Şermatov| Tahlillar
前往频道在 Telegram
Fan olimpiadalari markazi direktori, Xalqaro kimyo olimpiadasi Boshqaruv qo‘mita a'zosi, O‘qituvchi
显示更多未指定国家未指定类别
📈 Telegram 频道 Şermatov| Tahlillar 的分析概览
频道 Şermatov| Tahlillar (@shermatovfom) 是活跃参与者。目前社区聚集了 12 438 名订阅者,在 其他 类别中位列第 。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 12 438 名订阅者。
根据 24 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 10 901,过去 24 小时变化为 257,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 49.00%。内容发布后 24 小时内通常能获得 47.00% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 6 091 次浏览,首日通常累积 5 843 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 13。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Fan olimpiadalari markazi direktori,
Xalqaro kimyo olimpiadasi Boshqaruv qo‘mita a'zosi,
O‘qituvchi”
凭借高频更新(最新数据采集于 25 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
12 438
订阅者
+25724 小时
+8 5807 天
+10 90130 天
帖子存档
13 739
💻 Bo‘lajak IOI chempionlari, qani, bir kuch sinashamizmi?
📌 Esingizda bo‘lsa, bu yil O‘zbekiston 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qildi.
Dunyoning eng kuchli yosh dasturchilarini bir maydonda jamladik. Endi esa o‘zimizning yosh iqtidorlarimizni kashf etish vaqti!📚 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9-sinf informatika fanidan berilgan savollarni e’tiboringizga havola etaman. ❗️Qani, 30 ta savoldan nechtasini ishlay olasiz? Balki oramizda bo‘lajak IOI oltin medal sohiblari bordir! Telegram
13 739
🇺🇿 O‘zbek tilimizning bir boshqacha gashti bor-da!
Dunyoning turli davlatlaridan kelgan insonlar bilan ko‘p muloqot qilaman, juda. Har bir tilning o‘ziga yarasha jozibasi, boyligi bor.
Lekin baribir ona tilingda gaplashishning zavqi boshqacha.
Birgina yutgan olimpiadachilarimizga qarata aytgan “barakalla” degan so‘zimizni olaylik. Unda ham maqtov, ham rag‘bat, ham samimiyat bor. Yoki “oq yo‘l” degan tilagimiz. Ikki og‘iz so‘z, lekin ortida qancha yaxshi niyat yotibdi.
O‘ylab qarasam, tilimizning go‘zalligi ham shunday oddiy, o‘zimiz har kuni ishlatadigan so‘zlarda ekan.
Tilni sevish faqat bayram kuni chiroyli gaplar aytish bilan bo‘lmaydi. Uni kundalik hayotimizda asrashimiz, farzandlarimizga to‘g‘ri o‘rgatishimiz, eng muhimi, o‘zimiz ham hurmat qilishimiz kerak.
Yoshlarimiz dunyoning istalgan tilini o‘rgansin, xalqaro maydonlarda bemalol muloqot qilsin. Buni faqat qo‘llab-quvvatlaymiz.
Lekin qayerga bormasin, o‘z ona tilini, milliy o‘zligini unutmasin.
🇺🇿21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni barchamizga muborak bo‘lsin!
Aytgancha, bir savol: sizningcha, boshqa tilga tarjima qilib bo‘lmaydigan eng chiroyli o‘zbekcha so‘z qaysi?
Telegram
13 739
📐 Masalalar yechildi, endi javoblarni solishtiramiz!
11-sinf matematiklari, bugungi olimpiada savollari sizlarni yaxshigina o‘ylantirgan bo‘lsa kerak!
📌 Matematikaning zavqi ham shunda: ba’zan bir masala ustida uzoq bosh qotirasiz, yechimini topganingizda esa hammasi o‘z o‘rniga tushadi.
🎥 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 11-sinf matematika fanidan berilgan savollarning batafsil video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman.
❗️O‘z javoblaringizni solishtiring, yechish usullariga e’tibor qarating. Balki siz ayrim masalalarning bundan ham qisqaroq yo‘lini topgandirsiz?
Qani, matematiklar, 30 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri ishladingiz?
Telegram
13 739
📐 Masalalar yechildi, endi javoblarni solishtiramiz!
11-sinf matematiklari, bugungi olimpiada savollari sizlarni yaxshigina o‘ylantirgan bo‘lsa kerak!
📌 Matematikaning zavqi ham shunda: ba’zan bir masala ustida uzoq bosh qotirasiz, yechimini topganingizda esa hammasi o‘z o‘rniga tushadi.🎥 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 11-sinf matematika fanidan berilgan savollarning batafsil video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ❗️O‘z javoblaringizni solishtiring, yechish usullariga e’tibor qarating. Balki siz ayrim masalalarning bundan ham qisqaroq yo‘lini topgandirsiz? Qani, matematiklar, 30 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri ishladingiz? Telegram
13 739
📐 11-sinf matematiklari, endi sizlarning navbatingiz!
➡️ Matematikaning bir ajoyib jihati bor: ba’zan eng murakkab masalaning yechimi oddiy bir fikrdan boshlanadi.
📌 Bugun Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari ham matematika fanidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.📚11-sinf matematika fanidan olimpiada savollarini e’tiboringizga havola etaman. ✔️ Qani, matematikaga qiziqqanlar, sobiq olimpiadachilar va ustozlarimiz ham bir urinib ko‘rsin-chi! Siz uchun qaysi masala eng qiziqarli bo‘ldi? Qaysi biri ustida ko‘proq bosh qotirdingiz? Telegram
13 739
📐10-sinf matematiklari, yechimlaringiz to‘g‘ri chiqdimi?
Matematikada ba’zan eng murakkab ko‘ringan masalaning ham juda chiroyli yechimi bo‘ladi. Uni topish esa alohida zavq!➡️ Bugun 10-sinf o‘quvchilariga taqdim etilgan olimpiada savollari bilan tanishdik. Endi esa ularning yechimlarini ko‘rish vaqti keldi. 🎥 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 10-sinf matematika fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. Videoni tomosha qiling, o‘z yechimlaringiz bilan solishtiring. Balki siz bir masalani mutlaqo boshqa usulda ishlagandirsiz? Qani, yosh matematiklar, qaysi masalaning yechimi sizga ko‘proq ma’qul bo‘ldi? Telegram
13 739
📐 10-sinf matematiklari, sizlar uchun ham navbat keldi!
➡️ Matematikada eng yaxshi masalalar odamni biroz o‘ylantiradigan, yechimini topgach esa zavq bag‘ishlaydigan masalalardir.
✔️ Bugun Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 10-sinf o‘quvchilarimiz ham o‘z bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.📚10-sinf matematika fanidan olimpiada savollarini e’tiboringizga havola etaman. 📌 Savollarni faqat ishtirokchilar emas, matematikaga qiziquvchi barcha yoshlarimiz, hatto ustozlarimiz ham bir ishlab ko‘rishsin. Qani, 30 ta savoldan nechtasini yecha olasiz? Telegram
13 739
📐Matematikada javobdan ham muhimroq narsa bor. Bu — unga qanday yetib borganingiz!
9-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan berilgan olimpiada savollari bilan tanishdik. Endi esa ularning yechimlarini birgalikda tahlil qilamiz. Bir masalani turli usullar bilan yechish mumkin. Muhimi, uning mohiyatini tushunish va to‘g‘ri xulosa chiqarish.🎥Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9-sinf matematika fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ❗️Qani, yosh matematiklar, javoblaringizni solishtirib ko‘ring! Siz uchun eng murakkab masala qaysi bo‘ldi? Uni qanday usulda yechdingiz? Telegram
13 739
📐Matematiklar, qani, mantiq va hisob-kitobni ishga solamizmi?
✅Bugun Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida matematika fanidan o‘quvchilarimiz o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.⚡️Matematikada eng qiziq jihat shuki, ba’zan bitta masalani yechishning bir nechta yo‘li bo‘ladi. Muhimi — to‘g‘ri javobga yetib borish! 📚 9-sinf matematika fanidan olimpiada savollarini e’tiboringizga havola etaman. ✅ Qani, nafaqat o‘quvchilar, balki matematika ixlosmandlari ham bir ishlab ko‘rsin-chi! 30 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri yecha olasiz? Telegram
13 739
🧬 11-sinf biologlari, endi natijalarni birgalikda tahlil qilamiz!
⚡️ Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida biologiya fanidan berilgan savollar bilan ham tanishdik.
➡️ Endi esa bilimlarimizni yana bir bor sinovdan o‘tkazish, javoblarni solishtirish va xatolar ustida ishlash vaqti keldi.🎥 11-sinf biologiya fanidan olimpiada savollarining batafsil video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. Bir narsani unutmang: olimpiadadagi har bir savol — yangi bilim olish, har bir xato esa yanada kuchliroq bo‘lish uchun imkoniyat. Qani, bo‘lajak biologlar va shifokorlar, bugungi natijangizdan ko‘nglingiz to‘ldimi? Telegram
13 739
🧬 11-sinf biologlari, bilimlaringizni yana bir bor sinab ko‘ramizmi?
⚡️ Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida biologiya fanidan 11-sinf o‘quvchilariga taqdim etilgan savollarni ham sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.
Olimpiada savollarining ahamiyatli jihati shundaki, ular o‘quvchidan nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarishni ham talab etadi.📚 11-sinf biologiya fanidan olimpiada savollari e’tiboringizga havola! BIOLOGIYA — 11-SINF ❗️Qani, nafaqat bugungi ishtirokchilar, balki biologiyaga qiziquvchi barcha yoshlarimiz ham o‘z bilimini bir sinab ko‘rsin. Siz uchun 30 ta savoldan eng murakkabi qaysi bo‘ldi? Telegram
13 739
🧬 Bilimning haqiqiy qiymati — uning mohiyatini tushunishda!
🧬10-sinf biologiya fanidan olimpiada savollari bilan tanishdik. Endi esa javoblarni tahlil qilish va o‘z bilimimizni baholash vaqti keldi.
Olimpiadada to‘g‘ri javobni topish muhim. Ammo unga qanday erishilganini tushunish kelgusi yutuqlar uchun yanada ahamiyatli.🎥 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 10-sinf biologiya fanidan berilgan savollarning batafsil video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ✅ Videoni tomosha qilib, javoblaringizni solishtiring va e’tiboringizdan chetda qolgan jihatlarni tahlil qiling. Qaysi savolning yechimi siz uchun eng foydali bo‘ldi? Telegram
13 739
🧬 30 ta savol. 30 ta imkoniyat. Bilimingizga qanchalik ishonasiz?
➡️ Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 10-sinf o‘quvchilari uchun taqdim etilgan biologiya fani savollarini sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.
✅ Olimpiada — faqat yodlangan bilimlarni emas, balki o‘rganganlarini tahlil qilish va amalda qo‘llay olish qobiliyatini ham sinovdan o‘tkazadigan maydon.Qani, 10-sinf biologlari, bugungi savollar siz uchun qanday bo‘ldi? BIOLOGIYA — 10-SINF 📚Savollar bilan tanishing, o‘z bilimingizni yana bir bor sinab ko‘ring. Siz nechta savolga ishonch bilan javob bera oldingiz? Telegram
13 739
🧬 Biologlar, javoblar ham o‘zingiz o‘ylagandek chiqdimi?
30 ta savolga javob topish uchun yaxshigina bosh qotirdik. Endi esa kimning javobi to‘g‘ri, kim qayerda adashganini bilib olamiz!🎥Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9-sinf biologiya fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. ✔️ Videoni diqqat bilan ko‘ring. Axir, xatolar ustida ishlash ham bilimni mustahkamlashning bir yo‘li! Qani, 30 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri ishlabsiz? Telegram
13 739
🧬 Biologlar, qani, tirik organizmlar sirini qanchalik yaxshi bilamiz?
➡️ Fiziklar bilan formulalarni ishladik, kimyogarlar bilan reaksiyalarni ko‘rdik.
✅ Endi navbat biologlarga!
❗️ Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9-sinf o‘quvchilariga berilgan biologiya fani savollarini e’tiboringizga havola etaman.
BIOLOGIYA — 9-SINF
🧬Biologiya qiziq fan-da! O‘zimizni tirik tabiatning bir bo‘lagi deb bilamiz-u, ba’zan uning eng oddiy qonuniyatlari haqida ham bosh qotirib qolamiz.
✔️ Qani, biologiyani yaxshi bilaman deganlar, bir kuchingizni sinab ko‘ring-chi!
Savollar orasida sizni eng ko‘p o‘ylantirgani qaysi bo‘ldi?
Telegram
13 739
⚡️11-sinf fiziklari, natijalarni bir sarhisob qilamizmi?
Bugungi olimpiada savollari ortda qoldi. Kimdir barcha masalalarni ishonch bilan ishladi, kimdir ayrim savollar ustida yaxshigina bosh qotirdi.Endi esa har bir savolning yechimini tushunib olish vaqti! 🎥Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 11-sinf fizika fanidan berilgan savollarning video-yechimlarini e’tiboringizga havola etaman. Bir narsani unutmang: olimpiadada xato qilgan savolingiz ham sizga katta bilim berishi mumkin. Qani, yosh fiziklar, bugungi natijangizdan ko‘nglingiz to‘ldimi? Telegram
