EDU_POINT o'quv markazi
Відкрити в Telegram
Channel is about: -Learning English quickly and easily💯.-Improving International Test skills (IELTS, Multilevel, SAT and so on💣). - Applying to the USA universities✈️🇺🇸Scholarships/Opportunities🗽 - Academic Lyceums' Exams🎯.-Thought-provoking posts🍀
Показати більше279
Підписники
-324 години
-27 днів
-830 днів
Архів дописів
🏆 EDUPOINT | BIZNING FAXRIMIZ!🏆
🌟 KUCHLILAR ICHIDA ENG KUCHLI BO‘LISH — HAMMANING HAM QO‘LIDAN KELAVERMAYDI!!!
🎉 SIZLARGA BUGUN YANA BIR AJOYIB VA QUVONCHLI YANGILIKNI YETKAZMOQCHIMIZ!
🥇 Bugun o‘quv markazimizda o‘tkazilgan 100 ta noto‘g‘ri fe’l (Irregular Verbs), ya’ni 100 ta inglizcha fe’lning 3 xil shakli va ularning o‘zbekcha tarjimalari bo‘yicha imtihonda ajoyib natija qayd etildi!
🏆 2-MAKTABNING 4-SINF O‘QUVCHISI — G‘AFFUROVA MEXRIMA o‘z guruhida ilk bor ushbu imtihondan 100 DAN 100 BALL to‘plagan YAGONA O‘QUVCHIMIZ bo‘ldi! 💯🔥👏
Bu shunchaki 100 ball emas! Bu — tinimsiz mehnat, kuchli intizom, sabr-toqat, mas’uliyat va bilim olishga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqning yorqin natijasidir!❤️
🌷 Mexrima — nafaqat bilimli, balki nihoyatda odobli, aqlli, tartibli, har bir vazifani o‘z vaqtida va to‘liq bajaradigan, ustozining ishonchini oqlab kelayotgan namunali shogirdlarimizdan biri!
❤️ ALOHIDA TASHAKKUR — MEXRIMANING AZIZ OTA-ONASIGA!
Farzandining ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmay, uning har bir yutug‘i ortida turib, doimo qo‘llab-quvvatlab, bilim olishi uchun sharoit yaratib kelayotgan hurmatli ota-onasiga chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz! 🌹
Zero, farzandning yutug‘i — ustozning quvonchi, ota-onaning faxri va oilaning eng katta boyligidir!
👏 Aziz ota-onalar! Bugungi natija yana bir bor shuni isbotladiki, ota-ona nazorati, ustoz mehnati va o‘quvchining intilishi birlashgan joyda, albatta, yuksak natija bo‘ladi!
Xudo xohlasa, ertaga ushbu ajoyib natijasi uchun Mexrimaga EDUPOINT tomonidan MAXSUS SOVG‘AMIZNI topshiramiz! 🎊
💐 Aziz shogirdimiz Mexrima! Sening bugungi yutug‘ing biz uchun katta faxr! Kelajakda bundan-da ulkan marralarni zabt etishingga ishonamiz!
✨ BUGUNGI 100 BALL — ERTANGI KATTA G‘ALABALARNING BOSHLANISHI BO‘LSIN!
‼️Boshqa shogirdlardan ham tezroq 100 foiz natijani kutib qolamiz....
🏆 EDUPOINT — BILIM, INTIZOM VA YUKSAK NATIJALAR MASKANI!💙
@GazganUpdates
04 лист, 09:00
+3
Baxtli Bolalik ❤️
Mani Harvard Guruhim. Bo'lajak vazirlar, bo'lajak biznesmen hamda bizneslediylar
Juma kuni unutilmas kun bo'ldi. Hamma darsda juda aktiv hamda shiddatli bo'ldi. Darsda shunaqangi yoshlar bilan ishlayotganimdan yana bir bor faxrlandim desam mubolag'a bo'lmaydi. Prezident maktablariga tayyorlov guruhlarimdan biri.
Tinimsiz Mehnatlar qachondir albatta o'z mevasini beradi✅Allohim harakatini boshlaganga, ajoyib Barokatlarini ham beradi faqat SABR...🫶 Hamma zo'r hamda aktiv qatnashganligi uchun hozirda trend bo'lgan breloglardan bolalarga Sovg'a sifatida berildi. Hali bu hech narsa emas yaqin orada juda katta partiyada sovg'alar keladi💣 Teacher: Istamov M. Bizning kanal: @gazganupdates Bizning homiy: @SmartBoxarzonkanselyariya
09 жовт, 21:52
Yana bir ajoyib xat
Bu xatni o'quvchimni o'zi yozgan 4-sinf 🔥
01 жовт, 05:18
Assalomu Aleykum
QIYOMATLI Shogirdlar hamda Qiyomatli Yaqinlarim bitta ajoyib iltimos bor edi. Bu albatta hammamiz uchun yaxshilikka.
Tepadagi Quizdan G'ozg'on ga ovoz bering ko'proq ovoz yig'aylik.Birlashib hammamiz birdam bo'lib ovoz bersak, oliy o'rinni olamiz bu hammamiz uchun katta yutuq degani.
Ketsa 1 minut vaqtingiz ketadi 3-4 amal kifoya qiladi ovoz berish uchun. Barbir ham shu 1 minutni keraksiz narsaga ajratishingiz mumkin. Ovoz berganlardan Alloh rozi bo'lsin.
Ma'lumot uchun: O'ta ovoz berishga qiynaladiganlar bo'lsa, albatta bunga ham yechim bor 👇
Ovoz berganlarga ‼️Edu Point o'quv markazidan ham Smart box 🎁 do'konidan 30% chegirma qilamiz.
Birlashib 1-o'rinni olaylik.Bir-Birmizni "Paddejka" qilish vaqti keldi manimcha 🔥
28 вер, 22:06
🏆 НАВОИЙ ВИЛОЯТИДА ТИББИЁТ БИРЛАШМАЛАРИ БОШ ҲАМШИРАЛАРИ ФАОЛИЯТИ БАҲОЛАНАДИ
Навоий вилоятида тиббиёт бирлашмалари бош ҳамшираларининг фаолиятини жамоатчилик томонидан баҳолаш мақсадида онлайн сўровнома ташкил этилмоқда.
Сўровнома давомида бош ҳамшираларнинг жамоани бошқаришдаги фаоллиги, ҳамширалик хизматини самарали ташкил этиши, тиббий хизмат сифатини оширишга қўшаётган ҳиссаси, ходимлар билан ишлаш самарадорлиги ҳамда ташаббускорлиги эътиборга олинади.
📊 Сўровнома якунига кўра энг юқори натижа қайд этган дастлабки 3 нафар бош ҳамшира аниқланиб, Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан муносиб рағбатлантирилади.
🤝 Сизнинг овозингиз — тиббиёт соҳасида фидокорона меҳнат қилаётган бош ҳамширалар фаолиятига берилган муносиб баҳодир!
📌 Танловда фаол иштирок этинг ва энг муносиб бош ҳамширани қўллаб-қувватланг!
Овоз беришнинг сўнгги муддати 5 октябр соат 22.00!
28 вер, 22:06
