Scopus Academy
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
2 015
Obunachilar
+724 soatlar
+857 kun
+27830 kun
Postlar arxiv
2 016
Editor yoki reviewer bilan norasmiy kelishuv qidirmang. “Maqolani qabul qilib bersangiz…”, “reviewerni taniysizmi?”, “qancha to‘lash kerak?” kabi muloqotlar ilmiy nashr etikasi bilan mos kelmaydi. Editor, reviewer va muallif o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lsa, bu oshkor qilinishi kerak. COPE hatto oldingi hammualliflik kabi holatlarni ham editorial conflict of interest sifatida ko‘rib chiqishi mumkinligini qayd etadi.
2 016
#Scopus_Academy
Bugungi kunda kuchli ilmiy g‘oya faqat laboratoriyada emas, to‘g‘ri grant va platformani topishda ham yutadi.
Ko‘plab tadqiqotchilar “grant topish qiyin” deb o‘ylaydi. Aslida esa dunyoda minglab xalqaro platformalar mavjud. Muhimi — qayerdan izlashni bilish.
Ushbu postda grant qidirish, xalqaro loyihalarga chiqish va ilmiy imkoniyatlarni topishda eng foydali TOP-5 platformani jamladik. Ayrimlari orqali Jahon Banki, Horizon Europe, xalqaro fondlar va yirik ilmiy tashkilotlar grantlarini topish mumkin.
Bugungi ilm-fanda faqat maqola yozish yetarli emas. Kuchli tadqiqotchi grant topa olishi, loyiha yoza olishi va xalqaro maydonga chiqa olishi kerak.
Izlaning. Yozing. Topshiring.
Balki sizning bugun rad etilgan g‘oyangiz ertaga dunyo tan oladigan loyiha bo‘lar.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
Scopus’da “yashirin trik” bormi?
Mo‘jizaviy yo‘l yo‘q. Ammo kichik professional odatlar katta farq qiladi:
to‘g‘ri jurnal tanlash, kuchli cover letter, aniq novelty, reviewer izohlariga tez javob, tartibli revision va editor bilan o‘z vaqtida muloqot.
Bular acceptance’ni kafolatlamaydi. Lekin maqolaning keraksiz ravishda oylar davomida cho‘zilib ketish ehtimolini kamaytiradi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
“Himoyam yaqin, tezroq chiqarib bering” — yaxshi argument emas
Editor uchun sizning PhD muddati, KPI yoki attestatsiya sanangiz maqolaning ilmiy sifatidan ustun turmaydi.
Shuning uchun bosim qilish o‘rniga maqolani sifatli tayyorlash, revision’ga tez javob berish va zarur paytda muloyim status inquiry yuborish samaraliroq.
Ilmiy nashrda hissiy bosimdan ko‘ra professional tartib kuchliroq ishlaydi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
#Scopus_Academy
Yuridik fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar
International & Comparative Law Quarterly
▪️Sayti: https://academic.oup.com/iclq
European Journal of International Law
▪️Sayti: https://www.ejil.org/
Harvard Law Review
▪️Sayti: https://harvardlawreview.org/
The Modern Law Review
▪️Sayti: https://academic.oup.com/modernlawreview
Law & Society Review
▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/law-and-society-review
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━
2 016
Submissiondagi kichik xatolar katta vaqt yutqazadi
ORCID yo‘q, funding statement qolib ketgan, rasm sifati past, reference style noto‘g‘ri — bular ilmiy xato emasdek ko‘rinadi.
Ammo editorial office maqolani qaytarib yuborsa, bir necha kun yoki hafta bekorga ketishi mumkin.
Scopus maqolasini tez chiqarishni istasangiz, faqat ilmiy qismni emas, texnik talablarni ham mukammal bajaring.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
Reviewer fikriga hissiyot bilan emas, dalil bilan javob bering. Reviewer noto‘g‘ri deb hisoblasangiz ham, “Reviewer does not understand our paper” demang. To‘g‘ri shakl: “We appreciate the reviewer’s concern. However, based on … we respectfully clarify that …”. Har bir comment’ga alohida javob berib, qaysi o‘zgarish qaysi sahifa va qatorda bajarilganini ko‘rsatish eng qulay usul.
2 016
Editor maqolangizni 10 daqiqada tushuna oladimi?
Sarlavha noaniq, abstract umumiy, novelty esa 12-sahifada yashirin bo‘lsa, yaxshi tadqiqot ham sust ko‘rinishi mumkin. Editor uchun uch narsa darhol ko‘rinishi kerak: Nima o‘rganildi? Nima yangilik bor? Nega bu jurnal auditoriyasiga kerak? Maqolani “oson qaror qilinadigan” holatga keltirish — eng kuchli editorial triklardan biri.━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
Cover letter’ni “maqolamni chop eting” degan iltimosga aylantirmang. Unda asosan uch savolga javob berilishi kerak: maqola nimani o‘rgandi, qanday yangi natija berdi va nima uchun aynan shu jurnal auditoriyasi uchun muhim? Ayrim Elsevier jurnallari submission vaqtida maqolani editorga tanishtiruvchi cover letter talab qiladi.
2 016
Editorga har hafta yozish maqolani tezlashtirmaydi
Aksincha, ortiqcha yozishmalar noqulay taassurot qoldirishi mumkin.
Agar manuscript normal review muddatida bo‘lsa, sabr qilish kerak. Agar muddat sezilarli oshgan bo‘lsa, bitta aniq va professional so‘rov yetarli.
Editorial diplomatiyada “qachon yozish” ham “nima yozish” kabi muhim.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
Corresponding author orqali muloqot qiling. Bir maqola bo‘yicha 4–5 muallif alohida-alohida editorga xat yozishi yaxshi amaliyot emas. Mualliflik va mualliflarning maqolaga qo‘shgan hissasi maqola topshirilishidan oldin o‘zaro kelishilgan bo‘lishi kerak. ICMJE mualliflik masalalarini hal qilish birinchi navbatda mualliflarning o‘z mas’uliyati ekanini qayd etadi.
2 016
Maqola uzoq vaqt bir statusda qolsa, yozish mumkinmi?
Ha, lekin vaqt va ohang muhim.
Jurnal ko‘rsatgan odatiy review muddati ancha o‘tib ketgan bo‘lsa, editorial office’ga maqola ID raqamini ko‘rsatib, qisqa va muloyim status inquiry yuborish mumkin.
“Why is my paper still not accepted?” emas.
“Could you kindly provide an update on the current status of our manuscript?” kabi professional murojaat yetarli.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
2 016
Har bir xatda Manuscript ID ni ko‘rsating. Masalan:
“Manuscript ID: HIST-2026-01452”.
Editor bir vaqtning o‘zida ko‘plab maqolalar bilan ishlaydi. ID yozish ishni ancha aniq qiladi.
2 016
Reviewer bilan tortishmang, lekin hamma fikriga ham ko‘r-ko‘rona qo‘shilmang
Reviewer ham xato qilishi mumkin. Agar uning fikriga qo‘shilmasangiz, keskin javob o‘rniga dalil bilan tushuntiring: “We respectfully disagree because…” Keyin manba, metod yoki natijaga tayaning. Ilmiy diplomatiya — “ha” deyish emas. Qarama-qarshi fikrni ham professional usulda asoslay olish.━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
2 016
Repost from AKADEMIK BURCHAK
Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chiqarish haqida
Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chop etish uchun quyidagi muhim jihatlarni hisobga olish kerak:
1. Tegishli jurnalni tanlash: Jurnalning yo'nalishi va maqsadi sizning tadqiqot mavzuingizga mos kelishini, shuningdek, jurnalning nufuzi, ta'sir ko'rsatkichlari, qabul qilish mezonlari va tahririyat a'zolari haqida ma'lumotga ega bo'ling.
Batafsil: https://telegra.ph/Scopus-bazasiga-kiruvchi-jurnallarda-maqola-chiqarish-haqida-01-13
📍@akademik_burchak da qoling 🛋
2 016
Reviewer’ga javob berishda bitta oddiy formula ishlaydi
Reviewer comment → Sizning javobingiz → Maqolada qayeri o‘zgargani.
Editor o‘zgartirilgan jumlani 20 sahifa ichidan qidirib yurmasligi kerak. Revision qanchalik tartibli bo‘lsa, uni tekshirish ham shunchalik osonlashadi.
Ba’zan maqolani tezlashtirishning siri aynan “editorning ishini osonlashtirish”da.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
Minor revision keldi — uni ertaga qoldirmang
Minor revision ko‘pincha maqolaning qabulga yaqinlashganini bildiradi. Shunday paytda 2–3 haftaga cho‘zish o‘rniga, tuzatishlarni sifatli va imkon qadar tez bajarish foydali.
Ayrim hollarda editor tuzatishlarni o‘zi tekshiradi va maqola qayta reviewer’ga ham yuborilmasligi mumkin.
Tezlik kerak bo‘lsa, eng avvalo o‘z tomoningizdagi kechikishni kamaytiring.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
2 016
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
‼️Ixtisosliklar kesimida scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan bepul jurnallar
▪️05.00.00 - Texnika fanlari
▪️06.00.00 - Qishloq xoʻjaligi fanlari
▪️08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari
▪️09.00.00 - Falsafa fanlari
▪️10.00.00 - Filologiya fanlari
▪️11.00.00 - Geografiya fanlari
▪️12.00.00 - Yuridik fanlar
▪️13.00.00 - Pedagogika fanlari
▪️14.00.00 - Tibbiyot fanlar
▪️15.00.00 - Farmatsevtika fanlari
▪️16.00.00 - Veterinariya fanlari
▪️17.00.00 - Sanʼatshunoslik fanlari
▪️18.00.00 - Arxitektura
▪️19.00.00 - Psixologiya fanlari
▪️21.00.00 - Xarbiy fanlar
▪️22.00.00 - Sotsiologiya fanlari
▪️23.00.00 - Siyosiy fanlar
🎯Scousga kirmagan lekin xorijiy bepul jurnallar - bu yerda (barcha fan tarmoqlari bo‘yicha)
✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
2 016
Reviewer tavsiya qilish imkoniyati bo‘lsa, undan foydalaning
Ba’zi jurnallar submit vaqtida reviewer tavsiya qilishga ruxsat beradi. Mavzuga yaqin, faol nashr qilayotgan va siz bilan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmagan mutaxassislarni ko‘rsatish editorning reviewer izlash jarayonini yengillashtirishi mumkin.
Bu acceptance kafolati emas. Lekin editorial jarayonning keraksiz cho‘zilib ketmasligiga yordam beradigan professional usullardan biri.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
