uz
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Kanalga Telegram’da o‘tish

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
5 572
Obunachilar
-3324 soatlar
-5547 kun
+44630 kun
Postlar arxiv
#Axborot24 | 14.09.2026 Ekologik tafakkurli yoshlar — barqaror kelajak poydevori mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)

🌱OLMALIQDA ZAMONAVIY EKOPARK BARPO ETILADI Olmaliq shahrida zamonaviy ekopark tashkil etish loyihasi amalga oshirilishi reja
🌱OLMALIQDA ZAMONAVIY EKOPARK BARPO ETILADI Olmaliq shahrida zamonaviy ekopark tashkil etish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 🟢 Loyihaning asosiy maqsadi — shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yashil hududlarni ko‘paytirish va aholining dam olishi uchun zamonaviy maskan yaratish. Mazkur tashabbus hududning ekologik holatini yaxshilash bilan birga, shahar qiyofasini yanada zamonaviy va jozibador ko‘rinishga keltirishga xizmat qiladi. 📌Batafsil Telegram | Instagram | Facebook

#startap Nurobodda yer osti suv resurslarining interaktiv gidrogeologik xaritasi yaratildi Innovatsion rivojlanish agentligi
#startap Nurobodda yer osti suv resurslarining interaktiv gidrogeologik xaritasi yaratildi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 636 mln so‘m miqdorida moliyalashtirilgan “Nurobod tumani yer osti suvli qatlamlarining interaktiv gidrogeologik xaritasini ishlab chiqish” startap loyihasi doirasida amaliy natijaga erishildi. Loyiha doirasida Nurobod tumanidagi yer osti suvli qatlamlari haqidagi ma’lumotlarni raqamli shaklda tizimlashtirish va ulardan foydalanishni qulaylashtirish imkonini beruvchi interaktiv gidrogeologik xarita ishlab chiqildi. 🌐 Batafsil

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonunning to‘liq matni Telegram | Instagram | Facebook

#EKO_DEBAT 🟢 Bugun, 14-sentabr kuni, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan yoshlarning ekologik bilimini mustahkamlash, m
#EKO_DEBAT 🟢 Bugun, 14-sentabr kuni, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan yoshlarning ekologik bilimini mustahkamlash, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Eko-debat” tanlovining tuman bosqichi quyidagi hududlarda tashkil etiladi: 📍 Samarqand viloyati — Paxtachi tumani 📍 Samarqand viloyati — Bulung‘ur tumani 📍 Surxondaryo viloyati — Boysun tumani ⏺Debatlarda yoshlar atrof-muhit muhofazasi, ekologik muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan o‘z fikrlarini ilgari surib, jamoaviy munozaralarda faol ishtirok etadilar. Telegram | Instagram | Facebook

🟢 “EKO-DEBAT” LOYIHASIGA HUDUDLARDA START BERILDI ⏺ O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan yoshlarning ekologik bilimini o
🟢 “EKO-DEBAT” LOYIHASIGA HUDUDLARDA START BERILDI ⏺ O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan yoshlarning ekologik bilimini oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ekologik muammolar yechimiga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Eko-debat” loyihasiga hududlarda start berildi. ⏺Ayni paytda loyiha doirasidagi bahs-munozaralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda. 🗣 Debatlarda yoshlar atrof-muhit muhofazasi, ekologik barqarorlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir dolzarb masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini ilgari surib, asosli dalillar bilan pozitsiyalarini himoya qilmoqda. 🏆Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar loyihaning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. “Eko-debat” — ekologik tafakkurli, faol va tashabbuskor yoshlar maydoni!

🌱 “YASHIL KELAJAK SARI” 🇺🇿 Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Umumkasbiy fanlar kafedrasi hamda O‘zbekiston Ekolo
🌱 “YASHIL KELAJAK SARI” 🇺🇿 Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Umumkasbiy fanlar kafedrasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil kelajak sari” mavzusida ochiq dars-tadbir tashkil etiladi. 📅 15-sentabr 🕙 10:00 Tadbir davomida: ⏺ tabiatni asrash va ekologik madaniyat; ⏺ tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; ⏺suv va elektr energiyasini tejash; ⏺ chiqindilarni saralash va obodonlashtirish; ⏺ yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash; ⏺ yoshlar uchun psixologik trening kabi muhim mavzularda suhbat va fikr almashiladi. 🎙 Tadbir mehmoni: O‘zbekiston Ekologik partiyasi rais o‘rinbosari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Matkarimova Nilufar Boqijon qizi. 🎓 Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etadi. 🌿 Tabiatni asraylik — yashil kelajakni birgalikda bunyod etaylik! Telegram | Instagram | Facebook

#kechki_mulohaza Tayyor imkoniyatlar bilan natijaga erishganlar, hayotni o’z kuchi bilan boshlab, borini mehnati bilan qurgan
#kechki_mulohaza Tayyor imkoniyatlar bilan natijaga erishganlar, hayotni o’z kuchi bilan boshlab, borini mehnati bilan qurganlarga yashashni o‘rgatishga shoshilmasin. Chunki imkoniyatlar teng bo‘lmagani kabi, bosib o‘tilgan yo‘llar ham teng emas. Siz tayyor eshiklarni ochgandirsiz. Ayrim insonlar esa eshik bo‘lmagan joydan o‘ziga yo‘l ochgan. Shuning uchun natijani ko‘rib baho berishdan oldin, uning ortida qanday yo‘l borligini ham bilish kerak! Telegram | Instagram | Facebook

🟢“Ecodebat” tanlovini tashkil etish bo‘yicha hududiy mas’ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan hududlarda “Ecodebat” tanlovini samarali tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan masofaviy ochiq muloqot tashkil etildi. Unda respublikamizning barcha viloyatlaridagi tuman va shahar kengashlari raislari faol ishtirok etdilar. Muloqot davomida “Ecodebat” tanlovining maqsad va vazifalari, uni hududlarda tashkil etish tartibi, ishtirokchilarni jalb etish hamda tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tuman va shahar kengashlari raislarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglanib, tanlovni mazmunli va samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 🌿 “Ecodebat” — ekologik bilim, faol fuqarolik pozitsiyasi va tabiatga mas’uliyatli munosabatni targ‘ib etuvchi muhim tashabbus!

Yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash bugungi kunda nafaqat yoshlar siyosatining, balki jamiyat taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday uchrashuvlar yoshlarning o‘z fikrini erkin ifodalashi, tashabbuslarini ilgari surishi, muammolarini ochiq bayon etishi va ularning yechimida faol ishtirok etishi uchun muhim maydon yaratadi. Ayniqsa, rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi samimiy va ochiq muloqot yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlab, ularda mas’uliyat, daxldorlik va tashabbuskorlik tuyg‘ularini kuchaytiradi. Eng muhimi, yoshlar o‘z g‘oya va takliflari e’tiborda ekanini his qiladi. Ekologiya kabi kelajak bilan bevosita bog‘liq masalalarda yoshlarning faol ishtiroki alohida ahamiyatga ega. Chunki atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarga zamonaviy yechimlar topish — bugunning emas, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir. Shu bois yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish — ularni tinglash bilangina cheklanmay, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni jamiyatdagi muhim jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylantirish uchun muhim vositadir. Yoshlarni tinglagan jamiyat — kelajakni to‘g‘ri anglaydi. Yoshlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan jamiyat esa barqaror kelajakni bunyod etadi. 🌿

#olimlar_uchun Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam boʻlmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmogʻi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida eʼlon qilingan boʻlishi kerak. Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari toʻplamida eʼlon qilingan boʻlishi shart. Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilinishi kerak.

Ertangi kun taqdiri — bugungi avlod qo‘lida Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi binosida «Ekologik tafakkurli yoshlar — barqaror kelajak poydevori» mavzusida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O'zbekiston Ekologik partiyasi va Yoshlar ittifoqi rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Telegram | Instagram | Facebook

#Kechki_mulohaza Bolaligimizda bilagimizni tishlab, soat yasardik... Go‘yo vaqt bir kun kelib jonimizni og‘ritishini oldindan bilgandek. O‘shanda vaqt o‘tishini kutardik. Bugun esa biroz sekinroq o‘tishini istaymiz. Bolalikning qadrini ulg‘ayganda, vaqtning qadrini esa ortga qaytarib bo‘lmasligini anglaganda bilarkanmiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook

#Startap ♻️Bir martalik stakanlarga ekologik yechim
Mohina Roxnurova — EcoCups loyihasi asoschisi. Loyiha issiq ichimliklar uchun qayta foydalanish mumkin bo‘lgan ekologik stakanlarni taklif etadi.
➡️EcoCups stakanlari issiq ichimlikni 30 daqiqagacha issiq holda saqlashga yordam beradi. ➡️Loyihaning asosiy maqsadi — qog‘oz hamda plastik chiqindilarining atrof-muhitga zararini kamaytirish.

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
+3
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Faceboo

🎙 YASHIL HAYOT FORMULASI PODKASTI 3-son | Yashil avlodni kim tarbiyalaydi? 🌱 Ayol, ta’lim va ekologik mas’uliyat mavzusida navbatdagi podkastimiz bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida yashil avlodni tarbiyalashda ayolning o‘rni, ta’limning ekologik madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati hamda jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirish masalalari haqida fikr almashdik. 💚 Yashil kelajak — bugungi ong, tarbiya va mas’uliyatdan boshlanadi! 🎥 Podkastdan videolavhani tomosha qiling. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook

🟢Maqsad — yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish 📇Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ekolog
+4
🟢Maqsad — yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish 📇Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhit muhofazasiga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ekologik muammolarga daxldorligini oshirish hamda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat. 🎲Tadbirda so‘zga chiqqan A.Xamzayev hamda X.Sattorovlar bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi, chiqindilarni boshqarish, bioxilma-xillikni asrash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat kabi masalalar yoshlarning ekologik ongi va faolligini yanada oshirishni taqozo etayotgani, shu nuqtai nazardan, ekologik tafakkurga ega, zamonaviy bilim va innovatsion g‘oyalarga tayanib harakat qiladigan yoshlar barqaror taraqqiyotning eng muhim kuchi ekanini ta’kidlab o‘tdilar.