Samarqand tumani hokimligi 🇺🇿
Kanalga Telegram’da o‘tish
Манзил: Самарқанд вилояти, Самарқанд тумани, Гулобод маҳалласи, 1-уй Мурожаат учун тел.: 8 (366) 612-55-95 Факс: 8 (366) 612-55-90 Веб-сайт: https://gov.uz/oz/gulobod
Ko'proq ko'rsatish8 735
Obunachilar
-1424 soatlar
-837 kun
-44530 kun
Postlar arxiv
В махалле "Сулфакабутак" изучили вопросы повышения доходов семей
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Sulfakabutak mahallasida oilalar daromadini oshirish masalalari o‘rganildi
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
Samarqand tumani yoshidan respublika bosqichida 2-o‘rin!
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Respublika finali bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, Samarqand tumani yoshlaridan Abdullo Jo‘raqulov 27–30 yosh toifasida faxrli 2-o‘rinni 🥈 qo‘lga kiritdi.
Abdullo Jo‘raqulovni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Samarqand tumani yoshlari — g‘alabalar sari!
СУВГА ТЎЛОВ ҚИЛИБ ҚОЛИНГ. ИЧИМЛИК СУВИ НАРХИ 20% ГА ОШИРИЛМОҚДА!!
Келаётган 3 октябрдан ичимлик суви нархи 20% га оширилмоқда экан. Ҳисоблагичларни текшириб олинг, эски нархда тўлов қилиб қолинг.
❗️Агар уйингизда ҳали ҳам сув учун ҳисоблагич йўқ бўлса, уни дарҳол қўйдириб олинг. Ҳисоблагичи йўқлар қарийб 4-5 баровар кўп пул тўлашади.
👉 https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.
Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.
Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.
Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.
Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.
Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.
Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga Prezidentimiz tomonidan "general-mayor" maxsus unvoni berildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.
Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.
Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.
Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
+4
“Pomidor sayli”da Samarqand tumani vakillari ishtirok etmoqda
Bulung‘ur tumanida tashkil etilgan “Pomidor sayli” doirasidagi tadbirlarda Samarqand tumani qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyishi bilan ishtirok etmoqda.
Tadbirda Samarqand tumanining qishloq xo‘jaligi salohiyati, yetishtirilayotgan mahsulotlar hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyati aks ettirilgan Samarqand tumani stendi namoyish etilmoqda.
Mazkur tadbir hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ommalashtirish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib etish hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.
Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.
Hududda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga 10 million dollarlik jihozlar olib berildi.
O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.
Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadi.
Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlarga to‘lanayotgan 200 foizgacha oylik ustama 1-yanvardan Bo‘zatov va Taxtako‘pirda ham joriy etiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.
Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.
Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.
Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.
Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.
1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.
“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.
Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.
Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.
270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.
Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.
Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.
Kegeylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish o‘rni yaratiladi.
Qolgan viloyat hokimlariga ham Navro‘zgacha o‘zlariga biriktirilgan tumanlarda bittadan mahalla va markaziy ko‘chada shunday loyihalarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Obod qilingan ko‘cha va mahallalarga aholining o‘zi baho berishi, odamlar ma’qul topsa, ushbu ko‘chalarga ularni obod qilgan viloyatlar nomini berish taklifi bildirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.
Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.
Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.
Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.
Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
