taskin
Відкрити в Telegram
7 391
Підписники
-3224 години
-1837 днів
-1 02530 днів
Архів дописів
7 391
xayr, avgust — xayr, yoz
har faslning oʻz tarovati, oʻz gashti boʻlganidek, har fasldagi xotiralar ham oʻzgacha. fasllar almashadi, yillar oʻtadi, lekin xotiralar abadiy qoladi.
yoz — pishiqchilik fasli. nafaqat meval-sabzavotlar, balki odamlar ham pishadi. men uchun shunday, masalan. men har yozda pishaman. men har yozda ham jismonan, ham maʼnan yetilaman. oʻzim uchun xulosalar yasayman. odamlarni kuzataman, ularning ichiga nazar solaman. qoraygan yuzlarning gurunglariga quloq osaman.
men yozda kitob oʻqiy olmayman deyarli. chunki jismoniy mehnatdan keyin hech narsa qila olmaysan, ochigʻi. ishdan kelasan, ovqatlanasan, biroz suhbat va uyqu. baʼzan shu qadar charchaysanki, tunda yostiqqa bosh qoʻyishing bilan tong otib qoladi. lekin yozda yuzlab odamlarning hikoyalarini kitob oʻqigandek eshitaman.
bu yozgi xotiralarim ham bisyor. men yozdan mamnunman.
kuzdan umidlarim katta...
@taskin
7 391
🕵️ KIM DO‘ST? KIM DUSHMAN?
Bir guruh. Turli rollar. Cheksiz shubha.
Bu o‘yinda hamma rost gapirayotgandek ko‘rinadi. Ammo tun tushganda kimdir sirli qaror qabul qiladi...
🎭 Rolingni ol.
🧠 Mantiqingni ishga sol.
🕵️ Yolg‘onni fosh qil.
🔪 Dushmanlaringni top.
🏆 Oxirigacha omon qol.
Telegram guruhidagi navbatdagi MAFIYA O‘YINI boshlanmoqda.
Bu yerda ishonch — qurol.
Shubha — qalqon.
Bitta noto‘g‘ri qaror esa… o‘yinni tugatishi mumkin.
SAVOL BIRTA: Sen kim tomonda bo‘lasan?
👉 Guruhga qo‘shil va o‘yinga kir.
KIR. O‘YNA. ALDА. TIRIK QOL.
Ammo ehtiyot bo‘l… Mafia allaqachon orangizda.
https://t.me/+DDQm7qXo2hUwMjYy
https://t.me/+DDQm7qXo2hUwMjYy
https://t.me/+DDQm7qXo2hUwMjYy
7 391
hozirgina «osmondagi bolalar» filmining 1-qismini koʻrib tugatdim. va oxirida yigʻladim. filmni anchadan beri koʻraman derdim-u, negadir koʻrishga hafsala qilmasdim. bugunga nasib etgan ekan.
film bir qaraganda juda sodda, doim guvoh boʻladigan voqealarimiz yigʻindisidan tashkil topgandek taassurot qoldiradi. chunki hammamizning atrofimizda Hamdamlar, Baxtiyorlar, Javohirlar-u Xurshidlar talaygina. Ehtimol, oʻzimiz oʻsha osmondagi bolalardirmiz. dadasi uydagi hamma narsani sotib, aroqqa almashadigan, oʻz oilasi boʻla turib boshqasi bilan turmush qurgan, kasbi sabab oʻzi bilan oʻzi ovoralarning bolalari...
hammasi oʻzimizgagina ayon. oilamiz, ota-onalarimiz va yoki oʻzimiz haqimizdagi turli xil fikrlar, taassurotlar va yoki gap-soʻzlarning salmoqlisi haqiqat emas. oʻylab topilgan uydirma ular. fantaziya. lekin oʻzimizni yaxshi taniymiz. ichimizda nima kechayotgani yuzimizda yuzimizda akslanmaydi baʼzan. yuzimizdagi tabassum baxtli ekanimizni anglatmaydi. koʻzimizdagi yoshlar esa qaygʻu sabab emas, shunchaki ong ostida qolgan gʻira-shira xotira sabab qalqigan boʻlishi mumkin.
«men qanday yashashni bilaman, ammo nima uchun yashayotganimni bilmayman» deyiladi filmda. oʻyga toldiradi. atrofga boqing. hamma hayotiy tashvishlari bilan band. kimdir ishga yugurgan, kimdir oʻqishgan va boshqa kimdir shifoxonaga. kimdir har kuni ichib kelib janjal qiladi uyda, kimdir hayotning ogʻirligidan noliydi, yana kimnidir hammasiga qoʻl siltagan va jimgina, sassizgina gʻimir-gʻimir qilib kun kechiradi. lekin ularning necha foizi nima uchun yashayotganini biladi? deyarli hech kim bilmaydi. nima uchun yashayapsan desangiz, sizga siyqasi chiqqan gaplardan boshqasini aytishmaydi.
@taskin
7 391
masalan, biz ma'nan sog'lom emasmiz. sog'lom odamlar, balki, shifoxonalardadir. o'zimizcha, ularga achinish bilan qaraymiz. aslida, achinarli ahvoldagilar bizmiz. biz o'zimiz va atrofimizdagilarni asray bilmaymiz. ularga arzimagan e'tibor va jimitdekkina mehr bera olmaymiz. biz shunchalar mag'rur va xudbinmizki, ko'zimiz faqat va faqat o'zimizni ko'radi. atrofimizdagilarni ko'rmaymiz, tushunmaymiz va sira his qilmaymiz!
munosabatlarda faqat o'zimizning qiynalayotganimizni e'tirof etamiz. bizda faqat yaltiroq so'zlar bor, xolos. tutuvchi qo'limiz, suyansa bo'ladigan yelkamiz yo'q bizning. faqat so'zlardan iborat bo'lib qoldi munosabatlar. so'zlar ham kerakdir, ammo quruq so'zlar hech narsani o'zgartirmasligini nega tushungimiz kelmaydi.
«SENI SEVAMAN!» deyish ko'pchilikning qo'lidan keladi. ammo hamma ham manzilgacha bora olmaydi. deymanki, sevish kamlik qiladi. unga mehrsiz ekansan, o'g'zingni to'ldirib «SEVAMAN» dema. uni hammadan ko'ra yaxshi bilmas ekansan, «SEVAMAN» degan cho'pchakni ayta ko'rma. kimgadir bog'lanar ekansan, uni yaxshi tanib ol. ikir-chikirlarigacha muhim buning. uning qaysi faslni yoqtirishi-yu, nimalar uni bezovta qilishigacha bilish kerak. uni tushkun kayfiyatdan xalos etish yo'llarini topish kerak. topilmasa, o'zing kashf etasan, o'zing qurasan bu yo'llarni.
hammamiz ham shirin so'z gadolarimiz. bizga ko'p narsa kerak emas, aslida. keraklisini esa bera olmaymiz.
«muhabbat masofasi»dan yuqqan hislar
@taskin
7 391
Repost from N/a
azizim, oxir oqibat baribir surat va tasvirlarda qolamiz...
azizim, hayot kurashlardan iborat ekanligini teranroq angladim goʻyo. eng boshida bir-birimizga yetishish uchun kurashdik, soʻng toʻy tashvishlari bilan yuzlashdik, ikkimiz birga boʻlgan oʻsha 22-noyabr sanasidan boshlab esa yashash uchun kurashga kirishib ketganimizni ham bilmabmiz-a... hayot soʻqmoqlaridan avrab olib ketyapti. oldinda yana qanchalari kutmoqda ekan-a?!
ushbu safar davomida turli xil xotiralar, goʻzal lahzalar, shirin onlar yaratishga urinib, (qoʻldan kelgancha yaratyapmiz ham) lavhalar va suratlarga muhrlayapmiz.
yoʻldagi hamrohim, vaqt shunchaki oʻtmayapti, balki tomirlarimizdagi qon kabi oqmoqda. saldan keyin keksayganimizni ham bilmay qolamiz. ha, bunga ishonavering! shubhangiz boʻlsa, ota-onalarimizga qarang, sochiga oq, yuziga ajin tushgan. oʻzimizga qarang, oʻsha jajjiginalardan kap-katta insonlarga aylanganmiz.
shunaqa gaplar, yozsam yana qanchasi bor... lekin, azizim, qariganimizni sezmay qolamiz.
@pedagog_kundaligi_o3
