ru
Feedback
Qurbonaliyev Bobur Shaxsiy blok

Qurbonaliyev Bobur Shaxsiy blok

Открыть в Telegram

Bu kanalda inshaalloh, Ustozlarimizdan o'rganganlarimiz va shaxsiy mulohazalarimizni yozib boramiz

Больше
336
Подписчики
-424 часа
-117 дней
-8230 день
Архив постов
ULUG‘LARNING XAVFI Ibn Javziy degan juda ulug‘ solih zot, buyuk olim o‘tganlar. U kishining qo‘lida yigirma mingdan ortiq yahudiy va nasroniy musulmon bo‘lgan, bu zot sababli yuz ming odam tavba qilgan ekan. Ibn Javziy rahmatullohi alayh islomga oid ikki mingdan ortiq kitob muallifi hamdir. Shu maqomda bo‘lishlariga qaramay, u zot bir kuni shogirdlariga: “Jannatga kirganingizda oralaringizda meni topa olmasangiz, men haqda so‘ranglar va “Rabbim! Falon bandang Seni bizga eslatar edi, denglar”, debdilar va yig‘lab yuboribdilar...

Видеосообщение00:59

Видеосообщение00:38

Jumangiz Muborak Bo’lsin 📿

"Ilmni kitobdan oʻqib oʻrganasan, lekin uni faqat ishq bilan tushunasan!". Shams Tabriziy
"Ilmni kitobdan oʻqib oʻrganasan, lekin uni faqat ishq bilan tushunasan!".
Shams Tabriziy

#ustozlar_bisotidan Solih birodar o’z nafsingizdan ham yaxshiroqdir, chunki nafs yomonlikka undovchidir, Solih birodar esa fa
#ustozlar_bisotidan Solih birodar o’z nafsingizdan ham yaxshiroqdir, chunki nafs yomonlikka undovchidir, Solih birodar esa faqatgina yaxshilikla undaydi.

Shu kanikulga chiqgan o'quvchilarga shu kitoblarni himmat qilib o'qishlarini tavsiya etgan bo'lar edim. Inshaalloh ixlos bila
+4
Shu kanikulga chiqgan o'quvchilarga shu kitoblarni himmat qilib o'qishlarini tavsiya etgan bo'lar edim. Inshaalloh ixlos bilan o'qisalar, yangi o'quv yilimizga kuchli bo'lib, qat'iyatli bo'lib, himmatli bo'lib qaytadilar.

#ustozlar_bisotidan Alloh taolo qaysi bandasini o‘zidan uzoqlashtirishni istasa, uni behuda ishlar bilan band qilib qo‘yadi.

Ilm sohibining oldida o'tirishlik ham qalb taskinligiga kifoyadur.
Ilm sohibining oldida o'tirishlik ham qalb taskinligiga kifoyadur.

Kimning odobi bòlmasa, uning ilmi yòqdir, kimning sabri yòq bòlsa, uning dini yòqdir, kimning taqvosi bòlmasa, unda Allohga yaqinlik yòqdir.
‐ Xasan Basriy

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kim juma kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yuz marta salavot a
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kim juma kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yuz marta salavot aytsa, qiyomat kuni u yuzida bir nur bilan keladi. Odamlar: “Bu nima qilar edi?” deyishadi”. Allohumma solli a’la sayyidina, shafi’ina va nabiyyina Muhammad!

Yetuklarni tanimagan kas Aslo-aslo yetuk bo'lolmas.
Yetuklarni tanimagan kas Aslo-aslo yetuk bo'lolmas.

Otaning farzandiga qilgan duosi, Payg‘ambarning ummatiga qilgan duosi kabi (maqbul)dir. Imom Suyutiy rohimahulloh
Otaning farzandiga qilgan duosi, Payg‘ambarning ummatiga qilgan duosi kabi (maqbul)dir.
Imom Suyutiy rohimahulloh

Repost from Miftohiddin Domla
#audio🗣 ☪️Ashuro kuni tutiladigan ro'zaning fazilati haqida 🇺🇿Andijon shahar bosh imom xatibi Ustoz Miftohiddin Domla
Ro'za tutiladigan kunlar 24-iyun 2026 Muharram oyi 9 kuni 25-iyun 2026 Muharram oyi 10 kuni 26-iyun 2026 Muharram oyi 11 kuni
💬Telegram 📹Instagram 📹YouTube

#Ibrat Umar roziyallohu anhu Allohdan qo‘rqib yig‘laganlarida ko‘zyoshlarini qo‘llari bilan artib, uni yuzlari hamda butun jasadlariga surtardilar. Va bu holatni izohlab: “Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yetib kelgan: “Allohdan qo‘rqib yig‘laganda chiqqan yosh tekkan o‘rinlarga do‘zax o‘ti tegmaydi”, derdilar." Ulug' ustozlarni ko'zlari Alloh va Rasuli Sollallohu alayhi vasallamdan gap ketganda doim namlanadi. Bizni Alloh isloh qilsin xatto do'zahdan kap ketsa ham burnimizga pashsha qo'nganchalik bo'lmayapti.

Kishida Azimat bo'lmasa orzular orzuligicha qolaveradi.

Azimat - Insonning bir ishni oxiriga yetkazgunicha bardavom turuvchi kuch bo'lib, u orzu-istak, iroda ustiga quriladi. "Azima
Azimat - Insonning bir ishni oxiriga yetkazgunicha bardavom turuvchi kuch bo'lib, u orzu-istak, iroda ustiga quriladi. "Azimat" yetakchilarni axloqidir.

Juma muborak! Ushbu muborak kunda: ✅ Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot ayting; ✅ Kimningdir ko‘nglini ko‘tarin
Juma muborak! Ushbu muborak kunda: ✅ Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot ayting; ✅ Kimningdir ko‘nglini ko‘taring — birgina shirin so‘z ham ulkan sadaqa; ✅ Va albatta, shukr qiling. Boriga ham, yo‘g‘iga ham, bizga berilgan sinovlarga ham. Yaqinlaringizni juma ayyomi bilan muborakbod eting!

#ibrat Hasan Basriy kunlardan bir kun bir itni ko‘rib, dedi: — Xudovando, bu it bilan meni o‘lchagin! Oradan ko‘p vaqt o‘tmay u zotga bir kishi duch keldi va savol berdi: — Ey Hasan, bu it yaxshimi yoki sen itdan yaxshiroqmisan? Hasan Basriy: — Agar qiyomat azobidan qutulsam, men yaxshiroqman. Aks holda, Xudo haqqi, bu it mendan ko‘ra yaxshiroqdir, — dedi. “Tazkirat ul-avliyo”dan

ALLOH QODIRMI? Mashhur mutasavvuf olim Abdulqodir Jiyloniy bir kuni yoʻl chetida mast holda yotgan kishini koʻrib, uning oldiga bordi. Atroflarida shogirdlari qoʻl qovushtirib turishibdi, xaloyiq u kishidan duo olishga umid bogʻlab muntazir! Shayx esa sarhushning oldiga choʻkkalab oʻtirdi! Sarhush Jiyloniyga qarab: — Ey Abdulqodir, Alloh qodirmi? — deb soʻradi. — Qodir! — dedi Shayx. Sarhush yana: — Ey Abdulqodir, Alloh qodirmi? — deb soʻradi. — Qodir! — dedi Shayx boshini biroz bukib. Sarhush yana: — Ey Abdulqodir, Alloh qodirmi? — deb soʻradi. Shayx sajdaga yotdi va uch marta: “Qodir! Qodir! Qodir” dedi va hoʻng-hoʻng-hoʻng yigʻladi. Soʻng shogirdlariga bu mast insonni olib, yuvintirib, toza kiyimlar kiydirishlarini buyurdi. Shogirdlar ushbu sirli suhbatning ma’nosini soʻrashganida Shayx shunday javob berdi: — U birinchi bor “Alloh qodirmi” deganida “Mening gunohlarimni kechirishga qodirmi” deb soʻradi. Men qodir, dedim. Ikkinchi bor “Alloh qodirmi”, deganida “Meni sening oʻrningga qoʻyishga qodirmi”, deb soʻradi. Men qodir, dedim. Uchinchi bor “Alloh qodirmi” deganida “Seni mening ahvolimga solib qoʻyishga qodirmi”, deb soʻradi. Men bu savol oqibatidan qoʻrqib, sajda qildim va uch bora “Qodir!” dedim. Ha, Alloh taolo oʻzini yanada yaxshiroq tanitmoq, bandasida xavfni orttirmoq uchun oʻz valiy (doʻst)larini ba’zan shunday sinaydi.