Hissiyotxonam
الذهاب إلى القناة على Telegram
"Men hamma joydan orom izladim va uni bir burchakda o‘tirib, kitob o‘qishdan topdim." kitobxonlar jamiyati xush kelibsiz!💌 @hissiyotxonam_reklama
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
3 187
المشتركون
+23524 ساعات
+4827 أيام
+48230 أيام
أرشيف المشاركات
3 181
"Andisha va g'urur" romani bo'yicha shaxsiy xulosalarim
Andisha va g'urur romani XIX asr boshlaridagi Angliya aristokratik jamiyati, undagi soxta urf-odatlar hamda oilaviy tarbiya inson taqdiriga qanchalik chuqur ta'sir qilishini yaqqol ochib beradi. Asarda Bennetlar oilasi misolida ota-onaning mas'uliyatsizligi va noto'g'ri tarbiyasining salbiy oqibatlari aniq ko'rinadi. Onaning faqat qizlarini boy kishilarga uzatish xohishi, ularni yengil-yelpi hayotga o'rgatishi va bu yengiltaklikni rag'batlantirishi natijasida uchtasi ayniqsa Lidiya kabi qizlar shaddod va aqlsiz bo'lib voyaga yetadi. Otaning loqaydligi esa Lidiyaning Uikxem bilan qochib ketishiga sharoit yaratadi. Eng achinarlisi, qizlarini shunday erkin hayotga o'zlari yetaklab, natijada or-nomus toptalganida butun aybni qizning bo'yniga ag'darishadi. Shu bilan birga, o'g'il farzand bo'lmagani uchun mulkning uzoq qarindosh Kollinzga o'tib ketish qonuni ayollarni moddiy jihatdan chorasiz va himoyasiz qoldirganini ham ko'ramiz. Biroq, asardagi eng ta'sirli va to'lqinlantiruvchi taraf shundaki bir xil nosog'lom muhit va tarbiyasiz oilada ulg'aygan bo'lishiga qaramay, Elizabet va Jeyn bu yengiltaklikka berilmay, mutlaqo boshqacha, aql va farosatli bo'lib ajralib turishadi. Ular o'z hayotiga, tuyg'ulariga va kelajagiga juda katta mas'uliyat bilan qarashadi. Janob Darsi yuksak tabaqadan bo'lgani sababli, dastlab bu oilaning harakatlarini ko'rib noto'g'ri xulosa chiqargan va kibirli tuyulgan bo'lsa-da, Elizabetning tengsiz aql-zakovati, fikrlashi va ichki go'zalligi oldida taslim bo'ladi. Darsi o'z tuyg'ulari va sevgisi uchun kurashadi, hatto Ledi Ketrin kabi qudratli aristokrat qarindoshlarining qarshiligiga qaramay, Elizabetni tanlaydi. Janob Bingli ham xuddi shunday jamiyat qarashlaridan ustun turib, Jeynning samimiyligi va pokiza qalbi uchun uni sevib qoladi.
Bu holat sevgida va nikohda tabaqalanish, boylik yoki kelib chiqish emas, balki insonning shaxsiy qadri va ichki dunyosi birinchi o'rinda turishi kerakligini isbotlaydi. Har ikkala yigit qizlarni moddiy manfaati yoki oilaviy mavqeyi uchun emas, aynan barcha salbiy muhitdan ajralib turuvchi noyob fe'l-atvori va yetukligi uchun tanlaydilar.
Yakunlab aytganda, "Andisha va g'urur" inson qanday nosog'lom muhitda yashamasin, o'zligini yo'qotmasligi kerakligini, haqiqiy sevgi esa kibr, tabaqalanish va atrofdagilarning noto'g'ri fikrlarini yengib o'tishga qodir eng buyuk kuch ekanligini o'rgatuvchi asardir.
3 181
Finish 🏁
Keyin Ostin qalamiga "Andisha va gʻurur" gʻurur asari tugatdim bundan keyingi post shu haqida boʻladi
3 181
Menimcha, seni deb men hamma narsaga tayyor bo‘lsam kerak. Lekin bundan hech kimga oson bo‘lmaydi-da.
"Andisha va g'urur"
Jeyn Ostin
3 181
Barchasini sezasan, qalbing
bilan his qilasan, aqling bilan
bilasan. Lekin baribir
yanglishishga umid qilasan.
3 181
Yillar o’tib qayta ko’rilgan kino yoki qayta o’qilgan kitob butunlay boshqa hikoya…
3 181
Masofalar munosabatlarni barbod qilmaydi lekin kam gaplashish va kech javob berish...
3 181
Manimcha hammani hayotida
rahmsiz bo‘lishni o‘rgangan payti bor.
Ya’ni nimadirlar bo‘ladi va...
sen endi eski «sen» bo‘la olmaysan.
Hamma senga xudbin deydi, ammo...
hech kim senga...
«seni bu ahvolga kim tushirdi?» deb so‘ramaydi.
