Şermatov| Tahlillar
Fan olimpiadalari markazi direktori, Xalqaro kimyo olimpiadasi Boshqaruv qo‘mita a'zosi, O‘qituvchi
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Şermatov| Tahlillar analitikasi
Şermatov| Tahlillar (@shermatovfom) kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 12 438 obunachidan iborat bo'lib, Boshqa toifasida -o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 12 438 obunachiga ega bo‘ldi.
24 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 10 901 ga, so‘nggi 24 soatda esa 257 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 49.00% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 47.00% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 6 091 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 5 843 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 13 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Fan olimpiadalari markazi direktori,
Xalqaro kimyo olimpiadasi Boshqaruv qo‘mita a'zosi,
O‘qituvchi”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 25 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Boshqa toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Dunyoning eng kuchli yosh dasturchilarini bir maydonda jamladik. Endi esa o‘zimizning yosh iqtidorlarimizni kashf etish vaqti!📚 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9-sinf informatika fanidan berilgan savollarni e’tiboringizga havola etaman. ❗️Qani, 30 ta savoldan nechtasini ishlay olasiz? Balki oramizda bo‘lajak IOI oltin medal sohiblari bordir! Telegram
📌 Matematikaning zavqi ham shunda: ba’zan bir masala ustida uzoq bosh qotirasiz, yechimini topganingizda esa hammasi o‘z o‘rniga tushadi.🎥 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 11-sinf matematika fanidan berilgan savollarning batafsil video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ❗️O‘z javoblaringizni solishtiring, yechish usullariga e’tibor qarating. Balki siz ayrim masalalarning bundan ham qisqaroq yo‘lini topgandirsiz? Qani, matematiklar, 30 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri ishladingiz? Telegram
📌 Bugun Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari ham matematika fanidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.📚11-sinf matematika fanidan olimpiada savollarini e’tiboringizga havola etaman. ✔️ Qani, matematikaga qiziqqanlar, sobiq olimpiadachilar va ustozlarimiz ham bir urinib ko‘rsin-chi! Siz uchun qaysi masala eng qiziqarli bo‘ldi? Qaysi biri ustida ko‘proq bosh qotirdingiz? Telegram
Matematikada ba’zan eng murakkab ko‘ringan masalaning ham juda chiroyli yechimi bo‘ladi. Uni topish esa alohida zavq!➡️ Bugun 10-sinf o‘quvchilariga taqdim etilgan olimpiada savollari bilan tanishdik. Endi esa ularning yechimlarini ko‘rish vaqti keldi. 🎥 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 10-sinf matematika fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. Videoni tomosha qiling, o‘z yechimlaringiz bilan solishtiring. Balki siz bir masalani mutlaqo boshqa usulda ishlagandirsiz? Qani, yosh matematiklar, qaysi masalaning yechimi sizga ko‘proq ma’qul bo‘ldi? Telegram
✔️ Bugun Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 10-sinf o‘quvchilarimiz ham o‘z bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.📚10-sinf matematika fanidan olimpiada savollarini e’tiboringizga havola etaman. 📌 Savollarni faqat ishtirokchilar emas, matematikaga qiziquvchi barcha yoshlarimiz, hatto ustozlarimiz ham bir ishlab ko‘rishsin. Qani, 30 ta savoldan nechtasini yecha olasiz? Telegram
9-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan berilgan olimpiada savollari bilan tanishdik. Endi esa ularning yechimlarini birgalikda tahlil qilamiz. Bir masalani turli usullar bilan yechish mumkin. Muhimi, uning mohiyatini tushunish va to‘g‘ri xulosa chiqarish.🎥Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9-sinf matematika fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ❗️Qani, yosh matematiklar, javoblaringizni solishtirib ko‘ring! Siz uchun eng murakkab masala qaysi bo‘ldi? Uni qanday usulda yechdingiz? Telegram
✅Bugun Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida matematika fanidan o‘quvchilarimiz o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.⚡️Matematikada eng qiziq jihat shuki, ba’zan bitta masalani yechishning bir nechta yo‘li bo‘ladi. Muhimi — to‘g‘ri javobga yetib borish! 📚 9-sinf matematika fanidan olimpiada savollarini e’tiboringizga havola etaman. ✅ Qani, nafaqat o‘quvchilar, balki matematika ixlosmandlari ham bir ishlab ko‘rsin-chi! 30 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri yecha olasiz? Telegram
➡️ Endi esa bilimlarimizni yana bir bor sinovdan o‘tkazish, javoblarni solishtirish va xatolar ustida ishlash vaqti keldi.🎥 11-sinf biologiya fanidan olimpiada savollarining batafsil video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. Bir narsani unutmang: olimpiadadagi har bir savol — yangi bilim olish, har bir xato esa yanada kuchliroq bo‘lish uchun imkoniyat. Qani, bo‘lajak biologlar va shifokorlar, bugungi natijangizdan ko‘nglingiz to‘ldimi? Telegram
Olimpiada savollarining ahamiyatli jihati shundaki, ular o‘quvchidan nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarishni ham talab etadi.📚 11-sinf biologiya fanidan olimpiada savollari e’tiboringizga havola! BIOLOGIYA — 11-SINF ❗️Qani, nafaqat bugungi ishtirokchilar, balki biologiyaga qiziquvchi barcha yoshlarimiz ham o‘z bilimini bir sinab ko‘rsin. Siz uchun 30 ta savoldan eng murakkabi qaysi bo‘ldi? Telegram
Olimpiadada to‘g‘ri javobni topish muhim. Ammo unga qanday erishilganini tushunish kelgusi yutuqlar uchun yanada ahamiyatli.🎥 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 10-sinf biologiya fanidan berilgan savollarning batafsil video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ✅ Videoni tomosha qilib, javoblaringizni solishtiring va e’tiboringizdan chetda qolgan jihatlarni tahlil qiling. Qaysi savolning yechimi siz uchun eng foydali bo‘ldi? Telegram
✅ Olimpiada — faqat yodlangan bilimlarni emas, balki o‘rganganlarini tahlil qilish va amalda qo‘llay olish qobiliyatini ham sinovdan o‘tkazadigan maydon.Qani, 10-sinf biologlari, bugungi savollar siz uchun qanday bo‘ldi? BIOLOGIYA — 10-SINF 📚Savollar bilan tanishing, o‘z bilimingizni yana bir bor sinab ko‘ring. Siz nechta savolga ishonch bilan javob bera oldingiz? Telegram
30 ta savolga javob topish uchun yaxshigina bosh qotirdik. Endi esa kimning javobi to‘g‘ri, kim qayerda adashganini bilib olamiz!🎥Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9-sinf biologiya fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ✔️ Videoni diqqat bilan ko‘ring. Axir, xatolar ustida ishlash ham bilimni mustahkamlashning bir yo‘li! Qani, 30 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri ishlabsiz? Telegram
Bugungi olimpiada savollari ortda qoldi. Kimdir barcha masalalarni ishonch bilan ishladi, kimdir ayrim savollar ustida yaxshigina bosh qotirdi.Endi esa har bir savolning yechimini tushunib olish vaqti! 🎥Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 11-sinf fizika fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. Bir narsani unutmang: olimpiadada xato qilgan savolingiz ham sizga katta bilim berishi mumkin. Qani, yosh fiziklar, bugungi natijangizdan ko‘nglingiz to‘ldimi? Telegram
