Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Kanalga Telegram’da o‘tish
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
6 753
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+1 6937 kun
+3 54630 kun
Postlar arxiv
+3
📍Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilayotgan xizmat safarining birinchi manzilida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashida tuman va shahar partiya tashkiloti raislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hududlarda ekologik tashabbuslarni kuchaytirish, “Yosh ekologlar” hududiy jamiyati faoliyatini yanada jonlantirish hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xizmat safari doirasida “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi uchrashuvi tashkil etilib, klubning maqsad va vazifalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida klub raisi hamda Kengash a’zolari saylanib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
#Sirdaryo #XizmatSafari #EkologikPartiya #EkologiyaVaSalomatlik #AyollarKlubi #YoshEkologlar
+3
🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan “Olimlar davrasida” mavzusida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, professor-o‘qituvchilar, mahalliy va xorijiy olimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, ekologiya, yashil iqtisodiyot, ekoturizm, atrof-muhit muhofazasi va yoshlarni ekologik tarbiyalash kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirda:
🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekopartiya fraksiyasi a’zosi Inayatova Noiba Tolipovna; 🔹 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Matkarimova Nilufar Boqijonovna; 🔹 Respublika Yosh olimlar kengashi raisi, siyosiy fanlar doktori (DSc) Saidova Sayyora Alisherovna; 🔹 Texnika fanlari doktori (DSc), professor Alimov Zikrilla Bobamuratovich; 🔹 Tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor Madreimov Amet Madreimovich; 🔹 Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sufiyeva Dilafruz Ulugbekovna; 🔹 Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ishankhodjaeva Dildora Aleksandrovna; 🔹 Xalqaro professor-o‘qituvchilar Kiran Shinde hamda Yahya Mohamad Halawani; 🔹 Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc), professor Avazov Sardorjon Erkin o‘g‘li kabi yetuk mutaxassis va olimlar qatnashdilar.Uchrashuv davomida ilm-fan va ekologik siyosat uyg‘unligi, yoshlarni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda xalqaro tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. #OlimlarDavrasida #EkologikPartiya #YoshOlimlar #Ekologiya #YashilIqtisodiyot #IlmFan #Ekoturizm
▶️
📎Bugun xizmat safari doirasida Sirdaryo viloyatiga yo‘l oldik.
🟢Xizmat safari davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda hududdagi partiya tashkilotlari faoliyati, “Yosh ekologlar” qanoti hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubining faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
✔️Shuningdek, safar davomida xotin-qizlar bilan uchrashuvlar, hunarmand ayollar faoliyati bilan tanishish, ishlab chiqarish korxonalariga tashrif rejalashtirilgan.
✔️Mazkur xizmat safari hududlarda yoshlar ekologik madaniyatni oshirish, ayollar va yoshlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirishga xizmat qiladi.
#XizmatSafari #Sirdaryo #EkologikPartiya #AyollarKlubi #YoshEkologlar #Ekologiya #YashilKelajak
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan “Olimlar davrasida” mavzusida ilmiy-nazariy uchrashuv tashkil etildi.
✔️Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, professor-o‘qituvchilar, xorijiy va mahalliy olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda ekspertlar ishtirok etib, ekologiya, yashil iqtisodiyot, ekoturizm, sog‘liqni saqlash va yoshlarni ekologik madaniyatini oshirish kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdilar.
✔️Tadbir davomida ilm-fan va ekologik madaniyatni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.✔️Uchrashuv yakunida faol ishtirokchilar taqdirlanib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. #OlimlarDavrasida #EkologikPartiya #YoshOlimlar #YashilIqtisodiyot #Ekologiya #IlmFan #Ekoturizm
Repost from YOSH EKOLOGLAR QANOTI
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan “Olimlar davrasida” nomli ochiq muloqot tashkil etiladi.
🎰 Mavzu:
Yoshlar, ilm-fan va ekologik tafakkur: zamonaviy yondashuvlar
Mazkur uchrashuvda ilm-fan, ekologiya va yoshlar siyosati yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy tashabbuslarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
⌛️ Vaqt: 11.00
📆 Sana: 14-may
📍 Manzil: Singapur menejmentni rivojlantirish institutining anjumanlar zali
✨ Barcha talaba-yoshlar va faol yoshlarni ushbu ochiq muloqotga taklif etamiz!
Birgalikda fikr almashamiz, ilmiy tajribalarni o‘rganamiz va ekologik kelajak sari yangi tashabbuslarni ilgari suramiz.
#YoshEkologlarQanoti #EcoFuture #TabiatniAsraylik #EkologikHayot #GreenGeneration
✅Telegram|🔝Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga yo'llagan murojaat doirasida suv tanqisligi, iqlim o'zgarishi va "yashil iqtisodiyot"ga o'tish borasidagi O'zbekistonning mustahkam pozitsiyasini bayon etdi.
🌍 Bu nutqda aytilgan har bir so'z — bugungi kunning haqiqati. Markaziy Osiyoda harorat ko'tarilish sur'ati dunyo o'rtachasidan yuqori, muzliklar eriyapti, suv tanqisligi esa qishloq xo'jaligi, ichimlik suvi va inson hayotiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Bularni his qilish uchun uzoqqa borishning hojati yo'q — atrofimizga bir nazar tashlasak yetarli.🟢 Ushbu yo'nalishlar — "Yashil makon" loyihasi, Orol dengizi tubida ko'kalamzorlashtirish hamda 2035-yilga qadar zararli chiqindilarni 50 foizga kamaytirish maqsadi — faqat muhit uchun emas, balki kelajak avlod sog'ligi va farovonligi uchun ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
🔹Ayniqsa, Samarqandda bo'lib o'tadigan Global ekologik jamg'arma Assambleyasi va Suvni tejash bo'yicha Butunjahon forumi — O'zbekistonning bu masalada nafaqat so'z bilan, balki ish bilan ham xalqaro hamkorlikka tayyorligini ko'rsatadi✔️ Yoshlar va xotin-qizlarni ekologik madaniyatni yuksaltirish jarayonlariga faol jalb etish, ularning yashil tashabbuslar sohibiga aylanishi esa bizning ustuvor vazifamiz bo'lib qolmoqda. Batafsil: 👉 Prezident murojaatnomasi Nilufar Matkarimova, Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosar
Repost from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
+9
☄️ Tadbir yakunida ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh talaba-yoshlar hamda hamkor tashkilot vakillariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
🔼 Shuningdek, yoshlarning ekologik loyihalari, volontyorlik faoliyati hamda “yashil hududlar”ni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Toshkent kimyo-texnologiya instituti yoshlarni ekologik ongli, innovatsion fikrlaydigan va jamiyat taraqqiyotiga daxldor avlod sifatida tarbiyalash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni
Xotira — bu millatning ma’naviy qudrati, qadrlash esa insoniylikning eng oliy mezonidir.
Bugun biz Vatan tinchligi, xalq farovonligi va yorug‘ kelajak yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, mardlik va jasorat timsoliga aylangan insonlarni chuqur ehtirom bilan yod etamiz.
Ularning hayoti, matonati va sabr-bardoshi bugungi avlod uchun ibrat maktabidir.
Ayniqsa, urush va mashaqqatli yillarda yurt yukini yelkasida ko‘targan mo‘tabar onalarimizning jasorati hech qachon unutilmaydi.
🕊 Ushbu sana barchamizni tinchlikning qadriga yetishga, inson sha’ni va xotirasiga hurmat bilan qarashga chorlaydi.
✨ Barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin !
+6
🌱 “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini amalga oshirishda yoshlarning o‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda!
Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini amalga oshirishda partiyaning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqot davomida ekologik siyosat, yoshlar tashabbuslari, yashil startuplar, innovatsion g‘oyalar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan mazmunli fikr almashildi.
Tadbirda: 🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tadjibayeva Gulchehra Sadridinnovna 🔹 “Karyerist uz” platformasi asoschisi, Startaper Mohinur Inomova 🔹 Markaziy bank Yosh mutaxassislarni qoʼllab-quvvatlash va tashabbuslarini rivojlantirish boʼlimi boshlig‘i Ikramov Elyor Bahramovich kabi tajribali speakerlar ishtirok etib, yoshlarga o‘z tavsiya va motivatsion fikrlarini ulashdilar.Tadbirning eng quvonarli lahzalaridan biri — ekologik g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydigan faol yoshlarning O‘zbekiston Ekologik partiyasi safida birlashib, yangi yoshlar jamoasi sifatida a’zolikka qabul qilingani bo‘ldi. Ularga a'zolik guvohnomalari topshirildi. 🌿 Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ekologik tafakkurli, tashabbuskor va fidoyi yoshlar safi kengaymoqda!
Repost from Samarqand viloyati Kengashi Rasmiy kanali
+9
#Ekopartiya
#Samarqand
#Ochiq_muloqot
🌱Yoshlar bilan muloqot – taraqqiyot uchun muhim qadam
📍O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Nilufar Matkarimova ishtirokida Samarqand davlat chet tillar instituti talaba yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarda Vatanga muhabbat va uni himoya qilish tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarning ekologiya, atrof muhitga oid bilimlarini oshirishdan iboratdir.N.Matkarimova tadbirda so‘zga chiqib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan tizimli ishlash bugungi kunning dolzarb va muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.
Yoshlarning ekologik bilim va tafakkurlarini oshirish orqali ekologik barqarorlikka erishish mexanizmlari batafsil tushuntirildi.Tadbir so‘ngida “Ekointellekt” zakovat turniri g‘oliblari munosib taqdirlandi. Ekopartiya Samarqand viloyat kengashi matbuot xizmati
🌳 «Oila va TABIAT» gazetasining 2026-yil 7-maydagi 19-sonida o‘qing:
✅ Qonun ijodkorligi:
Xalq manfaati va hayotiy yechimlar deputatlar diqqat-markazida
✅ Jasoratni yurakdan his qilmoqchimisiz? Shunday muhtasham maskan bor...
✅ Deputat nazorati
Poytaxtdagi oqava suv muammosi qachon yechim topadi?
✅ Ekopartiya deputatlari: odamlar orasida,
xalq bilan yuzma-yuz
✅ Xotira – muqaddas
Unutilmas umr yoxud qoraxat qahridan qaytgan qahramon
✅ Farg‘onada qariyb 700 tonna chiqindi bartaraf etildi
✅ Orol – biz uchun eng katta va og‘ir saboq
✅ Noyob dorivor o‘simlik Yaponiya texnologiyasi asosida yetishtiriladi.
✅ El salomatligi va tabiat musaffoligi oliy maqsadga aylansa…
✅ Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlarga subsidiya
💻 e-Gazeta orqali o‘qish
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#xotira_qadrlash #Samarqand
🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan nuroniylarni e’zozlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish maqsadida 100 yoshni qarshilagan faxriy onaxon holidan xabar olindi.
Maxbuba ona Prezidentimiz va hukumat tomonidan urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibordan mamnun ekanligini samimiyat bilan qayd etdi.
O‘zaro samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbat urush va urushdan keyingi suronli yillar, onaxonning mashaqqatli va sharafli xayot yo‘li hususida bo‘ldi. Onaxon 50 yildan ortiq vaqt davomida Samarqanddagi Kinap zavodida oddiy ishchi bo‘lib mehnat qilgan.
Tashrif davomida nuroniy onaxon bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning boy hayotiy tajribasi, hayot saboqlari, duolari va ezgu tilaklari tinglandi. Shuningdek, yurtimizda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, ayniqsa, Xotira va qadrlash kuni doirasida inson qadri va mehr-oqibat tamoyillarini ulug‘lashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.✨Keksalarni qadrlash, ularning mashaqqatli va ibratli hayot yo‘lini e’zozlash, boy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash — barchamizning muqaddas burchimizdir.
🌿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 22-aprel kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqlarida ilgari surilgan oltinchi taklif — “Xalqlarimizning suvga hayot manbai sifatida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish borasidagi ko‘p asrlik an’analarini qayta tiklash” tashabbusi ijrosi yuzasidan Samarqand san’at kollejida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan “Suv — hayot manbai” nomli rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbir davomida yosh rassomlarning suvni asrash, ekologik muvozanatni ta’minlash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan ijodiy ishlari namoyish etildi.✨ Ushbu ko‘rgazma yosh avlod qalbida tabiat va suv resurslariga nisbatan mas’uliyat hissini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda ekologik ongni rivojlantirishga xizmat qildi.
#ochiq_muloqot
🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Prezidentimiz tashabbuslari asosida “Yoshlar kuni” doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlar va ekologiya: barqaror taraqqiyot sari qadam” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhit muhofazasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, ekologik muammolarga innovatsion yondashuvlarni shakllantirish hamda jamiyat hayotida yoshlarning faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ochiq muloqotda talaba-yoshlar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.🏆 Shuningdek, tadbir doirasida ekologik bilim va tafakkurni keng targ‘ib etishga qaratilgan “EKOINTELLEKT” zakovat turniri g‘oliblari munosib taqdirlandi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning ekologik bilimlari va faol fuqarolik pozitsiyasi alohida e’tirof etildi. ✨ Tadbir yoshlarni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qildi.
#Anons
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Yoshlar kuni" tashabbuslari doirasida Samarqand chet tillari universiteti talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
🎯 Mavzu: “Yoshlar va ekologiya: barqaror taraqqiyot sari qadam”
Mazkur tadbirda yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda strategik maqsadlarni hayotga tatbiq etishda siyosiy institutlarning o‘rni muhokama qilinadi.
🗓 Sana: 7-may
🔜 Vaqt: 10 :00
📍 Manzil: Samarqand davlat Chet tillar instituti
✨ Barcha talaba va yoshlarni ushbu ochiq muloqotga taklif etamiz!
Birgalikda fikr almashamiz, tashabbuslar ilgari suramiz va Yangi O‘zbekiston kelajagini birga quramiz!
+5
🌿🏃♀️ “Sog‘lom ayol – Yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan sport va intellektual tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.
✔️Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Bellashuvlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayollar salomatligini mustahkamlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qildi. ✔️Shuningdek, intellektual shartlar orqali ekologiya, salomatlik va ijtimoiy faollik yo‘nalishlarida bilim va tafakkur sinovlari ham o‘tkazildi.📝Tadbir davomida sog‘lom avlodni tarbiyalash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va xotin-qizlarning sportdagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar alohida ta’kidlandi.
🇺🇿Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida 7-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlar va ekologiya: barqaror taraqqiyot sari qadam” mavzusida tashkil etilgan ochiq muloqotda ishtirok etamiz.
Tadbir davomida yoshlar bilan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash, barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim tashabbuslar yuzasidan fikr almashiladi. Shuningdek, “EKOINTELLEKT” zakovat turniri g‘oliblarini taqdirlash hamda “Suv – hayot manbai” mavzusidagi ijodiy ko‘rgazma bilan tanishish rejalashtirilgan.✔️Mazkur xizmat safari yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ekologik ongni rivojlantirish va hududlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
