ar
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 757
المشتركون
+1 78224 ساعات
+1 6637 أيام
+3 46630 أيام
أرشيف المشاركات
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👩🏻‍💼 Biz jamiyatda qanday lavozim yoki sohada bo'lmaylik eng avvalo ONA digan muhim funksiyamiz bor. 🙋🏻‍♀️ Davlat xizmatchisi hamda ona sifatida men uchun Sentabr oyining boshlanishi shirin tashvishlar bilan boshlanadi. Biz har kuni tongdan maktabga borish uchun taraddud ko'ramiz. Oilamizning barcha a'zolari bilan birga nonushta qilamiz, birga maktab sari yo'l olamiz. Ishdan keyin esa bizni muhim vazifalar kutadi - farzandimiz bilan kamida 7-8 ta fandan "uyga vazifalar"ni bajarish 😅. Bu har bir fanni farzandingiz bilan qayta tadqiq qilishingiz uchun ajoyib vaqt. Umuman olganda bularni bari zavqli. Biz onalarning oilada tutgan o'rnimiz barcha narsaga imkon qadar ulgurishimiz bilan muhim hisoblanadi. 🥹 Bundan 27 yil avval onajonim meni maktabga qanday kuzatgan bo'lsalar, bugun mana shu mas'uliyatli vazifani o'zim bajaryapman va yana ma'lum yillardan so'ng, bu vazifani shaxsan qizimga topshiraman. ⭐️ Bugungi kun munosabati bilan barcha onajonlarni, pedagog kadrlarni, o'quvchi hamda talaba yoshlarni yangi o'quv yili bilan samimiy muborakbod etaman. Yangi o'quv yili - yangi bilim, ko'nikma, malakalar egallashga hamda katta yutuqlarga boy bo‘lsin.

September is all about big goals, new opportunities, and growth. ✨ I have big plans for my work and career this month. Ready to work harder, grow stronger, and turn my goals into real results. New month. Bigger goals. Better results. 🚀

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (bir
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi; 📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi; 📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz; 📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz; 📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik; 📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik; 📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik; 📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz; 📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi; 📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir; 📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz; 📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Facebook|Instagram|X

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Bugun xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda. Mustaqillik — bu milliy o‘zligimiz, erkinligimiz, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan yillar davomida yurtimiz taraqqiyot, bunyodkorlik va yangilanish yo‘lida ulkan yutuqlarga erishdi. Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, baxt-saodat va xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak!

Jamoani boshqarishning 7 asosiy qoidasi Maqsadni aniq qo‘ying — jamoa qayerga ketayotganini bilsin. To‘g‘ri delegatsiya qilin
Jamoani boshqarishning 7 asosiy qoidasi Maqsadni aniq qo‘ying — jamoa qayerga ketayotganini bilsin. To‘g‘ri delegatsiya qiling — vazifa bilan birga vakolat va mas’uliyat bering. Ishonch yarating — ortiqcha nazorat emas, natijaga yo‘naltiring. Muntazam feedback bering — xatoni emas, rivojlanish nuqtasini ko‘rsating. Jamoani rivojlantiring — kuchli xodim emas, kuchli tizim yarating. Qarorni ma’lumotga asoslang — hissiyot emas, fakt va tahlilga tayaning. O‘zingiz namuna bo‘ling — jamoa rahbarning talabidan ko‘ra, uning harakatidan ko‘proq o‘rganadi.

Avgust oyi men uchun mazmunli, sermahsul va katta natijalarga boy bo‘ldi. Ushbu oy davomida jamoa bilan birgalikda qator muhim vazifalar amalga oshirildi, yangi tashabbuslar ilgari surildi va belgilangan maqsadlar sari izchil harakat qilindi. Shu bilan birga, yangi insonlar bilan tanishish, professional networkingni kengaytirish, turli uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etish orqali qimmatli tajriba va yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldim. Avgust — katta mas’uliyat, samarali mehnat, yangi aloqalar va muhim natijalar mujassam bo‘lgan oy sifatida oldimizga belgilagan vazifalarimizda erishishga imkon yaratdi. Erishilgan natijalar — jamoaviy mehnat va hamjihatlikning samarasi. Oldinda esa yanada katta maqsadlar, yangi vazifalar va imkoniyatlar turibdi.

“Hayotdagi eng katta rivojlanish — kechagi o‘zingizdan kuchliroq, bugungi o‘zingizdan dono va ertangi o‘zingizga munosib inso
“Hayotdagi eng katta rivojlanish — kechagi o‘zingizdan kuchliroq, bugungi o‘zingizdan dono va ertangi o‘zingizga munosib inson bo‘lishdir.” N.Matkarimova

Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi. — C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
+9
Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. — В Новом Ташкенте состоялась торжественная церемония по случаю 35-летия государственной независимости Республики Узбекистан. Приняв участие в мероприятии, Президент Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил наш народ с великим праздником. #Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik #35yil Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantana
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiВыступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali davlat tadbirida O‘zbeki
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali davlat tadbirida O‘zbekiston Ekologik partiyasi xodimlari hamda deputatlarimiz bilan birgalikda ishtirok etdik. 🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning ozod va farovon hayotga intilishi, milliy qadriyatlarimiz, tinchlik va barqaror taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari ham faol ishtirok etib kelmoqda. Mustaqillik bayrami yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va O‘zbekistonning yanada ravnaq topishi yo‘lidagi ezgu maqsadlarimizni birlashtiruvchi ulug‘ ayyomdir. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo’lsin azizlar🥹
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo’lsin azizlar🥹

🎥 Bugungi kun intervyu bilan boshlandi. 🇺🇿 Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar va bunda yoshlar, ayol-qizlarning o’rni mavzusida fikr almashdik. Tez kunda OAV rasmiy kanallarida ko’rishingiz mumkin.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi. Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в церемонии поминовения жертв репрессий в мемориальном комплексе «Шаҳидлар хотираси», а также возложит цветы к Монументу независимости в парке «Янги Узбекистон». Вечером глава нашего государства примет участие в торжественном мероприятии, посвященном знаменательной дате в истории нашей Родины – 35-летию независимости страны, и обратится к народу Узбекистана с праздничным поздравлением. Facebook|Instagram|X

🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik Partiyasi Markaziy Kengashida “Yagona Vatan — yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi. 🎙Tadbir davomida mamlakatimiz mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va kelajak oldidagi ezgu maqsadlar haqida fikrlar bildirildi. 🏅Tantanali tadbirning muhim qismi — davlatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi hamkasblarni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘ldi. 🤝Bu kabi e’tirof va e’tibor jamoamiz a’zolarini Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va belgilangan ezgu maqsadlar yo‘lida yanada faol bo‘lishga ruhlantiradi.! Mustaqilligimiz — bebaho ne’mat, birlik va hamjihatligimiz esa buyuk kelajagimizning mustahkam poydevoridir.! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, O‘zbekistonimiz obod va farovon bo‘lsin!