uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 52 287 підписників, посідаючи 2 541 місце в категорії Технології та додатки та 1 408 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 52 287 підписників.

За останніми даними від 30 червня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -3 101, а за останні 24 години на -252, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 25.32%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.09% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 273 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 480 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 128.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 01 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

52 287
Підписники
-25224 години
-1 8537 днів
-3 10130 день
Архів дописів
+3
🏍️ Endi hatto mopedlar ham o’zlari yurishlari mumkin. Ma’lum bo’lishicha, eng yaxshi Ninebot elektr skuterlari panoramali kameralar va o’rnatilgan giroskoplar tufayli avtomatik parkovka funksiyasiga ega: bu funksiyadan foydalanib, ba'zilar skuterlardan og’ir narsalarni tashishda foydalanishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Buyuk Britaniyada jinoyatlarni sodir bo’lishidan oldin bashorat qila oladigan sun'iy intellekt ishga tushiriladi — xuddi fi
⚡️Buyuk Britaniyada jinoyatlarni sodir bo’lishidan oldin bashorat qila oladigan sun'iy intellekt ishga tushiriladi — xuddi filmlardagi kabi. Texnologiya politsiya va ijtimoiy xizmatlar ma'lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi: u sudlanganlik holatlari, «xulq-atvor namunalari», huquqbuzarliklar tarixi va boshqa ma’lumotlarni tahlil qiladi, buning asosida neyron tarmoq eng ko’p jinoyatlar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan joylarni aniqlab chiqadi va u yerga ko’proq patrul xodimlarini oldindan jo’natadi. Birinchi prototip 2026-yil apreliga qadar tayyor bo’lishi kutilmoqda, butun mamlakat bo’ylab esa 2030-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

📲 iOS 26 ning beta-versiyasi hajmi 50 Gb'ni tashkil etdi, ya’ni agar sizda 128 GB hajmli iPhone bo’lsa, u xotiraning yarmini
+1
📲 iOS 26 ning beta-versiyasi hajmi 50 Gb'ni tashkil etdi, ya’ni agar sizda 128 GB hajmli iPhone bo’lsa, u xotiraning yarmini egallaydi. Apple shunday yo’l bilan yaxshiroq iPhone sotib olishga undamoqchi shekilli :) 📟 DigiTech

⚡️Google oʻzining sunʼiy intellektlari ishlaydigan ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun atom elektr stansiyasini qu
⚡️Google oʻzining sunʼiy intellektlari ishlaydigan ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun atom elektr stansiyasini qurmoqda. Loyiha Kairos Power startapi bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda: 50 megavatt quvvatga ega reaktor Tennessi shtatida (AQSh) joylashadi va 2030-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shundan so’ng 2035-yilga borib uning quvvatini 10 barobarga oshirishadi. Shuningdek, Mircrosoft ham o’zining atom elektr stansiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda: u 2028-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Neyrobiologlar TikTok va Reels'larni tomosha qilish miya uchun alkogolga qaraganda besh baravar xavfliroq ekanligini aniqla
⚡️Neyrobiologlar TikTok va Reels'larni tomosha qilish miya uchun alkogolga qaraganda besh baravar xavfliroq ekanligini aniqlashdi. Miya dofamin chiqarishning ushbu oson usuliga o’rganib qoladi va tez qaramlik hosil qiladi — bu qaramlik spirtli ichimliklardan ancha kuchli. Doimiy lentani aylantirish miyamizning prefrontal bo’lagini zo’riqishiga sabab bo’ladi, ya’ni u dam olmaydi. Natijada, biz o’qish, darslar yoki ishlashdan zavqlanishni to’xtatamiz, sabrni talab qiladigan ishlarda esa jahldor bo’lib qolamiz. 📟 DigiTech

⚡️GPT-5 tarixdagi eng yaxshi SI xakerga aylandi. Model xavfsizlik sinovlari uchun mo’ljallangan XBOW agentiga qo’shildi va sh
+2
⚡️GPT-5 tarixdagi eng yaxshi SI xakerga aylandi. Model xavfsizlik sinovlari uchun mo’ljallangan XBOW agentiga qo’shildi va shundan so’ng u uch baravar tezroq buzishni boshladi.
— GPT-5 bitta so’rovdan zaifliklarni 70 foizini topadi. Ilgari neyron tarmoqlar bir so’rovdan maksimal faqat 23% ni aniqlay olishgan; — HackerOne platformasida model oldingi SI'lar sarflagan vaqtda ulardan deyarli ikki baravar ko’p nishonlarni buzib kirdi; — GPT-5 deyarli «aniqlab bo'lmaydigan» zaifliklarni qidirishga qodir; — Model hatto murakkab hujumlar, shu jumladan fayl tizimlarini buzish bilan ham kurashadi.
Asosiysi, sun’iy intellekt buni bizga qarshi ishlatishni boshlamasa bo’ldi :( 📟 DigiTech

📚 Har qanday sohani o’rganish uchun bepul onlayn kurslar yig’ilgan sayt chiqdi — CourseCorrect'da deyarli barcha yo’nalishla
📚 Har qanday sohani o’rganish uchun bepul onlayn kurslar yig’ilgan sayt chiqdi — CourseCorrect'da deyarli barcha yo’nalishlar bo’yicha 150 mingdan ortiq kurslar to’plangan: dasturlashdan tortib pazandalikgacha. Neyrotarmoqning o’zi har bir kursning reytingini tahlil qiladi va eng mos variantlarni tanlab beradi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
👮‍♂️ Janubiy Koreyada jinoyatni kamaytirish uchun bog’ga politsiya xodimining gologrammasi o’rnatildi va bu foyda berdi, jinoyatlar soni haqiqatan ham kamaydi. Potensial jinoyatchilar bu shunchaki virtual qo’riqchi ekanligini ko’rsalar ham, uning nazorati ostida qonunni buzishni xohlamaydilar. 📟 DigiTech

🧠 Stenford olimlari tom ma’noda fikrlarni o’qiy oladigan miya implantini ishlab chiqishdi: u miyada aytilgan so’zlarni aniql
🧠 Stenford olimlari tom ma’noda fikrlarni o’qiy oladigan miya implantini ishlab chiqishdi: u miyada aytilgan so’zlarni aniqlaydi va ularga ovoz beradi. Texnologiya og’ir falaj bo’lgan, lablari va ovoz paylarini harakatga keltira olmaydigan odamlar uchun yaratilgan. Chip nutq bilan bog’liq neyroaktivlikni 74% aniqlik bilan dekodlaydi, maxfiylik uchun esa uni maxsus parolni aqliy ravishda takrorlagandan so’ng ishga tushirishga sozlash mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Volkswagen kompaniyasi ID.3 elektromobilida ot kuchiga obunani joriy qildi. Oyiga 16,5 funt sterling evaziga ular qulflang
🚘 Volkswagen kompaniyasi ID.3 elektromobilida ot kuchiga obunani joriy qildi. Oyiga 16,5 funt sterling evaziga ular qulflangan qo’shimcha 27 ot kuchini ochishni taklif qilishmoqda: avtomobil jami 228 ot kuchiga ega, lekin dastlab faqat 201 ta ishlaydi. Bir martalik to’lov qilib qulfni butunlayga ochish imkoniyati ham mavjud, narxi — 880 dollar. Hozircha obuna faqat Buyuk Britaniyada joriy qilingan, ammo kelajakda boshqa mamlakatlar uchun ham qo’shilishi mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Lamborghini eksklyuziv gibrid sport avtomobili — Fenomeno'ni chiqardi. Endi u Lamborghini'ning eng tezkor avtomobilidir. U
+3
🚘 Lamborghini eksklyuziv gibrid sport avtomobili — Fenomeno'ni chiqardi. Endi u Lamborghini'ning eng tezkor avtomobilidir. Unga elektr motor bilan birga ishlaydigan V12 dvigateli o’rnatilgan bo’lib, birgalikda ular 1065 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi 350 km/soat, 0/100 km/soatgacha esa 2,4 soniyada tezlashadi. Avtomobil atigi 29 nusxada chiqariladi. Taxminiy narxi 3,5 million dollar. 📟 DigiTech

👨‍💻 Hozirda Elevenlabs, HeyGen, Notion, Vercel va boshqa mashhur sun'iy intellekt xizmatlari bepul promokodlarni berishmoqd
👨‍💻 Hozirda Elevenlabs, HeyGen, Notion, Vercel va boshqa mashhur sun'iy intellekt xizmatlari bepul promokodlarni berishmoqda — ular orqali obuna yoki chegirmalarni aktivlashtirish mumkin. Faollashtirish uchun qo’llanma: imail.edu.vn domenida talabalar pochtasini yarating > havolaga kiring va yangi ochgan elektron pochta manzilingizni kiriting > hisobni tasdiqlang va foydalanishni boshlashingiz mumkin. 📟 DigiTech

+3
🤖 Pekinda «Robotlar uchun Olimpiyada o’yinlari» boshlandi, unda yuzlab gumanoidlar o’nlab sport (va boshqa) yo’nalishlar bo’yicha bellashadilar. Dasturda yengil atletika, futbol, boks, shuningdek, modalar namoyishi, omborxonalar va fabrikalarda tozalash ishlarni taqlid qilish mavjud. Olimpiyada 17 avgustga qadar davom etadi: unda 16 davlatdan 500 ga yaqin robotlar ishtirok etishadi. 📟 DigiTech

🏍️ Honda hech qachon yiqilmaydigan mototsikllar chiqarishni rejalashtirmoqda. Mototsikllar giroskoplar yordamida va aqlli orqa g’ildiraklarni boshqarish tizimi tufayli oyoq tayanchisiz turib, istalgan tezlikda mustaqil ravishda muvozanatni saqlay oladi. Ular texnologiya ustida 2017-yildan beri ishlashmoqda, lekin hozircha texnologiya ommaviy ishlab chiqarish uchun juda qimmat. 📟 DigiTech

⚡️Google Translate'ga til o’rganish funksiyasi, SI murabbiy qo’shiladi va o‘z mahoratingizni dialog formatida mashq qilishing
+4
⚡️Google Translate'ga til o’rganish funksiyasi, SI murabbiy qo’shiladi va o‘z mahoratingizni dialog formatida mashq qilishingiz mumkin bo’ladi. Unda sizning bilim darajangizga moslashtirilgan darslar va talaffuz mashqlari bo’ladi. Hozircha ximat beta-versiyasida ishlamoqda va yaqinda barcha uchun chiqarilishi rejalashtirilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Telegram bugun 12 yoshda! Shu vaqt ichida Telegram suratda ko’rib turganingizdan dunyoning eng yirik messenjerlaridan birig
⚡️Telegram bugun 12 yoshda! Shu vaqt ichida Telegram suratda ko’rib turganingizdan dunyoning eng yirik messenjerlaridan biriga aylandi, ilovada hozirda, kanallar, NFT sovg’alari, stories'lar va barchaga qulaylik yaratadigan boshqa ko‘plab funksiyalar mavjud. Telegram jamoasini tabriklaymiz. 📟 DigiTech

🚘 Yangi jahon rekordi: Koenigsegg Jesko Absolut giperkari Bugatti Chiron'dan deyarli ikki baravarga o’zib ketdi. Avtomobil 1
+2
🚘 Yangi jahon rekordi: Koenigsegg Jesko Absolut giperkari Bugatti Chiron'dan deyarli ikki baravarga o’zib ketdi. Avtomobil 16,77 soniyada 0 dan 400 km/soatgacha tezlashdi. Buni amalga oshirish uchun Bugatti Chiron'ga 32 soniya kerak bo’lgandi. Jesko Absolut hatto elektromobillar orasida rekordchi Rimac Nevera R'dan ham tezroq bo’lib chiqdi. 📟 DigiTech

☀️ Buyuk Britaniya rasmiylari kuchli qurg’oqchilik fonida suvni tejash uchun odamlarni eski elektron pochta xabarlari va foto
☀️ Buyuk Britaniya rasmiylari kuchli qurg’oqchilik fonida suvni tejash uchun odamlarni eski elektron pochta xabarlari va fotosuratlarni o’chirishga chaqirdi. Tashabbus mualliflarining fikriga ko’ra bu, ma’lumotlar markazlarini sovutish uchun kamroq suyuqlik sarflashga imkon beradi, ammo tavsiya ijtimoiy tarmoqlarda ma’qullanmadi, chunki rasmiylar serverlar boshqa mamlakatlarda joylashgan bo’lishi mumkinligini hisobga olishmagan va ma’lumotlarni saqlash uchun sarflanadigan resurslar xarajatlari ularni o’chirishdan bir necha baravar kamroq. Yog’ingarchiliklarning kamligi tufayli Buyuk Britaniya hozirda 1976-yildan beri eng yomon qurg’oqchilikni boshdan kechirmoqda — muammo «milliy favqulodda holat» deb e’lon qilingan. 📟 DigiTech

Ucell raqamli kelajak tarafdori Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlar
+2
Ucell raqamli kelajak tarafdori Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida “Cyber Summer Camp – 2025” yozgi ta’lim oromgohi o‘tkazildi. Oromgohning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari pedagoglari va o‘quvchilarining ilg‘or tajriba almashishi, murabbiylikni rivojlantirishi va texnologik salohiyatini oshirishi. Ikki haftalik qizg‘in dasturning birinchi qismida loyihaning 120 nafar murabbiysi raqamli pedagogika, IT yo‘nalishlari va ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi. Kiberxavfsizlik, DevOps, back-end va front-end dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, IT mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha bilimlar bilan 11 nafar murabbiy o‘rtoqlashdi. Lager doirasida xakaton o‘tkazilib, unda ishtirokchilar yangi bilimlarni amalda qo‘lladilar. Oromgohning ikkinchi bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida yuqori natija ko‘rsatgan 53 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Dastur mashg‘ulotlar, ijodiy va rolli o‘yinlar, jamoaviy loyiha ishi va “Ideathon”: g‘oyalar tanlovini o‘z ichiga oldi. AQShlik ma’ruzachilar ishtirokidagi interaktiv sessiyalar esa bolalarni ilhomlantirib, kasbiy dunyoqarashini kengaytirdi. Ucell mamlakatning raqamli kelajagini qurayotganlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Reklama

🎮 Bloger Basically Homeless o’zining qo’liga elektrodlar o’rnatib aimbotga aylantirdi, endi u avtomatik ravishda Counter-Strike o’yinida raqiblarni nishonga olmoqda. Tizim ekranda nima sodir bo’layotganini tahlil qiladi va nishon paydo bo’lganida, qo’l kerakli nuqtaga harakat qilishi uchun ma’lum mushak guruhlariga elektr zaryadlari yuboriladi. Natijada, reaksiya vaqti 93 ms gacha qisqardi, bu ko’plab pro-o’yinchilardan ham yaxshiroq ko’rsatgich. 📟 DigiTech