tanimang...
Kanalga Telegram’da o‘tish
Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o'zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo'ling!
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
682
Obunachilar
+2324 soatlar
+987 kun
+45730 kun
Postlar arxiv
682
Qadrsizman... shunchaki borligim ham hech kimga kerak emasdek.
Gapirsam - eshitilmaydi, sukut qilsam - yo'qligim bilinmaydi. Bir paytlar yuragim to'la umid edi, endi esa ichim to'la jimlik...
Men ham kimningdir quvonchi bo'lishni xohlagandim, lekin negadir doim ortiqcha bo'lib qolaman. Mehr bersam - qadri bilinmaydi, sabr qilsam - odat bo'lib qoladi.
Shunchaki... bir kun kelib men yo'qligimni sezishsin deb emas, borligimda qadrlashsin deb yashagandim.
Ammo bugun yana o'sha savol:
men kim uchun muhimman o'zi?...
14 Okt, 09:05
682
Nega buncha g'amginsan?
Qayg'urmoqchi bo'lsang, namozni qazo qilganing uchun, tahajjudga turolmayotganing uchun, birovga ozor berganing uchun, dushanba, payshanba ro'zalarini tutolmayotganing uchun qayg'urgin.
G'amgin bo'lsang, bugun Alloh uchun hech narsa qilmaganliging uchun, Alloh va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni mamnun qilolmaganliging uchun g'amgin bo'l.
Qayg'ursang, bir faqirga yordam berolmaganliging uchun, bir yetimning qo'lidan tutolmaganliging uchun qayg'ur.
G'amgin bo'lsang, dunyoda bir burda non topolmayotgan, kasalliklar bilan kurashayotgan insonlar uchun g'am chek.
Qayg'ursang, Qur'oni Karimni o'qib, uni hayotingga tatbiq qilolmayotganing uchun qayg'ur.
G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni joningdan, molingdan, yaqinlaring, tug'ishganlaringdan ortiq sevolmaganliging uchun g'am chek!
Qayg'ursang, haqiqiy ma'nodagi banda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga chin ummat bo'lolmayotganing uchun qayg'ur.
G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil bo'lolmasligingdan qo'rqib g'am chek!
Balki "Bo'ldi, bas!" dersan?
Iymon va huzun kitobidan
12 Okt, 22:00
14 Noy, ~22:40
682
𝗨𝘆𝗹𝗮𝗻𝗺𝗮𝘆𝗱𝗶 𝘂𝗹𝗮𝗿 𝘀𝗶𝘇𝗴𝗮... Tunlarni ibodat bilan emas, ular bilan suhbat qilib bedor o'tkazishingizni xohlaydiganlar. "Sevaman" deb, o'zi bilan birga sizni gunohga chorlaydigan Muslima qizni xohlab, o'zi qizlarni yo'lini to'sib gap otadiganlar va nomahram ayollar bilan suhbatlashishni tark qilmaydiganlar. Hatto, bomdodga uyg'otishingizni so'raydiganlar-u, namoz o'qi deydigan nomahramlar. Uylanmaydilar ular! Payg'ambarimiz nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Nomahram erkak bilan nomahram ayol yolg'iz qolsa, uchinchisi shayton bo'ladi". Mana shunday bir qancha aniq ta'kidlovlar bo'lsa ham, afsuski, hozirgi kundagi ko'p uchrayotgan va normal bo'lib qolgan mavzulardan biri manashu nomahramlar bilan munosabatlar! Alloh taolo Qur'onda "Zinoga yaqinlashmang! Albatta, u ochiq buzuqlik va yomon yo'ldir". (Isro surasi 32-oyat) Bu oyatda faqatgina zino qilish emas, balki unga olib boradigan har qanday yo'l nomahram bilan bo'lgan munosabatlar, nomahram bilan sevgi to'la suhbatlar, barchasi inobatga olingan. Ey erkaklar, haddingizni biling, unutmanki, qaytar dunyo ekanligini. Bir muslima qizni yo'ldan urishdan oldin tafakkur qiling. Albatta, buning javobi bordir. Robbim hisobda, adolatda tezdir. Sizning ham muslima opa-singlingiz bor. Achinarlisi bu ishga o'ralashib qolganlar orasida namoz o'qiydigan, Qur'on o'qiydigan, hijobli qizlar va taqvodor sanaydigan erkaklar ham bor... Shukur, oralarida tavba gilgan bir martda hato qilib qaytib bu hatoni takrorlamagan, shu bilan iymonini mustahkamlagan qiz va yigitlarimiz bor. Ammo, baribir kam va bu achinarli holat hali hamon davom etmoqda... Tavba qilgan barchani Robbim afv qilsin.
11 Okt, 23:37
682
Allohim, meni ortda qolganlardan qilma.
Agar kechikkan bo‘lsam ham, sen tomon yurayotganlardan qil. Qalbimni sabr va iymon bilan mustahkamla. O‘z yo‘lingda meni yolg‘iz tashlab qo‘yma.
Tirikligimni vafot etishimdan oldin g'animat qil Robbim.
11 Okt, 10:41
682
Agar men undan ilmliroq bo'lsam, men unga hadya.
Agar u mendan ilmliroq bo'lsa, menga u hadya.
10 Okt, 01:57
682
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Alidan so'radilar:
– Ali meni ko'proq yaxshi ko'rasanmi, Allohnimi, Fotimanimi, farzandlaringnimi?
Hazrati Ali: "Hammangizni yaxshi ko'raman yo Rosululloh" deganlarida, payg'ambarimiz alayhissalom: "Ey Ali, bir qalbda shuncha sevgi bo'lishi mumkinmi?".
Hazrati Ali ilmning eshigi bo'la turib javob berolmadi, ijozat istadi. Uyga kelganlarida parishon holatlarini ko'rgan hazrati Fotima sababini so'radilar. Hazrati Ali tushuntirdilar, dedilarki: Borib otamga ayting:
-Allohni ruhim bilan;
-Payg'ambarini qalbim bilan;
-Fotimani nafsim bilan;
-Farzandlarimni shavqatim bilan sevaman. Payg'ambarimiz alayhissalom bu javobni eshitib, tabassum qilib shunday dedilar:
–"Ey Ali, keltirgan guling payg'ambarlik daraxtidan uzilgandir. Javobingdan Fotimaning hidi kelyabdi".
09 Okt, 13:18
682
Tun insonni dunyoviy tashvishlardan uzoqlashtirib, Alloh bilan yolg'iz qolishga chorlaydigan eng go'zal vaqtdir..
Atrof jimjit.. Hamma uyquda.. Lekin birgina Allohga bog'langan qalblargina uyg'oq. Ular uxlamaydi. Shunday insonlar borki, ular tunni uyqu bilan emas, Robbisiga ibodat qilish bilan bezaydi. Qalblarini esa, zikr bilan munavvar qilishadi. Ana shu yerda inson nafsi bilan yuzma-yuz kurashadi. Nafs uyquni, qalb esa, Robbisiga yetishmoqlikni istaydi. Hech kimga aytolmagan, hatto Robbisiga ham kunduzlari so'z bilan ifoda ayta olmagan dardlarini tunning sokinligida ko'z yoshlari bilan aytadi. Chunki ba'zi dardlar so'z bilan emas, ko'z yoshlari bilan sokinlashadi.
Sen Robbingdan so'ra... Qalbingni faqat unga to'kib soch. Zotan seni, sendan yaxshi bilguvchi birgina Udir. Odamlardan umiding uzilganida ham, qalbing mahzunlikka to'lganida ham Undan so'ra. Chunki Allohdan boshqa hech kim sening holingni U kabi bilmaydi.
Tun sukunatida tahajjudga turib, sajdada so'ra. Gunohlaring uchun mag'firat so'ra, qalbing uchun hidoyat so'ra, hayoting uchun baraka so'ra.
Menga duo qilingiz, sizlarga ijobat qilurman. G'ofir surasi, 60-oyat.Shunday ekan, so'rashdan charchama. Robbingdan so'ra — U eshituvchi va duolarni qabul qiluvchidir.
07 Okt, 01:34
682
Har kuni oxirimga biroz yaqinlashar ekanman, senga boqqani na yuzim qolyabdi, na amalim...
06 Okt, 00:15
682
Ey Robbim!
Men sening muxtoj bir qulingman. U holda seni sevishligimda biror g'ariblik, hayratlanarlik narsa yo'q. Aslida sen, hech bir narsaga muxtoj bo'lmagan, ulug'lar ulug'i Malikul Muqtadir bo'la turib, meni sevayotganingga hayratlanmoqdaman!
Sulton Boyazid Bastomiy
05 Okt, 12:35
682
إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّاۤ إِلَیۡهِ رَ ٰجِعُونَ
Albatta, biz Allohnikimiz, va albatta, unga qaytuvchilarmiz.
"Baqara surasi 156-oyat"
05 Okt, 00:29
682
«Sen avvaling jirkanch nutfasan.! Oxiring qo'lansa murdasan.! Buning orasida esa ichingda najosat ko'tarib yuruvchi idishsan.! Yana nimanga kibr qilasan.?!»
Molik Dinor rohimahulloh
02 Okt, 21:34
682
Allohga shu qadar yaqin bo'lingki... Sizga yetishmoq uchun Allohga yaqinlashishga majbur bo'lsin...
02 Okt, 03:09
682
«Nega buncha xotirjamsan?» — dedim o‘zimga.
Va yana javobini ham o‘zim berdim...
Men barchasidan roziman. Qadarimga ne yozilgan bo‘lsa, barchasi uchun Allohdan minnatdorman.
Iltijo qilgan vaqtim mushkulimni oson qilgani, ba’zan yig‘lab ichimdan nima o‘tkazsam, eshitgani uchun, suygani, hatto sinagani uchun tashakkurlar bo‘lsin, shukrlar bo‘lsin...
Chunki bilaman: men bilmagan narsalarni U biladi. Men ko‘rmagan hikmatlarni U ko‘radi. Ba’zan qalbim istagan narsa men uchun xayrli bo‘lmasligi mumkin, ba’zan esa ko‘z yoshim ortida men hali anglamagan bir rahmat yashiringan bo‘ladi.
Shuning uchun endi «Nega?» deb emas, «Allohim, bunda ham Sen bilgan bir hikmat bor», deya qalbimni taskin qilaman.
Axir Robbim marhamat qiladi:
«Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.»
(Sharh surasi, 5–6-oyatlar)
Shu bois ko‘nglim xotirjam.
Chunki men taqdirimni emas, taqdirimni yozgan Zotni sevishni o‘rgandim.
Endi kelmagan kunlardan qo‘rqmayman.
Ketgan narsalar uchun ortimga qarab kuyinmayman.
Berilganiga — shukr, berilmaganiga — sabr, kechiktirilganiga — tavakkul qilaman.
Chunki bilaman: Alloh menga nima berishni ham, nimani mendan olib qolishni ham mendan yaxshiroq biladi.
Va agar bir kun qalbim yana charchab, «Nega aynan men?» deb so‘rasa, unga sekin javob beraman:
«Chunki seni sinayotgan Zot — seni hech qachon tashlab qo‘ymaydigan Zotdir.»
Shunda yana boshimni egib, yuragimdan birgina so‘z chiqadi:
Alhamdulillah…
Men Sen bergan qadar bilan roziman, ey Robbim.
Faqat meni ham Sen mendan rozi bo‘ladigan bandalaring qatorida qil.
29 Sen, 04:05
682
Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil a'ziym.
سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيمِ
27 Sen, 23:35
