uz
Feedback
🇺🇿HARBIY AVIATSIYA🤝🇵🇸

🇺🇿HARBIY AVIATSIYA🤝🇵🇸

Kanalga Telegram’da o‘tish

🇺🇿AVIATSIYA sohasiga qiziquvchilar uchun yagona kanal. Dunyoning eng zo‘r harbiy reaktiv qiruvchi samolyotlari va vertolyotlari haqida ma‘lumotlar.🇺🇸 🇺🇸"F-22 Raptor"🇺🇸 qiruvchisi muxlisi!🇺🇿 Murojaat uchun: @Harbiy_Aviatsiya_Murojaat_bot

Ko'proq ko'rsatish
1 532
Obunachilar
-224 soatlar
-107 kunlar
-2130 kunlar
Postlar arxiv
+1
#Tezkor 🔥 Obunachimizdan kelgan ma'lumotlarga ko'ra Qashqadaryo viloyatida joylashgan Xonabod aerodromidan Xitoy tomonidan ishlab chiqarilgan J-10CE samolyotiga o'xshash samolyot ko'zga tashlangan. ❓Agar bu J-10CE ekani tasdiqlansa, O'zbekiston harbiy aviatsiyasi uchun juda qiziqarli yangilik boʻlishi mumkin! ❗️Sizda ham shu voqeaga oid video yoki suratlar boʻlsa, bizga yuboring. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

AQSH armiyasining Apache zarbdor vertolyoti qulab tushdi. Hodisa 12-avgust kuni Texas markazida sodir boʻlgan. Vertolyot dalaga qulab, yonib ketgan. Hodisa oqibatida uning bortida boʻlgan ekipajning ikki a'zosi halok boʻlgan. Vertolyot qulashidan soʻng dalada ham yong'ib chiqib, u 40 gektardan ortiq maydonga tarqalgan. Yong'inga yaqin hududda yashaydigan aholi zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Rasmiylar hodisada tinch aholi vakillari jabrlanmaganini, shuningdek, biror binoga ham zarar yetmaganini bildirdi. Ayni paytda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutaxassislarga ko'ra, Apache vertolyoti 16 tagacha Hellfire raketasi, 76 ta reaktiv snaryad olib yurishga qodir. Vertolyotning bir donasi 35-50 mln dollar atrofida baholanadi. Eksportga esa 100 mln dollardan ham qimmatroqqa sotiladi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Dronni uruvchi dron, robot shifokorlar va harbiylar: O'zbek yoshlari nimalarni yaratishmoqda? Toshkentda oʻtgan tanlovda yosh talabalar oʻzlari yaratgan turli qurilmalarni taqdim etishdi. Ular orasida jiddiy harbiy texnikalar va bemorni obdon tekshiruvchi tibbiy uskunalar bor. Дронни урувчи дрон, робот шифокорлар ва ҳарбийлар: Ўзбек ёшлари нималарни яратишмоқда? Тошкентда ўтган танловда ёш талабалар ўзлари яратган турли қурилмаларни тақдим этишди. Улар орасида жиддий ҳарбий техникалар ва беморни обдон текширувчи тиббий ускуналар бор. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Turkiyada F-16 qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Qiruvchi Turkiyaning Yalova provinsiyasida oʻquv parvozi vaqtida halokatga uchragan. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan va omon qolgan. Turkiya Mudofaa vazirligi samolyotning halokatga uchraganini tasdiqladi, biroq voqeaning aniq sababi hozircha ma'lum emas. Tafsilotlar batafsil tergovdan so'ng aniqlanishi aytilgan. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Bu bombaning quvvati shunchalik daxshatli ediki, agar u to'liq kuchida portlatilsa, uni tashlagan uchuvchilar ortga qayta olmasdi... Tarixda yasalgan eng yirik va eng kuchli ixtiro - "Tsar Bomba" haqida eshitganmisiz? Uzunligi 8 metr, og'irligi 27 tonna bo'lgan bu "maxluq"ning portlash to'lqini butun Yer sharini 3 marta aylanib chiqqan! Eng qizig'i shundaki, bu bomba hech qachon jangovar qurol sifatida ishlatilishi rejalashtirilmagan. U shunchaki siyosiy kuch namoyishi va olimlarning oxirgi chegarasi edi. Sizningcha, insoniyat shunday daxshatli qurollarni yaratish orqali o'zini himoya qilyaptimi yoki o'z oxiratini tezlashtiryaptimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Tarixda ilk bor: O'zbekiston o'z sun'iy yoʻldoshini koinotga chiqardi Bugun O'zbekiston tarixiy qadam tashladi - mamlakat ilk bor Xitoy bilan hamkorlikda yaratilgan Samarkand-2028 sun'iy yo'ldoshini muvaffaqiyatli orbitaga chiqardi. Bu oddiy uchirish emas: yoʻldosh ma'lumotlarning bir qismini bevosita koinotning oʻzida qayta ishlay oladi. Olingan ma'lumotlar qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, ekologiya va boshqa muhim sohalarda foydalaniladi. Bu voqea Oʻzbekiston kosmik dasturi tarixida yangi sahifa ochdi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Rossiya O'zbekiston bilan qurol-yarog' yetkazib berish bo'yicha harbiy shartnomani qayta koʻrib chiqmoqchi Rossiya O'zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni qayta koʻrib chiqishni boshladi. Ushbu hujjat qurol-yarog' va harbiy texnika yetkazib berish, texnologiyalar almashinuvi, qurollarni ta'mirlash hamda qoʻshma ishlanmalarni tartibga soladi. Hujjatga aynan qanday oʻzgartirishlar kiritilishi hozircha rasman ma'lum qilinmagan. Ma'lum boʻlishicha, Rossiya prezidenti O'zbekiston va Qozogʻiston bilan muzokaralarni boshlashni topshirgan. Bu jarayon Moskvaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini kengaytirish fonida kechmoqda. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Harbiy sanoatini qurayotgan Oʻzbekiston zirhli texnikalarni eksport qiladimi? O'zbekiston harbiy sanoatda tub burilish yasayaptimi? Yangi zirhli texnika Rossiyanikidan nimasi bilan kuchli? Oʻzbekistonning yangi bronetexnikasi xalqaro nashrlar markazida. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Oʻzbekiston Xitoydan 24 ta qiruvchi samolyoti sotib oldi Defence Security Asia nashri O'zbekiston Xitoydan 24 ta J-10CE koʻp maqsadli qiruvchi samolyoti sotib olganini yozdi. Nashrga koʻra, Xitoy ijtimoiy tarmoqlari va harbiy aviatsiyani kuzatuvchi manbalar soʻnggi partiyada yana toʻrtta qiruvchi Oʻzbekistonga yetkazib berilganini bildirmoqda. Biroq aynan ushbu toʻrtta samolyotning yetkazilgani hozircha rasman yoki mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlangan emas. Defence Security Asia bu jarayonni O'zbekiston harbiy aviatsiyasidagi jiddiy burilish sifatida baholamoqda. Nashr fikricha, masala faqat yangi qiruvchilar xaridida emas - bu Markaziy Osiyo harbiy aviatsiyasida oʻnlab yillar davomida shakllangan Rossiya harbiy-texnik ustunligiga ham ta'sir qilishi mumkin. Nashr ma'lumotiga koʻra, Oʻzbekistonning 24 ta qiruvchi samalyotini xarid qilish dasturi 2025 yil iyulida ma'lum boʻlgan. Davomi bor ✅ 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил предприятие «Нурафшон махсус техника» в городе Нурафшане. #Mirziyoyev #safar #Nurafshon #korxona 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

🇺🇿 O'ZBEKISTON — JAHON CHEMPIONATIDA! Hurmatli vatandoshlar! Bugun, 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da O'zbekiston terma jamoasi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk o'yinini Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bu — mamlakatimiz futboli tarixida birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etish sharafi. Yangi O'zbekistonning sport sohasidagi salohiyati va yoshlarimizning matonati butun dunyoga namoyon bo'lmoqda. Qani, O'ZBEKISTON, OLG'A! 🔥 📅 18-iyun, 07:00 (Toshkent vaqti) 🏟 FIFA Jahon chempionati — guruh bosqichi ⚽️ O'zbekiston – Kolumbiya 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Soxta diplom bilan 17 yil uchuvchilik qilgan erkak hibsga olindi Kanadada 17 yil davomida soxta hujjatlar bilan uchuvchilik qilgan erkak hibsga olindi. Tergovga ko'ra, u 2009-2025-yillar oralig'ida 900 dan ortiq ichki va xalqaro reyslarni amalga oshirgan. Sobiq uchuvchiga firibgarlik va qalbaki hujjatlardan foydalanish boʻyicha ayblovlar qoʻyildi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Turkiya O'zbekiston armiyasini qayta qurishga kirishdimi? Oʻzbekiston armiyasi Turkiya modeliga oʻtish jarayonlari boshlagan boʻlishi mumkin. Oldinroq Ozarbayjon armiyasi shu yoʻsinda modernizatsiya qilingandi. O'zbekistonga Turkiyadan bir guruh harbiy mutaxassislar keldi. Mintaqa sovet uslubidagi armiyadan toʻliq xalos boʻladimi? ©BBC UZ 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

🔹 Stealth texnologiyasi: 👻 Radar uchun kam ko‘rinadigan dizayn • Ichki qurol bo‘limlari • Maxsus qoplama • Kam radar izi 🔹
+2
🔹 Stealth texnologiyasi: 👻 Radar uchun kam ko‘rinadigan dizayn • Ichki qurol bo‘limlari • Maxsus qoplama • Kam radar izi 🔹 Radar tizimi: 📡 N036 “Byelka” AESA radar Imkoniyatlari: • Bir nechta nishonni kuzatish • Stealth samolyotlarni aniqlash • Havodagi va yerdagi obyektlarni kuzatish 🔹 Qurol yuklamasi: 💣 10 tonnagacha • R-77 havo-havo raketalari • R-37M uzoq masofali raketa • X-59, X-69 qanotli raketalar • Bomba va precision qurollar 🔹 Dron boshqaruvi: 🛸 Su-57D’ning eng katta farqi Bir nechta stealth dronlarni boshqarishi mumkinligi aytilmoqda Eng mashhur juftlik: ➡️ S-70 “Okhotnik-B” 🔹 Sun’iy intellekt: 🤖 AI yordamchi tizimlari: • Nishon aniqlash • Sensorlarni birlashtirish • Pilot yuklamasini kamaytirish 🔹 Vazifalari: ✅ Havo ustunligi ✅ Stealth hujum ✅ Elektron urush ✅ Razvedka ✅ Dron koordinatsiyasi ✅ Havo mudofaasini yo‘q qilish 📌 Su-57D hali to‘liq ommaga taqdim qilinmagan loyiha hisoblanadi. Shu sabab ayrim texnik ma’lumotlar taxminiy yoki Su-57 bazaviy modeliga asoslangan 👉🏻 @Jangovor_aviatsiya

🇷🇺✈️ Su-57D — Texnik xarakteristikasi va imkoniyatlari Su-57D — Rossiyaning 5-avlod stealth qiruvchisi bo‘lgan Su-57 asosidagi yangi ikki oʻrindiqli va dron boshqaruvchi versiya sifatida tilga olinmoqda. 📌 Asosiy texnik ma’lumotlar: 🔹 Ekipaj: 👨‍✈️ 2 kishi • Pilot • Dron/operator boshqaruvchisi 🔹 Maksimal tezligi: 🚀 Taxminan Mach 2 ≈ 2,100–2,400 km/soat 🔹 Kruiz tezligi: ⚡ Supersonik rejimda forsajsiz uchishi mumkin ≈ 1,300–1,500 km/soat 🔹 Uchish masofasi: 🛫 3,500 km gacha Qo‘shimcha baklar bilan undan ham uzoq 🔹 Jangovar radius: 🎯 1,500 km atrofida Bu degani samolyot baza qaytishini hisobga olib shu radiusda jang qila oladi. 🔹 Maksimal uchish balandligi: ☁️ 20 km (20,000 metr) gacha 🔹 Dvigatellari: 🔥 2 ta turbofan dvigatel AL-41F1 yoki yangi “Izdeliye 30” Yangi dvigatel: • Kuchliroq tortish kuchi • Kamroq yoqilg‘i sarfi • Pastroq radar va infraqizil izi 🔹 Manevrchanligi: 🌀 Juda yuqori 3D thrust vectoring tizimi tufayli: • “Cobra” • “Bell” • Supermanevrlar bajara oladi 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Hammaga hayrli tong! 🌅 Доброе утро всем! 🌅 Good morning everybody! 🌅 #Xayrli_tong Manba: Instagram 🦅🦅🦅🦅🦅🦅🦅🦅 ☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆      ♡ ㅤ    ❍ㅤ     ⎙ㅤ     ⌲     ˡᶦᵏᵉ   ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ   ˢᵃᵛᵉ      ˢʰᵃʳᵉ ➡️ HARBIY AVIATSIYA

🇺🇿Qurbon hayiti muborak bõlsin! Ushbu muborak ayyom munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Yu
🇺🇿Qurbon hayiti muborak bõlsin! Ushbu muborak ayyom munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti farovon bõlsin. Qurbon hayiti barchamizga muborak bõlsin🌙 😎 Telegram | 😎 Instagram | 😎 YouTube