uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

|Sibavayh Akademiyasi | أكاديمية سيبويه|

|Sibavayh Akademiyasi | أكاديمية سيبويه|

Kanalga Telegram’da o‘tish

Arab tilini ishonch va mukammallik bilan o‘rgan! Admin @Turos_ilmlari

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 820
Obunachilar
-3124 soatlar
-3127 kun
-1 73230 kun
Postlar arxiv
Bu vaqti bor tez natijaga erishaman degan talabalar uchun katta imkoniyat. Boshqa kurslarda har bir kitob 2 3 oylab o’qiladi. Faqat talaba 0 bo’lmasligi kerak nahv va sarfdan ozgina bo’lsa ham tushunchaga ega bo’lgan bo’lishi kerak.

🚀 5 KISHI • 5 KUN • 3 OY • 6 TA KITOB 📚 NAHV VA SARFDAN TEZKOR GURUH Arab tilidan boshlang‘ich bilimga ega, lekin hali nahv yoki sarfdan biror kitobni oxirigacha tugatmagan talabalar uchun maxsus kichik guruh tashkil qilinmoqda. 👥 Guruhga atigi 5 kishi qabul qilinadi! Bu guruh siz uchun mos, agar: 📖 Mabda’ul-Qiroat 1-kitobini va boshqa ba’zi mutolaa kitoblarini o‘qigan bo‘lsangiz; ✍️ Sarfdan fe’llarni oz-moz tasrif qila olsangiz; 📚 Nahv va sarfdan boshlang‘ich bilimga ega bo‘lsangiz, ammo hali biror kitobni oxirigacha tugatmagan bo‘lsangiz; ⚡️ Tez o‘zlashtira olsangiz; ⏰ Dars va vazifalarga vaqt ajrata olsangiz. 🎯 3 OYDA QANCHA NATIJA? 📘 Har oy — 1 ta nahv kitobi 📗 Har oy — 1 ta sarf kitobi 3 oy davomida: ☑ 3 ta nahv kitobi ☑ 3 ta sarf kitobi Ya’ni, jami 6 ta kitob o‘qib chiqiladi. Darslarda faqat qoidalarni o‘rganish bilan cheklanmaymiz: 🔹 Nahv va sarf qoidalari 🔹 e‘rob va tarkib 🔹 Amaliy mashqlar 🔹 Ko‘proq vazifalar 🔹 O‘tilgan mavzularni mustahkamlash 📅 Haftada 5 kun dars 🕐 Dars vaqti guruhga qabul qilingan talabalar bilan maslahatlashib belgilanadi. ⚠️ Eslatma: Bu guruh ko‘proq vaqt ajrata oladigan va vazifalarni muntazam bajarishga tayyor talabalar uchun. 👥 Joylar soni: atigi 5 ta! Agar 3 oy davomida jiddiy shug‘ullanib, nahv va sarf bo‘yicha poydevoringizni mustahkamlashni istasangiz — murojaat qiling. @AbuMustafo0101

Arab tilida yangi so’zlarni o’rganamiz

✨ Assalomu alaykum va rohmatulloh, qadrli bilim oluvchilar! Ertadan boshlab o‘rta guruh talabalari uchun yangi darslarimiz start oladi! Ilm yo‘lida birgalikda yanada chuqurroq qadam tashlaymiz. 📖 Darslarimizda quyidagi kitoblar o‘rganiladi: 📘 Nahv fanidan: "Ajurumiyya sharhi" – arab tili grammatikasini mukammal o‘rganish uchun asosiy qadam. 📗 Mutolaa fanidan: "Nurul yaqin" – Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siirolari (hayot yo‘llari) asosida ma'naviy ozuqa. ⏰ Vaqti:ertlalab 7 dan 9 gacha Ilm olishni istaganlar uchun safimiz doim ochiq! Darslarimizga qo‘shilish yoki batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: @AbuMustafo0101

📚 Yangi darslar jadvali va boshlanish vaqti! Assalomu alaykum va rohmatulloh. Hurmatli qadrli talabalar, darslarimiz boshlanishini e'lon qilamiz: 🟢 Boshlang'ich guruh Vaqti: Ertaga ertalabdan boshlanadi. O'qiladigan kitoblar: • Boshlang'ich sarf • Mabdaul qiroat • Mabdaun nahv 🔵 O'rta guruh Vaqti: Chorshanba kuni ertalabdan boshlanadi. O'qiladigan kitoblar: • Ajurumiyya sharhi • Nurul yaqin Barchangizga darslarda muvaffaqiyat va g'ayrat tilaymiz! https://t.me/sibavayhacademiyasi

🚨 QABULNING OXIRGI KUNI! 📚 SIBAVAYH AKADEMIYASI 📖 Movarounnahr va Misr ilmiy-ta’lim uslublari asosida arab tilini bosqichma-bosqich o‘rganib, klassik arabcha kitoblarni mustaqil o‘qish, tushunish va grammatik tahlil qilish darajasiga yetishni istaganlar uchun. 🌱 BOSHLANG‘ICH GURUHGA qabul oxirlab qoldi Arab tilini noldan yoki boshlang‘ich darajadan o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus dastur. 📖 1-BOSQICH ▫️ مبدأ القراءة — Mabda’ul-Qiroat ▫️ مبدأ الصرف — Mabda’us-Sarf ▫️ مبدأ النحو — Mabda’un-Nahv ➡️ O‘qish, tushunish, tarjima va grammatik tahlil ko‘nikmalari shakllantiriladi. 📖 2-BOSQICH ▫️ جناح الطالب — Janoḥut-Tolib ▫️ مبدأ القراءة ١–٢ — Mabda’ul-Qiroat 1–2 ➡️ Kitoblar tarkib va qoidalar bilan amaliy tarzda o‘qib chiqiladi. ⏳ Har bir bosqich 2 oy. Umumiy 4 oy davom etadi. ⏰ Haftada 3 kun | Ertalabki guruh: 07:00 dan 09:00 gacha (shuningdek kechki guruhlar ham mavjud) 💻 Telegram va Zoom orqali 🗓 25-Avgust Seshanba kuni boshlanadi 👨‍🏫 Xalqaro tajribaga ega ustoz ━━━━━━━━━━━━ 📚 ASOSIY GURUHLARGA HAM QABUL OCHIQ ⏰ Haftada 3 kun | Ertalabki guruh: 07:00 dan 09:00 gacha (shuningdek kechki guruhlar ham mavjud) 🔹 Nahv: الآجرومية — Al-Ājurūmiyya, sharhi bilan 🔹 Mutolaa: نور اليقين — Nūrul-Yaqīn 🔹 Sarf: bosqichma-bosqich yuqori darajalarga 🔹 Balog‘at: balog‘atga oid mumtoz asarlar 🔹 Mantiq: mantiq fani bosqichma-bosqich o‘rganiladi 🔹 Yuqori bosqich: mumtoz arabcha ilmiy va adabiy asarlar 🎯 Maqsad: arab tilini faqat o‘rganish emas, balki ilmiy merosni asl arab tilida o‘qish, tushunish va tahlil qilish darajasiga yetish. 🗓 Darslar 26-Avgust chorshanba kuni boshlanadi inshaAlloh ⚠️ Joylar soni cheklangan. 💳 Darslar pullik. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish: @AbuMustafo0101 🌿 Sibavayh Akademiyasi https://t.me/sibavayhacademiyasi

Arabcha matn va tarjimani 3 4 marta o’qing so’ng videoni ko’ring Lug’at,tarjima va eshitish qobilyatingiz o’sadi. Agar hikoya qiziq bo’lgan bo’lsa izohlarda foydali arab tilida biror so’z yozing.Boshqlalarga ham foydali bo’ladi .Davomini ham qo’yaylikmi? غَداً، هَذَا الْخَادِمُ سَيَحْكُمُ الْمَمْلَكَةَ لِيَوْمٍ كَامِلٍ. Ertaga bu xizmatkor mamlakatni to‘liq bir kunga boshqaradi. هَذَا مُسْتَحِيلٌ، إِنَّهُ مُجَرَّدُ خَادِمٍ. Bu imkonsiz, u shunchaki xizmatkor-ku. أَعْرِفُ عَنْهُ أَكْثَرَ مِمَّا تَظُنُّونَ. Men u haqida siz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq bilaman. احْتَفِظْ بِهَذَا الصُّنْدُوقِ جَيِّداً. Bu sandiqni yaxshilab saqla(ehtiyot qil). مَاذَا يُوجَدُ بِدَاخِلِهِ يَا مَوْلايَ؟ Ichida nima bor, ey xo‘jayinim? سَتَعْرِفُ غَداً. Ertaga bilib olasiz. هَذَا الْخَتْمُ لَمْ أَرَهُ مِنْ قَبْلُ. Bu muhrni oldin ko‘rmaganman. افْتَحِ الْبَابَ فَوْراً! Eshikni darhol och! أَعْطِنِي الصُّنْدُوقَ فَوْراً! Menga sandiqni darhol ber! لِمَاذَا؟ Nima uchun? لِأَنَّ الْمَلِكَ لَمْ يَعُدْ فِي الْقَصْرِ. Chunki podshoh qasrga qaytmadi (qasrda yoq)

Til ofatlari va aqllarning qoqilishi Alloh taolo insonga ikkita quloq va bitta til ato etdi — gapirganidan ikki barobar ko‘pr
Til ofatlari va aqllarning qoqilishi Alloh taolo insonga ikkita quloq va bitta til ato etdi — gapirganidan ikki barobar ko‘proq eshitishi uchun. Biroq, inson nafsi (o‘zining nochor va qahatchilik chog‘larida) lafziy طغيان (haddidan oshish)ga moyil bo‘ladi. Shunda uning tili aqlidan o‘zib ketib, haqiqatni teran anglamasdan turib hukm chiqarishga shoshiladi. Bular halokat uchligidirki, qachon bir kimsani egalllasa, uni jaholat botqog‘iga botiradi va aql hikmatini yo‘q qiladi: eshitmay turib gapirish, tushunmay turib talashish va bilmay turib hukm qilish. 1. Eshitmasdan turib gapirish: Manmanlik tug’yonidir (toshishi) Tinglamasdan turib so‘z boshlash mag‘rurlikning o‘zginasidir. Eshitmagan odam foyda olmaydi, ongsiz ravishda gapirgan kishi esa o‘zining og‘zaki ochko‘zligini bo‘sh idishlarga to‘kadi. Tinglash — ilm olish va savod chiqarishdagi ilk eshigingizdir. Donishmandlar qanday go‘zal aytganlar: «Agar biror olimning huzurida o‘tirsang, gapirishdan ko‘ra eshitishga ko‘proq haris bo‘l». Hasan Basriy rahimahullohdan rivoyat qilingan asarda bunday deyiladi: «Qanday qilib chiroyli gapirishni o‘rgansang, chiroyli tinglashni ham shunday o‘rgan». 2. Tushunmasdan turib munozara qilish: Haqiqatning yo‘qolishi Qachonki muloqot fikrning mag‘zini chaqmasdan, faqat tortishish va ustun kelish maydoniga aylanib qolsa, suhbat foydasiz g‘ov-g‘ovga aylanadi. Anglamasdan turib talashish bashoratni ko‘r qiladi va ma’rifat eshiklarini yopadi. Imom Shofe’iy rahimahulloh bu haqda shunday deganlar: «Men hech bir kishi bilan bahslashmaganmanki, Alloh haqiqatni uning tiliga yoki mening tilimga chiqarishini istamagan bo‘lsam». Demak, muloqotdan ko‘zlangan maqsad — nafs uchun g‘alaba qozonish va nadonlik bilan kurashish emas, balki haqiqatga yetishishdir. 3. Bilmasdan turib hukm chiqarish: Nafs va o‘zgalarga zulm qilish Shoshma-shosharlik bilan ish tutib, biror ilmga yoki dalilga tayanmasdan turib shaxslar va qarashlar ustidan hukm chiqarish — bu ayni jaholat va zulmning o‘zidir. Qur’oni Karim bizni ilmsiz ravishda taxmin qilishdan va ergashishdan ogohlantirib shunday degan: ﴿وَلَا تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ ۚ إِنَّ السَّمْعَ وَالْبَصَرَ وَالْفُؤَادَ كُلُّ أُولَٰئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْئُولًا﴾ «O‘zingiz bilmagan narsaga ergashmang! Albatta, quloq, ko‘z va yurak — bularning har biri haqida [egasi] mas’ul bo‘lur (so‘ralur)». (Isro surasi, 36-oyat). Ilmsiz hukm chiqarish — haddan oshishdir, ma’rifatsiz fikr esa havoyi gapdir. Insonning aqli to mushohada va vazminlik tarozisi bilan o‘z so‘zlarini o‘lchagunicha komil bo‘lmaydi. Xulosa Aqliy va axloqiy salomatlik kishidan avval tushunish uchun tinglashni, tushungach bilishni, bilgachgina so‘zlash yoki hukm chiqarishni talab qiladi. Shu tabiiy tartibga amal qilinmas ekan, kishi jaholat girdobida aylanib yuradi, havoyi nafsda gapiradi, shoshqaloqlik bilan kun kechiradi va o‘zini dono kishilar makonidan uzoqlashtiradi. Doktor Abdulmun’im Abdulhamid

Arab tilidagi ba’zi sifatlarni o’rganamiz . كبير — katta صغير — kichik طويل — uzun قصير — qisqa سريع — tez بطيء — sekin حار — issiq بارد — sovuq جديد — yangi قديم — eski مفتاح — kalit مغلق — yopiq / berk نظيف — toza واسع — keng قوي — kuchli ضعيف — zaif / kuchsiz https://t.me/sibavayhacademiyasi

📚 Arab tili kurslariga qabul yakunlanmoqda! Siz uchun 2 ta yo‘nalish: 🔹 1.Boshlang‘ich arab tili 🔹 2.Nahv, Sarf, Mutolaa / Ajurumiyya va Mutolaa ⏳ Har bir guruhda atigi 3 tadan joy qoldi! Kurslar boshlanishiga ham oz vaqt qoldi. Joylar to‘lib qolishidan oldin tezroq harakat qilamiz! 🔥 📌 O‘zingizga mos guruhni tanlang va ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! @AbuMustafo0101

Assalomu alaykum, bu ko‘ylak necha pul? — Va alaykum assalom, bu ko‘ylak 50 riyol. — Narxini ozgina tushirib bera olasizmi? — Ha, uni 40 riyolga sotaman. — Yaxshi, olaman. Boshqa rangi bormi? — Ha, menda qora va ko‘k ranglari bor. Qaysi birini afzal ko‘rasiz? https://t.me/sibavayhacademiyasi

,, Ko‘p dars ‘’ qiladigan do‘stlarga jo‘natib qo‘yamiz 😂 https://t.me/sibavayhacademiyasi

🌿 Birodarlik xatolardan ulug‘ Xatolar birodarlikni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymang. Aksincha, birodarlik xatolarni yo‘q qiladig
🌿 Birodarlik xatolardan ulug‘ Xatolar birodarlikni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymang. Aksincha, birodarlik xatolarni yo‘q qiladigan darajada mustahkam bo‘lsin. Birodarlik — hech qachon kelishmovchilik qilmaslik emas. Balki kelishmovchiliklar sabab bir-birimizni yo‘qotib qo‘ymasligimizdir. Birodarlik — hech qachon xato qilmaslik ham emas. Balki xato qilganimizda kechira olishimiz uchun qalblarimizda yetarlicha muhabbat bo‘lishidir. Birodaringiz xato qilsa, avvalo: «Unga qanday javob qaytaraman?» deb emas, «Birodarimni qanday asrab qolaman?» deb o‘ylang. U sizni ranjitsa, o‘zingizni haq ekaningizni isbotlashni emas, birodarlikni saqlab qolishni maqsad qiling. Orangizda araz yoki kelishmovchilik yuz bersa ham, qalbingizda qayta yarashish uchun ochiq eshik qoldiring. Xatolar o‘tkinchi, birodarlik esa xazina. Birgina voqea yillarni, birgina so‘z uzoq yillik munosabatni, bir lahzalik g‘azab esa yillar davomida shakllangan muhabbatni yo‘q qilib yubormasin. Birodarlikni xatodan kengroq, muhabbatni malomatdan kattaroq, kechirimni esa xatoni eslab yurishdan kuchliroq qiling. Qanday go‘zal: ikki birodar kelishmay qoladi, keyin yarashadi. Biri: «Men xato qildim», deydi. Ikkinchisi esa: «Men seni kechirdim», deydi. Ana shunda g‘olib birining ikkinchisi ustidan g‘alabasi emas, birodarlikning xato ustidan g‘alabasi bo‘ladi. https://t.me/sibavayhacademiyasi

https://t.me/sibavayhacademiyasi Arab tilida oshxona anjomlarini o’rganamiz