uk
Feedback
O‘QITUVCHI

O‘QITUVCHI

Відкрити в Telegram

Dunyoda bitta kasb bor, bu-o‘qituvchilik. Qolgan kasblar esa uning mahsulidir! Reklama uchun @reklomga

Показати більше
8 641
Підписники
Немає даних24 години
-737 днів
-32830 днів
Архів дописів
🔰YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TARQAB KETMOQDA… Bilamizki, maktab o‘quvchilari 9-11-sinfni tamomlayotganda fanlardan yakuniy davlat imtihonlarini topshiradi. Imtihon natijasiga asosan o‘quvchilarga shahodatnoma beriladi, yoki berilmaydi, yoki sinfdan qoldirib yuborilishi ham mumkin. Biroq, so‘ngi yillarda imtihon topshirish amaliyoti o‘zgarib imtihon variantlari bir kun oldin yuqoridan tanlanib maktablarga (aniqrog‘i o‘quvchilarga) yetkazilmoqda. Yana ham anig‘i shuki, bir kun oldin imtihon varianti javoblari bilan o‘quvchilarga yetib bormoqda. Bu borada ayrim telegram kanallari jonbozlik ko‘rsatmoqda. Maktabda 2 bahoga o‘qigan o‘quvchilar uni yodlab olib (shpagalka qilib olib) imtihonni bir zumda 5 bahoga ishlab chiqmoqda. Natijada yakuniy imtihonlar ham oddiy tadbirga aylanib qolmoqda. Yana bir masala, sertifikati bor o‘quvchilar imtihondan ozod qilinmoqda lekin, 3-4 baho bilan. Qachonki ularni “A”, “A+” darajadagi sertifikatlari bo‘lgan taqdirdagina 5 baho bilan ozod qilinmoqda. Amalda esa, “C” darajadagi sertifikatni olish uchun ham o‘quvchidan yaxshigina bilim talab qilinadi. Qog‘ozdagi tartib qoidalar amalda boshqa bo‘lib qolmoqda. Xulosamiz shuki, imtihon olish jarayonini qayta ko‘rib chiqish kerak. Toki, o‘quvchilar imtihondan o‘tish uchun bo‘lsa ham kitob o‘qisin, fanni o‘rgansin. Manba: 🔰 MAKTAB kanali 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

TARIX-HUQUQ SOHASI EGALARI YOZGI TAʼTILNI MUVAFFAQIYATLI BOSHLASHGA TAYYORMISIZ??? 💰Bilimingizni sinash orqali 1 MLN SOʻM PU
TARIX-HUQUQ SOHASI EGALARI YOZGI TAʼTILNI MUVAFFAQIYATLI BOSHLASHGA TAYYORMISIZ??? 💰Bilimingizni sinash orqali 1 MLN SOʻM PUL MUKOFOTINI QOʻLGA KIRITISHGACHI??? ⚖Agarda tayyor boʻlsangiz, 5-iyun kuni kanalimizda juda katta masshtabda YUTUQLI ONLINE TEST boʻlib oʻtadi. Testda ishtirok etib, 1-oʻrinni olgan obunachiga 1 MLN SOʻM PUL MUKOFOTI beriladi. 📆Aynan shu kuni kanalimizda Test tahlili boʻladi va test tahlilini Tarix fanidan 20 yillik tajribaga ega, Umrbod Oliy toifali, Milliy sertifikat imtihonida 90+ ballni qoʻlga kiritgan, 400 dan ortiq pedagoglarni natija qilishiga sabab boʻlgan Haydarova O‘g‘ilbeka Fayzullayevna va Begliyev Otajon Choriyevich ustoz oʻtadilar! 🖇Test 5-iyun soat 20:00 da boʻlib oʻtadi.
📚Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!
Kanalga obuna boʻlish: @Huquq_tilsimi @Huquq_tilsimi @Huquq_tilsimi

🔰Cho‘kayotgan qizlarni qutqarib, o‘zi qahramonlarcha halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan taqdirlandi Shu yilning 5-m
🔰Cho‘kayotgan qizlarni qutqarib, o‘zi qahramonlarcha halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan taqdirlandi Shu yilning 5-may kuni Yakkasaroy tumanida yashovchi ikki nafar qizaloq Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan, buni ko‘rgan Abdumannop Samiqov o‘zini suvga tashlab, ularning hayotini saqlab qolgan edi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa ro‘y berib, uning o‘zi qahramonlarcha halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev bu jasorat tarixini yuragiga yaqin olib, avvalo, marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Prezident farmoni bilan marhum Abdumannop Samiqov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

⭕️⭕️⭕️ ⚡️Ish haqi, pеnsiya, nafaqa va stipеndiyalar 10 foizga oshiriladi Prеzidеntning byudjеt tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pеnsiya, nafaqa va stipеndiyalarni 10 foizga, ya'ni inflyasiyadan past bo'lmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi. Bosh vazir o'rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov Qonunchilik palatasidagi hisobotida mazkur hujjat yaqin soatlarda e'lon qilinishini ma'lum qildi. Oylikni hisoblash uchun👇 💰Moliyachi bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat

🔰Namanganda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” payti o‘quvchi qizning sochi yonib ketdi Holat Chortoq tumanidagi 48-sonli maktabda yuz bergan. Gazli sharlar portlashi tufayli qizning sochi yongan. Maktab direktori ishdan olinib, direktor o‘rinbosarlari va sinf rahbariga intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰MAKTABLARDA O’QUV YILI YAKUNIGA BAG’ISHLANGAN PEDAGOGIK KENGASHLAR BO’LIB O’TADI. Unda quyidagi masalalar ko’rilishi lozim 🔹O‘quv yilining yakuniy tahliliy hisoboti. 🔹O‘quvchilarning yozgi ta'tilida dam olish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish masalasi. 🔹9-11-sinf o‘quvchilarini yakuniy attestatsiya imtihonlariga qo‘yilishi. 🔹1-10-sinf o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish to‘g‘risida. Shuningdek Navbatdan tashqari masalalar 🔹Ta’limga oid prezident farmonlari, yangi qabul qilingan qarorlar va hujjatlarning mazmun mohiyati va boshqalar. Yig'lishni 26-may kuni o'tkazish tavsiya qilinadi ⚡️IYUN OYIDA BO’LADIGAN OXIRGI PEDAGOGIK KENGASHDA 🔹9-11-sinf o‘quvchilari uchun umumiy o‘rta ta’limni tugatganlik  to‘g‘risidagi elektron attestat va shahodatnomalarini taqdim etish to‘g‘risida. 🔹9-sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida. 🔹823-sonli qarori asosida pedagog va xodimlarga ustamalar tayinlash. Shuningdek Navbatdan tashqari masalalar Yig'lishni  14-iyun kuni o'tkazish tavsiya qilinadi ❗️Ushbu pedagogik kengash yig'ilish bayonnomasi va ma'ruzalarini sotib olish uchun quyidagi lichkaga yozing. @hujjatlar_mutahasisi @hujjatlar_mutahasisi 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰MAKTAB KUTUBXONA XODIMLARIGA USTAMA TAYINLASH QUYIDAGI MEZONLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI. 🔹Kutubxona bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi 10 ball 🔹Malaka oshirishdan o‘tganligi 10 ball 🔹Kutubxonachi lavozimidagi ish staji 20 ball 🔹Maktabda ehtiyojga ko‘ra darsliklar bo‘yicha buyurtmalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi 30 ball 🔹O‘quvchilarning kutubxonaga jalb qilinishi 30 ball 65 — 75 ball to‘plasa — 10 foiz; 76 — 85-ball to‘plasa — 15 foiz; 86 — 100 ball to‘plasa — 20 foiz; Ushbu baholash mezonlarining to’liq shaklini 823-sonli qarordan ko’rishingiz mumkin.(ko'k yozuv ustiga bosing) 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

⚡️USTAMA BO'YICHA Ustama olishga davogar pedagog hozirdan ishchi guruhga ariza bilan murojat qilishi va uning faoliyati o'rganilishi kerak. Ya'niy hozir o'quvchilar borligida ulardan so'rovnoma olish kerak. 💰Moliyachi bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat

🔰«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri «Ilm – eng buyuk sharaf!» shiori ostida o'tkaziladi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini joriy yilning 24-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar tashkil etish belgilangan. Shuningdek, quyidagilar nazarda tutilgan: 👉 tadbirlar davomida namunali xulqli va a’lo baholarga o‘qigan iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning ota-onalariga “Minnatdorchilik xat”larini topshirish; 👉 tadbirlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maktab hovlisidagi soya, salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish; 👉 maktab rahbariyati, sinf rahbarlari hamda o‘quvchilar ota-onalarga restoran, kafe va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazmaslik, turli maqsadlar uchun pul yig‘maslik to‘g‘risida tushuntirish va qat’iy ogohlantirish beriladi. Shu bilan birga joriy yil 24-30-may kunlari barcha hududlarda “Xayr bog‘cha - salom maktab!” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun bog‘chalarda tantanali bayram tadbirlarini tashkil etiladi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰O'QUVCHILAR IJARAGA BЕRILGAN DARSLIKLARNI YO'QOTIB QO'YSA YЕTKAZILGAN ZARAR QANDAY QOPLANADI? “Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ular yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kеlib qolgan taqdirda, o'quvchining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko'rsatilgan qiymatini  to'lashi shart. O'quvchilarning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to'laydi: ✅1 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida; ✅2 - 4 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida; ✅5 - 11 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning to'rt baravari miqdorida. Umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasidagi darsliklar va o'quv-mеtodik qo'llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo'yicha to'lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdеk o'quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg'usini rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta'lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

😍😍😍😍😍 😍😍😍😍 Bugun sizga @Dilfayz_Oliytoifa kanalida 2⃣1⃣⏏️0⃣0⃣da jamoamizning ekspert-mutaxassislari tomonidan mutlaq
😍😍😍😍😍 😍😍😍😍 Bugun sizga @Dilfayz_Oliytoifa kanalida 2⃣1⃣⏏️0⃣0⃣da jamoamizning ekspert-mutaxassislari tomonidan mutlaqo BEPUL matematika o‘qitish metodikasi darsi o‘tib beriladi. Darsda qatnashmasangiz: — qop-qop bilimdan; — metodik yondashuvlardan; — attestatsiya tajribasi asosidagi tavsiyalardan qolib ketasiz. ✅ Demak, dars oddiy bo‘lmasligi aniq. Mukammal tajribadan qolib ketmaslik uchun http://t.me/dilfayz_Oliytoifa http://t.me/dilfayz_Oliytoifa http://t.me/dilfayz_Oliytoifa kanaliga obuna bo‘ling. Eslatmani yoqib kanalni "pin" qilib qo‘yish yoddan chiqmasin!!!
Sizni darsda kutamiz.
http://t.me/dilfayz_Oliytoifa http://t.me/dilfayz_Oliytoifa http://t.me/dilfayz_Oliytoifa

🔰Surxondaryoda 11 ta o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p maosh olayotgani ma'lum qilindi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi Shavkat Mirziyoev Surxondaryo ta'lim boshqarmasi boshlig'idan: “Jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda domla ming dollar olishi mumkinmi-yo'qmi?” deya so'radi. Husniddin Mamadiev viloyatda ming dollardan ko'p oylik olayotgan 600 ga yaqin o'qituvchi borligi, yana 11 nafar o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p olayotganini aytdi. “Britaniyada ham bunaqa oylik yo'q”, dedi davlat rahbari. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰"SO'NGI QO'NG'IROQ"    Qo'ng'irog'ing jaranglashin kutayapmiz, Endi sеni bir umr tark etayapmiz, Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz, Diydoringga to'yib to'yib olay maktab, Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab. Qadring bilmay o'tib kеtdi o'n bir yil ham, Hayotimda quvnoq kunlar, eng shirin dam, Bugun o'sha quvnoq quvnoq ko'zlarda nam, Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab, Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab. Sog'inamiz endi tinmay do'st o'rtoqni, Takrorlanmas hayotda eng go'zal chog'ni, Chalmay turgin do'stim bir oz qo'ng'iroqni, Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab, Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab. Gapga kirmas, to'polonchi bo'ldik shayton, Goho bilmay ko'ngillarni qildik vayron, Ustozimdan uzr so'rab olay bir on, Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab, Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab. Hayajondan yonayapman, ko'zimda yosh, Xayol surib partalarga qo'yay bir bosh, Endi qachon ko'rishamiz ey sinfdosh, Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab, Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab. Endi sеni bir umr tark etayapmiz, Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz. ✍️Xurshid Karim 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari 24-may kuni oʻtkaziladigan bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan. “Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi. Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!” – deyiladi vazirlik munosabatida. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰Prеzidеnt: Yozgi ta'til vaqtida bironta ta'lim muassasasi yopilmaydi Yozda barcha ta'lim muassasalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to'garaklari ochiladi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi tayyorlanadi — prezident Hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi. Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolayapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp. Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.
“Biz maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida katta oʻzgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan koʻplab muammolar bor”, - dedi davlatimiz rahbari.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda toʻqson kunlik” tartibida ishlashga oʻtish topshirildi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

Repost from Hilola Umarova
Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi “Ta’limda sifat bo‘lis
Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi
“Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak”,
- dedi Prezident yig‘ilishda. Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi. Nizomiy oliygohi – Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh, uning rektori esa bir vaqtning o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari hisoblanadi. Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga o‘tkazildi. Pedagog, talaba va o‘quvchilar bilim va ko‘nikmasini baholashning yagona tizimi yaratilib, mustaqil bo‘lgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilindi. Endilikda mutasaddilar yaratilgan imkoniyatlar asosida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilishi belgilandi. Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi. Prezidentimiz buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi. Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi. Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi. Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab esa metodik baza bo‘lib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlaydi. Oliygohni xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi. Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi. Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi. Bundan tashqari Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi. Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-o‘qituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi. Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri bo‘yicha alohida tayanch maktablari bo‘ladi. Har bir tayanch maktabning 1 nafar o‘qituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, o‘z yo‘nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Ya’ni, ularning bilim va amaliy ko‘nikmasi markaz o‘qituvchisidan kam bo‘lmaydi. Ushbu trenerlar o‘ziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi o‘qituvchini o‘qitadi, yetakchi o‘qituvchilar esa o‘z maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib boradi. Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni to‘liq jihozlashga mas’ul bo‘ladi. Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini ta’mirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi. @hilola_umarova

🔰Mazkur o‘quv yilidan o‘quvchilarning baholar tabeli ham elektron shaklga o‘tkazilgan Mazkur 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning o‘zlashtirish baholar tabeli elektron shaklga o‘tkazilgan. 📹 Yuqoridagi videoyo‘riqnomada elektron kundalik (emaktab.uz) tizimi orqali maktab mas’ullari tomonidan elektron baholar tabelini shakllantirish va yuklab olish jarayoni ko‘rsatilgan.   Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 📞 +998 (78) 888-82-82 📤 @eMaktabuz_bot 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

#Ustozdan_tuhfa 🖊️ Ona tili va o‘zbek tili hamda boshlang'ich ta‘lim ustozlari, toifangizni oshirmoqchimisiz? 🖊️ Abituriyen
#Ustozdan_tuhfa 🖊️ Ona tili va o‘zbek tili hamda boshlang'ich ta‘lim ustozlari, toifangizni oshirmoqchimisiz? 🖊️ Abituriyentlar, majburiy va asosiy blokdan yuqori ball olmoqchimisiz? 🖊️ Filologiya talabalari, bo‘lajak darslaringizni sifatli o‘tishni istaysizmi? Unda bugun 21:00da  @habelonatili da bo‘ladigan JONLI BEPUL DARSda ishtirok eting. Dars mavzusi: Fonetik hodisa Darsni "Habel akademiyasi" asoschisi Dilafro‘z Fayzullayevna o‘tadilar.
Dars eng sodda va mukammal  bilimlar asosida o‘tiladi. Iahontirib aytamizki, bu darsdan kamida 10 ta yangi bilim olib chiqasiz.
Dars bu yerda ↘️↘️↘️↘️↘️↘️↘️ http://t.me/habelonatili http://t.me/habelonatili http://t.me/habelonatili

🔰Attestatsiyasidan oʻta olmagani uchun ishdan boʻshatilgan oʻqituvchilar kasbiy sertifikat olsagina yana pedagog sifatida ishlashi mumkin Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda Mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega. Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi. Attestatsiyadan oʻta olmaganligi sababli mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat oʻz xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qoʻlga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii