uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling 👈

Muhandislik Assotsiatsiyasi

Muhandislik Assotsiatsiyasi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Muhandislik orqali O'zbekiston kelajagini quramiz!

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
406
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+527 kun
+9330 kun
Postlar arxiv
🇺🇿 O’zbekiston Robototexnika Milliy jamoasi Jahon chempionatiga yo’l oldi! 🚀 Bugun Robototexnika bo’yicha Milliy jamoamiz
+5
🇺🇿 O’zbekiston Robototexnika Milliy jamoasi Jahon chempionatiga yo’l oldi! 🚀 Bugun Robototexnika bo’yicha Milliy jamoamiz 196 mamlakat muhandislari ishtirok etadigan “FGC” Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga jo’nab ketti!
Terma jamoamiz 7-10-oktabr kunlari ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadi!
🕊Telegram | 📱Instagram

🚀 Robototexnika bo’yicha milliy jamoamiz haqida nimalarni bilib olishimiz kerak?
⚡️7-10-oktabr kunlari milliy jamoamiz Koreya Respublikasi Incheon shahrida Jahon Robototexnika chempionatida qatnashadi!
Milliy jamoamizga omad tilaymiz! 🕊Telegram | 📱Instagram

🔬 STEMchi qizlar, bu imkoniyat siz uchun! Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida izlanayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan 14–30 yoshdagi xotin-qizlar uchun katta imkoniyat. 🚀 Agar siz STEM yo‘nalishida kamida 3 yillik tajriba va real natijalarga ega bo‘lsangiz — ilmiy yoki texnik loyihalar, sertifikatlar, milliy yoki xalqaro tanlovlardagi g‘olibliklar, grantlar va boshqa yutuqlaringiz bo‘lsa, hujjatlaringizni tayyorlashni boshlashingiz mumkin. 📌 Tanlov doirasida har yili: — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 28 nafar qiz saralab olinadi; — nomzodlar maktab, universitet yoki tegishli hokimliklar tavsiyasiga ko‘ra Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim etiladi; — g‘oliblarga OTM yoki magistraturaga imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyozi beriladi; — shuningdek, BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti topshiriladi. Agar siz yoki tanishlaringiz orasida STEM sohasida faol, iqtidorli qizlar bo‘lsa — bu imkoniyatni ularga ham yuboring. 💙 STEMchi qizlar, o‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang! 🕊Telegram | 📱Instagram

MEET OUR SPEAKER: SAFINA TESHABAYEVA, UZBEKISTAN Robotics gives young people a chance to put their ideas to the test: build s
MEET OUR SPEAKER: SAFINA TESHABAYEVA, UZBEKISTAN Robotics gives young people a chance to put their ideas to the test: build something, see how it works, and discover what they could improve together. Helping young teams through that process is part of Safina Teshabayeva’s work. Alongside her roles as Deputy Director of the Robotics & Engineering Association of Uzbekistan and Official FIRST Representative in Uzbekistan, she mentors young innovators preparing for international robotics competitions. We look forward to welcoming her to the Women in Tech Leadership Forum, Uzbekistan 2026 on 13 October. Building the Big Future starts with giving the next generation opportunities to experiment and the support to keep going when an idea needs another try. 📅 13 October 2026 📍 Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan 🎟 Free entry · Limited seats · Registration required Meet the people Building the Big Future. 👉 REGISTER

Repost from Alisher Sadullaev
⚡️O’zbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!

Repost from UzChess
🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! Samarqandda tarix yozildi! O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv t
🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! Samarqandda tarix yozildi! O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17. Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi. Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi. 🇺🇿O‘zbekiston tarkibi: Javohir Sindarov Nodirbek Abdusattorov Nodirbek Yakubboyev Shamsiddin Vohidov Muhiddin Madaminov Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan. O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq: 🥇 2022, Chennai — OLTIN 🥉 2024, Budapesht — BRONZA 🥇 2026, Samarqand — OLTIN Demak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi. Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi. 2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi. Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi. O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! 🇺🇿🏆 Chempionlarimizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz! 👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

⚡️ Techno Club Samarqandda! Samarqandlik yosh texno-ishqibozlar uchun birinchi Techno Club bo‘lib o‘tdi! 🚀 Mashg‘ulot davomi
+7
⚡️ Techno Club Samarqandda! Samarqandlik yosh texno-ishqibozlar uchun birinchi Techno Club bo‘lib o‘tdi! 🚀 Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar elektronika yo‘nalishi bilan tanishib, nazariy bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali sinab ko‘rishdi.
Techno Club — yoshlarning texnologiyaga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va ularni o‘z loyihalarini yaratishga ilhomlantirish uchun tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlar maydoni.
🚀 Keyingi manzil Buxoro, 14:00da ko‘rishamiz! 🕊Telegram | 📱Instagram

🤝 Assotsiatsiya va Sarbon universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida Sarbon universiteti talabalarini robototexnika va muhandislik yo‘nalishlarida tayyorlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda turli musobaqalardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.
🚀 Mazkur hamkorlik talabalar uchun zamonaviy texnologiyalar sohasida bilim va amaliy tajriba orttirish, shuningdek, xalqaro musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyon etish uchun imkoniyatlar yaratadi. 🕊Telegram | 📱Instagram

🚀 ICTWeek 2026 — Land of Startups Assotsiatsiyasi ICTWeek 2026 — Land of Startups tadbirida ishtirok etdi!
Raqamli haftalik davomida startaplar, texnologik loyihalar va yangi g‘oyalar bilan tanishdik, soha vakillari bilan suhbatlashdik va kelajakdagi hamkorliklar haqida fikr almashdik.
Biz uchun bu — o‘z loyihalarimizni namoyish qilish, yangi tanishuvlar orttirish va texnologiya sohasidagi yangiliklarni yaqindan ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. 🕊Telegram | 📱Instagram

🤝 Assotsiatsiya va “Sehriyo” maktabi o‘rtasida memorandum imzoland! Texnologiya va muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantiris
+4
🤝 Assotsiatsiya va “Sehriyo” maktabi o‘rtasida memorandum imzoland! Texnologiya va muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida yangi hamkorlikni boshladik. Mazkur hamkorlik doirasida:
🔹 robototexnika va muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim dasturlarini rivojlantirish; 🔹 o‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar va workshoplar tashkil etish; 🔹 o‘quvchilarni mahalliy va xalqaro tanlovlarga tayyorlash; 🔹 zamonaviy muhandislik bilimlarini yoshlar orasida ommalashtirish rejalashtirilgan.
🚀 Birgalikda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratamiz! 🕊Telegram | 📱Instagram

🤝 Assotsiatsiya va “Sehriyo” maktabi o‘rtasida memorandum imzoland! Texnologiya va muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantiris
+4
🤝 Assotsiatsiya va “Sehriyo” maktabi o‘rtasida memorandum imzoland! Texnologiya va muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida yangi hamkorlikni boshladik. Mazkur hamkorlik doirasida:
🔹 robototexnika va muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim dasturlarini rivojlantirish; 🔹 o‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar va workshoplar tashkil etish; 🔹 o‘quvchilarni mahalliy va xalqaro tanlovlarga tayyorlash; 🔹 zamonaviy muhandislik bilimlarini yoshlar orasida ommalashtirish rejalashtirilgan.
🚀 Birgalikda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratamiz! 🕊Telegram | 📱Instagram

⚡️ Buxorodagi yosh texno-ishqibozlar diqqatiga! Buxoro Yoshlar markazida soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan Techno Club uchrashuv
⚡️ Buxorodagi yosh texno-ishqibozlar diqqatiga! Buxoro Yoshlar markazida soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan Techno Club uchrashuviga qo‘shiling! Uchrashuv davomida sizni: 🔌 Elektronika 🤖 Robototexnika 🧩 3D modellashtirish bo‘yicha qiziqarli va amaliy mashg‘ulotlar kutmoqda. Shuningdek, siz texnologiya sohasiga qiziqadigan yoshlar bilan tanishish, tajriba almashish va yangi loyihalar uchun g‘oyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz! 📍 Manzil: Buxoro Yoshlar markazi 🕑 Vaqt: 27-sentabr soat 14:00 Texnologiyani o‘rganing. G‘oyangizni yarating. Uni amalda sinab ko‘ring! Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/mgA2B6R2GJ7svZJSA 🕊Telegram | 📱Instagram

📍 Samarqand, tayyormisiz? 26-sentabr kuni Technoclub Samarqandda! 🤖🚀 Texnologiyaga qiziqasizmi, yangi narsalarni o‘rganishni va o‘z g‘oyalaringizni sinab ko‘rishni xohlaysizmi? Unda bu uchrashuvni o‘tkazib yubormang! Sizni qiziqarli amaliy mashg‘ulotlar, tajribali mentorlar va yangi tanishuvlar kutmoqda. 🔗 Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/6TkdqsaYqpP2f6MB6 26-sentabr kuni soat 14:00da Samarqandda uchrashamiz! 🕊Telegram | 📱Instagram

Tanishing Saidobid Rasulson — BMW uchun Computer Vision yozadilar! 📸 Saidobid Rasulson — BMW avtomobillarida Camera Vision texnologiyalarini rivojlantirish ustida ishlaydigan mutaxassis. Uchrashuv davomida avtomobil sanoatida Computer Vision qanday qo‘llanilishi, real loyihalar va bu yo‘nalishda karyera boshlash haqida suhbatlashamiz. 📅 25-sentabr 🕕 18:00 📍 Yoshlar ishlari agentligi, Founders kafe Agar siz AI, Computer Vision, Robotics, Automotive Engineering texnologiyalariga qiziqsangiz, ushbu uchrashuv siz uchun qiziqarli bo‘ladi. Hoziroq ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/PcrMnE4JiSgqsQEo9 🕊Telegram | 📱Instagram

🚀 Assotsiatsiya Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda "Kichik Sun'iy yo'ldoshlar Bootcampi"ni tashkil etdi! 🛰️ B
+8
🚀 Assotsiatsiya Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda "Kichik Sun'iy yo'ldoshlar Bootcampi"ni tashkil etdi! 🛰️ Bootcamp davomida 20 dan ortiq talabalar kichik sun’iy yo‘ldoshlar texnologiyasi bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rdilar.
Ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan kichik sun’iy yo‘ldosh modellarini yig‘ib, uning asosiy tizimlari va ishlash prinsiplarini o‘rgandilar.
⚡️ Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalarni aerospace engineering, elektronika va kosmik texnologiyalar sohalariga yanada qiziqtirish hamda kelajakdagi muhandislarni tayyorlashga xizmat qiladi. 🕊Telegram | 📱Instagram

⚡️ FGC Uzbekistan 2026 saralash bosiqichi yakuniga yetdi! Yurtimizning 7ta jamoasi Jahon chempionatida O’zbekiston nomidan qatnashish uchun bahslashishdi! Musobaqa muhitini video orqali his eting! 🕊Telegram | 📱Instagram

🇺🇿 FIRST GLOBAL CHALLENGE Uzbekistan Championship 2026! 5-6-sentabr kunlari poytaxtimizning Inno o’quv-ishlab chiqarish Tex
🇺🇿 FIRST GLOBAL CHALLENGE Uzbekistan Championship 2026! 5-6-sentabr kunlari poytaxtimizning Inno o’quv-ishlab chiqarish Texnoparkida FIRST Global Challenge Uzbekistan 2026 musobaqasi bo’lib o’tadi!
Bu yil eng kuchli jamoalar orasidan g‘olib bo‘lgan jamoa O'zbekiston sharafini himoya qilish uchun 7–10-oktabr kunlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida bo‘lib o‘tadigan, dunyoning 190 dan ortiq jamoasi ishtirok etadigan xalqaro robototexnika bo’yicha Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Barchangizni 5-6-sentabr kunlari musobaqani tomosha qilish uchun InnoTexnoparkda kutib qolamiz! 🕊Telegram | 📱Instagram

🇺🇿To‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — Yangi O‘zbekiston avlodi! Biz bu kunlarga shunchaki kelib qolmadik — bu kunni kimdir kutdi, kimdir orzu qildi, kimdir esa shu orzusi uchun kurashdi. Bugun esa o‘sha orzuning davomchilari aynan bizmiz!  Mustaqillik bizga berilgan shunchaki tarix emas, bu biz davom ettiradigan buyuk kelajakdir. Ilm-fan, IT, sport, tibbiyot, startaplar, xalqaro minbarlar va har bir mahallada o‘zining shijoati bilan qadam tashlayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari — bu yurtning haqiqiy quvvati va intellektual qiyofasidir.  #Mustaqillik35 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🎉10.000 nafar kuzatuvchi! 👥 Robototexnika va Muhandislik Assotsiatsiyamizni Instagram platformasidagi obunachilari soni 10m
🎉10.000 nafar kuzatuvchi! 👥 Robototexnika va Muhandislik Assotsiatsiyamizni Instagram platformasidagi obunachilari soni 10ming nafardan oshdi! 🤩 Bu raqamlar biz uchun katta mas’uliyat, biz yangi muhandislar va ixtirochilarni kashf etishda davom etamiz! 🕊Telegram | 📱Instagram