Tamrin
Kanalga Telegramâda oâtish
Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin â takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
366
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+37 kun
+330 kun
Postlar arxiv
366
Ba'zan hamma narsani ham tushuntirib bo'lmaydi.
Ba'zan choy damlanadi..
Ba'zan she'r yoziladi..
Ba'zan duo qilinadi..
366
Haqiqiy qiyofamiz â yashirishga uringan botinimizdir. Kiygan kiyimimiz ham, aytgan soâzimiz ham emas. Shunday ekan, botiningga nazar sol, fikr yurit, mushohada qil, botiningga yashirgan narsalaringni oârgan. Shunda dunyodagi oârning, oxiratdagi maqoming qayerda ekanini bilasanâŠ
Doktor Mustafo Mahmud
366
Onajonimning yuzlariga boqishlik naqadar go'zaldir.
U jannatdir...
Robbimning roziligi ularni roziligida bo'lmoqligi yetarlidir.
#tarjimđȘ
366
Kim istamaydi.
Qanot qoqqan har on, Baytullohda mehmon bo'lmoqlikni.
Kim istamaydi Allohim...
366
Erta borgan ham, kech boradigan ham yo'q.
Hamma nasibiga yetishadi.
Yetishganingiz qadari nasibdir.
366
Choy kabi yashaladi kunlar..
Goh ochiq, goh qora..
Ba'zan oddiy, ba'zan shakarli..
Va ulashgan insoningiz qo'shadi lazzatni..
366
Allohim;
Izzat ber,
Iymon ber,
Amal ber,
Ixlos ber,
Sabot ber,
Ofiyat ber,
Salomatlik ber,
Saodat ber,
Sakinat ber,
Yaxshi xulq ber,
Yaxshi aql-farosat ber,
Marhamat ber,
Go'zal umr ber,
Go'zal oqibat ber,
Go'zal xotima ber.
Har narsani xayrlisini ber Allohim..
366
âșïžSufyoni Savriy rahimahulloh dedilar: âKam soâzlashni lozim tuting, qalbingiz muloyimlashadi, yumshaydi. Koâproq sukutni lozim tuting, taqvoga ega boâlasiz. Dunyoga haris boâlmang. Hasadgoây boâlmang, tez fahmlaydigan boâlasiz. Shikoyatchi, noliyveruvchi boâlmang, odamlarning tilidan omonda boâlasiz. Rahmli boâling, odamlar qalbida muhabbat uygâotuvchi, havas uygâotuvchi boâlasiz. Sizga taqsim qilingan rizqqa rozi boâling, boy va behojat boâlasiz. Allohga suyaning, tavakkul qiling, kuchli boâlasiz. Dunyo ahli bilan ularning mol-dunyolari ustida nizolashmang, bahslashmang. Shunda Alloh sizni yaxshi koâradi va yer ahli sizni yaxshi koâradi. Tavozeâli boâling, yaxshilik amallaringiz mukammal boâladi. Ofiyat, salomatlik vaqtingizda amal qiling, ofiyat ustingizdan ato qilinadi"
Tamrin
366
Repost from fuaŰŻun
+1
Subhanalloh, Yoâl chetida turgan edim, bir kishi yonimga yaqinlashib, arab tilini bilish-bilmasligimni arabcha soâradi. Men unga ozroq bilishimni aytdim. Keyin u qoâlidagi videoqoângâiroqdagi telefonni menga qaratib: Bu yigitlar Gâazzadan, senga salom aytishmoqchi, dedi.
Men bir lahza nima deyishni bilmay, soâng ular bilan salomlashdim, hollarini soâradim va Alloh taolodan ularga yordam berishini soârab duo qildim.
U yigitlarning yuzlarida qandaydir ajoyib nur va samimiy xursandchilik bor edi. Ularning oâsha quvonchi menga ham qandaydir iliq va tushunib boâlmas bir xursandchilik bagâishladi. Qiyin va ogâir sinovlarni boshdan kechirayotgan boâlsalarda, ularning yuzidagi tabassum va koâzlaridagi nur menga ajoyib taâsir qildi.
Subhanalloh, baâzan bir necha daqiqalik uchrashuv ham insonning qalbida uzoq vaqt saqlanib qoladigan taassurot qoldiradi.
366
đŽO'lim oxirat uchun eshik kabidir. Har qanday nafs bu eshikdan o'tishga majbur. Istaganlar ham istamaganlar ham Allohning qadariga muvofiq holda, shubhasiz, o'lim sharbatini ichadi. O'lim biz uchun uzoqdagi bir manzil singari tuyuladi, afsuski, bu eng katta nuqsonimizdir. O'lim qosh va qovoq qanchalik bo'lsa bizga ana shu qadar yaqindir.
Halqa
Tamrinâïž
366
Jufti halol tanlash degani bir lahzalik havas emasdir.
U sizning qolgan umringizdir.
Yaxshi va yomon holatingizda ham siz bilan yashaydigan barcha yillaringizdir.
Shuning uchun tanlovni go'zal qiling.
Chunki u sizning hayotdagi yo'ldoshingizdir. Hayotning yuki yelkangizga tushganida yengillatishiga yordam beradigan, qiyin kunlar bo'lganida uyingizga huzurni qayta keltiradigandir.
Sizni ayolingiz yoshligingizni eng sodiq do'stidir. G'ururingizni sindirmay sizga nasihat qiladi. Hayotda toyilsangiz sizni mehri bilan tiklaydi.
U farzandlaringizni onasidir. Ularning qalbini kamolotga yetkazadigan, ularni tarbiyalaydigan, ularga sukut va chuqur bir hurmatni o'rgatadigandir.
U sizning keksalikdagi hamrohingizdir. Kunlaring o'tishi sekinlashib, oyog'ingiz va qo'lingiz to'xtagach, ichingizda dunyolarga almashib bo'lmas bir hotirjamlik uyg'otadi.
Sizni kuchingiz qolmaganida, uni marhamati ziyoda bo'ladi. Qalbi sizga nisbatan yanada ochiq bo'ladi.
Jufti halol bir umrlik imzodir. Shuning uchun oilangizni shu uch ustun ustida quring:
Nigohingizga manzur bo'lgan bir muhabbat.
Qalbingiz taskin topadigan bir huzur. Va aqlingiz ma'qul ko'rgan bir munosiblik.
Mezoningiz doimo Robbingizni roziligi bo'lsin.
U ayolingiz sizga hayotda suyanadigan bir maskan bo'lsin. Nafsingizga yengilganizda u sizga yordam beradigan bo'lsin. Noto'g'ri yo'lga kirganingizda sizga Robbingizni eslatadigan va qaytaradigan bo'lsin. Tushunmovchilikka tushib qolganingizda ham hurmatni vayron qiluvchi emas, balki buzilmaydigan bir ko'prik bo'la oladigan inson bo'lsin.
Qiyinchilik paytlarida sizga tasalli beradigan, borlik vaqtida shukurni biladigan bo'lishligi kerak.
Inson hayotda jufti halolidan boshqa taskin topadigan bir yer mavjud emasdir. Jufti haloli bo'lmagan huzursiz bo'ladi. Na ona, na opa-singillar... Insonga jufti halol lozim.
âșïžShuning uchun Ibn Abbos dedilarki: Odam alayhissalom jannatda ekan yolg'izlikni his etdi.
Jannatdasiz hamma narsaga erishdingiz ammo yolg'izlikni his qilyapsiz. Ijtimoiy munosabatlar muhimdir. U ham yolg'izlikni his etdi. Alloh taolo unga yolg'izlikni ketkazsin deya Odam alayhissalomni qovurg'alaridan Havvoni yaratdi. Inson yaqinlik qidiradigan bir borliqdir, ulfat qidiradi va bu ruh faqat boshqa bir ruh bilan sukunatga erishadi. Va har bir kishining jufti haloli bo'lmoqligi kerak.
#tarjimđȘ
Tamrinđ
366
Repost from Yakun
«Boâlajak zavjam, siz har kuni Qurâonni juftingizning ovozida eshitishingiz uchun qori boâldim...»
«Rashk â boshqa qorilarning ovozini eshitmasin deya oâzim Qori boâldim...»
Izohlarda esa minglab qizlarning havas toâla izohlari: «MashaAlloh, bizga ham shunday inson nasib qilsin...»
Ijtimoiy tarmoqlarda bot-bot uchraydigan, tashqi tomondan nihoyatda jozibali va emotsional koâringan bu kabi iboralar bir qarashda samimiy tuyulishi mumkin. Ammo maânaviy va diniy nuqtai nazardan chuqurroq tahlil qilinsa, bu yerda gâoyat nozik va xatarli bir chegara buzilayotganini koârish qiyin emas.
Qurâoni Karim â bu insoniy tuygâular va dunyoviy munosabatlar ustidan ustun turuvchi Ilohiy Kalomdir. Uni yod olish, qiroat qilish va «Qori» degan sharafli maqomga erishish esa islomiy tushunchada ibodatlarning eng yuksaklaridan biridir. Ibodatning qabul boâlishi uchun qoâyilgan birinchi va eng muhim shart esa â Ixlos, yaâni niyatning faqat va faqat Alloh roziligi uchun boâlishidir.
Qurâon oârganish va uni yodlash kabi buyuk amalga dunyoviy niyatlar â birovning havasini keltirish, ayoliga yoqish, tarmoqlarda maqtanchoqlik qilish yoki insonlar eâtiborini qozonish maqsadi aralashsa, bu amalning magâzi yoâqoladi.
Sahihi Muslimda keltirilgan mashhur xadisda Qiyomat kunida eng birinchi boâlib hisob-kitob qilinadigan va doâzahga birinchi boâlib tashlanadigan uch toifa inson haqida aytiladi. Ularning biri â Hayotlik chogâida Qurâonni yod olgan, ammo Alloh uchun emas, «Odamlar uni Qori/Qoriaka desin» degan niyatda oâqigan inson boâladi. Ana shu toifadagi qorilar jahannamni qizdirib beruvchi oâtin boâladi, huddiki tandirga non yopishdan oldin, uni qizdirilgan oâtinlardek. Bu xadis har bir toat-ibodatda niyatning naqadar dahshatli va jiddiy oârin tutishini koârsatib beradi.
Sevgi, rashk yoki juftiga boâlgan eâtibor â insoniy tabiatning bir qismi. Er kishi oâz ayoliga goâzal qiroat qilib berishi, uyida Qurâon muhitini yaratishi tahsinga loyiq. Ammo:
Haddan oshish: Rashk kabi dunyoviy tuygâuni Qurâon yodlash kabi buyuk ibodatning birlamchi sababi qilib koârsatish â ibodatning asl mohiyatini pasaytirishdir.
Riyo: Buni ijtimoiy tarmoqda ommaga koâz-koâz qilish, «Men sen uchun Qori boâldim» deya hayqirish ibodatga riyo (oâzini koârsatish) illatini aralashtirib qoâyish xavfini tugâdiradi.
Qurâon â juftingizga sovgâa qiladigan shaxsiy buyum emas, u butun bashariyatga hidoyat manbai oâlaroq tushirilgan.
Havas qilish aybmi?
Niyatni toâgârilash haqida gapirganda, bunday iboralarni yozayotgan yoki ularga havas qilayotgan yoshlarni birdaniga qoralashdan yiroqman. Ularning qalbidagi «oilamizda Qurâon muhiti boâlsin, erim/ayolim Qurâon bilan yashasin» degan pokiza havasiga har qancha tasanno aytsa arziydi. Juftiga goâzal qiroat qilib berish â oilaviy baxt va barakaning kalitlaridan biri. Ammo bu yerda tartibni va chegarani toâgâri qoâya bilish kerak:
â Avvalo Alloh uchun: Qori boâlish niyati faqat Allohning kalomini qalbga ixlos bilan joylash va Uning roziligini topish uchun boâladi.
â Keyin esa baraka: Mana shunday xolis niyat bilan Qori boâlgan insonning xonadonida tabiiy ravishda baraka boâladi, uning qiroati jufti uchun ham, farzandlari uchun ham eng goâzal va tinchlantiruvchi ovozga aylanadi.
Qurâonni insoniy tuygâularimizga vosita qilmaylik, aksincha, tuygâularimizni Qurâon mezonlariga boâysundiraylik. Niyatni toâgârilash â amalning poydevoridir. Poydevor qiyshiq boâlsa, bino qanchalik goâzal koârinmasin, omonat boâlib qolaveradi. Poydevor toâgâri boâlsa, bino albatta mustahkam va barakali boâladi.
366
Besh soniya
Gapirishdan oldin filtrga besh soniya.
Qarordan oldin o'ylashga besh soniya.
Pul sarflashdan oldin besh soniya.
Qo'ng'iroqdan oldin fikrni tartiblashga besh soniya.
Xabarga javob yozishdan avval besh soniya.
Nutqdan oldin ovoz sozlashga besh soniya.
Amaldan oldin niyat uchun besh soniya.
Ma'siyatdan oldin Allohni eslashga besh soniya.
Uyqudan oldin o'limni o'ylab besh soniya.
Dangasalikda dam olish uchun besh soniya.
...
Ba'zan biroz to'xtang.
Besh soniya yetarli chegara.
Biz kam deb o'ylagan muddat ancha narsani hal qiladi.
Yetmasa, 10 soniyadan boshlang.
ULUL ALBAB yozdi
