uz
Feedback
PhD Support

PhD Support

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 869
Obunachilar
+1624 soatlar
+1697 kun
+43430 kun
Postlar arxiv
Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi: 🔹 @centerasia_library Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori. 🔹 @ILM_NUR_2020 Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma. 🔹 @akademik_burchak OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal. 🔹 @Scopus_Academy Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal. 🔹 @Magistr_Hub Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi. 🔹 @centerasiastudy Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma. 🔹 @PhD_Supp0rt PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.

#ilmiy_nashrlar_ruyxati @PhD_Supp0rt Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatga turli fan yo‘nalishlarini qamrab olgan jami 1704 ta ilmiy jurnal kiritilgan.
Mazkur yangilanish doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim ahamiyatga ega.
Chunki dissertatsiya natijalarini e’lon qilishda jurnalning amaldagi OAK ro‘yxatida mavjudligini tekshirish talab etiladi. Shu sababli maqola yuborishdan oldin jurnalning ro‘yxatdagi holatini va tegishli fan yo‘nalishiga mosligini yana bir bor aniqlab olish maqsadga muvofiq. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

So‘nggi bir yil ichida ilmiy maqolalarni o‘qib turib qiziq holatni sezadigan bo‘ldim. Ayrim matnlarda muallifning o‘zi emas, balki sun’iy intellektning “ovozini” eshitgandek bo‘lasiz. Hammasi joyida: jumlalar ravon, uslub tartibli, xatolar deyarli yo‘q. Lekin matn tugagach, muallif aslida nima demoqchi bo‘lganini anglash qiyin.
Tadqiqotlarga ko‘ra, 2025-yilda chop etilgan maqolalarning 57 foizida sun’iy intellekt ta’siri sezilgan iboralar uchragan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich atigi 12 foiz edi. Ikki yil ichidagi bu sakrash ilm-fan uchun yangi davr boshlanganini ko‘rsatadi. Buni faqat salbiy baholash ham noto‘g‘ri. AI ko‘plab tadqiqotchilar uchun vaqtni tejaydigan vositaga aylandi. Adabiyot qidirish, matnni tahrirlash, ingliz tilidagi maqolalarni tayyorlash yoki fikrlarni tizimlashtirish ancha osonlashdi. Ayniqsa, chet tilida yozishda qiynaladigan yosh olimlar uchun bu katta imkoniyat. Lekin medalning ikkinchi tomoni ham bor. Jurnal muharrirlari va ekspertlar sifatsiz, yuzaki, ba’zan esa mazmunan bo‘sh maqolalar soni ortayotganini ta’kidlamoqda. Ayrim mualliflar tadqiqot qilishdan ko‘ra prompt yozishni tezroq o‘rganib oldi, shekilli. Shaxsiy kuzatuvimga ko‘ra, muammo AI’da emas. Muammo uni qanday ishlatayotganimizda. Sun’iy intellekt ilmiy tafakkurning o‘rnini bosa olmaydi. U ko‘proq kompasga o‘xshaydi: yo‘lni ko‘rsatishi mumkin, lekin yurib berolmaydi.
Bir paytlar kalkulyator paydo bo‘lganda ham “endi hech kim matematika bilmaydi” degan xavotirlar bo‘lgan. Matematika qolganidek, ilm ham qoladi. Faqat vositalar o‘zgaradi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Google Scholar’dan shunchaki qidiruv sifatida foydalanmang Kuchli maqolani topsangiz, uning foydalanilgan adabiyotlari va “Cited by” bo‘limini ham ko‘ring. Bitta sifatli manba sizni o‘nlab kerakli tadqiqotlarga olib borishi mumkin. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Scopus — maqsad emas Scopus’da maqola chiqishi yaxshi natija. Ammo ilm uchun muhim savol boshqa: maqolangiz qanday yangi bilim berdi? Indeksatsiya olimga ko‘rinish beradi, ilmiy qiymatni esa tadqiqotning o‘zi yaratadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Qaysi hollarda Ilmiy darajadan mahrum etiladi: Ko‘chirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis o‘tkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil o‘tgan bo‘lsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqilmaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

100 ta manba o‘qish shartmi? Muhimi son emas, sifat. O‘qilgan har bir manbadan uning g‘oyasi, metodi, natijasi va cheklovini ajrata olsangiz, u tadqiqotingizga xizmat qiladi. PDF yig‘ish bilan adabiyot o‘rganish bir xil narsa emas. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Q1 doim “eng yaxshi” degani emas Kvartil jurnalning o‘z sohasidagi nisbiy o‘rnini ko‘rsatadi. Ammo jurnal tanlashda faqat Q1 yoki Q2 belgisi emas, mavzuga moslik, auditoriya va tahrir siyosati ham muhim. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Adabiyotlar sharhi — familiyalar ro‘yxati emas “Falanchi o‘rgangan, pistonchi tadqiq qilgan” tarzidagi matn hali ilmiy sharh emas. Muhimi — olimlar nimada kelishadi, nimada bahslashadi va qaysi masala hanuz ochiq qolganini ko‘rsatish. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Juda tez maqola chiqarishni va’da qilgan jurnalga ehtiyot bo‘ling “3 kunda qabul”, “100 foiz kafolat”, “review kerak emas” kabi va’dalar jiddiy xavf belgisi. Jurnalning indeksatsiyasi, tahrir hay’ati va nashriyot tarixini mustaqil tekshiring. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Metod va metodologiya boshqa-boshqa tushuncha Anketa, suhbat yoki statistik tahlil — metod. Metodologiya esa nima uchun aynan shu usullar tanlangani va ular orqali qanday ilmiy xulosaga kelinayotganini asoslaydi. Kuchli ishda metodlar shunchaki sanab o‘tilmaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Q1 doim “eng yaxshi” degani emas Kvartil jurnalning o‘z sohasidagi nisbiy o‘rnini ko‘rsatadi. Ammo jurnal tanlashda faqat Q1 yoki Q2 belgisi emas, mavzuga moslik, auditoriya va tahrir siyosati ham muhim. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

PhDdan DScgacha — 1 yilga yetmaydigan ilmiy yo‘l 2017–2026-yillardagi OAK ma’lumotlari tahlili bir noodatiy holatni ko‘rsatadi: PhD va DSc himoyalari orasidagi interval 1 yildan kam bo‘lgan kamida 3 ta holat mavjud — 215, 278 va 357 kun. Taqqoslash uchun, 1 566 ta PhD→DSc holatining medianasi 4,2 yil. Demak, bu uchta holat odatiy statistik diapazondan keskin ajralib turadi. Bu faktning o‘zi hech qanday qoidabuzarlikni isbotlamaydi. Balki tadqiqotchining DSc uchun ilmiy bazasi PhDdan ancha oldin shakllangan bo‘lishi mumkin. Lekin aynan shuning uchun bu holatlar izoh talab qiladigan statistik outlier hisoblanadi. Ayniqsa PhD va DScda mavzu, ixtisoslik va tashkilot ham o‘zgargan bo‘lsa, savol yanada jiddiy: 7–12 oy ichida yangi ilmiy yo‘nalishda DSc darajasidagi natija qanday shakllangan? Bu yerda muhim mezon — vaqt emas, ilmiy natijaning kelib chiqishi, yangiligi va izchilligi.
Shuning uchun bunday holatlarni shaxsiy ayblov sifatida emas, akademik attestatsiya tizimi uchun risk-indikator sifatida ko‘rish kerak. Balki kelajakda OAK ma’lumotlarida PhD→DSc intervali, mavzu davomiyligi, ixtisoslik o‘zgarishi va ilmiy nashrlar dinamikasini birgalikda tahlil qiluvchi “ilmiy kontinuitet” indikatori joriy etilishi kerakdir.
Chunki ilm-fanda eng muhim savol: “DScga qanchada yetib bordi?” emas. “DSc darajasidagi ilmiy natijani qachon va qanday yaratdi?” 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Gipoteza — oldindan tayyor javob emas
Gipoteza tekshiriladigan ilmiy taxmindir. Tadqiqot uni albatta tasdiqlashi shart emas. Agar dalillar aksini ko‘rsatsa, buni tan olish ham haqiqiy ilmiy natijadir.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 23.00.00 - Siyosiy fanlar bo‘yicha 137 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 23.00.00 - Siyosiy fanlar buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Submit qilishdan oldin yana bir marta tekshiring Jurnal talablari, sarlavha, annotatsiya, adabiyotlar, jadvallar va havolalarni yuborishdan oldin tekshirish kerak. Bir soatlik yakuniy nazorat ba’zan bir necha haftalik ortiqcha yozishmalarning oldini oladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Maqsad bitta, vazifalar unga xizmat qiladi Dissertatsiyada bitta aniq maqsad bo‘lishi kerak. Vazifalar esa shu maqsadga olib boradigan bosqichlardir. Kirishda yozilgan har bir vazifaning javobi asosiy qismda ko‘rinishi lozim. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 22.00.00 - Sotsiologiya fanlari bo‘yicha 46 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 22.00.00 - Sotsiologiya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Reviewer nega rad etadi? Maqola faqat “yomon yozilgani” uchun rad etilmaydi. Yangilikning noaniqligi, metoddagi kamchilik, eski adabiyotlar yoki jurnal yo‘nalishiga mos kelmaslik ham sabab bo‘lishi mumkin. Rad javobi ko‘pincha maqolani kuchaytirish uchun signal. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Mavzu qanchalik tor bo‘lsa, tadqiqot shunchalik chuqur bo‘lishi mumkin “Ta’limni rivojlantirish”, “raqamlashtirish muammolari” kabi mavzular bitta dissertatsiya uchun juda keng. Hudud, davr, obyekt va aniq muammoni chegaralash ilmiy ishni kuchsizlantirmaydi, aksincha aniqlashtiradi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt