uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi πŸ‘‰ Belgini koβ€˜rmoqchi boβ€˜lsangiz, obuna boβ€˜ling

Competitive Programming Uz

Competitive Programming Uz

Kanalga Telegram’da oβ€˜tish

Uzbek Competitive Programmers’ Community Join our Discord: https://discord.gg/dMb3a99tPv Contact us: @cp_uz_support

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 609
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
+630 kun
Postlar arxiv
πŸ‡·πŸ‡΄ Stelele Informaticii 2026 16–19-oktabr kunlari Ruminiyada 16 yoshga to'lmagan o'quvchilar uchun xalqaro informatika musobaqasi - Stelele Informaticii (o'zb. "Informatika yulduzlari") onlayn tarzda bo’lib o’tdi. Bu yil unda 20 dan ortiq davlatdan qariyb 200 nafar o’quvchilar bellashishdi. Bizning 8 nafardan iborat o'quvchilar jamoasi natijasi: πŸ₯‡ Oltin medal β€” Abduraupov Humoyun, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf. Humoyun umumiy hisobda 3-o’rinni egalladi πŸ₯‡ Oltin medal β€” Erkinov Shahruz, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf πŸ₯‰ Bronza medal β€” Karimov Erkin, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf πŸ₯‰ Bronza medal β€” Ubaydullayev Temurbek, Navoiy Prezident maktabi, 9-sinf πŸ₯‰ Bronza medal β€” Obidjonov Hojiakbar, Namangan Prezident maktabi, 9-sinf πŸ₯‰ Bronza medal β€” Usmonov Muhammadaziz , Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf πŸ₯‰ Bronza medal β€” Abdusattorova Durdona, Nurafshon Prezident maktabi, 9-sinf πŸŽ– Honorable Mention β€” Baxtiyorov Shahriyor, Navoiy Prezident maktabi, 9-sinf Ushbu olimpiada keyingi yillarda bo'ladigan IOI va boshqa informatika olimpiadalari uchun yaxshi tayyorgarlikni o'taydi. Barcha o'quvchilarni tabriklaymiz! πŸ“Š To’liq natijalar: https://steleleinformaticii.ichb.ro/results πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

Repost from RoboContest.UZ

πŸ† ICPC Uzbekistan Regionals 2026/27 πŸ‡ΊπŸ‡Ώ ICPC uchun registratsiya ochildi. Bu yilgi musobaqa O'zbekistonda ikki bosqichda bo'lib o'tadigan bo'ldi. Ulardan eng birinchi, nimchorak final bosqichi 18-oktabr kuni O'zbekistonning turli viloyatlarida bo'lib o'tadi. Bundan keyingi bosqich, chorak final esa O'zbekiston finali hisoblanadi. Bu bosqich g'oliblariga medallar va mukofotlar beriladi. Registratsiya va qoidalar: - Har bir jamoaning murabbiyi bo'lishi zarur. - Jamoaning 3 nafar a'zosi va murabbiy bitta universitetdan bo'lishi kerak. - Jamoa a'zolari va murabbiy icpc.global saytida ro'yxatdan o'tishlari kerak. - So'ngra murabbiy https://icpc.global/private/myteams orqali jamoani ro'yxatdan o'tqazadi. - Hudud (region): Northern Eurasia β†’ Uzbekistan Registratsiya 17-oktyabrgacha ochiq. Manba: https://t.me/itpark_uz/21685 Savollar uchun guruhga qo'shiling: https://t.me/icpcuz/ πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

O'zbekistonda yangi πŸ”΄ Grossmeyster Jahonali Xaydaraliyev πŸ‡ΊπŸ‡Ώ o'zbekistonliklar orasida πŸ“Š Codeforces GM (Grandmaster) unvon
+1
O'zbekistonda yangi πŸ”΄ Grossmeyster Jahonali Xaydaraliyev πŸ‡ΊπŸ‡Ώ o'zbekistonliklar orasida πŸ“Š Codeforces GM (Grandmaster) unvonini olgan birinchi maktab o'quvchisi, va umumiy uchinchi dasturchiga aylandi. Undan avval bu natijaga faqat Timur Sitdikov (2015) va Ildar Yalalov (2020) erishgan edi. Jahonalini tabriklaymiz va omad tilab qolamiz. πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

Saytimiz ishga tushdi! πŸ§‘β€πŸ’» cp.uz β€” O'zbekistonda Sport Dasturlash uchun eng katta bepul resurslar jamlanmasi. Saytning xusu
+2
Saytimiz ishga tushdi! πŸ§‘β€πŸ’» cp.uz β€” O'zbekistonda Sport Dasturlash uchun eng katta bepul resurslar jamlanmasi. Saytning xususiyatlari: 1. πŸ“š cp.uz/algo β€” 163ta maqolani o'z ichiga olgan bo'lim. Algoritmlar Graflar, Algebra, Ma'lumotlar tuzilmalari, Dinamik dasturlash, Satrlar, Chiziqli Algebra, Kombinatorika, Sonlar nazariyasi, Geometriya va boshqa mavzularga bo'lingan. 2. πŸ“… cp.uz/seasons β€” Maktab o'quvchilari uchun olimpiadalar mavsumini kuzatib boruvchi kalendar. Unda siz IOI uchun saralash vazifasini o'taydigan boshqa musobaqalar va ularni qay tartibida o'tishi haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. 3. πŸ’» cp.uz/tasks β€” IOI, IZhO, APIO kabi xalqaro olimpiadalar masalalarining o'zbekcha shartlari va ularni ishlash uchun platformalarga havolalar, shuningdek IOI Saralash bosqichi masalalari berilgan. 4. πŸ“– cp.uz/dict β€” Texnik atamalar uchun inglizcha-o'zbekcha lug'at. ... va boshqa ko'plab xususiyatlar jamlangan. Muhim: 1. Maqolalar cp-algorithms.com saytidan mualliflar ruxsati bilan tarjima qilingan. Materiallar CC BY-SA 4.0 litsenziyasi asosida tarqatiladi. cp.uz saytidan material olinganda manba ko'rsatilishi shart. 2. Hozirda deyarli barcha algoritmlar sun'iy intellekt yordamida tarjima qilingan. Keyingi bir-necha oy davomida har bir maqolani texnik tekshiruv ishlari olib boriladi. 3. Siz ham o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin! Agarda qaysidir maqolada xato topsangiz, github'da yangi Pull Request jo'natishingiz mumkin. Loyiha ustida ishlaganlar: - Dilshodbek Xo'jayev, Nazarbek Baltabayev, Davlatbek Miroqilov. Shuningdek, jamoamizning boshqa a'zolari: - Asadullo G'aniyev, Dilyorbek Valijonov, Ulug'bek Abdimanabov. Hali yana ko'plab yangiliklar qo'shish rejamizda bor. Stay tuned! πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

Repost from N/a
IOAI tayyorlov Sun'iy intellekt sohasidagi ish va o'qitish tajribamdan yoshlarga o'rgatish uchun IOAIga tayyorlov dasturi ochmoqdaman. Bu avvalgi Behbudiy Academy batchlaridan sal farqli bo'lib, maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Bu dastur matematika yoki informatika fanlaridan olimpiadalarga qatnashib yurgan, sun'iy intellektga qiziqadigan tirishqoq o'quvchilar uchun. O'z ustida ishlaydigan, tirishqoq o'quvchi biz taqdim etadigan o'quv dastur bo'yicha shug'ullansa keyingi yilni o'zida yaxshi natija qila oladi inshaalloh. Batafsil ma'lumotlar va topshirish formasi bu yerda.

πŸ† IOI Future Hosts IOI 2030 πŸ‡²πŸ‡΄ Makaoda o'tkazilishi e'lon qilindi. Keyingi yillar uchun mezbonlar: 2027 – πŸ‡©πŸ‡ͺ Germaniya,
πŸ† IOI Future Hosts IOI 2030 πŸ‡²πŸ‡΄ Makaoda o'tkazilishi e'lon qilindi. Keyingi yillar uchun mezbonlar: 2027 – πŸ‡©πŸ‡ͺ Germaniya, Potsdam, 12-19 sentyabr 2028 – πŸ‡―πŸ‡΅ Yaponiya, Tokyo, 3-9 sentyabr 2029 – πŸ‡§πŸ‡¬ Bolgariya 2030 – πŸ‡²πŸ‡΄ Makao πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

πŸ† IOI 2026 Musobaqa yakunlandi va natijalar tasdiqlandi. πŸ‡ΊπŸ‡Ώ O'zbekistonlik o'quvchilar 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Jumladan, πŸ₯ˆ Kumush medal β€” Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf πŸ₯‰ Bronza medali β€” Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf πŸ₯‰ Bronza medali β€” Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf πŸ₯‰ Bronza medali β€” Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf Ma'lumot o'rnida, bu O'zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. To'liq natijalar: - https://stats.ioinformatics.org/results/2026 πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

πŸ† IOI 2026 Day 2 Ikkinchi, hal qiluvchi musobaqa boshlandi. Online natijalar: - https://ranking.ioi2026.uz O'zbekistonlik o'quvchilar uchun tracker: - @ioi2026_uzb_live Rasmiy translyatsiya: - https://www.youtube.com/live/ztqa0xO7ywg πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

πŸ‡ΊπŸ‡ΏIOI 2026 1-kuni yakunlandi! πŸš€Kun yakuniga ko'ra hamyurtlarimiz quyidagi natijalarni ko'rsatishdi: 62. Avazxonov Jahongir
+1
πŸ‡ΊπŸ‡ΏIOI 2026 1-kuni yakunlandi! πŸš€Kun yakuniga ko'ra hamyurtlarimiz quyidagi natijalarni ko'rsatishdi: 62. Avazxonov Jahongir β€” 183.00 πŸ₯ˆ 86. Timur Kadirbergenov β€” 175.00 πŸ₯ˆ 86. Xaydaraliyev Jahonali β€” 175.00 πŸ₯ˆ 86. Salimov Sardor β€” 175.00 πŸ₯ˆ 117. Ulug'bek Rakhmatullaev β€” 165.00 πŸ₯‰ 190. Kamalov Ulug'bek β€” 142.00 289. Abduraupov Humoyun β€” 55.00 339. Rahmiddinov Ravshan β€” 23.00 πŸ“ŒUmumiy natijalar: https://ranking.ioi2026.uz/ 13-Avgust kuni musobaqaning 2-kuni bo'lib o'tadi.

Repost from KEP.uz Channel
Ayni paytda πŸ‡ΊπŸ‡Ώ O'zbekiston terma jamoasi πŸ† IOI 2026 musobaqasida qatnashmoqda πŸ…Natijalarni ko'rib borish uchun: kanal

πŸ† IOI 2026 Day 1 1-kun musobaqasi boshlandi. Online natijalar: - https://ranking.ioi2026.uz πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

Repost from Pavel Durov
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent. πŸ† The IOI is the ultimate coding competition f
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent. πŸ† The IOI is the ultimate coding competition for high-school students. Years ago, many members of the Telegram team won medals there. 🀝 To support the best young programmers in the world, Telegram will award the 235 winners exclusive digital collectibles β€” Algorithm Cups β€” worth at least $117,000 in total. πŸ•Œ It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan β€” the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word β€œalgorithm." Let the best algorithm win! πŸ’ͺ

38-Xalqaro informatika olimpiadasining ochilish marosimi boshlanmoqda βœ…Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha
38-Xalqaro informatika olimpiadasining ochilish marosimi boshlanmoqda βœ…Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. πŸ—£IOI 2026 haqidagi soβ€˜nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring: @xalqaro_it_olimpiada

πŸ† IOI 2026 Boshlandi! πŸ‡ΊπŸ‡Ώ O'zbekiston bu yilgi Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda. Dunyo bo'ylab 400ga ya
+1
πŸ† IOI 2026 Boshlandi! πŸ‡ΊπŸ‡Ώ O'zbekiston bu yilgi Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda. Dunyo bo'ylab 400ga yaqin ishtirokchi 9-16 avgust kunlari CAEx'da bo'lib o'tadigan IOIda qatnashishadi. O'zbekistonlik o'quvchilarni eslatib o'tamiz. Rasmiy jamoa: - Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf - Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf - Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf - Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf Norasmiy jamoa: - Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf - Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf - Ulug'bek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich - Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

πŸ† IOI 2026 Call for Volunteers IOI kabi katta tadbirlarda volontyorlar juda ham muhim. Ularning vazifalariga tashkiliy ishlar bilan yordamlashish, boshqa davlatlik ishtirokchilarga gid (guide) bo'lish va boshqalar kirishi mumkin. Asosiy talablar ingliz tilida erkin muloqot qila olish, ma'suliyatli va "open-minded" bo'lish. Ko'pgina IOI'larda qatnashgan holda ishontirib ayta olamizki, zerikib qolmaysiz. Shuningdek, volontyorlarga sertifikat va IOI Merchandise ham beriladi. Ko'proq ma'lumot uchun: - https://t.me/xalqaro_it_olimpiada/539 πŸš€ Arizalar: - https://forms.gle/7Gt6TFXPB3o5KPU28 Muddat: 5-iyul πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

πŸ† IOI 2026 Terma jamoa a'zolari aniqlandi. Rasmiy jamoa: - Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf - Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf - Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf - Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf Norasmiy jamoa: - Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf - Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf - Ulug'bek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich - Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich To'liq natijalar: - https://ranking.cms.robocontest.uz Ishtirokchilarimizga 9-16 avgust kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan IOI'da omad tilaymiz! πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

πŸ† IOI 2026 TST Day 4/4 IOI 2026 uchun yakuniy saralash bosqichi so'nggi musobaqasi boshlandi. Online natijalar: - https://yu3459rda.cms.robocontest.uz Eslatib o'tamiz, saralash natijasiga ko'ra 8 nafar (4 official + 4 unofficial) ishtirokchi IOI'da qatnashadi. πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz

πŸ† IOI 2026 TST Day 3/4 Yakuniy saralash 3-kun musobaqasi boshlandi. Online natijalar: - https://ajg4ysd.cms.robocontest.uz πŸ§‘β€πŸ’» @cp_uz