Samarqand tumani hokimligi 🇺🇿
前往频道在 Telegram
Манзил: Самарқанд вилояти, Самарқанд тумани, Гулобод маҳалласи, 1-уй Мурожаат учун тел.: 8 (366) 612-55-95 Факс: 8 (366) 612-55-90 Веб-сайт: www.gulobod.uz Мурожаат учун манзил:
显示更多8 370
订阅者
-1424 小时
-1007 天
-28530 天
帖子存档
🟢 E’LON
2026-yil 7-iyul kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida Samarqand tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi Quvvatov Shavkat hamda sudyalar tomonidan tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
KUN XABARLARI | TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILDI
06.07.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
⚡️“Ташаббусли бюджет”нинг навбатдаги мавсуми бошланмоқда
Жорий йилнинг 15 июлидан “Ташаббусли бюджет” жараёнининг 2026 йилги иккинчи мавсуми бошланади. Бунда:
🔹 15 июлдан 3 августгача лойиҳаларни киритиш;
🔹 4–18 август кунлари лойиҳаларни саралаш;
🔹 19–21 август кунлари тарғибот босқичи;
🔹 22–31 август кунлари овоз бериш босқичи;
🔹 1–10 сентябрь кунлари қўшимча ғолибларни эълон қилиш босқичи ўтказилади.
Маълумот учун, анъанавий овоз бериш босқичи якунларига кўра ғолиб лойиҳалар 1 сентябрь — Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги байрами куни эълон қилинади.
@gulobod_tongi_gazetasi
#Dolzarb_60_kun
Hurmatli fuqarolar!
Joriy yilning 1-iyuldan 30-avgustga qadar respublikamizda yoz mavsumida yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting.
—
Ҳурматли фуқаролар!
Жорий йилнинг 1-июлдан 30-августга қадар республикамизда ёз мавсумида ёнғинларни олдини олишга қаратилган “Долзарб 60 кун” тадбирлари ўтказилмоқда.
Мазкур тадбирларда фаол иштирок этинг.
🔰Boshqa yangiliklar👇
📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по борьбе с опустыниванием и развитию пустынной экономики, а также внедрению принципов «зеленого города».
#Mirziyoyev #taqdimot #chullanish #yashilshahar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
Samarqand tumani miqyosida keng qamrovli “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respulikasi IIV xamda Samarqand viloyat IIBning tegishli farmoyishlar ijrosini tashkillashtirish va ta'minlash maqsadida, tumanimizda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Xavfsiz va sog'lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda.
Tadbir doirasida “Giyohvandlik va psixatrop moddalarga qarshi kurashish yo‘nalishidagi tadbirlar” va bir qator tezkor-profilaktik tadbirlar tashkil etilib, ular orqali kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarni aniqlash va ularni faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilib ta'sir choralari kuchaytirilmoqda.
Tadbirlar davomida doimiy ravishda aniqlangan huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilib borilmoqda, tungi vaqtda jamoat joylarida umumprofilaktik tadbirlar amalga oshirilib, tegishli qonuniy qarorlar qabul qilindi.
Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Repost from Usmanov Sirojiddin Xayrulayevich 🇺🇿
+5
#Matbuot_anjumani
🎙 Press-tur yakunida matbuot anjumani o’tkazildi
Press-tur yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Unda Samarqand tumani hokimi S.Usmanov tumanda bugungi kunda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda istiqboldagi ustuvor rejalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, tumanni yanada rivojlantirish borasidagi muhim yo’nalishlar yuzasidan fikr almashildi.
Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
+1
#reyd
🚯 Chiqindilarni belgilanmagan yerga tashlagan 2 fuqaroga jarima qo‘llandi
Holat Samarqand tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududida olib borilgan navbatdagi kuzatuv reyd tadbirlari davomida aniqlandi.
Unga ko‘ra tumanning Gulobod mahallasi hududidagi belgilanmagan yerga shu tumanda yashovchi fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli avto ulov yordamida qattiq va maishiy chiqindilarni tashlashi oqibatida hududda sun’iy chiqindixona paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Shu boisdan huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91¹-moddasi 1-qismiga muvofiq 6,120 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, atrofda tozalash ishlari olib borildi.
🔶 Hurmatli yurtdoshlar, atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek mas’ulmiz. Shunday ekan siz ham o‘z mas’uliyatingizni aslo UNUTMANG!
+6
#Tozalik_va_ozodalik_oyligi
♻️ Noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi
Samarqand tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanning togʻli va soy oldi hududlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida noqonuniy chiqindixonalar aniqlanib, tezkor choralar ko‘rildi.
Maxsus texnikalar jalb etilgan holda hududdagi chiqindilar to‘liq yig‘ishtirilib, belgilangan tartibda rasmiy chiqindi poligoniga olib chiqildi.
🌱 Atrof-muhit musaffoligini saqlash va noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
#Press_tur
Press-tur davomida Samarqand tumanida tabiati, goʻzalligi jihatidan Zominga teng keladigan Mironqul mahallasidagi dam olish maskaniga tashrif buyurishdi.
Umumiy maydoni 50 gektar boʻlgan ushbu maskanda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
+6
📍 Press-tur ishtirokchilari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari Samarqand tumani Yangiariq mahallasida faoliyat yuritayotgan “Qayumov Stroy Invest” korxonasida bo‘ldi.
Tashrif davomida jurnalistlar korxonada beton blok va penoblok ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda mahsulot tayyorlash bosqichlari bilan yaqindan tanishdi.
Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Repost from Zarnews.uz
+6
Самарқанд тумани туризм ва инвестиция салоҳияти - ОАВ нигоҳида
Самарқанд тумани ҳокимлиги ташаббуси билан оммавий ахборот воситалари вакиллари учун пресс-тур ташкил этилди.
Тадбир давомида журналистлар дастлаб Хўжа Аҳрор Вали зиёратгоҳига бориб, буюк аллома ҳақига Қуръон тиловат қилди. Шунингдек, зиёратгоҳнинг тарихи ва маънавий аҳамияти хусусида маълумот олишди.
Шундан сўнг пресс-тур иштирокчилари Нодир Девонбеги мадрасаси билан танишди. Уларга мазкур тарихий обиданинг барпо этилиш тарихи, меъморий хусусиятлари ва миллий маданий меросимиздаги ўрни ҳақида атрофлича маълумот тақдим этилди.
- Пресс-турдан кўзланган асосий мақсад Самарқанд туманининг туризм ва инвестиция салоҳиятини кенг тарғиб қилиш, тарихий-маданий мерос объектлари ҳамда ҳудудда амалга оширилаётган ишлар билан оммавий ахборот воситалари вакилларини яқиндан таништиришдан иборат, - дейди туман ҳокимининг ўринбосари Ғ.Бобохолов.
✅@Zarnews_uz
+6
📢 DIQQAT E'LON!!!
Aziz Samarqandliklar!
Samarqand tuman "Gulobod" MFY hududidagi diametri 300 mmli katta bosimdagi markaziy suv quvurida favqulodda nosozlik yuzaga keldi.
Shu sababli, 2026-yil 6 iyun sanasi soat 9:00 dan Samarqand tuman Gulobod mahallasida vaqtinchalik ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatillishini ma'lum qilamiz.
Suv ta'minoti qachon tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Murojaat uchun telefon: 93-720-43-14
Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
TARG'IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
©️Samarqand MTRK “Kun xabarlari” informatsion dasturi
Kanalga ulanish 👉 Sam_IIB_QX
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
