Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Kanalga Telegram’da o‘tish
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
6 753
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+1 6937 kun
+3 54630 kun
Postlar arxiv
+9
🤝 Jizzax viloyatiga xizmat safarining oltinchi manzilida partiyaning shahar va tuman tashkiloti rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Nilufar Matkarimova ishtirokida o‘tkazilgan muloqot davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ekologik tashabbuslar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada faollashtirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, “Yosh ekologlar” hududiy jamiyati hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faoliyatini rivojlantirish, hududlarda ekologik madaniyatni oshirish va aholining ekologik faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🌱 Uchrashuv davomida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va yangi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. #Jizzax #XizmatSafari #EkologikPartiya #YoshEkologlar #Ekologiya Telegram | Instagram | Facebook
+3
🏆 Jizzax viloyatiga xizmat safarining beshinchi manzilida Jizzax davlat pedagogika universitetida “EKOINTELLEKT” zakovat turnirining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ekologiya yo‘nalishida faol va bilimli yoshlarning intellektual salohiyati, ekologik bilimlari hamda tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, turnir g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, yoshlarni ekologik tafakkur, ilm-fan va intellektual loyihalarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🌱 Ta’kidlanganidek, bunday tanlov va turnirlar yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. #Jizzax #EKOINTELLEKT #Zakovat #EkologikPartiya #Yoshlar Telegram | Instagram | Facebook
+9
👩🎓 Jizzax viloyatiga xizmat safarining beshinchi manzilida Jizzax davlat pedagogika universitetida faol talaba qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Suvni tejash – yashil taraqqiyot sari qadam” ekologik forumi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda ekologik madaniyatni yuksaltirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik mas’uliyatni kuchaytirish mavzularida ochiq muloqot olib borildi. Uchrashuv davomida talaba qizlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularning ta’lim, innovatsiya va ekologiya yo‘nalishidagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.🌱 Tadbir samimiy va qizg‘in muloqotlarga boy tarzda o‘tib, yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish va ularni jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan muhim jarayonlardan biriga aylandi. #Jizzax #XizmatSafari #TalabaQizlar #EkologikForum #EkologikPartiya Telegram | Instagram | Facebook
+9
🌳 Jizzax viloyatiga xizmat safarining to‘rtinchi manzilida Sharof Rashidov tumanidagi 32-umumta’lim maktabi hududida joylashgan “Ota-onalar bog‘i”da suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati bilan tanishildi.
Tashrif davomida yashil hududlarni sug‘orishda zamonaviy va tejamkor usullarni qo‘llash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bog‘ hududida joriy etilgan suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligi, yashil maydonlarni saqlashdagi ahamiyati hamda ekologik muhitni yaxshilashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.💧 Ta’kidlanganidek, bunday amaliy yondashuvlar suv resurslarini asrash, ekologik madaniyatni oshirish va yashil hududlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. #Jizzax #XizmatSafari #SuvniTejash #YashilHudud #EkologikPartiya Telegram | Instagram | Facebook
+9
💧 Jizzax viloyatiga xizmat safarining uchinchi manzilida Sharof Rashidov tumanidagi oqava suvlarni tozalash inshooti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida suvni tozalash jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ekologik samaradorlikni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, oqava suvlarni qayta ishlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishilib, ushbu yo‘nalishdagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.♻️ Ta’kidlanganidek, bu kabi ekologik tashabbuslar atrof-muhit muhofazasi, suv resurslarini asrash va yashil taraqqiyotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. #Jizzax #XizmatSafari #SuvniTejash #EkologikForum #EkologikPartiya Telegram | Instagram | Facebook
+9
🌱 Jizzax viloyatiga xizmat safarining ikkinchi manzilida “Ekosardorlar” bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ekofaol yoshlarning tashabbuslari, ekologik loyihalari va atrof-muhitni asrashga qaratilgan faoliyati muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Nilufar Matkarimova, “Jizzaxsuvta’minot” AJ, Ekologiya boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, suv resurslarini asrash va ekologik tashabbuslarni keng qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.♻️ Tadbir yakunida faol va tashabbuskor ekosardorlar munosib taqdirlanib, yoshlar bilan tabiatni asrash va ekologik mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. #Jizzax #XizmatSafari #Ekosardorlar #EkologikPartiya #Yoshlar #Ekologiya Telegram | Instagram | Facebook
+9
🌿 Jizzax viloyatiga xizmat safarining birinchi manzilida “Suvni tejash – yashil taraqqiyot sari qadam” ekologik forumiga start berildi.
Forum doirasida ekologik ko‘rgazmalar namoyishi tashkil etilib, yoshlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi innovatsion loyihalari hamda amaliy ishlanmalari taqdim etildi.
Ko‘rgazma davomida ekologik muammolarga zamonaviy yondashuv asosida yechim topish, yoshlarning ekologik tafakkurini shakllantirish hamda ularni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.💧 Shuningdek, tadbirda suvni tejash madaniyatini keng targ‘ib qilish, ekologik mas’uliyatni oshirish va yoshlarni yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. #Jizzax #XizmatSafari #SuvniTejash #YashilTaraqqiyot #EkologikForum #EkologikPartiya Telegram | Instagram | Facebook
📍 Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan xizmat safarimiz boshlandi.
🟢15-may 2026-yil
Jizzax viloyatida “Suvni tejash — yashil taraqqiyot sari qadam” mavzusida o‘tkaziladigan ekologik forum doirasida Jizzax viloyatida bo’lamiz.
Xizmat safari davomida, ekologik ko‘rgazmalar bilan tanishish, “Sog‘lom bola – toza maktab” loyihasi taqdimotida ishtirok etish, yashil maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinishi holatini o‘rganish hamda oqava suvlarni tozalash inshooti faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi konferensiyasida ishtirok etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.
Mazkur xizmat safari hududlarda ekologik islohotlar samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ekologik loyihalar ijrosi bilan yaqindan tanishishga xizmat qiladi.
🌍 Bugun Buxoro shahrida o‘z ishini boshlagan Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumi butun Osiyodan tashrif buyurgan yetakchi ayollarni bir maydonda jamladi. Prezidentimiz tomonidan forum ishtirokchilariga yo‘llangan murojaatda xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
🤝 Ayniqsa, siyosatchi, tadbirkor, olima va ekspert ayollarning yuksak kasbiy mahorati hamda boy bilim va tajribasi nafaqat mintaqamiz, balki dunyo miqyosida xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilayotgani e’tirof etildi.
Bugungi forum esa o‘zaro tajriba almashish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Batafsil: Prezident murojaati
Nilufar Matkarimova,
Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosar
📍Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tayotgan “Suvni tejash — yashil taraqqiyot sari qadam” ekologik forumi dasturiga muvofiq xizmat safari bilan keldim.
Mazkur forum davomida suvni tejash, ekologik madaniyatni oshirish, yoshlar va xotin-qizlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek hududlarda yashil texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi muhim loyihalar bilan tanishamiz.
Mazkur tadbir tajriba almashish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va ekologik taraqqiyot yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyat yaratadi.
#Jizzax #XizmatSafari #EkologikForum #SuvniTejash #YashilTaraqqiyot #Ekologiya
📌 2026-yil 14-may kuni Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan xizmat safari natijalari
Xizmat safari davomida tuman va shahar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ekologik tashabbuslarni kengaytirish hamda xotin-qizlar faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha master-klass tashkil etilib, zamonaviy yondashuvlar, tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
1. Xizmat safari doirasida “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etilib, hududlarda ayollar faolligini oshirish hamda ekologik madaniyatni targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 2. Do‘stlik MFY hududida faoliyat olib borayotgan tikuvchi va hunarmand ayollar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning mehnat faoliyati, tadbirkorlik tashabbuslari hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasidagi ishlari bilan yaqindan tanishildi. 3. Bundan tashqari, milliy hunarmandchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan sandiq yasovchi tadbirkor ayol faoliyati o‘rganilib, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. 4. Hududdagi xonadonlarda bo‘lib, tomorqalarda amalga oshirilayotgan ishlar, yashil innovatsiyalar va suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 5. Shuningdek, “Chelebi” tekstil ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurilib, ishlab chiqarish jarayonlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda korxonaning faoliyati bilan tanishildi. 6. Xizmat safari yakunida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yakka yolg‘iz istiqomat qiluvchi nuroniy onaxon holidan xabar olinib, uning ko‘p yillik mehnati va hayotiy tajribasiga hurmat-ehtirom bildirildi.#Sirdaryo #XizmatSafari #EkologikPartiya #Yoshlar #AyollarFaolligi #YashilInnovatsiya #Hunarmandchilik #Tomorqa #Ekologiya
📌 2026-yil 14-may faoliyat natijalari:
✔️ “Olimlar davrasida”xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar
✔️Sirdaryo viloyatida xizmat safari
+3
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safari davomida tuman va shahar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni ekologik va innovatsion loyihalarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan samarali ishlash, zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha master-klass tashkil etildi.
Master-klass davomida yoshlar bilan muloqot olib borish, loyiha ishlab chiqish hamda jamoaviy ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
#Sirdaryo #XizmatSafari #Yoshlar #MasterKlass #EkologikPartiya #YoshlarBilanIshlash
+4
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safari davomida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yakka yolg‘iz istiqomat qiluvchi nuroniy onaxon holidan xabar olindi.
Onaxonning uzoq yillar davomida halol mehnati, oilasi va jamiyat ravnaqiga qo‘shgan hissasi, yoshlarga bergan tarbiyasi va hayotiy tajribasi alohida e’tirof etildi. Samimiy suhbat davomida nuroniy onaxonning duolari, hayot yo‘li va mehnat faoliyati bilan tanishildi.Keksalarni e’zozlash, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. #Sirdaryo #XizmatSafari #Nuroniylar #MehrMuruvvat #Mustaqillik35Yil #EkologikPartiya
+3
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safarining beshinchi manzili davomida hunarmand va tadbirkor ayol faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuv davomida milliy hunarmandchilik yo‘nalishida sandiq yasash faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayolning mehnati, ijodiy yondashuvi hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan milliy uslubdagi sandiqlar, hunarmandchilik mahsulotlari va ularni keng targ‘ib qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi tashabbuslar muhokama qilindi.
#Sirdaryo #XizmatSafari #HunarmandAyol #TadbirkorAyol #MilliyHunarmandchilik #EkologikPartiya
+3
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safarining to'rtinchi manzili davomida hududdagi xonadonlarda bo‘lib, tomorqalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Aholi tomonidan tomorqalardan unumli foydalanish, yashil innovatsiyalarni joriy etish, suvni tejovchi sug‘orish usullaridan foydalanish hamda ekologik yondashuv asosida olib borilayotgan jarayonlar o‘rganildi.
Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilib, tomorqachilikni rivojlantirish va zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini keng qo‘llash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif hududlarda ekologik madaniyatni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda yashil innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
#Sirdaryo #XizmatSafari #Tomorqa #YashilInnovatsiya #Sug‘orish #EkologikPartiya
+5
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safari davomida uchinchi manzil sifatida “Sirdaryo Best Fashion” tekstil ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, korxona ishchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bandlik, mehnat samaradorligi, ekologik mas’uliyat va ishlab chiqarishda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Mazkur uchrashuv hududlarda sanoat va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash hamda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi. #Sirdaryo #XizmatSafari #Chelebi #Tekstil #EkologikPartiya #Bandlik #IshlabChiqarish
+3
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safarining ikkinchi manzili Do‘stlik MFY hududida faoliyat olib borayotgan hunarmand ayollar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tikuvchilik va hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda ayollarning tadbirkorlikdagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tikuvchi ayollarning mehnat faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, zamonaviy va milliy uslubdagi ishlari bilan yaqindan tanishilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda faoliyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Mazkur uchrashuv hududlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, milliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. #Sirdaryo #XizmatSafari #HunarmandAyollar #AyollarTadbirkorligi #EkologikPartiya
+3
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safarining birinchi manzilida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashida tuman va shahar partiya tashkiloti raislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hududlarda ekologik tashabbuslarni kuchaytirish, “Yosh ekologlar” hududiy jamiyati faoliyatini yanada jonlantirish hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xizmat safari doirasida “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi uchrashuvi tashkil etilib, klubning maqsad va vazifalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida klub raisi hamda Kengash a’zolari saylanib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
#Sirdaryo #XizmatSafari #EkologikPartiya #EkologiyaVaSalomatlik #AyollarKlubi #YoshEkologlar
