Competitive Programming Uz
الذهاب إلى القناة على Telegram
Uzbek Competitive Programmers’ Community Join our Discord: https://discord.gg/dMb3a99tPv Contact us: @cp_uz_support
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 609
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
+630 أيام
أرشيف المشاركات
🇷🇴 Stelele Informaticii 2026
16–19-oktabr kunlari Ruminiyada 16 yoshga to'lmagan o'quvchilar uchun xalqaro informatika musobaqasi - Stelele Informaticii (o'zb. "Informatika yulduzlari") onlayn tarzda bo’lib o’tdi.
Bu yil unda 20 dan ortiq davlatdan qariyb 200 nafar o’quvchilar bellashishdi.
Bizning 8 nafardan iborat o'quvchilar jamoasi natijasi:
🥇 Oltin medal — Abduraupov Humoyun, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf. Humoyun umumiy hisobda 3-o’rinni egalladi
🥇 Oltin medal — Erkinov Shahruz, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
🥉 Bronza medal — Karimov Erkin, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
🥉 Bronza medal — Ubaydullayev Temurbek, Navoiy Prezident maktabi, 9-sinf
🥉 Bronza medal — Obidjonov Hojiakbar, Namangan Prezident maktabi, 9-sinf
🥉 Bronza medal — Usmonov Muhammadaziz , Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
🥉 Bronza medal — Abdusattorova Durdona, Nurafshon Prezident maktabi, 9-sinf
🎖 Honorable Mention — Baxtiyorov Shahriyor, Navoiy Prezident maktabi, 9-sinf
Ushbu olimpiada keyingi yillarda bo'ladigan IOI va boshqa informatika olimpiadalari uchun yaxshi tayyorgarlikni o'taydi. Barcha o'quvchilarni tabriklaymiz!
📊 To’liq natijalar: https://steleleinformaticii.ichb.ro/results
🧑💻 @cp_uz
Repost from RoboContest.UZ
The 2026 ICPC Uzbekistan Qualification
https://cpfed.kz/ru/contests/the-2026-icpc-uzbekistan-18?tab=rating
🏆 ICPC Uzbekistan Regionals 2026/27 🇺🇿
ICPC uchun registratsiya ochildi. Bu yilgi musobaqa O'zbekistonda ikki bosqichda bo'lib o'tadigan bo'ldi.
Ulardan eng birinchi, nimchorak final bosqichi 18-oktabr kuni O'zbekistonning turli viloyatlarida bo'lib o'tadi.
Bundan keyingi bosqich, chorak final esa O'zbekiston finali hisoblanadi. Bu bosqich g'oliblariga medallar va mukofotlar beriladi.
Registratsiya va qoidalar:
- Har bir jamoaning murabbiyi bo'lishi zarur.
- Jamoaning 3 nafar a'zosi va murabbiy bitta universitetdan bo'lishi kerak.
- Jamoa a'zolari va murabbiy icpc.global saytida ro'yxatdan o'tishlari kerak.
- So'ngra murabbiy https://icpc.global/private/myteams orqali jamoani ro'yxatdan o'tqazadi.
- Hudud (region): Northern Eurasia → Uzbekistan
Registratsiya 17-oktyabrgacha ochiq.
Manba: https://t.me/itpark_uz/21685
Savollar uchun guruhga qo'shiling: https://t.me/icpcuz/
🧑💻 @cp_uz
+1
O'zbekistonda yangi 🔴 Grossmeyster
Jahonali Xaydaraliyev 🇺🇿 o'zbekistonliklar orasida 📊 Codeforces GM (Grandmaster) unvonini olgan birinchi maktab o'quvchisi, va umumiy uchinchi dasturchiga aylandi. Undan avval bu natijaga faqat Timur Sitdikov (2015) va Ildar Yalalov (2020) erishgan edi.
Jahonalini tabriklaymiz va omad tilab qolamiz.
🧑💻 @cp_uz
+2
Saytimiz ishga tushdi!
🧑💻 cp.uz — O'zbekistonda Sport Dasturlash uchun eng katta bepul resurslar jamlanmasi. Saytning xususiyatlari:
1. 📚 cp.uz/algo — 163ta maqolani o'z ichiga olgan bo'lim. Algoritmlar Graflar, Algebra, Ma'lumotlar tuzilmalari, Dinamik dasturlash, Satrlar, Chiziqli Algebra, Kombinatorika, Sonlar nazariyasi, Geometriya va boshqa mavzularga bo'lingan.
2. 📅 cp.uz/seasons — Maktab o'quvchilari uchun olimpiadalar mavsumini kuzatib boruvchi kalendar. Unda siz IOI uchun saralash vazifasini o'taydigan boshqa musobaqalar va ularni qay tartibida o'tishi haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
3. 💻 cp.uz/tasks — IOI, IZhO, APIO kabi xalqaro olimpiadalar masalalarining o'zbekcha shartlari va ularni ishlash uchun platformalarga havolalar, shuningdek IOI Saralash bosqichi masalalari berilgan.
4. 📖 cp.uz/dict — Texnik atamalar uchun inglizcha-o'zbekcha lug'at.
... va boshqa ko'plab xususiyatlar jamlangan.
Muhim:
1. Maqolalar cp-algorithms.com saytidan mualliflar ruxsati bilan tarjima qilingan. Materiallar CC BY-SA 4.0 litsenziyasi asosida tarqatiladi. cp.uz saytidan material olinganda manba ko'rsatilishi shart.
2. Hozirda deyarli barcha algoritmlar sun'iy intellekt yordamida tarjima qilingan. Keyingi bir-necha oy davomida har bir maqolani texnik tekshiruv ishlari olib boriladi.
3. Siz ham o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin! Agarda qaysidir maqolada xato topsangiz, github'da yangi Pull Request jo'natishingiz mumkin.
Loyiha ustida ishlaganlar:
- Dilshodbek Xo'jayev, Nazarbek Baltabayev, Davlatbek Miroqilov.
Shuningdek, jamoamizning boshqa a'zolari:
- Asadullo G'aniyev, Dilyorbek Valijonov, Ulug'bek Abdimanabov.
Hali yana ko'plab yangiliklar qo'shish rejamizda bor.
Stay tuned!
🧑💻 @cp_uz
Repost from N/a
IOAI tayyorlov
Sun'iy intellekt sohasidagi ish va o'qitish tajribamdan yoshlarga o'rgatish uchun IOAIga tayyorlov dasturi ochmoqdaman. Bu avvalgi Behbudiy Academy batchlaridan sal farqli bo'lib, maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Bu dastur matematika yoki informatika fanlaridan olimpiadalarga qatnashib yurgan, sun'iy intellektga qiziqadigan tirishqoq o'quvchilar uchun.
O'z ustida ishlaydigan, tirishqoq o'quvchi biz taqdim etadigan o'quv dastur bo'yicha shug'ullansa keyingi yilni o'zida yaxshi natija qila oladi inshaalloh.
Batafsil ma'lumotlar va topshirish formasi bu yerda.
🏆 IOI Future Hosts
IOI 2030 🇲🇴 Makaoda o'tkazilishi e'lon qilindi.
Keyingi yillar uchun mezbonlar:
2027 – 🇩🇪 Germaniya, Potsdam, 12-19 sentyabr
2028 – 🇯🇵 Yaponiya, Tokyo, 3-9 sentyabr
2029 – 🇧🇬 Bolgariya
2030 – 🇲🇴 Makao
🧑💻 @cp_uz
🏆 IOI 2026
Musobaqa yakunlandi va natijalar tasdiqlandi.
🇺🇿 O'zbekistonlik o'quvchilar 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Jumladan,
🥈 Kumush medal — Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
🥉 Bronza medali — Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf
🥉 Bronza medali — Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf
🥉 Bronza medali — Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf
Ma'lumot o'rnida, bu O'zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
To'liq natijalar:
- https://stats.ioinformatics.org/results/2026
🧑💻 @cp_uz
🏆 IOI 2026 Day 2
Ikkinchi, hal qiluvchi musobaqa boshlandi.
Online natijalar:
- https://ranking.ioi2026.uz
O'zbekistonlik o'quvchilar uchun tracker:
- @ioi2026_uzb_live
Rasmiy translyatsiya:
- https://www.youtube.com/live/ztqa0xO7ywg
🧑💻 @cp_uz
+1
🇺🇿IOI 2026 1-kuni yakunlandi!
🚀Kun yakuniga ko'ra hamyurtlarimiz quyidagi natijalarni ko'rsatishdi:
62. Avazxonov Jahongir — 183.00 🥈
86. Timur Kadirbergenov — 175.00 🥈
86. Xaydaraliyev Jahonali — 175.00 🥈
86. Salimov Sardor — 175.00 🥈
117. Ulug'bek Rakhmatullaev — 165.00 🥉
190. Kamalov Ulug'bek — 142.00
289. Abduraupov Humoyun — 55.00
339. Rahmiddinov Ravshan — 23.00
📌Umumiy natijalar: https://ranking.ioi2026.uz/
13-Avgust kuni musobaqaning 2-kuni bo'lib o'tadi.
Repost from KEP.uz Channel
Ayni paytda 🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi 🏆 IOI 2026 musobaqasida qatnashmoqda
🏅Natijalarni ko'rib borish uchun: kanal
🏆 IOI 2026 Day 1
1-kun musobaqasi boshlandi.
Online natijalar:
- https://ranking.ioi2026.uz
🧑💻 @cp_uz
Repost from Pavel Durov
🇺🇿 The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent.
🏆 The IOI is the ultimate coding competition for high-school students. Years ago, many members of the Telegram team won medals there.
🤝 To support the best young programmers in the world, Telegram will award the 235 winners exclusive digital collectibles — Algorithm Cups — worth at least $117,000 in total.
🕌 It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm."
Let the best algorithm win! 💪
Repost from Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆
38-Xalqaro informatika olimpiadasining ochilish marosimi boshlanmoqda
✅Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring: @xalqaro_it_olimpiada
+1
🏆 IOI 2026 Boshlandi!
🇺🇿 O'zbekiston bu yilgi Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda. Dunyo bo'ylab 400ga yaqin ishtirokchi 9-16 avgust kunlari CAEx'da bo'lib o'tadigan IOIda qatnashishadi.
O'zbekistonlik o'quvchilarni eslatib o'tamiz.
Rasmiy jamoa:
- Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf
- Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf
- Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
- Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf
Norasmiy jamoa:
- Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf
- Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf
- Ulug'bek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich
- Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich
🧑💻 @cp_uz
🏆 IOI 2026 Call for Volunteers
IOI kabi katta tadbirlarda volontyorlar juda ham muhim. Ularning vazifalariga tashkiliy ishlar bilan yordamlashish, boshqa davlatlik ishtirokchilarga gid (guide) bo'lish va boshqalar kirishi mumkin.
Asosiy talablar ingliz tilida erkin muloqot qila olish, ma'suliyatli va "open-minded" bo'lish.
Ko'pgina IOI'larda qatnashgan holda ishontirib ayta olamizki, zerikib qolmaysiz. Shuningdek, volontyorlarga sertifikat va IOI Merchandise ham beriladi.
Ko'proq ma'lumot uchun:
- https://t.me/xalqaro_it_olimpiada/539
🚀 Arizalar:
- https://forms.gle/7Gt6TFXPB3o5KPU28
Muddat: 5-iyul
🧑💻 @cp_uz
🏆 IOI 2026
Terma jamoa a'zolari aniqlandi.
Rasmiy jamoa:
- Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf
- Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf
- Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf
- Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf
Norasmiy jamoa:
- Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf
- Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf
- Ulug'bek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich
- Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich
To'liq natijalar:
- https://ranking.cms.robocontest.uz
Ishtirokchilarimizga 9-16 avgust kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan IOI'da omad tilaymiz!
🧑💻 @cp_uz
🏆 IOI 2026 TST Day 4/4
IOI 2026 uchun yakuniy saralash bosqichi so'nggi musobaqasi boshlandi.
Online natijalar:
- https://yu3459rda.cms.robocontest.uz
Eslatib o'tamiz, saralash natijasiga ko'ra 8 nafar (4 official + 4 unofficial) ishtirokchi IOI'da qatnashadi.
🧑💻 @cp_uz
🏆 IOI 2026 TST Day 3/4
Yakuniy saralash 3-kun musobaqasi boshlandi.
Online natijalar:
- https://ajg4ysd.cms.robocontest.uz
🧑💻 @cp_uz
