uz
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Kanalga Telegram’da o‘tish

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
591
Obunachilar
+3324 soatlar
+2947 kun
+30530 kun
Postlar arxiv
Repost from Edu.uz
Toshkentdagi O‘zbekiston-Ozarbayjon sammiti qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni abadiy do‘stlik darajasiga ko‘targan tarixiy voqea bo‘ldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Prezident farmoni ijrosi 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 258-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Fargʻona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Qoʻqon shahridagi "Aziztepa" MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. 🖇Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga amaliy yordam koʻrsatish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan ijtimoiy himoya mexanizmlaridan samarali foydalanishni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va inson qadrini ulugʻlash tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt

Repost from Edu.uz
+3
🎖 Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi Ko‘ksaroy qarorgohida Ilhom Aliyevga O‘zbekistonning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, Shavkat Mirziyoyevga esa Ozarbayjonning “Haydar Aliyev” ordeni topshirildi. Oʻzbekiston va Ozarbayjon kelgusida ham barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirib, qardoshlik munosabatlari esa yangi amaliy mazmun bilan boyib borishiga ishonch bildirildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitet hududida amalga oshirilayotgan qu
+5
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitet hududida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🔹Jarayon davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, zamonaviy qurilish texnologiyalarini joriy etish hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, yangi 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Ayni paytda universitetning o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Ushbu loyihalar talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay, zamonaviy hamda innovatsion ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Kasaba_uyushmasi_faoliyatidan
Farg‘ona davlat texnika universitetida “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yosh raislarning I-mintaqaviy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forum jarayonlari haqida videolavha orqali tanishishingiz mumkin. Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #Xorazm Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatimizda aholi bandligini
+3
#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #Xorazm Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash, daromadlarni oshirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari kasb-hunarga oʻqitish tizimini qayta koʻrib chiqish va uni mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlash zarurligini taʼkidladi. Oʻtkazilgan soʻrovlarda oliy taʼlim muassasalari talabalarining 63 foizi oʻqish jarayonida yetarli amaliy koʻnikmalarni egallamayotganini qayd etgan. Shu bois, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan kasbga oʻrgatishda keng foydalanish vazifasi qoʻyildi. Universitetlarda kunning ikkinchi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashgʻulotlarni tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
#Mustaqillik_shukronasi
“O‘zbekiston fuqaroligini olishim — taqdirimni o‘zgartirgan eng buyuk ne’mat”
🔹Qirg‘izistonda tug‘ilib, 1996-yilda O‘zbekistonga kelgan Zamirbek Xametov yillar davomida shu yurtda ta’lim oldi, mehnat qildi va ilm-fan sohasida o‘z o‘rnini topdi. Bugun u Farg‘ona davlat texnika universitetida faoliyat yuritib, yoshlarga o‘z bilim va tajribasini ulashib kelmoqda. 📌Videolavhada Zamirbek Xametovning O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishi, hayot yo‘li va Vatanga bo‘lgan minnatdorlik tuyg‘ulari haqida so‘z yuritiladi. Videolavhaning to‘liq qismini ushbu havola orqali ko‘ring Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kasaba_uyushmasi_faoliyatidan “Yosh raislarning I-mintaqaviy forumi” ishtirokchilari Farg‘ona davlat texnika universitetida
+9
#Kasaba_uyushmasi_faoliyatidan
“Yosh raislarning I-mintaqaviy forumi” ishtirokchilari Farg‘ona davlat texnika universitetida
🔹Bugun universitetda “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yosh raislarning I-mintaqaviy forumi” bo‘lib o‘tdi. Forum qatnashchilari universitetning asosiy kirish qismida tantanali kutib olindi. Mehmonlarga milliy qadriyatlarimizga xos tarzda karnay-surnay sadolari ostida, milliy libosdagi talaba-qizlar ishtirokida non va shirinliklar, esdalik sovg'alari tortiq qilindi. 🖇Forum doirasida mehmonlar universitet yoshlarining ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida erishayotgan yutuqlari bilan tanishdilar. Yosh olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar va loyihalar namoyish etilib, universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyati haqida ma’lumot berildi Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, ularga forum ishida muvaffaqiyat va omad tiladi. Rektor o‘z so‘zida bugungi forum yoshlarning tashabbuslari, yangi g‘oyalari va zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini birlashtiradigan muhim muloqot maydoni ekanini ta’kidladi. Tadbir davomida universitetda amalga oshirilayotgan sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Jumladan, Sun’iy intellekt laboratoriyasining faoliyati, shuningdek, energetika sohasida olib borilayotgan ishlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. “Yosh raislarning I-mintaqaviy forumi” yosh rahbarlar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni muhokama qilish, zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi. Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Partiya_kengashi Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 🔹Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Keng
+3
#Partiya_kengashi
Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🔹Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kambag‘allikni qisqartirish va boshqa muhim yo‘nalishlarga oid 8 ta masala muhokama qilindi. 🖇Sessiyada viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, Rustam Tojiyev ham faol ishtirok etdi. Yig‘ilish yakunida sessiya kotibi sifatida R.Tojiyev tomonidan sessiya davomida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar hamda yakuniy xulosa o‘qib eshittirildi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Videolavha
Yangi manzil. Yangi imkoniyatlar. Yangi talabalik hayoti!
🔹Uzoq va yaqin hududlardan Farg‘ona davlat texnika universitetiga o‘qishga qabul qilingan barcha talabalar uchun universitetda qulay muhit va zarur sharoitlar yaratilgan. Talabalarning ishonchli va qulay turar-joy bilan ta’minlanishi, yotoqxona hamda ijara xonadonlari bo‘yicha murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyat olib bormoqda. 🖇Mazkur markaz orqali talabalar yotoqxonalarga joylashish, mavjud turar-joylar haqida ma’lumot olish va ijara xonadonlari bo‘yicha zarur yo‘riqnomalarga ega bo‘lishlari mumkin. Farg‘ona davlat texnika universiteti — nafaqat ta’lim, balki talabalik davrini qulay va mazmunli o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan maskan!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyatdan say
+6
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kambag‘allikni qisqartirish va boshqa muhim yo‘nalishlarga oid 8 ta masala o‘rin oldi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyatdan say
+6
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kambag‘allikni qisqartirish va boshqa muhim yo‘nalishlarga oid 8 ta masala o‘rin oldi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #taqdimot #energetika Yashil energetika uchun malakali kadrlar tayyorlanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik v
+3
#Mirziyoyev #taqdimot #energetika Yashil energetika uchun malakali kadrlar tayyorlanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Yangi o‘quv yilidan kichik quvvatli “yashil” energetika yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida dual ta’lim tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, energetika korxonalari, jumladan, kichik gidroenergetika obyektlari talabalar uchun amaliyot bazasi sifatida belgilanadi. Bu orqali talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, sohada amaliy ko‘nikmaga ega va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan kadrlar tayyorlash imkoniyatlari kengaytiriladi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#Mustaqillik_shukronasi
“Fuqarolik — taqdirimni o‘zgartirgan eng buyuk ne’mat”
🔹Qirg‘izistonda tug‘ilib, 1996-yilda O‘zbekistonga kelgan Zamirbek Xametov yillar davomida shu yurtda ta’lim oldi, mehnat qildi va ilm-fan sohasida o‘z o‘rnini topdi. Bugun u Farg‘ona davlat texnika universitetida faoliyat yuritib, yoshlarga o‘z bilim va tajribasini ulashib kelmoqda. 📌Videolavhada Zamirbek Xametovning O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishi, hayot yo‘li va Vatanga bo‘lgan minnatdorlik tuyg‘ulari haqida so‘z yuritiladi. Videolavhaning to‘liq qismini ushbu havola orqali ko‘ring
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar: 📌Besh yilda biznes uchun
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:   📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;   📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;   📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;   📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;   📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;   📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;   📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;   📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;   📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Edu.uz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin t
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #oliytalim Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tashkil etilgan Lyaonin pedagogika universit
+6
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #oliytalim Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tashkil etilgan Lyaonin pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali va Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanishdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
+6
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #kasbiytalim Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram