uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 51 019 підписників, посідаючи 2 599 місце в категорії Технології та додатки та 1 456 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 51 019 підписників.

За останніми даними від 06 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 599, а за останні 24 години на -207, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 24.95%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.67% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 12 766 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 556 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 117.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 07 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

51 019
Підписники
-20724 години
-1 4957 днів
-2 59930 день
Архів дописів
⚡️Internetda Samsung'ning yangi qurilmalari fotosuratlari tarqaldi, ularni allaqachon Apple gadjetlarining nusxalari deb atas
+1
⚡️Internetda Samsung'ning yangi qurilmalari fotosuratlari tarqaldi, ularni allaqachon Apple gadjetlarining nusxalari deb atashmoqda. Masalan, Galaxy Buds 3 quloqchini AirPods 3 dan ilhomlanilgani aniq. Yangi Galaxy Watch Ultra Apple Watch Ultra bilan taqqoslanmoqda, garchi o’xshashliklar unchalik bo’lmasada. Lekin nom, rang va shakli o’xshaydi. Ushbu yangi qurilmalar 10-iyulda, Unpacked nomli navbatdagi Samsung taqdimotida namoyish etilishi mumkin. 📟 DigiTech

🧮 Turli xil kalkulyatorlar yig’ilgan sayt Omni Calculator sayti har bir vaziyat uchun 3,5 mingdan ortiq turli xil kalkulyatorlarni o’z ichiga oladi. Ushbu saytda oziq-ovqatlarning kaloriya tarkibini, o’qning tezligini, moliyaviy erkinlik qadar qancha yil ishlash kerakligi va boshqa ko’plab narsalarni bilib olishingiz mumkin — saytda deyarli hamma narsani osongina va bepul hisoblash mumkin. Sayt qanday hisoblashini, qanday formuladan foydalanishigacha ko’rsatib beradi va hatto qiziqarli faktlarni ham aytib beradi. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚆 Xitoyda uglerod tolasidan yasalgan dunyodagi birinchi yo’lovchi metro poyezdi ishga tushirildi. Shu sabab u odatdagidan 11
+2
🚆 Xitoyda uglerod tolasidan yasalgan dunyodagi birinchi yo’lovchi metro poyezdi ishga tushirildi. Shu sabab u odatdagidan 11% yengilroq va buning natijasida yo’llar ko’proq xizmat qiladi, shovqini ham kamroq, shuningdek, 7% kamroq energiya sarflaydi. Bundan tashqari, poyezd avtopilotga ega bo’lib, 140 km/soat tezlikda harakatlanadi — hozirgi metrolardan deyarli ikki barobar tezroq. 📟 DigiTech

🚀 NASA Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga 2030-yilda XKSni orbitadan chiqarib, Tinch okeaniga cho’ktiruvchi kosmik tirgakni
🚀 NASA Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga 2030-yilda XKSni orbitadan chiqarib, Tinch okeaniga cho’ktiruvchi kosmik tirgakni yaratishni topshirdi. Uni ishlab chiqishga 843 million dollar ajratildi, tirgak vazifasi XKS bilan tutashib, atmosferaga boshqariladigan kirishni ta’minlashdir. Aytgancha, SpaceX XKS'ni o’rnini bosishi kerak bo’lgan xususiy Starlab stansiyasining ishga tushirilishi uchun ham javobgar bo’ladi. 📟 DigiTech

FPS tushib ketishidan bezor boʻldingizmi? 🥇Unda siz uchun Tecno brendidan Tecno Pova 6 smartfoni ideal yechim boʻla oladi. Chunki mazkur smartfon nafaqat geymerlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan hamyonbop narxdagi gadjet, balki oʻyinlardan bahramand boʻlishingiz uchun quyidagi xususiyatlarga ilgʻor ega: — smartfon qotmasdan ishlashini taʼminlovchi 24GB (12GB+12GB) RAM; — yuqori tiniqlikdagi 108 MP orqa va 32 MP old kamera; — Ikki kunga yetuvchi 6000 mAh batareya; — katta tezligidagi 70W tezkor quvvatlash va noodatiy dizaynni oʻzida eng hamyonbop narxlarda mujassam etgan. 🤝 Pova 6 smartfonini ISHONCH, Idea, Goodzone, Elmakon, Техно-логика, T-store, Radius, Joybox, Diskont, Openshop, Uzum market, Telefonchi, Zoodmall yoki Malika savdo markazidagi ko‘plab do‘konlardan xarid qilsangiz bo‘ladi. Instagram | Telegram | Facebook Reklama

+1
⚡️Xitoyning Chjenchjou shahridan lavhalar, u yerdagi eski issiqlik elektr stansiyasi 20 soniya ichida boshqariladigan portlashlar orqali vayron qilindi. U SSSR mutaxassislari bilan birgalikda 1953-yilda qurilgan va 2019-yilda foydalanishdan chiqarilgan. Endi bo’shatilgan hududda yangi uylar va istirohat bog’i joylashadi, qolgan ikkita minora esa tarixiy yodgorlik sifatida saqlanib qolinadi. 📟 DigiTech

⚡️Sora'da birinchi rasmiy reklama generatsiya qilindi. Natijada bolakay, o’yinchoq jirafa va ular yaratgan sehrli dunyo haqida yoqimli video paydo bo’ldi. Reklama Amerikaning Toys «R» Us o’yinchoqlar do’konlari tarmog’i tomonidan buyurtma qilingan. Videodagi bola — kompaniyaning asoschisi Charlz Lazarus, jirafa esa — kompaniyaning ramzi bo’lgan Jeffri ismli o’yinchoqdir. 📟 DigiTech

⚡️Sun’iy intellekt olamidagi inqilob: neyron tarmoqlarni o’rgatish va ishlatish uchun Etched startapi yangi Sohu chipini namo
⚡️Sun’iy intellekt olamidagi inqilob: neyron tarmoqlarni o’rgatish va ishlatish uchun Etched startapi yangi Sohu chipini namoyish etdi. O'zingiz baho bering: Sohu raqobatchisi Nvidia H100 dan 20 baravar kuchliroq, shu bilan birga tezroq va arzonroq! GPT-4 modeli rasmni tushunishi uchun 8 mingta H100 da o’qitilgan, endi buning uchun atigi 400 Sohu chipi yetarli bo’ladi! Nvidia'dan o’tib ketishganini sababi, chip faqatgina mashhur neyron tarmoqlar bilan ishlaydi, jumladan ChatGPT, Claude va Sora. Endi GPT-5 chiqishini shu yilda kutsak ham bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Qiziqarli ma’lumot: O’yinchilar hech qachon ishga tushirmagan o’yinlari uchun 19 milliard dollar to’lashgan! Tadqiqot Steam
⚡️Qiziqarli ma’lumot: O’yinchilar hech qachon ishga tushirmagan o’yinlari uchun 19 milliard dollar to’lashgan! Tadqiqot Steam do’konidagi ma’lumotlar asosida o'tkazildi. Taqqoslash uchun, bu ayrim davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan ko’proq. 📟 DigiTech

⚡️Xiaomi derazaga o’xshash «samoviy» chiroqni chiqardi. Yeelight A10 Blue Sky aqlli uy tizimida ishlashi mumkin va ovozli bos
+2
⚡️Xiaomi derazaga o’xshash «samoviy» chiroqni chiqardi. Yeelight A10 Blue Sky aqlli uy tizimida ishlashi mumkin va ovozli boshqaruvni qo’llab-quvvatlaydi. Realistik bo’lishi uchun esa yorug’lik haqiqiy derazadek devorlarga ham tushadi. Xitoyda narxi — 140 dollar. 📟 DigiTech

🌒 Insoniyat tarixida birinchi marta Xitoyning «Chan'e-6» zondi Oyning narigi tomonidagi tuproq namunalarini Yerga yetkazdi. Missiya may oyi boshida boshlangan edi va bugun kapsula Ichki Mongoliya hududiga muvaffaqiyatli qo’ndi. Endi u Pekinga olib ketiladi va olimlar idishni ochib, namunalarni o’rganishga kirishadilar. 📟 DigiTech

⚡️Google Gemini'ning oddiyroq versiyasini yaratdi va uni Chrome Canary'ga (dasturchilar uchun brauzer) qo’shdi. Bu sinov versiyasi bo’lsa-da, juda tez ishlaydi. Javob berish tezligi 100 millisoniyadan kam. Model internetsiz ishlaydi va qurilmani yuklamaydi. Neyron tarmoqqa savol berish, matnni boshqa tillarga tarjima qilish, xabar uslubini o'zgartirish va grammatikani tekshirish mumkin. 👉 O’rnatish uchun havola. 📟 DigiTech

🎥 Kling AI neyron tarmog’i yangilandi va endi uch daqiqagacha videolarni yaratishi mumkin. Video yaratish uchun shunchaki rasmni yuklash kifoya va neyron uni jonlantiradi. Kling AI hali ham beta-test rejimida ishlamoqda. Bu yerda testga qanday qo’shilish bo’yicha ko’rsatmalar mavjud. 📟 DigiTech

⚡️ChatGPT yaratuvchilardan biri Ilya Sutskever AGI yaratish uchun SSI Inc nomli o’z kompaniyasini ochdi. Endi u OpenAI'ning a
⚡️ChatGPT yaratuvchilardan biri Ilya Sutskever AGI yaratish uchun SSI Inc nomli o’z kompaniyasini ochdi. Endi u OpenAI'ning asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Ilya Sutskever — OpenAI'ning miyasi edi, u kompaniyaning bosh olimi bo’lgan va ChatGPT yaralishiga juda katta hissa qo’shgan. Aynan Ilya noyabr oyida Sem Altman kompaniyadan vaqtinchalik ketishiga sababchi bo’lgan va buning uchun kompaniyadan haydaldi. SSI Inc OpenAI'ni ortda qoldirib, pul yig’ish va AQSh armiyasi uchun ishlash bilan chalg’imasdan, birinchi bo'lib xavfsiz superintellektni yaratishi mumkin. SSI Inc ofislari darhol Kaliforniyada ochildi — aftidan, pul masalasi allaqachon yopilgan. Haqiqiy raqobat endi boshlandi. 📟 DigiTech

+5
⚡️Bugatti o’zining birinchi gibrid giperkarini namoyish etdi — 1800 ot kuchiga ega Tourbillon 2 soniyada 100 km/soatga tezlashadi va maksimal tezligi soatiga 445 km. Faqat elektrni o’zida avtomobil 60-70 km masofani bosib o’tadi, salon turbina uslubida qilingan va faqatgina bitta harakatlanadigan displey mavjud. Aytgancha, bu brendning sakkiz yil ichidagi birinchi yangi mahsuloti bo’lib, faqatgina 250 nusxada chiqariladi. Narxi — 3,8 million yevro. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyda Xiaomi'ning yangi krossoveri suratga tushib qoldi. Yangi avtomobil Ferrari Purosangue'ga o’xshaydi. Avtomobil gibr
+3
🚘 Xitoyda Xiaomi'ning yangi krossoveri suratga tushib qoldi. Yangi avtomobil Ferrari Purosangue'ga o’xshaydi. Avtomobil gibrid bo’lishi va 2025-yilda chiqishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Italiyaning Bertone kompaniyasi chiqindilarda ishlaydigan dunyodagi birinchi superkarni namoyish etdi — u plastik chiqindi
+3
🚘 Italiyaning Bertone kompaniyasi chiqindilarda ishlaydigan dunyodagi birinchi superkarni namoyish etdi — u plastik chiqindilardan tashkil topgan sintetik yoqilg’ida yuradi. Avtomobil 1100 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 dvigateli bilan jihozlangan. U 100 km/soat tezlikka 2,79 soniyada, 200 km/soat tezlikka esa 4 soniyada erishadi. Maksimal tezlik 380 km/soat atrofida bo’ladi. Hammasi bo’lib 33 nusxada chiqariladi, biroq hatto taxminiy narx ham hali e’lon qilinmadi. 📟 DigiTech

ROG Zephyrus G16 Yengil alyuminiy korpus, yangi OLED displey va kuchli komponentlar - geyming va ijod uchun mukammal tanlov.
ROG Zephyrus G16 Yengil alyuminiy korpus, yangi OLED displey va kuchli komponentlar - geyming va ijod uchun mukammal tanlov. Reklama

📲 AppStore va Google Play’da yangi «Butterflies» ijtimoiy tarmog’i paydo bo’ldi. U yerda odamlar ham sun'iy intellektlar ham
📲 AppStore va Google Play’da yangi «Butterflies» ijtimoiy tarmog’i paydo bo’ldi. U yerda odamlar ham sun'iy intellektlar ham profil yuritishadi. Neyron tarmoqlarni o’z akkauntlari bo’ladi, ular rasmlar joylab, sharhlar qoldiradi va hatto shaxsiy xabarlarda muloqot qila olishadi. Istagan odam ma’lum xususiyatlar va fazilatlarga ega bo’lgan SI personajni yaratishi mumkin. 📟 DigiTech

🏎️ Aspark SP600 giperkari elektromobillar orasida yangi tezlik rekordini o’rnatdi — 438 km/soat! Sinov Germaniyaning Papenburg shahrida bo’lib o‘tdi va mashinani FIA GT1 poygalari bo’yicha sobiq jahon chempioni Mark Basseng boshqardi. Mish-mishlarga ko’ra, mashinada 2012 ot kuchiga ega to’rtta elektromotor mavjud, ammo bu hali rasman tasdiqlanmagan. Avvalgi rekord (412 km/soat) 2022-yilda Rimac Nevera elektromobili tomonidan qayd etilgan edi, lekin bu yoqilg’ida yuruvchi avtomobil rekordidan hali ham o’tgani yo’q: masalan, Bugatti Chiron Super Sport 300+ 490 km/soatgacha tezlasha oladi. 📟 DigiTech