PhD Support
رفتن به کانال در Telegram
Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 739
مشترکین
+1524 ساعت
+937 روز
+34430 روز
آرشیو پست ها
1 739
100 ta manba o‘qish shartmi?
Muhimi son emas, sifat. O‘qilgan har bir manbadan uning g‘oyasi, metodi, natijasi va cheklovini ajrata olsangiz, u tadqiqotingizga xizmat qiladi. PDF yig‘ish bilan adabiyot o‘rganish bir xil narsa emas.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Q1 doim “eng yaxshi” degani emas
Kvartil jurnalning o‘z sohasidagi nisbiy o‘rnini ko‘rsatadi. Ammo jurnal tanlashda faqat Q1 yoki Q2 belgisi emas, mavzuga moslik, auditoriya va tahrir siyosati ham muhim.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Adabiyotlar sharhi — familiyalar ro‘yxati emas
“Falanchi o‘rgangan, pistonchi tadqiq qilgan” tarzidagi matn hali ilmiy sharh emas. Muhimi — olimlar nimada kelishadi, nimada bahslashadi va qaysi masala hanuz ochiq qolganini ko‘rsatish.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Juda tez maqola chiqarishni va’da qilgan jurnalga ehtiyot bo‘ling
“3 kunda qabul”, “100 foiz kafolat”, “review kerak emas” kabi va’dalar jiddiy xavf belgisi. Jurnalning indeksatsiyasi, tahrir hay’ati va nashriyot tarixini mustaqil tekshiring.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Metod va metodologiya boshqa-boshqa tushuncha
Anketa, suhbat yoki statistik tahlil — metod. Metodologiya esa nima uchun aynan shu usullar tanlangani va ular orqali qanday ilmiy xulosaga kelinayotganini asoslaydi. Kuchli ishda metodlar shunchaki sanab o‘tilmaydi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Q1 doim “eng yaxshi” degani emas
Kvartil jurnalning o‘z sohasidagi nisbiy o‘rnini ko‘rsatadi. Ammo jurnal tanlashda faqat Q1 yoki Q2 belgisi emas, mavzuga moslik, auditoriya va tahrir siyosati ham muhim.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
PhDdan DScgacha — 1 yilga yetmaydigan ilmiy yo‘l
2017–2026-yillardagi OAK ma’lumotlari tahlili bir noodatiy holatni ko‘rsatadi: PhD va DSc himoyalari orasidagi interval 1 yildan kam bo‘lgan kamida 3 ta holat mavjud — 215, 278 va 357 kun.
Taqqoslash uchun, 1 566 ta PhD→DSc holatining medianasi 4,2 yil. Demak, bu uchta holat odatiy statistik diapazondan keskin ajralib turadi.
Bu faktning o‘zi hech qanday qoidabuzarlikni isbotlamaydi. Balki tadqiqotchining DSc uchun ilmiy bazasi PhDdan ancha oldin shakllangan bo‘lishi mumkin. Lekin aynan shuning uchun bu holatlar izoh talab qiladigan statistik outlier hisoblanadi.
Ayniqsa PhD va DScda mavzu, ixtisoslik va tashkilot ham o‘zgargan bo‘lsa, savol yanada jiddiy:
7–12 oy ichida yangi ilmiy yo‘nalishda DSc darajasidagi natija qanday shakllangan?
Bu yerda muhim mezon — vaqt emas, ilmiy natijaning kelib chiqishi, yangiligi va izchilligi.
Shuning uchun bunday holatlarni shaxsiy ayblov sifatida emas, akademik attestatsiya tizimi uchun risk-indikator sifatida ko‘rish kerak. Balki kelajakda OAK ma’lumotlarida PhD→DSc intervali, mavzu davomiyligi, ixtisoslik o‘zgarishi va ilmiy nashrlar dinamikasini birgalikda tahlil qiluvchi “ilmiy kontinuitet” indikatori joriy etilishi kerakdir.Chunki ilm-fanda eng muhim savol: “DScga qanchada yetib bordi?” emas. “DSc darajasidagi ilmiy natijani qachon va qanday yaratdi?” 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Gipoteza — oldindan tayyor javob emas
Gipoteza tekshiriladigan ilmiy taxmindir. Tadqiqot uni albatta tasdiqlashi shart emas. Agar dalillar aksini ko‘rsatsa, buni tan olish ham haqiqiy ilmiy natijadir.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt
@PhD_Supp0rt
23.00.00 - Siyosiy fanlar bo‘yicha 137 ta ilmiy jurnal
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 23.00.00 - Siyosiy fanlar buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Submit qilishdan oldin yana bir marta tekshiring
Jurnal talablari, sarlavha, annotatsiya, adabiyotlar, jadvallar va havolalarni yuborishdan oldin tekshirish kerak. Bir soatlik yakuniy nazorat ba’zan bir necha haftalik ortiqcha yozishmalarning oldini oladi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Maqsad bitta, vazifalar unga xizmat qiladi
Dissertatsiyada bitta aniq maqsad bo‘lishi kerak. Vazifalar esa shu maqsadga olib boradigan bosqichlardir. Kirishda yozilgan har bir vazifaning javobi asosiy qismda ko‘rinishi lozim.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt
@PhD_Supp0rt
22.00.00 - Sotsiologiya fanlari bo‘yicha 46 ta ilmiy jurnal
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 22.00.00 - Sotsiologiya fanlari buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Reviewer nega rad etadi?
Maqola faqat “yomon yozilgani” uchun rad etilmaydi. Yangilikning noaniqligi, metoddagi kamchilik, eski adabiyotlar yoki jurnal yo‘nalishiga mos kelmaslik ham sabab bo‘lishi mumkin. Rad javobi ko‘pincha maqolani kuchaytirish uchun signal.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Mavzu qanchalik tor bo‘lsa, tadqiqot shunchalik chuqur bo‘lishi mumkin
“Ta’limni rivojlantirish”, “raqamlashtirish muammolari” kabi mavzular bitta dissertatsiya uchun juda keng. Hudud, davr, obyekt va aniq muammoni chegaralash ilmiy ishni kuchsizlantirmaydi, aksincha aniqlashtiradi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt
@PhD_Supp0rt
21.00.00 - Harbiy fanlar bo‘yicha 5 ta ilmiy jurnal
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 21.00.00 - Harbiy fanlar buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.
Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.
Kvotalar quyidagicha belgilangan:
stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
doktoranturaga — 540 ta.
Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
1 739
“Revise and resubmit” — yaxshi imkoniyat
Reviewer tuzatish so‘ragan bo‘lsa, maqolangiz hali jarayonda. Har bir e’tirozga aniq javob bering va qayerda qanday o‘zgartirish qilganingizni ko‘rsating. Ilmiy maqola ko‘pincha qayta ishlash jarayonida pishadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Obyekt va predmetni adashtirmang
Obyekt — siz o‘rganayotgan kengroq jarayon. Predmet esa uning ichidagi aynan siz tahlil qilayotgan jihat. Ikkalasi bir xil yozilgan bo‘lsa, tadqiqot chegaralari hali yaxshi aniqlanmagan bo‘lishi mumkin.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Yosh olimlar, “ilmiy ekspertlar”dan ehtiyot bo‘ling!
“Scopusda maqola chiqaramiz”, “AI yordamida tadqiqot yozamiz”, “PhD sari bir qadam” kabi kurslar ko‘payib ketdi. Ularning orasida haqiqiy mutaxassislar bor, albatta. Ammo ilmiy faoliyatni tijoratga aylantirib, yosh tadqiqotchilarning ishonchidan foydalanayotganlar ham kam emas.
Unutmang: Scopus jurnal emas, ilmiy nashrlar bazasi. Maqolani esa jurnal tahririyati va taqrizchilar baholaydi. Shuning uchun “100 foiz chiqaramiz”, “bir oyda Q1 maqola tayyor”, “hammualliflik sotiladi” degan va’dalar jiddiy shubha uyg‘otishi kerak.Sun’iy intellekt ham olimning o‘rnini bosmaydi. U matn tayyorlashga yordam beradi, lekin soxta manba keltirishi, mavjud bo‘lmagan faktlarni yozishi va sizni akademik halollik bilan bog‘liq muammolarga olib kirishi mumkin.
Kursga yozilishdan oldin trenerning ilmiy maqolalari, ORCID yoki Scopus profilini tekshiring. Kurs dasturini, to‘lov shartlarini va aynan nimani o‘rganishingizni so‘rang. Tayyor maqola, sotiladigan mualliflik va sun’iy iqtiboslarga aldanmang.Haqiqiy ekspert sizga maqola sotmaydi — mustaqil tadqiqot olib borishni o‘rgatadi. Ilmda eng katta boylik tezkor natija emas, halol mehnat va obro‘dir. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt
@PhD_Supp0rt
19.00.00 - Psixologiya fanlari bo‘yicha 66 ta ilmiy jurnal
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 19.00.00 - Psixologiya fanlari buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
