cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

BAXMAL TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

Більше
Рекламні дописи
454
Підписники
+224 години
+157 днів
+3130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Qabul_2024 ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi. Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi: ➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. ✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. ✍️ Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
#hududlardan_xabarlar #kunlik_dayjest ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan "Mehr-muruvvat va saxovat-insonni ulug‘laydi" shiori ostida koʻngillilar harakati yoʻlga qoʻyildi. ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida yugurish marafoni o‘tkazildi. ⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Bola huquqi himoyasida birgamiz" mavzusida psixologik trening mashg’uloti boʻlib oʻtdi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari yuqori natijalar bilan IELTS sertifikatiga ega bo’ldi. ⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. ⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari "Prokuror sovrini uchun" olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. ⏺Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xonadonda elektr zanjiri" mavzusida taqdimot oʻtkazildi. ⏺Nurota, Qoʻshkoʻpir tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida harbiy- sport musobaqalari tashkil etildi. ⏺Baxmal, Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari “Yangi O’zbekiston”, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi. ⏺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Islomjon Abdug'aniyev Informatika olimpiadasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat terma jamoasi tarkibidan joy oldi. ⏺Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari IMAS xalqaro matematika musobaqasida g’olib bo’ldi. ⏺Olot tuman ixtisoslashgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Dilshod Jumamurodov Buxoro davlat universiteti olimpiadasida g’oliblikni qo’lga kiritib, grant asosida muddatidan oldin talaba bo’ldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor 📌 IELTS 6 sohibasi ✅ Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Muxtorova Muhlisa umumiy 6 ball to'plab CEFR B2 sertifikatiga teng bo'lgan IELTS sertifikati sohibi bo'ldi. 🎓O'quvchimizdan bundanda yuqori marralarni zabt etishini kutib qolamiz. 📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish: 🌐Telegram | Facebook | Instagram| Youtube
Показати все...
👏 26👍 7 4😍 4🔥 3👌 1
Repost from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni Hurmatli vatandoshlar, Qadrli pedagoglar! Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi. Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi. Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
👍 7
👍 10🔥 3
#New_Uzbekistan 🏢Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktab ikki nafar 11-sinf o`quvchilari " Yangi O`zbekiston Universiteti"ga 100% lik Grant asosida muddatidan oldin qabul qilindi. 📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish: 🌐Telegram | Facebook | Instagram| Youtube
Показати все...
👍 26🔥 5👏 2 1👌 1
🏢Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabining besh nafar o'qituvchilari vazir jamg'armasining uch bosqichli sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tib vazir jamg'armasi ustamasiga ega bo'lishdi. ✅Jonzoqov Turg`un Kimyo ✅Abdullayev Xusniddin Matematika ✅Eshmurodov Xurshid Ona tili ✅Norboyev Bekzod Fizika ✅Abduvohidov Ramazon Biologiya Ushbu ustozlarimizning kelgusi ishlariga ham rivoj tilab qolamiz!!! 📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish: 🌐Telegram | Facebook | Instagram| Youtube
Показати все...
👍 24🔥 4 1👏 1👌 1
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni #Baxmal_ixtisoslashtirilgan_maktabi 🏢Joriy yilning 8-may kuni Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bayram tadbirini o`tkazishdilar. 📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish: 🌐Telegram | Facebook | Instagram| Youtube
Показати все...
👏 4 2
#Qabul_2024 🏢Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga o'quvchilar qabuli bo'yicha markaz maktablari hamda tuman markazidan uzoqda joylashgan maktablarda targ'ibot va tashviqot ishlari bo`lib o'tmoqda. 📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish: 🌐Telegram | Facebook | Instagram| Youtube
Показати все...
👌 7👍 3
#Qabul_2024 🏢Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga o'quvchilar qabuli bo'yicha markaz maktablari hamda tuman markazidan uzoqda joylashgan maktablarda targ'ibot va tashviqot ishlari bo`lib o'tmoqda. 📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish: 🌐Telegram | Facebook | Instagram| Youtube
Показати все...
1
Перейти до архіву дописів