uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

Hissiyotxonam

Hissiyotxonam

Відкрити в Telegram

"Men hamma joydan orom izladim va uni bir burchakda o‘tirib, kitob o‘qishdan topdim." kitobxonlar jamiyati xush kelibsiz!💌 @hissiyotxonam_reklama

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
3 037
Підписники
+23524 години
+4827 днів
+48230 днів
Архів дописів
Repost from 𝐀|𝐁

🤩🤩 🤩🤩 🤩🤩 🎵 Men Robiya ☝️

Depressiya har doim ham qorong'i xonada yig'lab o'tirish emas. U ba'zan tongda o'rningdan turish, o'qishga, ishga borish va kun bo'yi tabassum qilib yurish, keyin esa uyga qaytib, uxlash vaqtigacha hech narsa qilmasdan jim o'ylanib o'tirish bo'lishi mumkin

Hammasi shunday tugamogʻi kerak edi, tugadi. Koʻngil sinmogʻi kerak edi, sindi. Oqarmogʻi kerak edi soch, oqardi. Choʻkmogʻi kerak edi koʻz, choʻkdi.. Nihoyat, Sen kelmogʻing kerak edi, Nega kelmading?!

🐚 Hech biror kanalni postlarini sog'inib kutganmisiz? Tayyor turing! Bugun bu kanal ana shunday noodatiylar* orasiga qo'shiladi: ✨ Telba — takrorlanmas!

Hattoki haqligim ham tuni bilan yig'latti meni, sizning nohaqligingiz bunchalar mag'rur

Atay tig'iz paytda xayollar surib, Atay sokinlikda zerikadi jon. Atay isyon payti sukutga cho'mib, Atay sukut payti qilaman isyon. Atay jilmayaman g'am boshga tushsa, Atay quvonch kelsa bo'larman sipo. Murosa qilsamda sen-la har lahza, Atay shartlaringni buzarman, dunyo. Suhrob Ziyo

Menga noto‘g‘ri ohangda dunyodagi eng to‘g‘ri narsani aytsangiz ham, haqiqatning o‘zini emas, menga buni qanday aytganingizni eslab qolaman.

Kimdir qizg‘anadi seni kimdandir, Kimdir tushlaringga kirolmay halak. So‘zingga mahtaldir nechalab taqdir, Sen esa bariga parvoying palak. Mosuvo emassan o‘tli tuyg‘udan, Xayollaring bilan kirasan jangga. Maktublar bitasan kechib uyqudan, Qizg‘onganlar qolib, qizg‘onmaganga... ✍ Odil Hotamov

E'tiborning katta-kichigi bo'lmaydi. U o'z nomi bilan ajratilgan besh daqiqa, olib kelingan bir dona gul, o'qib berilgan kitob, atab yozilgan she'r, havotirlanib qilingan qo'ng'iroq, yoki kayfiyating yo'qligini sezib tushinilish va hammasi yaxshi bo'ladi deyilgan tasallidir...

Ikkilanmang, toʻgʻri hamma narsa qazo va qadar bilan. Ammo kechikishingiz tufayli bir narsadan mahrum boʻlishning alami achch
Ikkilanmang, toʻgʻri hamma narsa qazo va qadar bilan. Ammo kechikishingiz tufayli bir narsadan mahrum boʻlishning alami achchiq boʻladi

Insonlarga qanchalik muhtoj boʻlsam, ulardan qochishga ham shunchalik ehtiyojim bor

Kechirimlilikni o'rganishni boshlaganingda, birinchi bo'lib o'zingni kechirishdan boshla.

Oyga yetish osonroq edi menga, dilimdagi bor gaplarni aytishdan

photo content

Umid qilamanki bir kun kelib hayotingizda " Men xafaman" deb xabar jo‘natadigan insoningiz bo‘ladi. O‘shanda u "Men yo‘ldaman" deya javob qaytaradi. So‘ngra eshik qo‘ng‘irog‘i chalinadi, siz eshikni ochib, bir quchoq gullar ortidan tabassum qilib turgan insoni ko‘rasiz.

Qiziq, bir vaqtlar oliy ma'lumot bilan yaxshi karyera ortidan quvishda yurgan hayollar endi sog'lom tana, hotirjamlik va dunyoni hamma tomonini ko'rib chiqish uchun ko'proq vaqtni hoxlab boshladi."

Ozing kelmading- ku, gul yuboribsan

Bu Ishq edi... girdob bagʻrida pichirlardi bir oyat labi... Poyoni yoʻq tugʻyon qaʼrida qoldim uryon dengizchi kabi... Meni yondir... sovuq soʻngaklar qarsillasin chaqin urgandek... va dahshatga tushsin yuraklar Ishq qonini ichib koʻrgandek... Men ichdim bu olovli xunni Bu — Ishq edi... Bu — Ishq eding Sen!.. Agar gado boʻlsam bir kuni faqat seni tilanaman men...

Agar siz; men sizni tanigandek qolganingizda, men ham siz bilganingizdek qolgan bo'lardim.