7 618
订阅者
-1224 小时
-1927 天
-1 18430 天
帖子存档
7 624
🕵️ KIM DO‘ST? KIM DUSHMAN?
Bir guruh. Turli rollar. Cheksiz shubha.
Bu o‘yinda hamma rost gapirayotgandek ko‘rinadi. Ammo tun tushganda kimdir sirli qaror qabul qiladi...
🎭 Rolingni ol.
🧠 Mantiqingni ishga sol.
🕵️ Yolg‘onni fosh qil.
🔪 Dushmanlaringni top.
🏆 Oxirigacha omon qol.
Telegram guruhidagi navbatdagi MAFIYA O‘YINI boshlanmoqda.
Bu yerda ishonch — qurol.
Shubha — qalqon.
Bitta noto‘g‘ri qaror esa… o‘yinni tugatishi mumkin.
SAVOL BIRTA: Sen kim tomonda bo‘lasan?
👉 Guruhga qo‘shil va o‘yinga kir.
KIR. O‘YNA. ALDА. TIRIK QOL.
Ammo ehtiyot bo‘l… Mafia allaqachon orangizda.
https://t.me/+DDQm7qXo2hUwMjYy
https://t.me/+DDQm7qXo2hUwMjYy
https://t.me/+DDQm7qXo2hUwMjYy
7 624
hozirgina «osmondagi bolalar» filmining 1-qismini koʻrib tugatdim. va oxirida yigʻladim. filmni anchadan beri koʻraman derdim-u, negadir koʻrishga hafsala qilmasdim. bugunga nasib etgan ekan.
film bir qaraganda juda sodda, doim guvoh boʻladigan voqealarimiz yigʻindisidan tashkil topgandek taassurot qoldiradi. chunki hammamizning atrofimizda Hamdamlar, Baxtiyorlar, Javohirlar-u Xurshidlar talaygina. Ehtimol, oʻzimiz oʻsha osmondagi bolalardirmiz. dadasi uydagi hamma narsani sotib, aroqqa almashadigan, oʻz oilasi boʻla turib boshqasi bilan turmush qurgan, kasbi sabab oʻzi bilan oʻzi ovoralarning bolalari...
hammasi oʻzimizgagina ayon. oilamiz, ota-onalarimiz va yoki oʻzimiz haqimizdagi turli xil fikrlar, taassurotlar va yoki gap-soʻzlarning salmoqlisi haqiqat emas. oʻylab topilgan uydirma ular. fantaziya. lekin oʻzimizni yaxshi taniymiz. ichimizda nima kechayotgani yuzimizda yuzimizda akslanmaydi baʼzan. yuzimizdagi tabassum baxtli ekanimizni anglatmaydi. koʻzimizdagi yoshlar esa qaygʻu sabab emas, shunchaki ong ostida qolgan gʻira-shira xotira sabab qalqigan boʻlishi mumkin.
«men qanday yashashni bilaman, ammo nima uchun yashayotganimni bilmayman» deyiladi filmda. oʻyga toldiradi. atrofga boqing. hamma hayotiy tashvishlari bilan band. kimdir ishga yugurgan, kimdir oʻqishgan va boshqa kimdir shifoxonaga. kimdir har kuni ichib kelib janjal qiladi uyda, kimdir hayotning ogʻirligidan noliydi, yana kimnidir hammasiga qoʻl siltagan va jimgina, sassizgina gʻimir-gʻimir qilib kun kechiradi. lekin ularning necha foizi nima uchun yashayotganini biladi? deyarli hech kim bilmaydi. nima uchun yashayapsan desangiz, sizga siyqasi chiqqan gaplardan boshqasini aytishmaydi.
@taskin
7 624
masalan, biz ma'nan sog'lom emasmiz. sog'lom odamlar, balki, shifoxonalardadir. o'zimizcha, ularga achinish bilan qaraymiz. aslida, achinarli ahvoldagilar bizmiz. biz o'zimiz va atrofimizdagilarni asray bilmaymiz. ularga arzimagan e'tibor va jimitdekkina mehr bera olmaymiz. biz shunchalar mag'rur va xudbinmizki, ko'zimiz faqat va faqat o'zimizni ko'radi. atrofimizdagilarni ko'rmaymiz, tushunmaymiz va sira his qilmaymiz!
munosabatlarda faqat o'zimizning qiynalayotganimizni e'tirof etamiz. bizda faqat yaltiroq so'zlar bor, xolos. tutuvchi qo'limiz, suyansa bo'ladigan yelkamiz yo'q bizning. faqat so'zlardan iborat bo'lib qoldi munosabatlar. so'zlar ham kerakdir, ammo quruq so'zlar hech narsani o'zgartirmasligini nega tushungimiz kelmaydi.
«SENI SEVAMAN!» deyish ko'pchilikning qo'lidan keladi. ammo hamma ham manzilgacha bora olmaydi. deymanki, sevish kamlik qiladi. unga mehrsiz ekansan, o'g'zingni to'ldirib «SEVAMAN» dema. uni hammadan ko'ra yaxshi bilmas ekansan, «SEVAMAN» degan cho'pchakni ayta ko'rma. kimgadir bog'lanar ekansan, uni yaxshi tanib ol. ikir-chikirlarigacha muhim buning. uning qaysi faslni yoqtirishi-yu, nimalar uni bezovta qilishigacha bilish kerak. uni tushkun kayfiyatdan xalos etish yo'llarini topish kerak. topilmasa, o'zing kashf etasan, o'zing qurasan bu yo'llarni.
hammamiz ham shirin so'z gadolarimiz. bizga ko'p narsa kerak emas, aslida. keraklisini esa bera olmaymiz.
«muhabbat masofasi»dan yuqqan hislar
@taskin
7 624
Repost from N/a
azizim, oxir oqibat baribir surat va tasvirlarda qolamiz...
azizim, hayot kurashlardan iborat ekanligini teranroq angladim goʻyo. eng boshida bir-birimizga yetishish uchun kurashdik, soʻng toʻy tashvishlari bilan yuzlashdik, ikkimiz birga boʻlgan oʻsha 22-noyabr sanasidan boshlab esa yashash uchun kurashga kirishib ketganimizni ham bilmabmiz-a... hayot soʻqmoqlaridan avrab olib ketyapti. oldinda yana qanchalari kutmoqda ekan-a?!
ushbu safar davomida turli xil xotiralar, goʻzal lahzalar, shirin onlar yaratishga urinib, (qoʻldan kelgancha yaratyapmiz ham) lavhalar va suratlarga muhrlayapmiz.
yoʻldagi hamrohim, vaqt shunchaki oʻtmayapti, balki tomirlarimizdagi qon kabi oqmoqda. saldan keyin keksayganimizni ham bilmay qolamiz. ha, bunga ishonavering! shubhangiz boʻlsa, ota-onalarimizga qarang, sochiga oq, yuziga ajin tushgan. oʻzimizga qarang, oʻsha jajjiginalardan kap-katta insonlarga aylanganmiz.
shunaqa gaplar, yozsam yana qanchasi bor... lekin, azizim, qariganimizni sezmay qolamiz.
@pedagog_kundaligi_o3
7 624
hayotda bir hamroh kerak:
hech kimga ayta olmaydiganlaringni ayta oladigan;
boshqalarga qila olmaydigan hazil, qiliqlaringni qila oladigan;
bagʻrida toʻyib yigʻlay oladigan;
soatlab oddiy narsalar haqida suhbatlasha oladigan;
erkaliklaringni koʻtara oladigan;
xato qilsang, kechiradigan;
bilmaganlaringni oʻrgatadigan;
doim qoʻllab-quvvatlaydigan...
agar sizda shunday biri boʻlsa, uning qoʻllarini hech qachon qoʻyib yubormang.
@taskin
7 624
📖 Ustoz Odinaxon Muhammad Sodiqning har hafta jonli efir qiladigan yopiq kanali borligini bilarmidingiz?
Mana o’sha kanalni biz topdik.
Ustoz u yerda:
🔘Hech qayerda uchramagan video uchrashuvlari;
🔘Jonli suhbatlar;
🔘Kino tavsiyalari;
🔘Yutuqli tanlovlar va boshqa kerakli ilmlarni o’rgatar ekanlar.
Ba’zan bitta suhbat insonning fikrlashini, hayotga qarashini o‘zgartirib yuboradi.
@ChashmaGoBot
Oʻzbekistondagi
19 milliondan ortiq ayol-qizlar ichidan aynan siz bu xabarni oʻqiyotganingiz bejiz emas.
⚠️ Kanalda joylar cheklangan. Allaqachon 90% joylar band qilindi. Bir xaftadan so’ng roʻyxat yopiladi.
Keyin afsuslanmaslik uchun shu bot orqali hoziroq ro’yhatdan o’ting: @ChashmaGoBot
