Hissiyotxonam
Kanalga Telegram’da o‘tish
"Men hamma joydan orom izladim va uni bir burchakda o‘tirib, kitob o‘qishdan topdim." kitobxonlar jamiyati xush kelibsiz!💌 @hissiyotxonam_reklama
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
3 037
Obunachilar
+23524 soatlar
+4827 kun
+48230 kun
Postlar arxiv
3 072
Depressiya har doim ham qorong'i xonada yig'lab o'tirish emas. U ba'zan tongda o'rningdan turish, o'qishga, ishga borish va kun bo'yi tabassum qilib yurish, keyin esa uyga qaytib, uxlash vaqtigacha hech narsa qilmasdan jim o'ylanib o'tirish bo'lishi mumkin
3 072
Hammasi shunday tugamogʻi kerak edi, tugadi.
Koʻngil sinmogʻi kerak edi, sindi.
Oqarmogʻi kerak edi soch, oqardi.
Choʻkmogʻi kerak edi koʻz, choʻkdi..
Nihoyat,
Sen kelmogʻing kerak edi,
Nega kelmading?!
3 072
🐚 Hech biror kanalni postlarini sog'inib kutganmisiz?
Tayyor turing! Bugun bu kanal ana shunday noodatiylar* orasiga qo'shiladi:
✨ Telba — takrorlanmas!
3 072
Hattoki haqligim ham tuni bilan yig'latti meni, sizning nohaqligingiz bunchalar mag'rur
3 072
Atay tig'iz paytda xayollar surib,
Atay sokinlikda zerikadi jon.
Atay isyon payti sukutga cho'mib,
Atay sukut payti qilaman isyon.
Atay jilmayaman g'am boshga tushsa,
Atay quvonch kelsa bo'larman sipo.
Murosa qilsamda sen-la har lahza,
Atay shartlaringni buzarman, dunyo.
Suhrob Ziyo
3 072
Menga noto‘g‘ri ohangda dunyodagi eng to‘g‘ri narsani aytsangiz ham, haqiqatning o‘zini emas, menga buni qanday aytganingizni eslab qolaman.
3 072
Kimdir qizg‘anadi seni kimdandir,
Kimdir tushlaringga kirolmay halak.
So‘zingga mahtaldir nechalab taqdir,
Sen esa bariga parvoying palak.
Mosuvo emassan o‘tli tuyg‘udan,
Xayollaring bilan kirasan jangga.
Maktublar bitasan kechib uyqudan,
Qizg‘onganlar qolib, qizg‘onmaganga...
✍ Odil Hotamov
3 072
E'tiborning katta-kichigi bo'lmaydi. U o'z nomi bilan ajratilgan besh daqiqa, olib kelingan bir dona gul, o'qib berilgan kitob, atab yozilgan she'r, havotirlanib qilingan qo'ng'iroq, yoki kayfiyating yo'qligini sezib tushinilish va hammasi yaxshi bo'ladi deyilgan tasallidir...
3 072
Ikkilanmang, toʻgʻri hamma narsa qazo va qadar bilan. Ammo kechikishingiz tufayli bir narsadan mahrum boʻlishning alami achchiq boʻladi
3 072
Insonlarga qanchalik muhtoj boʻlsam, ulardan qochishga ham shunchalik ehtiyojim bor
3 072
Kechirimlilikni o'rganishni boshlaganingda, birinchi bo'lib o'zingni kechirishdan boshla.
3 072
Umid qilamanki bir kun kelib hayotingizda " Men xafaman" deb xabar jo‘natadigan insoningiz bo‘ladi. O‘shanda u "Men yo‘ldaman" deya javob qaytaradi. So‘ngra eshik qo‘ng‘irog‘i chalinadi, siz eshikni ochib, bir quchoq gullar ortidan tabassum qilib turgan insoni ko‘rasiz.
3 072
Qiziq, bir vaqtlar oliy ma'lumot bilan yaxshi karyera ortidan quvishda yurgan hayollar endi sog'lom tana, hotirjamlik va dunyoni hamma tomonini ko'rib chiqish uchun ko'proq vaqtni hoxlab boshladi."
3 072
Bu Ishq edi...
girdob bagʻrida
pichirlardi bir oyat labi...
Poyoni yoʻq tugʻyon qaʼrida
qoldim uryon dengizchi kabi...
Meni yondir...
sovuq soʻngaklar
qarsillasin chaqin urgandek...
va dahshatga tushsin yuraklar
Ishq qonini ichib koʻrgandek...
Men ichdim bu olovli xunni
Bu — Ishq edi...
Bu — Ishq eding Sen!..
Agar gado boʻlsam bir kuni
faqat seni tilanaman men...
3 072
Agar siz; men sizni tanigandek qolganingizda, men ham siz bilganingizdek qolgan bo'lardim.
