cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BBA| Samarqand viloyati

Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 66-232-12-69

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
490
Obunachilar
+2524 soatlar
+207 kunlar
-230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 @Munosabat Rasmiy munosabat 📢 Ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar joriy yil bitiruvchisi sifatida qayd etilayotgani toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼlon qilinmoqda. 👨🏻‍🎓 Haqiqatan ham oliy va professional taʼlim muassasalariga abituriyentlarni roʻyxatga olish ochilgandan soʻng dastlab roʻyxatdan oʻtgan 623 nafar abituriyentda shunday holat kuzatilgan. 📱 Ushbu holat joriy yil bitiruvchilarining maʼlumotlari taʼlim vazirliklaridan real vaqt rejimida olinishi bilan bogʻliq boʻlib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimiga soʻrov yuborilganda, barchaga bir xil tarzda 2024-yilda Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyini tamomlagani toʻgʻrisida maʼlumot qaytarilgan. ✅ Mazkur holat Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan qisqa vaqt ichida aniqlanib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mutaxassislariga bogʻlangan holda bartaraf etildi. ❕ Maʼlumot uchun, umumtaʼlim maktablarining joriy yil bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan integratsiya orqali real vaqt rejimida olinadi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
Repost from Edu.uz
03:38
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. 👉Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
tg.mp47.00 MB
#Ovozli_chat Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi. 🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 6-iyun kuni o‘tkaziladi 📆 2024-yil 6-iyun kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. ✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-06-04 ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Hammasini ko'rsatish...
06.06.2024_test_candidates.pdf3.43 KB
06.06.2024_test_candidates.pdf3.43 KB
⚡️ Profilaktika ishlari oilb borilmoqda ⚙️2024-yil 3-iyun kuni 18:00 dan 23:59 ga qadar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan. 📶 Shu sababli 3-iyun (bugun) kuni soat 18:00 dan 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🎙EduPodcastning 31-sonida Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi rasmiylari bilan quyidagi mavzarda ochiq suhbat qurdik: — Abituriyentlar o'rtacha bali nega pasayib ketdi? — Imtihonni faqat Avgust oyida topshirish shart emas — Testlar qanday tuziladi, nega savollar qiyin tuziladi? — Xalqaro va milliy sertifikatlar olish tartibi haqida haqiqatlarni gaplashdik ✅ Ko'rsatuvimiz mehmonlari:Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zafarbek Olimbekov — Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshid Odilov — Bilimni baholash agentligi mutaxassisi Nasimbek Lutfiyev 🌐 TOʻLIQ SUHBATNI KOʻRING 🕊 Videoni doʻstlaringizga joʻnating: 👉 @bmba_samarqand
Hammasini ko'rsatish...
16.69 MB
Photo unavailableShow in Telegram
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 12-iyun kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52 👍 Imtihonlar 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi. Bunda nomzodlarning: ✅ tinglab tushunish ✅ o‘qish ✅ gapirish ✅ so‘z boyligi va grammatika ✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi. 📆 Test sinovi 13-iyunda tashkil etiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 12-iyun ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi. 🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m. 🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati). Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
Abituriyentlar uchun muhim – qabulda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? ✅ 2024-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga va professional ta’lim muassasalariga qabul yangi tartib asosida amalga oshiriladi. 📱 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) amalga oshiriladi. 📝 Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. ▶️ Qabuldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida Kun.uz tomonidan Bilimlarni baholash agentligi mutaxassisi bilan o‘tkazilgan suhbat orqali batafsil tanishish mumkin. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILISH ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Bu yil OTM va texnikumlarning imtihoni birgalikda bo'ladi - Bilimlarni baholash agentligi

Bilimlarni baholash agentligi mas'ul xodimi Jamshidbek Odilov Kun.uz'ga bergan intervyusida bu yilgi qabulda abituriyentlarni qanday yangiliklar kutayotgani haqida ma'lumot berdi. Rasmiy vebsayt: htt p://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter

.com/KunUzNews Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

👍 1