fa
Feedback
🇺🇿HARBIY AVIATSIYA🤝🇵🇸

🇺🇿HARBIY AVIATSIYA🤝🇵🇸

رفتن به کانال در Telegram

🇺🇿AVIATSIYA sohasiga qiziquvchilar uchun yagona kanal. Dunyoning eng zo‘r harbiy reaktiv qiruvchi samolyotlari va vertolyotlari haqida ma‘lumotlar.🇺🇸 🇺🇸"F-22 Raptor"🇺🇸 qiruvchisi muxlisi!🇺🇿 Murojaat uchun: @Harbiy_Aviatsiya_Murojaat_bot

نمایش بیشتر
1 518
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-3230 روز
آرشیو پست ها
Serbiya O'zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlikka tayyor Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakati Oʻzbekiston bilan mudofaa sanoatida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, Serbiya hozir qisqa masofali raketalar ishlab chiqarmoqda va bir yil ichida uzoq masofali ballistik raketalar ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Vuchich Oʻzbekistonni bu yoʻnalishda hamkorlik qilish mumkin boʻlgan davlatlardan biri sifatida tilga oldi. Bayonot Belgraddagi O'zbekiston-Serbiya biznes forumida yangradi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Nega O'zbekiston Xitoy qiruvchilarini tanladi? O'zbekiston Xitoydan 24 ta J-10 qiruvchi samolyot olayotganini harbiy tahlilchilar keng muhokama qilmoqdalar. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

O'zbekiston Xitoydan olingan yangi avlod qiruvchi samolyotlarini namoyish qildi . Mudofaa vazirligi ularning nomini tilga olm
+6
O'zbekiston Xitoydan olingan yangi avlod qiruvchi samolyotlarini namoyish qildi . Mudofaa vazirligi ularning nomini tilga olmagan holda "havo sarhadlarimizni qo'riqlayotgan zamonaviy qiruvchi samolyotlar"ni ekanini qayd etgan. Ushbu samolyotlar Xitoyda ishlab chiqarilgan J-10 qiruvchi samolyotining eksport versiyasi - J-10CE hisoblanadi. 30-avgust kuni namoyish etgan rolikda jami 6 ta qiruvchi samolyot ko'ringan. Vazirlik hozircha ularning soni, texnik xususiyatlari va narxi borasida ma'lumotlar bermadi. Kun.uz iyul oyining oxirida xitoylik harbiy kuzatuvchilar va ochiq manbalar tahlilchilariga tayanib, O'zbekiston Harbiy-havo kuchlari safiga yana to'rtta J-10CE qiruvchi samolyoti qo'shilgani haqida yozgandi. Xo'sh, J-10CE qanday samolyot? Tahlilchilarga ko'ra, texnik jihatdan bu qiruvchi samolyot O'zbekiston armiyasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Bir o'rinli Chengdu J-10CE - 4,5 avlod qiruvchi samolyoti bo'lib, 2 Max - 2300 km/soat tezlikka chiqa oladi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

🇺🇿🇨🇳 Мудофаа вазирлиги Ўзбекистон ҳаво сарҳадларини қўриқлаётган замонавий J-10CE қирувчи самолётларни намойиш этди. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

+1
Oʻzbekistonda Xitoyning Chengdu J-10CE qiruvchi samolyotlari namoyish etildi Mustaqillik bayram tadbirlari doirasida Xitoydan sotib olingan Chengdu J-10CE qiruvchi samolyotlari namoyish etildi. Mazkur samolyotlar Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy koʻp maqsadli qiruvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. Harbiy texnikaning namoyish etilishi O'zbekiston va Xitoy oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikka boʻlgan e'tiborni yana bir bor koʻrsatdi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

+1
#Tezkor 🔥 Obunachimizdan kelgan ma'lumotlarga ko'ra Qashqadaryo viloyatida joylashgan Xonabod aerodromidan Xitoy tomonidan ishlab chiqarilgan J-10CE samolyotiga o'xshash samolyot ko'zga tashlangan. ❓Agar bu J-10CE ekani tasdiqlansa, O'zbekiston harbiy aviatsiyasi uchun juda qiziqarli yangilik boʻlishi mumkin! ❗️Sizda ham shu voqeaga oid video yoki suratlar boʻlsa, bizga yuboring. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

AQSH armiyasining Apache zarbdor vertolyoti qulab tushdi. Hodisa 12-avgust kuni Texas markazida sodir boʻlgan. Vertolyot dalaga qulab, yonib ketgan. Hodisa oqibatida uning bortida boʻlgan ekipajning ikki a'zosi halok boʻlgan. Vertolyot qulashidan soʻng dalada ham yong'ib chiqib, u 40 gektardan ortiq maydonga tarqalgan. Yong'inga yaqin hududda yashaydigan aholi zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Rasmiylar hodisada tinch aholi vakillari jabrlanmaganini, shuningdek, biror binoga ham zarar yetmaganini bildirdi. Ayni paytda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutaxassislarga ko'ra, Apache vertolyoti 16 tagacha Hellfire raketasi, 76 ta reaktiv snaryad olib yurishga qodir. Vertolyotning bir donasi 35-50 mln dollar atrofida baholanadi. Eksportga esa 100 mln dollardan ham qimmatroqqa sotiladi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Dronni uruvchi dron, robot shifokorlar va harbiylar: O'zbek yoshlari nimalarni yaratishmoqda? Toshkentda oʻtgan tanlovda yosh talabalar oʻzlari yaratgan turli qurilmalarni taqdim etishdi. Ular orasida jiddiy harbiy texnikalar va bemorni obdon tekshiruvchi tibbiy uskunalar bor. Дронни урувчи дрон, робот шифокорлар ва ҳарбийлар: Ўзбек ёшлари нималарни яратишмоқда? Тошкентда ўтган танловда ёш талабалар ўзлари яратган турли қурилмаларни тақдим этишди. Улар орасида жиддий ҳарбий техникалар ва беморни обдон текширувчи тиббий ускуналар бор. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Turkiyada F-16 qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Qiruvchi Turkiyaning Yalova provinsiyasida oʻquv parvozi vaqtida halokatga uchragan. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan va omon qolgan. Turkiya Mudofaa vazirligi samolyotning halokatga uchraganini tasdiqladi, biroq voqeaning aniq sababi hozircha ma'lum emas. Tafsilotlar batafsil tergovdan so'ng aniqlanishi aytilgan. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Bu bombaning quvvati shunchalik daxshatli ediki, agar u to'liq kuchida portlatilsa, uni tashlagan uchuvchilar ortga qayta olmasdi... Tarixda yasalgan eng yirik va eng kuchli ixtiro - "Tsar Bomba" haqida eshitganmisiz? Uzunligi 8 metr, og'irligi 27 tonna bo'lgan bu "maxluq"ning portlash to'lqini butun Yer sharini 3 marta aylanib chiqqan! Eng qizig'i shundaki, bu bomba hech qachon jangovar qurol sifatida ishlatilishi rejalashtirilmagan. U shunchaki siyosiy kuch namoyishi va olimlarning oxirgi chegarasi edi. Sizningcha, insoniyat shunday daxshatli qurollarni yaratish orqali o'zini himoya qilyaptimi yoki o'z oxiratini tezlashtiryaptimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Tarixda ilk bor: O'zbekiston o'z sun'iy yoʻldoshini koinotga chiqardi Bugun O'zbekiston tarixiy qadam tashladi - mamlakat ilk bor Xitoy bilan hamkorlikda yaratilgan Samarkand-2028 sun'iy yo'ldoshini muvaffaqiyatli orbitaga chiqardi. Bu oddiy uchirish emas: yoʻldosh ma'lumotlarning bir qismini bevosita koinotning oʻzida qayta ishlay oladi. Olingan ma'lumotlar qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, ekologiya va boshqa muhim sohalarda foydalaniladi. Bu voqea Oʻzbekiston kosmik dasturi tarixida yangi sahifa ochdi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Rossiya O'zbekiston bilan qurol-yarog' yetkazib berish bo'yicha harbiy shartnomani qayta koʻrib chiqmoqchi Rossiya O'zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni qayta koʻrib chiqishni boshladi. Ushbu hujjat qurol-yarog' va harbiy texnika yetkazib berish, texnologiyalar almashinuvi, qurollarni ta'mirlash hamda qoʻshma ishlanmalarni tartibga soladi. Hujjatga aynan qanday oʻzgartirishlar kiritilishi hozircha rasman ma'lum qilinmagan. Ma'lum boʻlishicha, Rossiya prezidenti O'zbekiston va Qozogʻiston bilan muzokaralarni boshlashni topshirgan. Bu jarayon Moskvaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini kengaytirish fonida kechmoqda. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Harbiy sanoatini qurayotgan Oʻzbekiston zirhli texnikalarni eksport qiladimi? O'zbekiston harbiy sanoatda tub burilish yasayaptimi? Yangi zirhli texnika Rossiyanikidan nimasi bilan kuchli? Oʻzbekistonning yangi bronetexnikasi xalqaro nashrlar markazida. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Oʻzbekiston Xitoydan 24 ta qiruvchi samolyoti sotib oldi Defence Security Asia nashri O'zbekiston Xitoydan 24 ta J-10CE koʻp maqsadli qiruvchi samolyoti sotib olganini yozdi. Nashrga koʻra, Xitoy ijtimoiy tarmoqlari va harbiy aviatsiyani kuzatuvchi manbalar soʻnggi partiyada yana toʻrtta qiruvchi Oʻzbekistonga yetkazib berilganini bildirmoqda. Biroq aynan ushbu toʻrtta samolyotning yetkazilgani hozircha rasman yoki mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlangan emas. Defence Security Asia bu jarayonni O'zbekiston harbiy aviatsiyasidagi jiddiy burilish sifatida baholamoqda. Nashr fikricha, masala faqat yangi qiruvchilar xaridida emas - bu Markaziy Osiyo harbiy aviatsiyasida oʻnlab yillar davomida shakllangan Rossiya harbiy-texnik ustunligiga ham ta'sir qilishi mumkin. Nashr ma'lumotiga koʻra, Oʻzbekistonning 24 ta qiruvchi samalyotini xarid qilish dasturi 2025 yil iyulida ma'lum boʻlgan. Davomi bor ✅ 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил предприятие «Нурафшон махсус техника» в городе Нурафшане. #Mirziyoyev #safar #Nurafshon #korxona 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

🇺🇿 O'ZBEKISTON — JAHON CHEMPIONATIDA! Hurmatli vatandoshlar! Bugun, 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da O'zbekiston terma jamoasi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk o'yinini Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bu — mamlakatimiz futboli tarixida birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etish sharafi. Yangi O'zbekistonning sport sohasidagi salohiyati va yoshlarimizning matonati butun dunyoga namoyon bo'lmoqda. Qani, O'ZBEKISTON, OLG'A! 🔥 📅 18-iyun, 07:00 (Toshkent vaqti) 🏟 FIFA Jahon chempionati — guruh bosqichi ⚽️ O'zbekiston – Kolumbiya 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Soxta diplom bilan 17 yil uchuvchilik qilgan erkak hibsga olindi Kanadada 17 yil davomida soxta hujjatlar bilan uchuvchilik qilgan erkak hibsga olindi. Tergovga ko'ra, u 2009-2025-yillar oralig'ida 900 dan ortiq ichki va xalqaro reyslarni amalga oshirgan. Sobiq uchuvchiga firibgarlik va qalbaki hujjatlardan foydalanish boʻyicha ayblovlar qoʻyildi. 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Turkiya O'zbekiston armiyasini qayta qurishga kirishdimi? Oʻzbekiston armiyasi Turkiya modeliga oʻtish jarayonlari boshlagan boʻlishi mumkin. Oldinroq Ozarbayjon armiyasi shu yoʻsinda modernizatsiya qilingandi. O'zbekistonga Turkiyadan bir guruh harbiy mutaxassislar keldi. Mintaqa sovet uslubidagi armiyadan toʻliq xalos boʻladimi? ©BBC UZ 👉🏻 HARBIY AVIATSIYA