslar cheklanishi mumkin. — Uzoq muddatli iqlim o‘zgarishi bilan baʼzi ekotizimlar tub o‘zgarishlarga duch keladi. Bu nafaqat o‘simlik, balki oziq-ovqat munosabatlarining butun zanjiriga taʼsir qiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 2🕊 2 1 1👏 1🤩 1👌 1
Bog‘ot: don o‘rish kombaynlari mavsumga tayyor 💫Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi, texnikalarni mavsumga tayyorlash, ayniqsa don o‘rish kombaynlarining mavsumga tayyorgarligi ustidan Inspeksiyaning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan kunlik nazorat olib borilmoqda. 📊Xorazm viloyati Bog'ot tumanida 2024-yil hosili uchun 72 ta paxta-g‘alla fermer xo‘jaliklari tomonidan 3000 gektar maydonga boshoqli don ekildi. Bugungi kunda g‘allaning rivojlanish fazasi 3000 gektar maydonda to‘liq boshoqlash davriga o‘tib, shundan barcha maydonlarda bahorgi sug‘orish ishlari o‘tkazildi. Hozirda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari, ayniqsa zararli xasvaga qarshi profilaktik ishlov berish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. 📝Bundan tashqari, tumanda 2024-yil g‘alla o‘rimini o‘tkazish uchun 13 dona don o‘rish kombaynlari kerakligi inobatga olinib, bugungi kunda rejalashtirilgan barcha kombaynlar bilan taʼmirlash ishlari olib borilib, mavsumga shay holatga keltirilgan. Mazkur kombaynlarning 8 tasi tumanda faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari va 5 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli. 🟢Endilikda masʼul tashkilotlar ishtirokida tuziladigan komissiya xodimlari bilan birgalikda maskanga yig‘ilgan va to‘liq taʼmirdan chiqarilgan kombaynlar maxsus sinovdan o‘tkaziladi va mavsumga yaroqliligi yuzasidan sertifikat taqdim etiladi. ✅Umuman olganda, tumanda joriy 2024-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash (mineral o‘g‘itlar oziqlantirish, sharbat usulida sug‘orish, begona o‘tlar, kasallik va hasharotlarga qarshi kurashish) ishlarini tizimli tashkil etish hamda hosildorlikni keskin oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilib, kunlik monitoring ishlari tashkil etilib va fermer xo‘jaliklariga amaliy yordamlar berib borilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 8❤‍🔥 1🤩 1🕊 1🤗 1
Tuproqlar monitoringi ⏩Shu kunlarda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlar qizg‘in davom etmoqda. Jumladan tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha ham barcha tizim tashkilotlari qatorida muhim amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 🌲Tuproq monitoringi, ekologiyasi, unumdorligini baholash va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash bo‘limi mudiri Nazimxon Qalandarov boshchiligidagi bir guruh olimlar Surxondaryo viloyatida tuproqlar monitoringi bo‘yicha dala tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda. 🧪Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan ushbu tumanlarda tanlangan 15 ta kalit maydonlar (SEM va YaSEM)da tuproq melioratsiyasi, tuproq eroziyasi, tuproq agrokimyosi, og‘ir metallar, zaharli moddalar, pestitsidlar, radionuklidlar qoldiq miqdorlari konsentratsiyasi va boshqa ko‘rsatkichlari, tuproq unumdorligi va ekologik holatini aniqlash bo‘yicha dala tadqiqotlari olib borish maqsad qilingan. 🧬Olingan tuproq namunalari laboratoriya – kameral ishlar bosqichlarida o‘tgandan so‘ng tuproq tahlil natijalari o‘tgan davr mobaynida bajarilgan izlanishlar, laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlarini hisobga olingan holida umumlashtiriladi, tahlil qilinib, aniqlangan salbiy jarayonlar bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 3❤‍🔥 2🙏 2🤗 2🤩 1
Gilos mevasi fitosanitar ruxsatnoma asosida qaysi davlatlarga eksport qilinmoqda? 🍒Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda gilosni yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin. 📊Bunda sifatli, sara va qadoqlangan gilos dunyo bozorlariga yuqori narxlarda eksport qilinadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
2👍 1❤‍🔥 1🤩 1🙏 1🕊 1
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o’tkazildi. 🙌 Intellektual bellashuvda 5 ta jamoa ishtirok etdi: ✔️ O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparati jamoasi ✔️O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ✔️ Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi ✔️ Toshkent shahar O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi ✔️ Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi. Qizg‘in va shiddat bilan o‘tgan o‘yinda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi teng ball to’plab, yakuniy bosqichda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. 🏅 Yakuniy bosqich natijalariga ko’ra Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi 1️⃣-o‘rinni egalladi. Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi 2️⃣-o’ringa loyiq topildi. 3️⃣ -o‘rin esa O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparati jamoasiga nasib etdi. 🎁 G‘olib jamoalar va ishtirokchilar Agentlik Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 2🤩 2❤‍🔥 1🔥 1🙏 1🕊 1🤗 1😎 1
🌳Daraxtlar — hayot demak ℹ️Yuqoridagi infografika orqali daraxtlarning hayotimizdagi roli va ahamiyati haqida bilib olishingiz mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 2🙏 2🕊 2🎉 1💯 1