AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 287 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 541,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 408 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 287 名订阅者。
根据 30 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 101,过去 24 小时变化为 -252,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.32%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.09% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 273 次浏览,首日通常累积 9 480 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 128。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 01 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 287
订阅者
-25224 小时
-1 8537 天
-3 10130 天
帖子存档
52 207
🏍️ Endi hatto mopedlar ham o’zlari yurishlari mumkin.
Ma’lum bo’lishicha, eng yaxshi Ninebot elektr skuterlari panoramali kameralar va o’rnatilgan giroskoplar tufayli avtomatik parkovka funksiyasiga ega: bu funksiyadan foydalanib, ba'zilar skuterlardan og’ir narsalarni tashishda foydalanishmoqda.
📟 DigiTech
52 207
⚡️Buyuk Britaniyada jinoyatlarni sodir bo’lishidan oldin bashorat qila oladigan sun'iy intellekt ishga tushiriladi — xuddi filmlardagi kabi.
Texnologiya politsiya va ijtimoiy xizmatlar ma'lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi: u sudlanganlik holatlari, «xulq-atvor namunalari», huquqbuzarliklar tarixi va boshqa ma’lumotlarni tahlil qiladi, buning asosida neyron tarmoq eng ko’p jinoyatlar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan joylarni aniqlab chiqadi va u yerga ko’proq patrul xodimlarini oldindan jo’natadi.
Birinchi prototip 2026-yil apreliga qadar tayyor bo’lishi kutilmoqda, butun mamlakat bo’ylab esa 2030-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
52 207
+1
📲 iOS 26 ning beta-versiyasi hajmi 50 Gb'ni tashkil etdi, ya’ni agar sizda 128 GB hajmli iPhone bo’lsa, u xotiraning yarmini egallaydi.
Apple shunday yo’l bilan yaxshiroq iPhone sotib olishga undamoqchi shekilli :)
📟 DigiTech
52 207
⚡️Google oʻzining sunʼiy intellektlari ishlaydigan ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun atom elektr stansiyasini qurmoqda.
Loyiha Kairos Power startapi bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda: 50 megavatt quvvatga ega reaktor Tennessi shtatida (AQSh) joylashadi va 2030-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shundan so’ng 2035-yilga borib uning quvvatini 10 barobarga oshirishadi.
Shuningdek, Mircrosoft ham o’zining atom elektr stansiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda: u 2028-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
52 207
⚡️Neyrobiologlar TikTok va Reels'larni tomosha qilish miya uchun alkogolga qaraganda besh baravar xavfliroq ekanligini aniqlashdi.
Miya dofamin chiqarishning ushbu oson usuliga o’rganib qoladi va tez qaramlik hosil qiladi — bu qaramlik spirtli ichimliklardan ancha kuchli.
Doimiy lentani aylantirish miyamizning prefrontal bo’lagini zo’riqishiga sabab bo’ladi, ya’ni u dam olmaydi. Natijada, biz o’qish, darslar yoki ishlashdan zavqlanishni to’xtatamiz, sabrni talab qiladigan ishlarda esa jahldor bo’lib qolamiz.
📟 DigiTech
52 207
+2
⚡️GPT-5 tarixdagi eng yaxshi SI xakerga aylandi. Model xavfsizlik sinovlari uchun mo’ljallangan XBOW agentiga qo’shildi va shundan so’ng u uch baravar tezroq buzishni boshladi.
— GPT-5 bitta so’rovdan zaifliklarni 70 foizini topadi. Ilgari neyron tarmoqlar bir so’rovdan maksimal faqat 23% ni aniqlay olishgan; — HackerOne platformasida model oldingi SI'lar sarflagan vaqtda ulardan deyarli ikki baravar ko’p nishonlarni buzib kirdi; — GPT-5 deyarli «aniqlab bo'lmaydigan» zaifliklarni qidirishga qodir; — Model hatto murakkab hujumlar, shu jumladan fayl tizimlarini buzish bilan ham kurashadi.Asosiysi, sun’iy intellekt buni bizga qarshi ishlatishni boshlamasa bo’ldi :( 📟 DigiTech
52 207
📚 Har qanday sohani o’rganish uchun bepul onlayn kurslar yig’ilgan sayt chiqdi — CourseCorrect'da deyarli barcha yo’nalishlar bo’yicha 150 mingdan ortiq kurslar to’plangan: dasturlashdan tortib pazandalikgacha.
Neyrotarmoqning o’zi har bir kursning reytingini tahlil qiladi va eng mos variantlarni tanlab beradi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
52 207
👮♂️ Janubiy Koreyada jinoyatni kamaytirish uchun bog’ga politsiya xodimining gologrammasi o’rnatildi va bu foyda berdi, jinoyatlar soni haqiqatan ham kamaydi.
Potensial jinoyatchilar bu shunchaki virtual qo’riqchi ekanligini ko’rsalar ham, uning nazorati ostida qonunni buzishni xohlamaydilar.
📟 DigiTech
52 207
🧠 Stenford olimlari tom ma’noda fikrlarni o’qiy oladigan miya implantini ishlab chiqishdi: u miyada aytilgan so’zlarni aniqlaydi va ularga ovoz beradi.
Texnologiya og’ir falaj bo’lgan, lablari va ovoz paylarini harakatga keltira olmaydigan odamlar uchun yaratilgan.
Chip nutq bilan bog’liq neyroaktivlikni 74% aniqlik bilan dekodlaydi, maxfiylik uchun esa uni maxsus parolni aqliy ravishda takrorlagandan so’ng ishga tushirishga sozlash mumkin.
📟 DigiTech
52 207
🚘 Volkswagen kompaniyasi ID.3 elektromobilida ot kuchiga obunani joriy qildi.
Oyiga 16,5 funt sterling evaziga ular qulflangan qo’shimcha 27 ot kuchini ochishni taklif qilishmoqda: avtomobil jami 228 ot kuchiga ega, lekin dastlab faqat 201 ta ishlaydi. Bir martalik to’lov qilib qulfni butunlayga ochish imkoniyati ham mavjud, narxi — 880 dollar.
Hozircha obuna faqat Buyuk Britaniyada joriy qilingan, ammo kelajakda boshqa mamlakatlar uchun ham qo’shilishi mumkin.
📟 DigiTech
52 207
+3
🚘 Lamborghini eksklyuziv gibrid sport avtomobili — Fenomeno'ni chiqardi. Endi u Lamborghini'ning eng tezkor avtomobilidir.
Unga elektr motor bilan birga ishlaydigan V12 dvigateli o’rnatilgan bo’lib, birgalikda ular 1065 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi 350 km/soat, 0/100 km/soatgacha esa 2,4 soniyada tezlashadi.
Avtomobil atigi 29 nusxada chiqariladi. Taxminiy narxi 3,5 million dollar.
📟 DigiTech
52 207
👨💻 Hozirda Elevenlabs, HeyGen, Notion, Vercel va boshqa mashhur sun'iy intellekt xizmatlari bepul promokodlarni berishmoqda — ular orqali obuna yoki chegirmalarni aktivlashtirish mumkin.
Faollashtirish uchun qo’llanma:
imail.edu.vn domenida talabalar pochtasini yarating > havolaga kiring va yangi ochgan elektron pochta manzilingizni kiriting > hisobni tasdiqlang va foydalanishni boshlashingiz mumkin.
📟 DigiTech52 207
🤖 Pekinda «Robotlar uchun Olimpiyada o’yinlari» boshlandi, unda yuzlab gumanoidlar o’nlab sport (va boshqa) yo’nalishlar bo’yicha bellashadilar.
Dasturda yengil atletika, futbol, boks, shuningdek, modalar namoyishi, omborxonalar va fabrikalarda tozalash ishlarni taqlid qilish mavjud.
Olimpiyada 17 avgustga qadar davom etadi: unda 16 davlatdan 500 ga yaqin robotlar ishtirok etishadi.
📟 DigiTech
52 207
🏍️ Honda hech qachon yiqilmaydigan mototsikllar chiqarishni rejalashtirmoqda.
Mototsikllar giroskoplar yordamida va aqlli orqa g’ildiraklarni boshqarish tizimi tufayli oyoq tayanchisiz turib, istalgan tezlikda mustaqil ravishda muvozanatni saqlay oladi.
Ular texnologiya ustida 2017-yildan beri ishlashmoqda, lekin hozircha texnologiya ommaviy ishlab chiqarish uchun juda qimmat.
📟 DigiTech
52 207
+4
⚡️Google Translate'ga til o’rganish funksiyasi, SI murabbiy qo’shiladi va o‘z mahoratingizni dialog formatida mashq qilishingiz mumkin bo’ladi.
Unda sizning bilim darajangizga moslashtirilgan darslar va talaffuz mashqlari bo’ladi.
Hozircha ximat beta-versiyasida ishlamoqda va yaqinda barcha uchun chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
📟 DigiTech
52 207
⚡️Telegram bugun 12 yoshda!
Shu vaqt ichida Telegram suratda ko’rib turganingizdan dunyoning eng yirik messenjerlaridan biriga aylandi, ilovada hozirda, kanallar, NFT sovg’alari, stories'lar va barchaga qulaylik yaratadigan boshqa ko‘plab funksiyalar mavjud.
Telegram jamoasini tabriklaymiz.
📟 DigiTech
52 207
+2
🚘 Yangi jahon rekordi: Koenigsegg Jesko Absolut giperkari Bugatti Chiron'dan deyarli ikki baravarga o’zib ketdi.
Avtomobil 16,77 soniyada 0 dan 400 km/soatgacha tezlashdi. Buni amalga oshirish uchun Bugatti Chiron'ga 32 soniya kerak bo’lgandi.
Jesko Absolut hatto elektromobillar orasida rekordchi Rimac Nevera R'dan ham tezroq bo’lib chiqdi.
📟 DigiTech
52 207
☀️ Buyuk Britaniya rasmiylari kuchli qurg’oqchilik fonida suvni tejash uchun odamlarni eski elektron pochta xabarlari va fotosuratlarni o’chirishga chaqirdi.
Tashabbus mualliflarining fikriga ko’ra bu, ma’lumotlar markazlarini sovutish uchun kamroq suyuqlik sarflashga imkon beradi, ammo tavsiya ijtimoiy tarmoqlarda ma’qullanmadi, chunki rasmiylar serverlar boshqa mamlakatlarda joylashgan bo’lishi mumkinligini hisobga olishmagan va ma’lumotlarni saqlash uchun sarflanadigan resurslar xarajatlari ularni o’chirishdan bir necha baravar kamroq.
Yog’ingarchiliklarning kamligi tufayli Buyuk Britaniya hozirda 1976-yildan beri eng yomon qurg’oqchilikni boshdan kechirmoqda — muammo «milliy favqulodda holat» deb e’lon qilingan.
📟 DigiTech
52 207
+2
Ucell raqamli kelajak tarafdori
Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida “Cyber Summer Camp – 2025” yozgi ta’lim oromgohi o‘tkazildi. Oromgohning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari pedagoglari va o‘quvchilarining ilg‘or tajriba almashishi, murabbiylikni rivojlantirishi va texnologik salohiyatini oshirishi.
Ikki haftalik qizg‘in dasturning birinchi qismida loyihaning 120 nafar murabbiysi raqamli pedagogika, IT yo‘nalishlari va ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi. Kiberxavfsizlik, DevOps, back-end va front-end dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, IT mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha bilimlar bilan 11 nafar murabbiy o‘rtoqlashdi. Lager doirasida xakaton o‘tkazilib, unda ishtirokchilar yangi bilimlarni amalda qo‘lladilar.
Oromgohning ikkinchi bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida yuqori natija ko‘rsatgan 53 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Dastur mashg‘ulotlar, ijodiy va rolli o‘yinlar, jamoaviy loyiha ishi va “Ideathon”: g‘oyalar tanlovini o‘z ichiga oldi. AQShlik ma’ruzachilar ishtirokidagi interaktiv sessiyalar esa bolalarni ilhomlantirib, kasbiy dunyoqarashini kengaytirdi.
Ucell mamlakatning raqamli kelajagini qurayotganlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Reklama
52 207
🎮 Bloger Basically Homeless o’zining qo’liga elektrodlar o’rnatib aimbotga aylantirdi, endi u avtomatik ravishda Counter-Strike o’yinida raqiblarni nishonga olmoqda.
Tizim ekranda nima sodir bo’layotganini tahlil qiladi va nishon paydo bo’lganida, qo’l kerakli nuqtaga harakat qilishi uchun ma’lum mushak guruhlariga elektr zaryadlari yuboriladi.
Natijada, reaksiya vaqti 93 ms gacha qisqardi, bu ko’plab pro-o’yinchilardan ham yaxshiroq ko’rsatgich.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
