uz
Feedback
TASKIN - Psixologik markazi

TASKIN - Psixologik markazi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢

Ko'proq ko'rsatish
2 484
Obunachilar
-424 soatlar
-27 kunlar
-4430 kunlar
Postlar arxiv
KECHIRISH O‘ZINGIZNI OZOD QILISHDIR Kechirish qilingan xatoni oqlash yoki bo‘lgan ishni unutish degani emas. Bu shunchaki o‘sha og‘riqni qo‘yib yuborish, uni na o‘zingga, na boshqalarga qarshi qurol qilmaslikdir. Ba’zan ichimizdagi ginalar bizni himoya qilayotgandek tuyuladi. Go‘yo xafa bo‘lib yursak, qayta zarba yemaydigandekmiz. Lekin aslida bu tuyg‘u bizni o‘tmishga zanjirlab qo‘yadi va olg‘a yurishga yo‘l bermaydi. Kechirish kimgadir yaxshilik qilish emas, balki o‘zingga ichki erkinlik sovg‘a qilishdir. Buni birov uchun emas, o‘z xotirjamligingiz uchun qilasiz. Qalbingizda og‘riq bilan emas, osudalik bilan yashash uchun. Yana yengil nafas olish va hayot lazzatini tuyish uchun. Axir yashash uchun berilgan fursat shundoq ham qisqa. Shunday ekan, allaqachon qo‘yib yuborish kerak bo‘lgan yuklarni qalbda saqlab yurishdan nima naf? O‘zingizga baxtli yashashga ruxsat bering. Kechiring va ozod bo‘ling. ♥️ #tarjima ▶️ @taskin_markaz

Руҳий хотиржамлик учун 3 та олтин қоида: 1. Майда-чуйдага куюнманг: Нарх-наво ёки об-ҳаво каби сизга боғлиқ бўлмаган нарсалар учун асабингизни бузманг. 2. Юрагингизни ҳимоя қилинг: Ҳар хил миш-миш ва салбий хабарларни қалбингизга яқин олманг. 3. Шижоатли бўлинг: Муаммоларга нисбатан шиддатли, бўронларга нисбатан кучли бўлишни ўрганинг. Қўрқоқ киши ваҳима ва ёмон тушлар билан ҳар куни ўзини бир неча марта "ўлдиради". Жасур эса ҳаётни борича қабул қилади. Имони суст инсоннинг ваҳима-васвасаси кўп бўлади. Лекин шижоатли қалб эгаси ҳар қандай қийинчиликка босиқлик ва мустаҳкам ишонч билан юзланади. Аллоҳ қалбингизга хотиржамлик солсин! ✨ ✅ Яқинларингизга ҳам улашинг! ▶️ @taskin_markaz

Onkologiyaga chalingan bemorlar: “Agar men tuzalib ketsam, hayotimni o’zgartiraman” deydi. Senchi? 🫵🏻 - Sen harakat qila olasan… - Sen ishlay olasan… - Sen kula olasan… - Seva olasan… - Sen sayohat qila olasan… - Sen erisha olasan… - Sen orzu qila olasan… Senda hali imkoniyat bor! Uni qo’ldan boy berma! ▶️ @taskin_markaz

Psixologiya yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar DIQQATIGA❗️ “Taskin” markazida amaliyot oyligi: 🔴 6-aprel soat 10:00da 1
Psixologiya yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar DIQQATIGA❗️ “Taskin” markazida amaliyot oyligi: 🔴 6-aprel soat 10:00da 1-amaliy darsimiz boshlanadi. Amaliyot darslari haftada 2 martta 2 soatdan bo’ladi. Amaliyotda siz: 🔰Konsultatsiyaga kerakli bilimlar 🔰Konsultatsiya o’tish tartibi 🔰Ilmiy psixologga zarur bo’lgan terapiya maktablari va terapiya turlari 🫂JONLI KONSULTATSIYALARNI KUZATISHINGIZ VA O’ZINGIZ HAM O’TISHINGIZ MUMKIN. Haqiqiy amaliyotni qandayligini ko’rmoqchi bo’lganlarga markazimiz eshiklari ochiq!☝🏻😉 Darslarni “Taskin” psixologik markazi rahbari psixolog Naimjon Azimov olib boradi. Batafsil ma’lumot olish uchun: @azimov_admin 935555568 ▶️ @taskin_markaz

Assalamu alaykum, aziz do‘stlar 🤍 Agar siz psixologiyani chuqurroq tushunishni, o‘zingizni va atrofdagilarni yaxshiroq anglashni istasangiz — siz aynan to‘g‘ri joydasiz😉 📚 Bu kanalda psixolog Naimjon Azimov tomonidan tayyorlangan maxsus bepul darsliklar hamda konsultatsiyalardagi keyslar tahlili siz uchun berib boriladi.. 🎯 Eng muhimi — bu darslar nazariyadan ko‘ra amaliyotga yaqin va hayotingizda darhol qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan bilimlardan iborat. 🎧 Darslar asosan audio formatda bo‘ladi — ya’ni siz ularni yo‘lda, mashinada yoki bo‘sh vaqtingizda bemalol tinglashingiz mumkin. 📈 Agar siz yangi bo‘lsangiz, darslarni boshidan boshlab ketma-ket tinglashingizni tavsiya qilamiz. Shunda siz maksimal natijaga erishasiz. Va eng muhimi: Har bir darsdan keyin o‘zingizda qanday o‘zgarish bo‘lganini, qanday fikrlar kelganini izohlarda yozib qoldiring✍🏻 Bu sizning o‘sishingizni bir necha barobar tezlashtiradi🚀 ▶️ @motiv_uz

Bepul darsliklarimizni vaqti-vaqti bilan shu kanalga joylab borishni maqsad qildik. Bu bizga ham, o’quvchilarimizga ham qulay
Bepul darsliklarimizni vaqti-vaqti bilan shu kanalga joylab borishni maqsad qildik. Bu bizga ham, o’quvchilarimizga ham qulaylik tug’diradi. Chunki bu kanalda faqat darsliklar joylanadi. Boshqa postlar joylanmaydi. Kimga qiziq bo’lsa @azimov_admin ga “+++” qoldiring va sizga kanal ssilkasi tashlab beriladi. ▶️ @taskin_markaz

Video xabar00:26

Assalamu aleykum aziz do’stlar! Biz yangi lokatsiyaga ko’chdik. Va dushanba kunidan amaliyot darslarimiz boshlanadi. O’qishidan amaliyotga chiqayotganlar uchun va amaliyotni o’rganmoqchi bo’lganlar ajoyib imkoniyat. Batafsil ma’lumot: @azimov_admin Shoshiling, atiga 4ta joy qoldi. ▶️ @taskin_markaz

Navro'z muborak bo'sin! 🌸 Bu go'zal bayram qalblarimizga iliqlik, yuzlarimizga tabassum olib kirsin. Bahor bilan birga hayotingizga yangi umidlar, yangi quvonchlar kirib kelsin. Qalbingiz doimo nurga to'lsin, ko'nglingiz xotirjam bo'lsin. Yaqinlaringiz bag'rida baxt topib, har kuningiz mehr va e'tiborga boy o'tsin. Alloh har biringizni o'z panohida asrasin, niyatlaringizni ijobat qilsin. Yaxshi kunlar, chiroyli lahzalar, samimiy insonlar doimo siz bilan bo'lsin🤲 ▶️ @taskin_markaz

✨ Ramazon Hayiti Muborak bo‘lsin! ✨ Qalbimizni poklagan, sabr va shukrni o‘rgatgan muborak oy ortidan kelgan ushbu ulug‘ kund
Ramazon Hayiti Muborak bo‘lsin! ✨ Qalbimizni poklagan, sabr va shukrni o‘rgatgan muborak oy ortidan kelgan ushbu ulug‘ kunda Sizga va yaqinlaringizga tinchlik, baraka va quvonch tilaymiz. Alloh qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin, niyatlaringizni ro‘yobga chiqarsin. Har bir xonadonga mehr, fayz va totuvlik olib kelsin. 🌙 Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🌙 ▶️ @taskin_markaz

Bayram muborak bo’lsin!🥰💐 ▶️ @taskin_markaz
Bayram muborak bo’lsin!🥰💐 ▶️ @taskin_markaz

Aziz opa-singillarimiz barchangizni 8-mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” bilan muborakbod etamiz💐 Yuzingizdan nur, qalbingizdan quvonch arimasin. Biz erkaklarni baxtiga doim sog’ va omonda bo’ling🥰❤️ ▶️ @taskin_markaz

Ulamolarimiz er-xotin bir-biriga “libos” kabidir deyishgan. Libos insonni tanasiga tegib turadi. Libos bilan inson tanasi o’r
Ulamolarimiz er-xotin bir-biriga “libos” kabidir deyishgan. Libos insonni tanasiga tegib turadi. Libos bilan inson tanasi o’rtasida hech narsa bo’lmaydi. Er-xotin ham bir-biri bilan qalban yaqin bo’lishi, bir-biriga qalbini ocha olishi, ularni o’rtasida hech narsa bo’lmasligi kerak. Qolaversa, libos insonni tanasidagi kamchiliklarni berkitib chiroyli qilib turadi. Juftliklar ham bir-birini xatosini, aybini boshqalardan berkitishi, boshqalarga chiroyli ko’rsatishi lozimdir. Siz juftingizga “libos” bo’la oldingizmi? ▶️ @taskin_markaz

Ro’za faqat och qolish emas! ▶️ @taskin_markaz

Assalomu alaykum azizlar 🌷 Barchangizga bahorning ilk dushanbasi muborak bo’lsin! Yangi fasl hayotingizga yangilanish, barak
Assalomu alaykum azizlar 🌷 Barchangizga bahorning ilk dushanbasi muborak bo’lsin! Yangi fasl hayotingizga yangilanish, baraka, quvonch va yorug‘ niyatlar olib kelsin. Har bir kuningiz bahordek yashil, umidga boy va chiroyli bo‘lsin! Boshlayotgan haftangiz “produktivniy” o’tsin✊🏻😉 ▶️ @taskin_markaz

Repost from PSIXODIAGNOSTIKA
Bugun 21:00da, ushbu @Psixodiagnostika kanalimizda, "Psixoterapiya usullari" kursimizning ochiq vebinari bo'lib o'tadi. Barch
Bugun 21:00da, ushbu @Psixodiagnostika kanalimizda, "Psixoterapiya usullari" kursimizning ochiq vebinari bo'lib o'tadi. Barchangizni vebinarga taklif qilaman! ©️ Psixologiya

Kuzatuvchilarimiz orasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida faoliyat olib boradigan psixologlar bormi? Bizga aloqaga chiqing: @azimov_admin