Qurbonaliyev Bobur Shaxsiy blok
Відкрити в Telegram
Bu kanalda inshaalloh, Ustozlarimizdan o'rganganlarimiz va shaxsiy mulohazalarimizni yozib boramiz
Показати більше377
Підписники
-124 години
-357 днів
+10430 день
Архів дописів
Eshshak ot poygasida hech qachon qatnashmaydi. Biroq har doim mag’lub otning ustidan kuladi.
Ba'zi odamlar o'zlari hech qanday mehnat qilmaydi, mas'uliyat yoki raqobatga kirishmaydi. Ammo boshqalar harakat qilib, tavakkal qilib, gohida yutqazib qo'yishsa, ularni masxara qiladi yoki tanqid qiladi. Aslida esa poygada qatnashgan ot harakat qilgan, sinovdan o'tgan. Eshshak esa chetda turib tomosha qilgan xolos. Harakat qilgan va xato qilgan odam umuman harakat qilmagan odamdan ko'ra qadrliroqdir. Chetdan turib tanqid qilish oson, lekin maydonga tushib sinovdan o'tish qiyin.
Repost from MILLIY BAHOLASH • KIMYO
▪️Nadomat...
Iblis qadah tutsa millat ongiga,
Quloq kardek kulsa aql bongiga,
Avlod alast tursa umid tongiga,
Ulardan ajdodi tongan deb ayting...
Oʻzgalar samoga izlaydi xos ip,
Oʻqiydi, oʻylaydi, uyqusiz ozib,
Oy zabt etilganda yelkamiz bosib,
Ulugʻbek narvoni singan deb ayting...
"Tib"ni tarjimadan topganlar yutsa,
Yozilgan zamini "silash"ga oʻtsa,
Shifoni hindmi yo nemisdan kutsa,
Sino giyohlari soʻlgan deb ayting...
Lafzlari hayodan bebahra shoʻrlik,
Oʻz tilidan boshqa soʻylaydi turlik,
Nazmu-gʻazallardan bahs ketsa jimlik,
Navoiy yiroqdan boʻlgan deb ayting...
Hisobin topshirgan "temir aqlga",
Jismi koʻnikmaydi ilmu-sabrga,
Riyoziyyotniyu qoʻshib "Jabr"ga,
Xorazimiy bilan koʻmgan deb ayting...
Nomi ziyoratda sovgʻaga badal,
Eng buyuk ilmga qoʻygan deb tamal,
Kerilib, lek yurtda may kechgan mahal,
Buxoriy avlodi oʻlgan deb ayting...
Kunlarki soʻroqqa toʻlsa oʻnggu-soʻl,
-"Nega taraqqiyga tutmaganlar qoʻl?"
Nabira soʻzidan uyatgancha moʻl,
Pivo ichib, "uhlab qolgan" deb ayting...
© Abdulloh Bahodir
Toshkent, 10.06.2026
Chorshanba, 15:20
@milliy_baholash
Kim ulamolarning sha’niga tilini cho‘zadigan bo‘lsa, Alloh taolo u odamni o‘lmasidan turib qalbining o‘limiga mubtalo qiladi.
Ustoz Husayn Buxoriy
Yaqinlarizga ulashib qo'yinglar biror yaqiningizni ham kasbli ham go'zal xulqli bo'lishiga sababchi bo'lib qolasiz inshaalloh
Yaxshi narsa reklanmaga muxtoj emas.
Kimdur tibbiyotga sohasiga qiziqsa eng maqbul tanlov.
Mukamal ta'lim va Sharqona tarbiya maskani.
Repost from LE CRAYON | VODIL
Le Crayon maktabi natijalari!
Le Crayon — nafaqat maktab, balki orzular parvoz boshlaydigan maskan!
📱 +998911275570 Nodirbek
📱 +998972710905 Davlatjon
📍Manzil: Farg’ona tumani, Vodil
shaharchasi
@le_crayon_vodil
📝 Ustoz
Barcha tolibi ilm shuni bilishlari kerakki, ustozlarni hurmat qilish bizning burchimizdir. Ba’zi kitoblarda ustozning haqqi ota-ona haqqidan keyin turishi aytilgan. Chunki ota-onangiz dunyoga kelishingizga sababchi bo‘lsa, ustozingiz, qadrli muallimingiz oq-qorani tanitadi, o‘qish, yozish va fikrlashga o‘rgatadi. Shunday ekan, ustozni hurmat qilish va unga minnatdorlik izhor qilishimiz lozim. Ustozga hurmat bilan muomalada bo‘lish qatorida undan hol-avhol so‘rash, biror ish buyursa, darhol bajarish lozim. Shuningdek, ustozlarga nisbatan kamtarona munosabatda bo‘lish, hech qachon ustozdan o‘zimizni katta tutmaslik zarur. Chunki uning yoshi, ilmi va tajribasi ham biznikidan ko‘proq. Shunday ekan, uni behurmat qilmaslik va ustozlik haqqini ado qilish talab etiladi.
Ota-onamizga qilgan yaxshiliklarni albatta ustozimizga ham qilishimiz kerak. Bundan tashqari, ularga yaxshilik so‘rab duo qilishimiz, shu o'rinda ularning duolarini olishimiz va aytganlarini e'tiborsiz qoldirmay ado etishimiz lozim. Ba’zi axloqsiz tolibi ilmlar ustozlarini xafa qiladilar, aytganlarini bajarmaydi, muallim so‘ziga quloq tutmaydi.
Aziz toliblar, unutmangki, ustozini xafa qilgan va uni ranjitgan toliblar hayotda yaxshilik ham, baraka ham topmaydi. Zero, biz ustozimizni hurmat qilib, undan ko‘p bilimlarni olsak, hayotda qoqilmaymiz. Ustozimiz biz uchun ma’rifat ziyosidir. Ustoz qadri katta hayot boshlab, biror kasb boshini tutib, yashay boshlagandan keyin bilinadi. Ana o‘shanda maktab davrida bilim olmagani, agar bilim olganida, ustozining pand-nasihatlariga quloq tutganida, yaxshiroq ishlarda ishlab, yaxshiroq pul topishi mumkinligiga afsuslanadi. Ammo endi kech bo‘lganini, hayotni orqaga qaytarib bo‘lmasligini bilib, o‘zidan-o‘zi xafa bo‘ladi.
Shuning uchun, sizga ilm o‘rgatayotgan ustoz mehrini qozonish uchun quyidagilarga amal qilishingiz kerak:
1. Ustozingizdan oldinda yurmang.
2. Ustozingizning o‘rniga o‘tirmang.
3. Ustozingiz oldida ruxsatsiz gapirmang.
4. Malol keladigan bo‘lsa, dars vaqtida ko‘p savol bermang.
5. Darsga kech kelmang.
6. Ustozingizni bezovta qilmang.
Ustozni nazaridan qolmang!
Men Allohning izni ila o'liklarni tiriltirishdan ojiz bo'lmadim, lekin ahmoqlarni tuzatishdan ojiz bo'ldim.
Iso alayhissalom
”Dunyoga uylanmoqchi boʻlsang, mahrga diningni soʻraydi!”
Imom Molik Ibn Dinor
#ustozlar_bisotidan
Ilm izzatdir, unda zarracha ham xorlik yo'qdir. Insonda salobat bo'lsa, qaddi-qomatsiz ham baland bo'ladi. Insonda hayo bo'lsa, surmasiz ham uning ko'zi chiroyli ko'rinaveradi. Peshonasida sajdaning izi bor insonning yuzi turli bo'yoqlarsiz ham nurli bo'ladi.
Olimlarga keladigan rizq ham Payg‘ambarlarga kelgan rizq keladigan yerdan keladi. Chunki olimlar va payg‘ambarlarning Alloh huzurida bajaradigan vazifalari bir insoniyatni hidoyatga boshlash. ©️ Zulfuqor Ahmad Naqshbandiy rohimahulloh
Bu dunyoda yashab, ilmga rag'bat etmagan kishini hammomga kirib, yuvinmay chiqqan nodonga o'xshatishadi.
Shukrkim, ilm istovchi yoshlar ko'p.
Ammo ular orasida hammomga g'oyat ko'p miqdorda pul to'lab kirganlari holda, yuvinmay yurish uchun yana qo'shimcha haq to'lovchilari ham bor.
Tohir Malik Odamiylik Mulki
● Mana shu ikki kishi bilan do'stlash : diniy mavzuda senga biror narsa o'rgatadigan kishi bilan va sendan o'rganadigan kishi bilan do'stlash. ● Dunyoga berilgan kishi bilan do'stlashish o'ldiruvchi zahar bilan teng. Chunki do'stlar o'zaro ahloq va tabiat nuqtayi nazaridan bir biriga o'xshab boradilar.Imom G'azzoliy hazratlari.
Repost from Qurbonaliyev Bobur Shaxsiy blok
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!
✨ Alloh taolo bugungi muborak kunda qilgan barcha duolaringizni ijobat qilsin, qalbingizni xotirjamlik va barakaga to‘ldirsin.
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga chinakam muhabbat ila salovatu salomlarimiz bo'lsin!
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Ilimning fazilatlari:
Ilm payg'ambarlarning merosidir.
İlm bu ruhning shifosi, aqlning ozuqasi va qalb uchun lazzatdir.
Ilm tarozi bo'lib, u orqali so'z, amal va hodisalarni to’g’ri yoki xatoligini meyorini bilish mumkin.
Ilm orqali insonlar Allohni bilib, unga ibodat qiladilar, unga hamd va tasbih aytadilar.
Ilm tufayli halolni haromdan ajratish mumkin.
Abulhuda
Hech bir rohatga gulzorlardan o’tib borilmaydi. Jannat ham hatto o’limni talab qiladi…
Haqiqat mash’alin yoqqani keldim,
Mash’alga vujudim yoqqani keldim.
Ayb etmang, yoqmasa so‘zim yo o‘zim,
Xalqqa emas, Xoliqqa yoqqani keldim.
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
#tarbiya
Farzand tarbiyasi haqida gap ketganda, o‘n yillar avval rahmatli opoqdadamlar bilan bo‘lgan voqea yodimga tushadi. O‘shanda Qozog‘istonda Qur’oni karimni nashr ettirgandim. Undan bir nusxani opoqdadamlarga berib:
“Qarang, oxiri Kalomullohni nashr etish nasib qildi. Buni siz uchun olib keldim”, dedim.
U kishi Qur’oni karimni qo‘llariga olib, o‘pdilar va peshonalariga surtib, varaqlay boshladilar. So‘ng haqqimga duo qildilar. Bir payt to‘satdan ovozlari o‘zgarib:
“Yana Qur’oni karimni nashr qildim, deb o‘zingdan ketmagin, g‘ururlanmagin. Bilib qo‘y, sen hech kimsan! Bir chaqaga ham arzimaydigan odamsan!” dedilar.
Ishni qoyil qilib qo‘ygan kayfiyatda turgan men, darhol o‘zimni o‘ngladim va ularning gaplarini ma’qulladim.
Opoqdadam bizni hech taltayishga qo‘ymas, doim tanbeh berib turardilar. Boshqalar oldida bolasini maqtab, g‘ururlanayotgan kishilarni ko‘rganda, doim opoqdadamning mazkur tarbiya uslublari yodimga tushadi.
Mubashshir Ahmad
Agar siz haromga erishish oson zamonda yashayotgan bo‘lsangiz, bilingki, Allohdan qo‘rqqanga juda katta savob beriladigan zamonda ham yashayapsiz.
— Ayman Yoğiy
Odatda qiymatli kishilar sukut sohiblari bo’ladi. Ulardan savol so’ralgandigina gapiradilar holos…
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
