tanimang...
رفتن به کانال در Telegram
Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o'zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo'ling!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
698
مشترکین
+2324 ساعت
+987 روز
+45730 روز
آرشیو پست ها
695
Qiziq, seni qayerda uchratar ekanman?
-Balki metroda.
-Balki ishxonada.
-Balki universitetda.
Lekin men seni kutubxonada uchratishni xohlayman. Kitoblar orasida... Balki bir xil javonda to'xtarmiz. Balki bir xil kitobga qo'l uzatarmiz. Men seni tasodif emas. Yillar davomida izlab yurgandek tanib olsam.
20 سپتامبر, 09:29
695
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Alidan so'radilar:
– Ali meni ko'proq yaxshi ko'rasanmi, Allohnimi, Fotimanimi, farzandlaringnimi?
Hazrati Ali: "Hammangizni yaxshi ko'raman yo Rosululloh" deganlarida, payg'ambarimiz alayhissalom: "Ey Ali, bir qalbda shuncha sevgi bo'lishi mumkinmi?".
Hazrati Ali ilmning eshigi bo'la turib javob berolmadi, ijozat istadi. Uyga kelganlarida parishon holatlarini ko'rgan hazrati Fotima sababini so'radilar. Hazrati Ali tushuntirdilar, dedilarki: Borib otamga ayting:
-Allohni ruhim bilan;
-Payg'ambarini qalbim bilan;
-Fotimani nafsim bilan;
-Farzandlarimni shavqatim bilan sevaman. Payg'ambarimiz alayhissalom bu javobni eshitib, tabassum qilib shunday dedilar:
–"Ey Ali, keltirgan guling payg'ambarlik daraxtidan uzilgandir. Javobingdan Fotimaning hidi kelyabdi".
17 سپتامبر, 21:37
05 نوامبر, ~02:53
695
𝗜𝘀𝗵𝗾 qayerda-yu, men qayerda...
Ishq, ishq deymiz oshiq bo'lishlik uchun nima qilyapmiz?...
𝗜𝘀𝗵𝗾* Ilohiy ishq nazarda tutilgan!
16 سپتامبر, 20:26
695
Odamlarni qo'y ey ko'ngil.
Sen Robbingdan, u esa, sendan rozi holda unga qovushishni o'ylasangchi...
15 سپتامبر, 02:36
695
Robbim, Seni yaxshi ko'raman, ammo eng ko'p xiyonat qilganim ham Sen bo'lding...
Robbim, menga hamisha yaxshiliklar tilagan faqatgina Sen, ammo isyon qilgan yana men bo'ldim...
Robbim, meni yaxshi ko'rishingni istayman, ammo Sening muhabbatingni qozonadigan amallarni tark etgan ham men bo'ldim...
Robbim, Jannatingni orzu qildimu, lek Sen jahannamni o'ragan ayshu ishratlarga parvona ham menman...
Robbim, men Seni eslashim ila Sen ham meni eslaydigan muhabbating haqida bilib ham, boshqalardan muhabbat talab qilgan yana men bo'ldim...
Robbim, har qachon men uchun eshiging ochiqligini bilsamda, boshqa eshiklar tomon chopgan, yana men bo'ldim...
Qancha manzillar tomon oshiqsamda, yagona qaytadiganim Sensan!
Bir qanotim gunohlarim yukidan qayrilgan bo'lsada, biri rajo ila parvoz qilmoqda.
Ularni yengillatuvchi ham Sensan, yaxshiyam Sensan Robbim!
Senga tavba ila qaytgan bandangni kichik bir sabab bilan bo'lsada, kechirib yuborasan.
Shunda ham, Sening eshigingni qo'yib, yana ularning eshigi tomon chopgan men naqadar johil, naqadar o'z-o'ziga zulm etguvchiman...
لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَـٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ (21:87)"Sendan O'zga Iloh yo'q, Sen poksan, albatta, men zolimlardan bo'ldim...
14 سپتامبر, 11:58
695
Yaa Robbim, qachongacha Senga osiylik qilaman-u, Sen esa menga muhlat beraverasan?
Shuncha gunoh qilsam ham meni azoblamading, ta’zirimni bermading…
11 سپتامبر, 20:49
695
Allohim, men qoʻrqyapman...“Qoʻrqmanglar! Albatta, Men sizlar bilanman, eshitaman va koʻraman”. (Toha surasi 46-oyat)
Charchadim, men boshqa chiday olmayman...“Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas”. (Baqara surasi 286-oyat)
Men oʻzimni juda kuchsiz his qilyapman...“Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning Oʻzi kifoyadir. Albatta, Alloh Oʻz ishini yetkazuvchidir”. (Taloq surasi 3-oyat)
Oʻxshamasa nima boʻladi?“Azmu qaror qilganingdan soʻng Allohga tavakkul qil. Alloh tavakkul qiluvchilarni sevadir”. (Oli-Imron surasi 159-oyat)
Allohim, qanday tushuntirishni bilmayabman...“Va soʻzingizni sir tutasizmi yoki oshkora qilasizmi, albatta, U koʻngillardagini ham bilguvchi zotdir”. (Mulk surasi 13-oyat)
Yaxshi koʻrganlarimni yoʻqotishdan qoʻrqaman...“Allohning iznisiz hech bir musibat yetmas”. (Tagʻobun surasi 11-oyat)
Gunohlarim koʻp...“Allohning rahmatidan noumid boʻlmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magʻfirat etar. Albatta, uning oʻzi oʻta magʻfiratli va oʻta rahmli zotdir”. (Zumar surasi, 53-oyat)
Shuncha musibatlardan keyin qayta tiklana olmayman...“Bas, albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir”. (Sharh surasi, 5-oyat)
09 سپتامبر, 06:43
695
Sen!
Nimaga mahzunsan?
Hayoti gunoh-masiyatga botgan bo'lsada, Allohga tavba qilmaydiganlar mahzun bo'lsinlar!
Nimaga yeg'layabsan?
Qalblari sahrodek qurib-qaqshagan, ko'zlariga bir tomchi yosh kelmaydiganlar yeg'lasin!
Nimaga havotirlanyabsan?
Allohning buyruqlariga itoat etmay, boshini sajdaga qo'ymaydiganlar havotirlansin!
Nimaga sukut saqlayabsan?
Tilidan faxsh so'zlar chiqaradigan, og'ziga hokim bo'lmaganlar sukut saqlasin!
Bugun gunohlaring sabab joning og'riyotgan bo'lsa, shukur ayt. Alloh gunohlaringni o'zingga bildirib qo'yibdi. Gunohi o'ziga bilinmay, Alloh o'z holiga tashlab qo'yganlarning jonilari og'risin!
Mahzun bo'lma, maylimi?)
08 سپتامبر, 13:47
695
sen hammasini "keyinga" qoldirayotgan bir paytda,
boshqalar allaqachon Allohga ancha yaqinlashib bo'lishdi...
undan seni nima to'syapti?
nahotki nafsing seni yengib qo'ygan bo'lsa?!
08 سپتامبر, 02:09
695
Bir kishidan so'rashibdi:
– Allohni nima uchun yaxshi ko'rasiz?...
- Insonlar aybimni bilmay turib malomat qiladi, Alloh esa gunohimni bilib turib yashiradi.
- Nima uchun sevmayin?..
06 سپتامبر, 20:04
