Tamrin
前往频道在 Telegram
Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin — takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot
显示更多未指定国家未指定类别
366
订阅者
无数据24 小时
+37 天
+330 天
帖子存档
366
Ba'zan hamma narsani ham tushuntirib bo'lmaydi.
Ba'zan choy damlanadi..
Ba'zan she'r yoziladi..
Ba'zan duo qilinadi..
366
Haqiqiy qiyofamiz – yashirishga uringan botinimizdir. Kiygan kiyimimiz ham, aytgan so‘zimiz ham emas. Shunday ekan, botiningga nazar sol, fikr yurit, mushohada qil, botiningga yashirgan narsalaringni o‘rgan. Shunda dunyodagi o‘rning, oxiratdagi maqoming qayerda ekanini bilasan…
Doktor Mustafo Mahmud
366
Onajonimning yuzlariga boqishlik naqadar go'zaldir.
U jannatdir...
Robbimning roziligi ularni roziligida bo'lmoqligi yetarlidir.
#tarjim🟪
366
Kim istamaydi.
Qanot qoqqan har on, Baytullohda mehmon bo'lmoqlikni.
Kim istamaydi Allohim...
366
Erta borgan ham, kech boradigan ham yo'q.
Hamma nasibiga yetishadi.
Yetishganingiz qadari nasibdir.
366
Choy kabi yashaladi kunlar..
Goh ochiq, goh qora..
Ba'zan oddiy, ba'zan shakarli..
Va ulashgan insoningiz qo'shadi lazzatni..
366
Allohim;
Izzat ber,
Iymon ber,
Amal ber,
Ixlos ber,
Sabot ber,
Ofiyat ber,
Salomatlik ber,
Saodat ber,
Sakinat ber,
Yaxshi xulq ber,
Yaxshi aql-farosat ber,
Marhamat ber,
Go'zal umr ber,
Go'zal oqibat ber,
Go'zal xotima ber.
Har narsani xayrlisini ber Allohim..
366
⏺️Sufyoni Savriy rahimahulloh dedilar: “Kam so‘zlashni lozim tuting, qalbingiz muloyimlashadi, yumshaydi. Ko‘proq sukutni lozim tuting, taqvoga ega bo‘lasiz. Dunyoga haris bo‘lmang. Hasadgo‘y bo‘lmang, tez fahmlaydigan bo‘lasiz. Shikoyatchi, noliyveruvchi bo‘lmang, odamlarning tilidan omonda bo‘lasiz. Rahmli bo‘ling, odamlar qalbida muhabbat uyg‘otuvchi, havas uyg‘otuvchi bo‘lasiz. Sizga taqsim qilingan rizqqa rozi bo‘ling, boy va behojat bo‘lasiz. Allohga suyaning, tavakkul qiling, kuchli bo‘lasiz. Dunyo ahli bilan ularning mol-dunyolari ustida nizolashmang, bahslashmang. Shunda Alloh sizni yaxshi ko‘radi va yer ahli sizni yaxshi ko‘radi. Tavoze’li bo‘ling, yaxshilik amallaringiz mukammal bo‘ladi. Ofiyat, salomatlik vaqtingizda amal qiling, ofiyat ustingizdan ato qilinadi"
Tamrin
366
Repost from fuaدun
+1
Subhanalloh, Yo‘l chetida turgan edim, bir kishi yonimga yaqinlashib, arab tilini bilish-bilmasligimni arabcha so‘radi. Men unga ozroq bilishimni aytdim. Keyin u qo‘lidagi videoqo‘ng‘iroqdagi telefonni menga qaratib: Bu yigitlar G‘azzadan, senga salom aytishmoqchi, dedi.
Men bir lahza nima deyishni bilmay, so‘ng ular bilan salomlashdim, hollarini so‘radim va Alloh taolodan ularga yordam berishini so‘rab duo qildim.
U yigitlarning yuzlarida qandaydir ajoyib nur va samimiy xursandchilik bor edi. Ularning o‘sha quvonchi menga ham qandaydir iliq va tushunib bo‘lmas bir xursandchilik bag‘ishladi. Qiyin va og‘ir sinovlarni boshdan kechirayotgan bo‘lsalarda, ularning yuzidagi tabassum va ko‘zlaridagi nur menga ajoyib ta’sir qildi.
Subhanalloh, ba’zan bir necha daqiqalik uchrashuv ham insonning qalbida uzoq vaqt saqlanib qoladigan taassurot qoldiradi.
366
🔴O'lim oxirat uchun eshik kabidir. Har qanday nafs bu eshikdan o'tishga majbur. Istaganlar ham istamaganlar ham Allohning qadariga muvofiq holda, shubhasiz, o'lim sharbatini ichadi. O'lim biz uchun uzoqdagi bir manzil singari tuyuladi, afsuski, bu eng katta nuqsonimizdir. O'lim qosh va qovoq qanchalik bo'lsa bizga ana shu qadar yaqindir.
Halqa
Tamrin✒️
366
Jufti halol tanlash degani bir lahzalik havas emasdir.
U sizning qolgan umringizdir.
Yaxshi va yomon holatingizda ham siz bilan yashaydigan barcha yillaringizdir.
Shuning uchun tanlovni go'zal qiling.
Chunki u sizning hayotdagi yo'ldoshingizdir. Hayotning yuki yelkangizga tushganida yengillatishiga yordam beradigan, qiyin kunlar bo'lganida uyingizga huzurni qayta keltiradigandir.
Sizni ayolingiz yoshligingizni eng sodiq do'stidir. G'ururingizni sindirmay sizga nasihat qiladi. Hayotda toyilsangiz sizni mehri bilan tiklaydi.
U farzandlaringizni onasidir. Ularning qalbini kamolotga yetkazadigan, ularni tarbiyalaydigan, ularga sukut va chuqur bir hurmatni o'rgatadigandir.
U sizning keksalikdagi hamrohingizdir. Kunlaring o'tishi sekinlashib, oyog'ingiz va qo'lingiz to'xtagach, ichingizda dunyolarga almashib bo'lmas bir hotirjamlik uyg'otadi.
Sizni kuchingiz qolmaganida, uni marhamati ziyoda bo'ladi. Qalbi sizga nisbatan yanada ochiq bo'ladi.
Jufti halol bir umrlik imzodir. Shuning uchun oilangizni shu uch ustun ustida quring:
Nigohingizga manzur bo'lgan bir muhabbat.
Qalbingiz taskin topadigan bir huzur. Va aqlingiz ma'qul ko'rgan bir munosiblik.
Mezoningiz doimo Robbingizni roziligi bo'lsin.
U ayolingiz sizga hayotda suyanadigan bir maskan bo'lsin. Nafsingizga yengilganizda u sizga yordam beradigan bo'lsin. Noto'g'ri yo'lga kirganingizda sizga Robbingizni eslatadigan va qaytaradigan bo'lsin. Tushunmovchilikka tushib qolganingizda ham hurmatni vayron qiluvchi emas, balki buzilmaydigan bir ko'prik bo'la oladigan inson bo'lsin.
Qiyinchilik paytlarida sizga tasalli beradigan, borlik vaqtida shukurni biladigan bo'lishligi kerak.
Inson hayotda jufti halolidan boshqa taskin topadigan bir yer mavjud emasdir. Jufti haloli bo'lmagan huzursiz bo'ladi. Na ona, na opa-singillar... Insonga jufti halol lozim.
⏺️Shuning uchun Ibn Abbos dedilarki: Odam alayhissalom jannatda ekan yolg'izlikni his etdi.
Jannatdasiz hamma narsaga erishdingiz ammo yolg'izlikni his qilyapsiz. Ijtimoiy munosabatlar muhimdir. U ham yolg'izlikni his etdi. Alloh taolo unga yolg'izlikni ketkazsin deya Odam alayhissalomni qovurg'alaridan Havvoni yaratdi. Inson yaqinlik qidiradigan bir borliqdir, ulfat qidiradi va bu ruh faqat boshqa bir ruh bilan sukunatga erishadi. Va har bir kishining jufti haloli bo'lmoqligi kerak.
#tarjim🟪
Tamrin📖
366
Repost from Yakun
«Bo‘lajak zavjam, siz har kuni Qur’onni juftingizning ovozida eshitishingiz uchun qori bo‘ldim...»
«Rashk — boshqa qorilarning ovozini eshitmasin deya o‘zim Qori bo‘ldim...»
Izohlarda esa minglab qizlarning havas to‘la izohlari: «MashaAlloh, bizga ham shunday inson nasib qilsin...»
Ijtimoiy tarmoqlarda bot-bot uchraydigan, tashqi tomondan nihoyatda jozibali va emotsional ko‘ringan bu kabi iboralar bir qarashda samimiy tuyulishi mumkin. Ammo ma’naviy va diniy nuqtai nazardan chuqurroq tahlil qilinsa, bu yerda g‘oyat nozik va xatarli bir chegara buzilayotganini ko‘rish qiyin emas.
Qur’oni Karim — bu insoniy tuyg‘ular va dunyoviy munosabatlar ustidan ustun turuvchi Ilohiy Kalomdir. Uni yod olish, qiroat qilish va «Qori» degan sharafli maqomga erishish esa islomiy tushunchada ibodatlarning eng yuksaklaridan biridir. Ibodatning qabul bo‘lishi uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim shart esa — Ixlos, ya’ni niyatning faqat va faqat Alloh roziligi uchun bo‘lishidir.
Qur’on o‘rganish va uni yodlash kabi buyuk amalga dunyoviy niyatlar — birovning havasini keltirish, ayoliga yoqish, tarmoqlarda maqtanchoqlik qilish yoki insonlar e’tiborini qozonish maqsadi aralashsa, bu amalning mag‘zi yo‘qoladi.
Sahihi Muslimda keltirilgan mashhur xadisda Qiyomat kunida eng birinchi bo‘lib hisob-kitob qilinadigan va do’zahga birinchi bo’lib tashlanadigan uch toifa inson haqida aytiladi. Ularning biri — Hayotlik chog‘ida Qur’onni yod olgan, ammo Alloh uchun emas, «Odamlar uni Qori/Qoriaka desin» degan niyatda o‘qigan inson bo‘ladi. Ana shu toifadagi qorilar jahannamni qizdirib beruvchi o’tin bo’ladi, huddiki tandirga non yopishdan oldin, uni qizdirilgan o’tinlardek. Bu xadis har bir toat-ibodatda niyatning naqadar dahshatli va jiddiy o‘rin tutishini ko‘rsatib beradi.
Sevgi, rashk yoki juftiga bo‘lgan e’tibor — insoniy tabiatning bir qismi. Er kishi o‘z ayoliga go‘zal qiroat qilib berishi, uyida Qur’on muhitini yaratishi tahsinga loyiq. Ammo:
Haddan oshish: Rashk kabi dunyoviy tuyg‘uni Qur’on yodlash kabi buyuk ibodatning birlamchi sababi qilib ko‘rsatish — ibodatning asl mohiyatini pasaytirishdir.
Riyo: Buni ijtimoiy tarmoqda ommaga ko‘z-ko‘z qilish, «Men sen uchun Qori bo‘ldim» deya hayqirish ibodatga riyo (o‘zini ko‘rsatish) illatini aralashtirib qo‘yish xavfini tug‘diradi.
Qur’on — juftingizga sovg‘a qiladigan shaxsiy buyum emas, u butun bashariyatga hidoyat manbai o‘laroq tushirilgan.
Havas qilish aybmi?
Niyatni to‘g‘rilash haqida gapirganda, bunday iboralarni yozayotgan yoki ularga havas qilayotgan yoshlarni birdaniga qoralashdan yiroqman. Ularning qalbidagi «oilamizda Qur’on muhiti bo‘lsin, erim/ayolim Qur’on bilan yashasin» degan pokiza havasiga har qancha tasanno aytsa arziydi. Juftiga go‘zal qiroat qilib berish — oilaviy baxt va barakaning kalitlaridan biri. Ammo bu yerda tartibni va chegarani to‘g‘ri qo‘ya bilish kerak:
— Avvalo Alloh uchun: Qori bo‘lish niyati faqat Allohning kalomini qalbga ixlos bilan joylash va Uning roziligini topish uchun bo‘ladi.
— Keyin esa baraka: Mana shunday xolis niyat bilan Qori bo‘lgan insonning xonadonida tabiiy ravishda baraka bo‘ladi, uning qiroati jufti uchun ham, farzandlari uchun ham eng go‘zal va tinchlantiruvchi ovozga aylanadi.
Qur’onni insoniy tuyg‘ularimizga vosita qilmaylik, aksincha, tuyg‘ularimizni Qur’on mezonlariga bo‘ysundiraylik. Niyatni to‘g‘rilash — amalning poydevoridir. Poydevor qiyshiq bo‘lsa, bino qanchalik go‘zal ko‘rinmasin, omonat bo‘lib qolaveradi. Poydevor to‘g‘ri bo‘lsa, bino albatta mustahkam va barakali bo‘ladi.
366
Besh soniya
Gapirishdan oldin filtrga besh soniya.
Qarordan oldin o'ylashga besh soniya.
Pul sarflashdan oldin besh soniya.
Qo'ng'iroqdan oldin fikrni tartiblashga besh soniya.
Xabarga javob yozishdan avval besh soniya.
Nutqdan oldin ovoz sozlashga besh soniya.
Amaldan oldin niyat uchun besh soniya.
Ma'siyatdan oldin Allohni eslashga besh soniya.
Uyqudan oldin o'limni o'ylab besh soniya.
Dangasalikda dam olish uchun besh soniya.
...
Ba'zan biroz to'xtang.
Besh soniya yetarli chegara.
Biz kam deb o'ylagan muddat ancha narsani hal qiladi.
Yetmasa, 10 soniyadan boshlang.
ULUL ALBAB yozdi
