uz
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Kanalga Telegram’da o‘tish

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
591
Obunachilar
+3324 soatlar
+2947 kun
+30530 kun
Postlar arxiv
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bil
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz”,
– dedi Prezidentimiz. Yurtimizning har bir mahallasida o‘g‘il-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ko‘makchi bo‘ladigan yoshlar yetakchilari korpusi shakllantirildi. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#YoshlarKuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgaz
+9
#YoshlarKuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bi
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.   — Сегодня, в День молодежи, Президент Шавкат Мирзиёев проведет диалог с молодежью и вручит государственные награды группе активных и инициативных юношей и девушек. Также глава нашего государства встретится с талантливыми молодыми людьми и ознакомится с их проектами в различных сферах. Facebook|Instagram|X

Repost from Edu.uz
#YoshlarKuni Qadrli yurtimiz yoshlari! 🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz! Bu
#YoshlarKuni Qadrli yurtimiz yoshlari! 🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz! Bu sana – sizlarning ezgu orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingizni e’tirof etuvchi muhim bayramdir. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaydi. Sizlar – Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar taraqqiyotini harakatga keltiruvchi eng katta kuchsiz. Bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, yangilikka ochiqligingiz, izlanuvchanligingiz va mehnatsevarligingiz mamlakatimiz taraqqiyoti hamda farovon kelajagining mustahkam poydevoridir. Doimo ilm izlang, yuksak maqsadlar sari dadil odimlang, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiling. Yangi g‘oyalar, kreativ tashabbuslar va zamonaviy yondashuvlar orqali yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Har bir kuningiz yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTU_OAV_nigohida Uza.uz | Qabulda shaffoflik ta’minlanadi Maqolani o'qish
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
+8
#Matbuot_anjumani #press_tur
Farg‘ona davlat texnika universitetida “2026/2027-o‘quv yili uchun universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur tashkil etildi
🔹 Matbuot anjumanida, viloyatimizda faoliyat olib boruvchi jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi. Dastavval, oliygoh rektori, professor Rustam Tojiyev mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan anjumanda ishtirokchilariga universitet bilan olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchiligini izhor qilib, bayram bilan samimiy tabrikladi. Batafsil. 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Prezident_topshirigʻi_amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 25-iyun kuni oʻtkazilgan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish hamda Fargʻona viloyatini ushbu yoʻnalishda namunaviy hududga aylantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar boshlandi.
🔹Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Umid Kutpiddinovich Abidxadjayev boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida “Kvars” AJ, Fargʻona davlat texnika universiteti hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#Prezident_topshirigʻi_amalda Prezident topshirigʻi ijrosi doirasida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha
+6
#Prezident_topshirigʻi_amalda Prezident topshirigʻi ijrosi doirasida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha amaliy ishlar boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 25-iyun kuni oʻtkazilgan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish hamda Fargʻona viloyatini ushbu yoʻnalishda namunaviy hududga aylantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar boshlandi.
🔹Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Umid Kutpiddinovich Abidxadjayev boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida “Kvars” AJ, Fargʻona davlat texnika universiteti hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. 🖇️Mazkur memorandum qurilish materiallari sanoatida mavjud ishlab chiqarish muammolariga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish, mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan samarali foydalanish, import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulotlarni yaratish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✨Hamkorlik doirasida korxonaning dolzarb texnologik muammolari oʻrganilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalliy standart qum ishlab chiqarish, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda istiqbolli innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mazkur tashabbus Prezident topshiriqlarining amaliy ijrosini taʼminlash, Fargʻona viloyatida qurilish materiallari sanoatini yangi bosqichga olib chiqish hamda hududni innovatsion va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi namunaviy markaz sifatida rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Таълим, технология ва тараққиёт: ОАВ ходимлари Фарғона давлат техника университети фаолияти билан танишди Бугун Фарғона давла
+3
Таълим, технология ва тараққиёт: ОАВ ходимлари Фарғона давлат техника университети фаолияти билан танишди Бугун Фарғона давлат техника университетида “2026/2027-ўқув йили учун Фарғона давлат техника университетининг бакалавриат таълим йўналишларига қабул” мавзусида матбуот анжумани ҳамда пресс-тур бўлиб ўтди. 👉 Батафсил: https://yuz.uz/oz/news/146630 👉 Batafsil: https://yuz.uz/uz/news/146630 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik — Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrikПоздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Matbuot_anjumani #Videolavha ✨Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida “2026/2027-o‘quv yili uchun Farg‘ona davlat texnika universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur bo‘lib o‘tdi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#Matbuot_anjumani Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida “2026/2027-o‘quv yili uchun Farg‘ona davlat texnika universite
+9
#Matbuot_anjumani
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida “2026/2027-o‘quv yili uchun Farg‘ona davlat texnika universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur bo‘lib o‘tdi.
🔹 Matbuot anjumanida, viloyatimizda faoliyat olib boruvchi jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi. 🖇Dastavval, oliygoh rektori, professor Rustam Tojiyev mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan anjumanda ishtirokchilariga universitet bilan olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchiligini izhor qilib, bayram bilan samimiy tabrikladi. Batafsil:
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan hafta yuksak saviyada o‘tkazilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi.
Yig‘ilishda hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantirish, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erishishini aniq hisob-kitob qilishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi” hamda 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliygohlar nomma-nom biriktirildi. Misol uchun, qurilish materiallari tarmog‘iga “aql markazi” sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari markazi hamda Materialshunoslik instituti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti biriktirildi. Ular yangi turdagi materiallarga talab, buni qoplash uchun qaysi tumanda nima loyiha qilish, qanday texnologiyadan foydalanish, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi.
Barcha tarmoq rahbarlariga “aql markazi”, sohaviy ilmiy institut va oliygohlar bilan har bir tuman imkoniyatini shu yondashuv asosida tahlil qilib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga katta turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Farg‘ona davlat texnika universiteti xalqaro reytinglarda yuksak e'tirof va natijalarga erishdi! Nufuzli Times Higher Educati
+3
Farg‘ona davlat texnika universiteti xalqaro reytinglarda yuksak e'tirof va natijalarga erishdi!
Nufuzli Times Higher Education Sustainability Impact Ratings 2026 reytingi natijalariga ko‘ra, Farg‘ona davlat texnika universiteti dunyoning top-1000 talik oliy ta’lim muassasasalari orasida 401-o‘rinda e'tirof etildi.
🔹Ushbu natija universitetda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yuksak baholanganidan dalolat beradi. 📌Reytingning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ham universitet yuqori natijalarni qayd etdi:
SDG 7 – Affordable and Clean Energy (Arzon va toza energiya) yo‘nalishida dunyo oliy ta’lim muassasasi orasida 6-o‘rinni egalladi; SDG 2 – Zero Hunger (Ochlikka barham berish) yo‘nalishida dunyo oliy ta’lim muassasasi orasida 69-o‘rinni qo‘lga kiritdi; SDG 6 – Clean Water and Sanitation (Toza suv va sanitariya) yo‘nalishida dunyo oliy ta’lim muassasasi orasida 87-o‘rinni egalladi.
✨ Mazkur yutuqlar Farg‘ona davlat texnika universitetining barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, ekologiya, energiya samaradorligi va ijtimoiy mas’uliyat sohalarida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli faoliyatining xalqaro miqyosdagi e’tirofidir. Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, talabalari hamda barcha jamoamizni ushbu muhim muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#Qiziqarli_sorovnoma
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi!
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti Matbuot xizmati tomonidan talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ushbu uchrashuv oldidan qiziqarli so‘rovnoma olindi. ✨Sizningcha, bugungi bahs qanday hisobda yakunlanadi? Olg‘a, O‘zbekiston! Biz senga ishonamiz!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!
❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
23-iyun — Davlat xizmati kuni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini
23-iyun — Davlat xizmati kuni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natija berishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz hamda kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va yuksak marralar tilaymiz. Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Abidxadjayev U
+8
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Abidxadjayev Umid Kutpiddinovich tashrif buyurdi.
🔹Tashrif davomida mehmon universitetda ilmiy ishlanmalarni g‘oyadan amaliyotgacha olib chiqish, ularni sinovdan o‘tkazish, takomillashtirish hamda sanoat miqyosida joriy etish bo‘yicha yaratilgan ilmiy-innovatsion infratuzilma bilan yaqindan tanishdi. 🖇️Shuningdek, universitet olimlari tomonidan qurilish materiallari sohasida ishlab chiqilgan yangi ishlanmalar, istiqbolli texnologik yechimlar hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi. Mehmonga universitet qoshida tashkil etilayotgan “Airoinjinering” texnoparki faoliyati, agrodron yo‘nalishidagi texnologik imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar haqida ham ma’lumot berildi. U.K. Abidxadjayev universitetda olib borilayotgan ishlarni yuqori baholab, ayrim loyihalarni kengaytirish, sanoat hamkorlari bilan integratsiyani kuchaytirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Farg‘ona viloyat hokimi X.Bozorov Farg‘ona davlat texnika universiteti qoshida tashkil etilayotgan “Airoinjinering” texnopark
+6
Farg‘ona viloyat hokimi X.Bozorov Farg‘ona davlat texnika universiteti qoshida tashkil etilayotgan “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi.
🔹Tashrif davomida texnoparkda olib borilayotgan qurilish ishlari, zamonaviy jihozlash jarayonlari hamda istiqbolli innovatsion loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 🖇️ “Airoinjinering” texnoparki qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. ✨Texnopark tarkibida elektron plata yig‘ish bo‘limi tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda navigatsiya va boshqaruv elektron platalari, sanoat elektron modullari hamda zamonaviy monitoring tizimlari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, yuqori aniqlikdagi texnologiyalar va ilm-fan–ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tashrif yakunida viloyat hokimi X. Bozorov loyihaning samarali va sifatli amalga oshirilishi, texnopark faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi. Mazkur loyiha hududda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yosh mutaxassislarning salohiyatini yuksaltirish ko’zda tutilgan.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Repost from Edu.uz
Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar faoliyatini raqamlashtiri
+3
Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar faoliyatini raqamlashtirish va Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda mahalla faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish masalasi ham koʻrib chiqildi. Qayd etilganidek, shu vaqtgacha mamlakatimizda tadqiq etilgan 20 mingga yaqin ilmiy ishning atigi 10 tasida mahallaga aloqador ayrim masalalar oʻrganilgan. Shu munosabat bilan Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etish taklifi bildirildi. Institut faoliyati katta ilmiy salohiyatga ega Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bogʻliq holda yoʻlga qoʻyiladi. Yangi institut mahalla tizimidagi islohotlarni ilmiy tahlil qilish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish, “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Ushbu tizim orqali har yili 21 ming nafar mahalla tizimi va “yettilik” aʼzolarining malakasi oshiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram