Hissiyotxonam
Kanalga Telegram’da o‘tish
"Men hamma joydan orom izladim va uni bir burchakda o‘tirib, kitob o‘qishdan topdim." kitobxonlar jamiyati xush kelibsiz!💌 @hissiyotxonam_reklama
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
3 328
Obunachilar
+5524 soatlar
+7557 kun
+75530 kun
Postlar arxiv
3 321
Depressiya har doim ham qorong'i xonada yig'lab o'tirish emas. U ba'zan tongda o'rningdan turish, o'qishga, ishga borish va kun bo'yi tabassum qilib yurish, keyin esa uyga qaytib, uxlash vaqtigacha hech narsa qilmasdan jim o'ylanib o'tirish bo'lishi mumkin
3 321
Hammasi shunday tugamogʻi kerak edi, tugadi.
Koʻngil sinmogʻi kerak edi, sindi.
Oqarmogʻi kerak edi soch, oqardi.
Choʻkmogʻi kerak edi koʻz, choʻkdi..
Nihoyat,
Sen kelmogʻing kerak edi,
Nega kelmading?!
3 321
🐚 Hech biror kanalni postlarini sog'inib kutganmisiz?
Tayyor turing! Bugun bu kanal ana shunday noodatiylar* orasiga qo'shiladi:
✨ Telba — takrorlanmas!
3 321
Hattoki haqligim ham tuni bilan yig'latti meni, sizning nohaqligingiz bunchalar mag'rur
3 321
Atay tig'iz paytda xayollar surib,
Atay sokinlikda zerikadi jon.
Atay isyon payti sukutga cho'mib,
Atay sukut payti qilaman isyon.
Atay jilmayaman g'am boshga tushsa,
Atay quvonch kelsa bo'larman sipo.
Murosa qilsamda sen-la har lahza,
Atay shartlaringni buzarman, dunyo.
Suhrob Ziyo
3 321
Menga noto‘g‘ri ohangda dunyodagi eng to‘g‘ri narsani aytsangiz ham, haqiqatning o‘zini emas, menga buni qanday aytganingizni eslab qolaman.
3 321
Kimdir qizg‘anadi seni kimdandir,
Kimdir tushlaringga kirolmay halak.
So‘zingga mahtaldir nechalab taqdir,
Sen esa bariga parvoying palak.
Mosuvo emassan o‘tli tuyg‘udan,
Xayollaring bilan kirasan jangga.
Maktublar bitasan kechib uyqudan,
Qizg‘onganlar qolib, qizg‘onmaganga...
✍ Odil Hotamov
3 321
E'tiborning katta-kichigi bo'lmaydi. U o'z nomi bilan ajratilgan besh daqiqa, olib kelingan bir dona gul, o'qib berilgan kitob, atab yozilgan she'r, havotirlanib qilingan qo'ng'iroq, yoki kayfiyating yo'qligini sezib tushinilish va hammasi yaxshi bo'ladi deyilgan tasallidir...
3 321
Ikkilanmang, toʻgʻri hamma narsa qazo va qadar bilan. Ammo kechikishingiz tufayli bir narsadan mahrum boʻlishning alami achchiq boʻladi
3 321
Insonlarga qanchalik muhtoj boʻlsam, ulardan qochishga ham shunchalik ehtiyojim bor
3 321
Kechirimlilikni o'rganishni boshlaganingda, birinchi bo'lib o'zingni kechirishdan boshla.
