es
Feedback
TASKIN - Psixologik markazi

TASKIN - Psixologik markazi

Ir al canal en Telegram

Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢

Mostrar más
2 471
Suscriptores
+224 horas
+567 días
+2330 días
Archivo de publicaciones
Salkam 3 yillik tanaffusdan so’ng Tv kanallarida ko’rinish bergan psixologingiz 👇😉 https://youtu.be/vG9igI3tmSM?si=rXBpfYaIc0Jh_kXW

Kaminani Tv ko’rsatuvlarida chiqishini sog’inganlar Diqqatiga! Ertaga soat 8:00 da Nurafshon telekanalida jonli efirda ko’ris
Kaminani Tv ko’rsatuvlarida chiqishini sog’inganlar Diqqatiga! Ertaga soat 8:00 da Nurafshon telekanalida jonli efirda ko’rishguncha☝🏻😉 ▶️ @taskin_markaz

Eslatma! 🔹Xato qilish - bu normal holat 🔹Yordam so’rash - bu norma 🔹Kichkina qadamlar - bu allaqachon progress 🔹Biroz tan
Eslatma! 🔹Xato qilish - bu normal holat 🔹Yordam so’rash - bu norma 🔹Kichkina qadamlar - bu allaqachon progress 🔹Biroz tanaffus olish - bu ham norma. Sen o’ylaganingdan ham kuchliroqsan, shunchaki o’zinga bo’lgan talablarni yuqori qo’yib yuborgansan… ▶️ @taskin_markaz

Pul tiksang sendan tortib olib bo’lmaydigan narsaga pul tik. Bu ilm bilan sog’liqqa qilingan sarmoyadir. ▶️ @taskin_markaz

Darsdan insayt: “Ko’pincha ruhiy travmasi bor insonni o’zi emas, uni atrofidagilar qiynalishadi” Ya’ni abyuzerlar, nartssislar, psixopatlar bu haqiqiy travmatik insonlardir. Bu toifadagi insonlarni o’zidan ko’ra ular bilan munosabatga kirishganlar aziyat chekishadi.

Topmoq uchun avval yo’qotmoq kerak! O’zlikni topmoq uchun - avval o’z menini yo’qotganini kishi anglamog’i zarur. ▶️ @taskin_markaz

Vaqtliroq e’lon qilolmadik uzr do’stlar! Efir bugun soat 21:00da bo’ladi. Ungacha tezda ulanib olsangiz bo’ladi. Adminga yozing: @azimov_admin

Mensaje de video00:54

Mensaje de video01:00

Tasavvur qiling: Agar hozir siz yashagan hayot bilan yashayotgan, siz his qilgan hissiyotlarni his qilayotgan odamni ko’rganingizda unga nima degan bo’lardingiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻 ▶️ @taskin_markaz

50% va 70% lik chegirmali konsultatsiyalarimizga ulgurmay qolganlar uchun! Bizda chegirmaga yozilib lekin ma’lum sabablarga k
50% va 70% lik chegirmali konsultatsiyalarimizga ulgurmay qolganlar uchun! Bizda chegirmaga yozilib lekin ma’lum sabablarga ko’ra kela olmay qolganlar bor. Ularni o’rniga boshqa odamni qabul qilamiz. Kimga konsultatsiya kerak bo’lsa, tezda @azimov_admin ga aloqaga chiqing! Atiga 2ta joy bor🎁🏃🏃‍♀️ ▶️ @taskin_markaz

Anchadan beri konsultatsiya olishim kerak deb lekin turli sabablar bilan psixolog qabuliga bora olmay yurganlar DIQQATIGA! Bi
Anchadan beri konsultatsiya olishim kerak deb lekin turli sabablar bilan psixolog qabuliga bora olmay yurganlar DIQQATIGA! Biz obunachilarimiz orasidan 10nafar ishtirokchiga konsultatsiyamizni 50% va 70% chegirma qilib beramiz. Joylar soni cheklanganligi bois darhol yozib joyingizni band qildirib qo’ying! Batafsil ma’lumot olish uchun: @azimov_admin profiliga “CHEGIRMA” so’zini yozib qoldiring! ▶️ @taskin_markaz

Mensaje de video01:00

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda «душевный целитель», «энергокоуч» «родолог» lar ko’paygan. Ularning asosiy yo’nalishi insonni “q
+1
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda «душевный целитель», «энергокоуч» «родолог» lar ko’paygan. Ularning asosiy yo’nalishi insonni “qalbini tozalash” , “Yaratgan bilan aloqani tiklash” va hokazolarga qaratilgan… Bizning yurtdoshlarimiz orasida ham rus, ingliz va hokazo millatlarning “expertlari”ni Instagram, Youtube orqali kuzatadiganlar, ularni “aqlli” gaplaridan xulosa qiladiganlar bor. Ko’rinishidan buni yomon joyi yo’qdek ko’rinadi. Hatto, bu ahir zo’rku deb ham o’ylab qolasiz. Yomon gap gapirmayaptiku? Lekin, tanganing 2-tomoni ham bor. Yaratgan bilan munosabatni, qalb ilmini har kim o’z dinidan kelib chiqib talqin qiladi. Shunday ekan bu muhim mavzuni boshqa din vakillaridan o’rganish bu katta xato! Dunyoviy har qanday ilmni istalgan insondan o’rganavering, lekin qalb, nafs, din masalalarida o’zimizning ahli ilmlarga murojaat qilishimiz kerak! Haq - adashganlardan o’rganilmaydi☝🏻 ▶️ @taskin_markaz

🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar! Alloh taolo qilgan qurbonliklaringizni, duolaringizni va ezgu niyatlaringizni qabu
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar! Alloh taolo qilgan qurbonliklaringizni, duolaringizni va ezgu niyatlaringizni qabul aylasin. Har bir xonadoningizga tinchlik, qalbingizga xotirjamlik, hayotingizga baraka va fayz ato etsin. Yaqinlaringiz bilan mehr-oqibatda, quvonch va baxt ichida yashang. Dard ko‘rmang, rizqingiz ziyoda, qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin. ✨ Qurbon hayiti barchamizga yaxshilik, poklanish va yangi umidlar olib kelsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌙🐑 ▶️ @taskin_markaz

Аллоҳ сизни хурсанд қилганичалик , сиз ўзингизни ўзингиз хурсанд қила олмайсиз. Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид

Muhabbat izhori 💗 Insonlar "men seni yaxshi ko'raman" degan gapni turlicha aytishadi. Ba'zilar "o'zingni ehtiyot qil" degan
Muhabbat izhori 💗 Insonlar "men seni yaxshi ko'raman" degan gapni turlicha aytishadi. Ba'zilar "o'zingni ehtiyot qil" degan shaklda... Boshqalar "havo sovuq, yaxshi kiyinib olgin" tarzida... Boshqa birovlar "ovqat yedingmi?", tarzida... Yana boshqalar "bugun ko'p charchading, endi dam ol" ko'rinishida... Boshqalar "uyga kelsang menga xabar ber" tarzida aytishadi. Kimlardir buni tushunadi. Ammo ba'zilar buni oddiy gap deb o'ylab unga mos javob qaytarib qo'ya qolishadi! 🌷 Nega menga sevishingizni aytmaysiz deydiganilarga yuborib qo'yvurasiz 🫶 #Abdulqodir Polvonov @alamiy_uz