uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 51 019 підписників, посідаючи 2 599 місце в категорії Технології та додатки та 1 456 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 51 019 підписників.

За останніми даними від 06 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 599, а за останні 24 години на -207, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 24.95%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.67% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 12 766 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 556 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 117.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 07 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

51 019
Підписники
-20724 години
-1 4957 днів
-2 59930 день
Архів дописів
⌚️Bir yigit Apple Watch soatini okeanda yo’qotganidan bir yil o’tib qaytarib oldi. Jared Brik muntazam ravishda dayving bilan
⌚️Bir yigit Apple Watch soatini okeanda yo’qotganidan bir yil o’tib qaytarib oldi. Jared Brik muntazam ravishda dayving bilan shug’ullangan va shong’ish vaqtida soatini tushirib qo’ygan. Jared «Apple Find My» funksiyasini yoqib, qurilmani yo’qolgan deb belgilagan. Oradan bir yil o’tib, boshqa bir g’avvos tasodifan soatni topib oldi va ekranda darhol egasi bilan bog’lanish uchun telefon raqami paydo bo’ldi, soat hali ham ishlayotgan edi. Yigit Jaredga xat yozib, qurilmani yubordi. Apple Watch'ning bundan yaxshiroq reklamasi bo’lmasa kerak :) 📟 DigiTech

⚡️Saudiya Arabistonida 2025-yilda birinchi kibersport Olimpiadasi bo’lib o’tadi. Hozircha aynan qayerda va qaysi o’yinlar bo’
+1
⚡️Saudiya Arabistonida 2025-yilda birinchi kibersport Olimpiadasi bo’lib o’tadi. Hozircha aynan qayerda va qaysi o’yinlar bo’yicha bo’lishi noma’lum, ammo musobaqalarni muntazam o’tkazish uchun mamlakat bilan 12 yilga shartnoma imzolashgan. 📟 DigiTech

⚡️Xiaomi Pekinda aqlli zavodni ishga tushirdi: u 24/7 umuman odamlarsiz ishlaydi va har soniyada bitta smartfon chiqaradi. Sun’iy intellektli robotlar barcha jarayonlarni boshqarishadi, hamma narsa robotlashtirilgan. Ushbu zavod qurilishiga 330 million dollar sarflangan. 📟 DigiTech

🎥 Sun’iy intellektlar qanday qilib marketologlar hayotini osonlashtirayotganiga ajoyib misol. Ushbu Volvo reklamasi to’liq yangi Runway Gen-3 modeli tomonidan matnli so’rov asosida yaratilgan. Montajda faqat avtomobil raqamlarini qo’shib, logotip chizishgan va bir nechta keraksiz narsalar olib tashlangan. Butun jarayon bir kundan kamroq vaqtni olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Gen-3 obunasi qimmatligi haqida shikoyat qilishmoqda, ammo bu professional reklama suratga oluvchi jamoaga to’lanadigan to’lovdan ko’ra ancha arzonroq va osonroq ekanligi aniq. 📟 DigiTech

🏃Bir yigit tongdagi yugurish mashqlarini san’atga aylantirdi: u San-Fransisko ko’chalari bo'ylab o'z marshrutlarini shunday
+4
🏃Bir yigit tongdagi yugurish mashqlarini san’atga aylantirdi: u San-Fransisko ko’chalari bo'ylab o'z marshrutlarini shunday to’g’irlaydiki, natijada GPS trekerida rasm paydo bo’ladi. Uning bir yugurishda qancha masofa bosib o’tishi ham hayratlanarli. O’rgimchakni chizish uchun u 190 kilometr masofani bosib o’tgan, ya’ni 22 soat yugurgan. 📟 DigiTech

⚡️Yaponiyada koinotga olib chiquvchi lift qurilmoqda. 2012-yildan beri Obayashi Corporation kompaniyasi elektromagnit qurilmalarga asoslangan ko’tarish mexanizmiga ega minora loyihasini ishlab chiqmoqda. Kosmik liftni 2050-yilda ishga tushirishmoqchi. Taxminlarga ko’ra, shunday yo’l bilan yuklarni kosmosga yanada tezroq va samaraliroq olib chiqish mumkin bo’ladi. Hozir asosiy qiyinchilik — lift uchun mos material topishdir. Olimlar kamida 36 000 kilometr uzunlikdagi mutlaqo yangi, bardoshli materialni ishlab chiqishlari kerak bo’ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon bu qanday ko’rinishda bo’lishini taxmin qilishmoqda. Video bunga misol. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklar robotlarni sinovdan o’tkazish videolari montaj emasligini isbotlash uchun, ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilarga eng so’nggi modellardan birini tepib yiqitishga urinishga ruxsat berishdi. LimX roboti barchasiga chidadi va hatto bir marta ham yiqilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Terminator» syujetini eslanglar deb hazil qilishmoqda. Robot: qadrli kundaligim, bugun meni birnechta odamlar itdek tepishdi, men buni unutmayman… :) 📟 DigiTech

⚡️Sizib chiqqan parollarning eng katta bazasi ObamaCare xakerlar forumida topildi. Rockyou2024.txt deb nomlangan faylda eski
⚡️Sizib chiqqan parollarning eng katta bazasi ObamaCare xakerlar forumida topildi. Rockyou2024.txt deb nomlangan faylda eski va yangi ma’lumotlar to’plangan, ularning aksariyati yangi. Faylda 9,95 milliard noyob parollar mavjud. Cybernews ekspertlarining fikricha, hujumchilar ulardan yaqin kelajakda yirik kiberhujumlarni amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin. Eski parollarni tekshirib, ularni murakkabrog’iga o’zgartirishni maslahat beramiz. 📟 DigiTech

📷 Poyezd oynalaridagi chiroyli landshaftlarning fotosuratlari Hasselblad Masters 2024 tanlovida g’olib chiqdi. Ularni xitoyl
+5
📷 Poyezd oynalaridagi chiroyli landshaftlarning fotosuratlari Hasselblad Masters 2024 tanlovida g’olib chiqdi. Ularni xitoylik fotograf Veymin Chu Tibet bo’ylab sayohati vaqtida suratga olgan. Mukofot sifatida unga professional kamera va 5000 yevro berildi. Kim shunga o’xshash chiroyli fotosuratlar olgan bo’lsa, izohlarda bo’lishishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🛥️ Germaniyaning Meyer Werft kemasozlik zavodi uzunligi 324 metr bo’ladigan dunyodagi eng katta Ulyssia gigayaxtasini quradi
+3
🛥️ Germaniyaning Meyer Werft kemasozlik zavodi uzunligi 324 metr bo’ladigan dunyodagi eng katta Ulyssia gigayaxtasini quradi — uzunligi xuddi Eyfel minorasidek. U eng katta kruiz kemasi bo’lgan 365 metrlik «Dengiz timsoli» dan keyingi eng katta yo’lovchi tashuvchi kema bo’ladi. Bortida 50 yilga ijaraga beriladigan yuzlab hashamatli kvartiralar, vertolyot maydonchasi, kurort, restoranlar va basseynlar bo’ladi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, bu gigant 2028-yilda suvga tushiriladi. 📟 DigiTech

+1
Xitoycha-inglizcha Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tilida juda kulgili talaffuzga ega xitoylik ayolning modulli uylar haqidagi sharhlari aks etgan videolar millionlab ko’rilmoqda. Bu ovozni budilnikga qo’ysa ham bo’ladi 😁 📟 DigiTech

🔭 Grinvich rasadxonasi 2024-yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini e’lon qildi. Saralash ro’yxatga 11 mamlakatdan tasvirlar
+5
🔭 Grinvich rasadxonasi 2024-yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini e’lon qildi. Saralash ro’yxatga 11 mamlakatdan tasvirlar kiritilgan bo’lib, mutlaq g’olib sentyabr oyida aniqlanadi va 10 000 funt sterlingi bilan taqdirlanadi. Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, boshqa suratlarni tanlov veb-saytida ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️KreaAI neyrotarmog’i obyektlarni boshqa tasvirga ko’chirishni o’rgandi — ushbu funksiya qanday ishlashini videoda ko’rishingiz mumkin. Scene Transfer funksiyasi barcha narsa realistik ko’rinishda bo’lishi uchun hatto yorug’likni ham o’zgartiradi. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🧠 Xitoylik olimlar inson miyasi tomonidan boshqariladigan birinchi robot prototipini namoyish etishdi. Miya haqiqiy — u inso
🧠 Xitoylik olimlar inson miyasi tomonidan boshqariladigan birinchi robot prototipini namoyish etishdi. Miya haqiqiy — u inson ildiz hujayralaridan o’stirilgan. Robotning ko’zlari yo’q — u sensorlar yordamida ko’radi, signallar esa «miya» tomonidan qayta ishlanadi. Robot allaqachon to’siqlarni chetlab o’tish va narsalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishni biladi. 📟 DigiTech

+3
🎥 Video yaratish uchun mo’ljallangan GEN-3 neyron tarmog’i barcha uchun ochildi. Endi Sorani kutish shart emas. Videolar juda realistik bo’lib, sozlamalar va uslublarni boshqarish mumkin. Bitta yomon tarafi — model pullik, obuna 15 dollar turadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🏠 Orzudagi uyni loyihalashtirish uchun eng yaxshi sayt. Roomstyler'da katta katalogdan mebellar tanlash mumkin, interyerni sozlash funksiyasi va sayt dizaynerlarining tayyor dizaynlari va g’oyalari mavjud. Dizaynni tanlab bo’lganingizdan so’ng ularni 3D rejimda ko’rish mumkin. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Samsung dunyodagi eng aqlli kir yuvish mashinasini namoyish etdi: u orqali qo’ng’iroq qilish mumkin, o’rnatilgan sun’iy int
⚡️Samsung dunyodagi eng aqlli kir yuvish mashinasini namoyish etdi: u orqali qo’ng’iroq qilish mumkin, o’rnatilgan sun’iy intellekt esa o’zi narsalarning ifloslanish darajasini tushunib, yuvish rejimini tanlaydi. Unda bir vaqtning o’zida 25 kg gacha kir yuvish mumkin, shuningdek, quritish funksiyasi va ko’pik miqdorini avtomatik sozlash mavjud. Hozircha ushbu model faqat Janubiy Koreyada sotiladi, narxi — 2700 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Yaponiyada yuk mashinalarini Tokio va Osaka o’rtasida joylashadigan 500 kilometrlik konveyer bilan almashtirmoqchi. U har k
+1
⚡️Yaponiyada yuk mashinalarini Tokio va Osaka o’rtasida joylashadigan 500 kilometrlik konveyer bilan almashtirmoqchi. U har kuni 25 ming haydovchilar yetkazadigan yukdek yetkazib bera oladi, loyihaga tog’-kon sanoatida foydalaniladigan konveyerlar namuna sifatida olinadi. Loyiha qiymati 25 milliard dollarga baholanmoqda, qurilish esa 10 yil davom etadi. 📟 DigiTech

⚡️Germaniyada dunyodagi birinchi «quyosh yoqilg’isi» ishlab chiqaruvchi zavod ochildi. Ko’zgulardan tashkil topgan maydon iss
+3
⚡️Germaniyada dunyodagi birinchi «quyosh yoqilg’isi» ishlab chiqaruvchi zavod ochildi. Ko’zgulardan tashkil topgan maydon issiqlikni o’ziga singdiradi va uni termokimyoviy reaktorga jo’natadi, u yerda karbonat angidrid va suvdan sintetik yoqilg’i hosil bo’ladi, ularni kerosin, benzin va dizelga qayta ishlash mumkin. Hozirda zavod yiliga atigi 1000 tonna ishlab chiqarishga qodir, ammo 2033-yilga kelib ular turli mamlakatlarda butun tarmoqni qurib, ishlab chiqarishni 1 million tonnagacha oshirishmoqchi va qazib olinadigan yoqilg’iga qaramlikni kamaytirishmoqchi. 📟 DigiTech

🚀 Xitoyda SpaceX Falcon 9 ga raqobatchi sifatida yaratilayotgan Tianlong-3 ko’p marta ishlatiladigan raketasi portladi. Eng qizig’i shundaki, bu dvigatellarning yerdagi sinovlari edi va u umuman uchib ketmasligi kerak edi, lekin o’rnatmalar dvigatellarning kuchiga bardosh bera olmadi. Ushbu raketani ishlab chiqish uchun allaqachon 4 milliard yuandan (552 million dollar) ortiq mablag’ sarflangan va u sentyabr oyida birinchi parvozini amalga oshirishi kerak edi. 📟 DigiTech