uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 55 114 підписників, посідаючи 2 378 місце в категорії Технології та додатки та 1 326 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 55 114 підписників.

За останніми даними від 10 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 2 433, а за останні 24 години на 4 792, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 23.84%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 17.09% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 212 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 472 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 118.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 11 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

55 114
Підписники
+4 79224 години
+3 6317 днів
+2 43330 день
Архів дописів
🍔 Tadqiqot: Fast-food iste’mol qilish IQ'ni pasaytiradi Buyuk Britaniyalik olimlarning fikriga ko’ra, oziq-ovqat tarkibidagi
🍔 Tadqiqot: Fast-food iste’mol qilish IQ'ni pasaytiradi Buyuk Britaniyalik olimlarning fikriga ko’ra, oziq-ovqat tarkibidagi yuqori uglevod va shakar miqdori aql va ruhiy salomatlikka ta’sir qiladi. Gamburgerlar va shakarli ichimliklar yangi avlodning IQ'si o’rtacha 7% ga pasayishiga olib keldi. Fast-food'da muhim ozuqaviy moddalar yetishmaydi va miya faoliyatini sekinlashtiradi. Professor Maykl Kroufordning ta’kidlashicha, inson miyasining hajmi dahshatli 20 foizga qisqargan va buning natijasida IQ ko’rsatkichlari doimiy ravishda pasayib bormoqda. Ruhiy kasallik holatlari esa o’sib bormoqda. Bunga yechim: Omega-3 ga boy dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish IQ'ni o’stiradi. 📟 DigiTech

🚘 2022-yilda eng kuchli elektromobilni chiqargan Lucid Motors kompaniyasi yangi ultra-aerodinamik Gravity elektromobilini na
+4
🚘 2022-yilda eng kuchli elektromobilni chiqargan Lucid Motors kompaniyasi yangi ultra-aerodinamik Gravity elektromobilini namoyish etdi. Eng zo’r konfiguratsiyasida 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada erishadi, bir zaryadda 708 km masofani bosib o’tadi va 15 daqiqada 45 foizgacha tez quvvatlanadi. Ichki qismida ulkan displeylar, charm va o’nlab dinamiklar mavjud. AQSh'da narxi 87 000 dollardan, ishlab chiqarish 2024-yil oxirigacha boshlanadi. 📟 DigiTech

Bitkoin va kriptovalyutalarga qiziqasiz lekin o’zbekcha ma’lumot va yangiliklar topolmayapsizmi? Unda ushbu kanalga obuna bo’
Bitkoin va kriptovalyutalarga qiziqasiz lekin o’zbekcha ma’lumot va yangiliklar topolmayapsizmi? Unda ushbu kanalga obuna bo’ling! Eng so’nggi va sifatli ma’lumotlarga ega bo’ling. https://t.me/bitcoinjon Reklama

🎥 Videomontaj sehri Malayziyalik rejissyor Quek Shio o’z orzusidagi velosipedni yig’ishga qaror qildi va jarayonni videoga oldi. So’ng videoni o’z uslubida shu qadar ustalik bilan tahrirladiki, xuddi sehrga o’xshaydi. 📟 DigiTech

🚀 AyTi sohasiga kirishning eng oson yo‘li — QA «Najot Ta'lim»da hozirda AyTi bozorida talabgir yo'nalishlardan biri bo'lgan «QA» kursi yo'lga qo'yilgan. hh.uz saytidagi ochiq ma'lumotlarga ko'ra 6 oy va undan ortiq tajribaga ega QA mutaxassislari uchun 3,500,000 dan 7,000,000 so‘mgacha oylik maosh taklif qilinadi. Tajriba ortgani sari oylik maosh ham ortib boradi. ✊ Ma'lumot o'rnida: markazimizdagi «QA» kursi bitiruvchilari 100% natija bilan ish faoliyatlarini boshlashgan. Sizda ham bu sohani o'z ishining mutaxassislaridan o'rganish va «QA» sohasi bilan kelajagingizni bog'lash niyati bo'lsa, kurs uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting. 👉 Ro'yxatdan o'tish Reklama

⚡️OpenAI "insoniyatga tahdid soluvchi sun’iy intellektni" yaratdimi? Reuters ma’lumotlariga ko’ra, Sem Altman ishdan bo’shati
⚡️OpenAI "insoniyatga tahdid soluvchi sun’iy intellektni" yaratdimi? Reuters ma’lumotlariga ko’ra, Sem Altman ishdan bo’shatilishidan sal oldin bir nechta xodimlar direktorlar kengashiga qiziqarli xat yuborishgan. Xatda ular sun’iy intellekt bo’yicha ancha oldinga siljishgani va insoniyatga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan SI yaratilganidan havotirda ekanliklari yozilgan. Gap «Q» nomli loyiha haqida ketmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, ular hozirgi neyron tarmoqlar kabi javoblarni katta hajmdagi o’rgatilgan tayyor ma’lumotlardan olmasdan, mustaqil ravishda matematik masalalarni yechishga qodir SI modelini yaratishga muvaffaq bo’lishgan. Ya’ni, qo’pol qilib aytganda, u inson miyasi kabi o’rganish va tahlil qilishga qodir. Sem Altman'ni aynan nima sababdan ishdan bo’shatishganini hali ham aytishmadi, balki Altman «Q»ni ommaga taqdim etmoqchi bo’lgandir. 📟 DigiTech

🚘 Toyota yangi Camry 2025 ni namoyish etdi: endi u faqat gibrid - boshqa benzinli versiyalari yo’q. Sotuvlar 2024-yilning ba
+3
🚘 Toyota yangi Camry 2025 ni namoyish etdi: endi u faqat gibrid - boshqa benzinli versiyalari yo’q. Sotuvlar 2024-yilning bahoridan, narxi taxminan 30 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

📻 Dunyodagi barcha radiostantsiyalariga ulana oladigan globus. Istalgan mamlakatdan biriga qaratilganda u mahalliy radioto’lqinlardan biriga ulanadi. Qiziqsangiz siz ham qo’llanma yordamida shunday globus yasashingiz mumkin, lekin oson bo’lmaydi, ayrim detallarni 3D printerda chop etishga to’g’ri keladi. Aytgancha, dunyodagi barcha radiostantsiyalarga ulanish imkonini beruvchi sayt ham mavjud, sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Rasmni videoga aylantiruvchi Stable Diffusion neyrotarmog’ini endi har kim to’g’ridan-to’g’ri brauzerdan ishga tushirishi mumkin. Ishlatish uchun rasmni yuklang, FPS ni tanlang va RUN tugmasini bosing. Videoni o’rtacha 50 soniyada generatsiya qilib beradi. Ro’yxatdan o’tish ham shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
Yaponlarning velolyoti Uchish va havoda qolish uchun juda ko’p harakat qilib faol ravishda pedallarni aylantirish kerak. Yaponiyada bu alohida sport turi hisoblanadi va har yili u bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi: eng uzoqqa uchgan g’alaba qozonadi. 📟 DigiTech

⚡️Bill Geyts fikricha, sun’iy intellekt tufayli odamlar tez orada haftada atigi 3 kun ishlashadi Milliarder va Microsoft asos
⚡️Bill Geyts fikricha, sun’iy intellekt tufayli odamlar tez orada haftada atigi 3 kun ishlashadi Milliarder va Microsoft asoschisi Bill Geyts, sun’iy intellekt yo’nalishidagi yutuqlar standart ish haftasini uch kungacha qisqarishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda u «What Now?» podkastiga bergan intervyusida aytib o’tdi, deb yozadi Business Insider. Podkast boshlovchisi Trevor Noa'dan sun’iy intellektning rivojlanishi ish joylariga tahdid soladimi, degan savoliga Geyts shunday vaqt keladiki, odamlar «hozirchalik ko’p vaqt ishlashlari shart bo’lmaydi» deb javob berdi. Uning tasavvuricha «robotlar barcha oziq-ovqat va boshqa narsalarni ishlab chiqaradigan» bo’ladi. 📟 DigiTech

👨‍💻Yangi boshlayotganlar uchun Microsoft'dan bepul generativ sun’iy intellekt kursi Generativ SI yordamida qanday turli xil
👨‍💻Yangi boshlayotganlar uchun Microsoft'dan bepul generativ sun’iy intellekt kursi Generativ SI yordamida qanday turli xil ilovalarni yaratishni o’rganish mavzusida Github'da 12 ta bepul darslar mavjud. Darslarda turli til modellarini (LLM) o’rganish va taqqoslash, prompt-muhandisligi asoslari va SI ilovalarini yaratish o’rgatilgan. 👉 Github'ga havola. Bunday top kompaniyalar bepul kurslar chiqarganda albatta o’rganish kerak. 📟 DigiTech

🎥 Runway jamoasi o’zining Gen-2 neyron tarmog’i asosida onlayn “televideniye”ni ishga tushirdi. Bu Runway foydalanuvchilari tomonidan neyron tarmoq yordamida yaratilgan videolar, qisqa metrajli filmlar va kliplar namoyish etiladigan cheksiz translyatsiyadir. Ular juda g'ayrioddiy va g’alati, translyatsiya xuddi multi olamlardan uzatilayotganga o’xshaydi :) 👉Translyatsiyaga havola. 📟 DigiTech

📱 Apple kompaniyasi Interbrand Corp. reytingi bo’yicha, 100 ta eng qimmat kompaniyalarning yillik reytingida o'n birinchi ma
📱 Apple kompaniyasi Interbrand Corp. reytingi bo’yicha, 100 ta eng qimmat kompaniyalarning yillik reytingida o'n birinchi marta yetakchi bo’ldi. Kompaniyaning qiymati 502,6 milliard dollarga baholandi. Top-10 talikdagi kompaniyalar: Microsoft ($316,6 mlrd); Amazon ($276,9 mlrd); Google ($260,2 mlrd); Samsung ($91,4 mlrd); Toyota ($64,5 mlrd); Mercedes-Benz ($61,4 mlrd); Coca-Cola ($58 mlrd dollar); Nike ($53,7 mlrd); BMW ($51,1 mlrd). 📟 DigiTech

Biznes uchun bulutli server: ma‘lumotlar bilan ishlash, qonunlarga rioya qilish, mijozlarni saqlab qolish. Vebinarda Servercore texnik direktori Ivan Romanko Servercore bulutli serverlar platformasi qanday ishlashini va O'zbekistonda biznesdagi muammolarni qanday hal qilishda yordam berayotganini ko‘rsatib beradi. Vebinar dasturi: — Ma‘lumotlar markazlarining infratuzilmasi qanday tuzilgan? Zaxira qilingan aloqa kanallari, DDoS hujumlaridan himoya va real vaqt rejimida monitoring nima uchun kerak. — Infratuzilmani joylashtirish uchun eng yaxshi ma‘lumotlar markazini qanday tanlash kerak? — Servercore bulutli serverining funksionalligi va vazifalari ko’rsatib beriladi. — Servercore provayderi xizmatlari sizning biznesingizga qanday yordam beradi. 📲 Vebinarning barcha ishtirokchilari my.servercore panelida xizmatlarni sinovdan o'tkazish uchun 400 000 so'm oladilar. Vebinarga havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Reklama

⚡️Sun’iy intellekt ob-havoni meteorologlardan yaxshiroq bashorat qildi Google DeepMind'ning yangi GraphCast modeli, hozirda ob-havoni bashorat qilishda ishlatilinayotgan eng yaxshi qurilmadan ham aniqroq bo’lib chiqdi. GraphCast Kanadadagi Li dovulini meteorologlardan uch kun oldin bashorat qilgan. GraphCast grafik neyron tarmoqlarga asoslangan bo’lib, o’n yillik ob-havo ma’lumotlari va sayyoramizning jismoniy kuzatuvlari asosidagi ma’lumotlar bo’yicha o’qitilgan. 📟 DigiTech

⚡️Sun’iy intellekt mutaxassislari boshqa IT mutaxassislariga qaraganda ko’proq maosh olishadi Levels.fyi hisoboti shuni ko’rs
⚡️Sun’iy intellekt mutaxassislari boshqa IT mutaxassislariga qaraganda ko’proq maosh olishadi Levels.fyi hisoboti shuni ko’rsatadiki, sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassislar boshqa IT kasblariga qaraganda 8-12,5% ko’proq maosh oladi. Yetakchi mutaxassis yiliga 200 ming dollardan 370 ming dollargacha maosh oladi, ayrim kompaniyalarda bu ko’rsatkich 450 ming dollarga yetishi mumkin. Bundan tashqari, bonuslar va aksiyalar ish haqqini 800 ming dollargacha oshirishi mumkin. Bu sohani hozirdan o’rganishni boshlasangiz kelajakda aniq ishsiz qolmaysiz. 📟 DigiTech

👨‍💻 Sun’iy intellekt video qo’ng’iroqlar vaqtida xonani «tozalaydi» Microsoft Teams'ga yangi funksiya qo’shildi, u videoqo’ng’iroqda fondagi tartibsizliklarni olib tashlab, yangi yil chiroqlari, o’simliklar va boshqa dekoratsiyalarni qo’sha oladi. Funksiya Microsoft Ignite 2023 tadbirida namoyish etildi. Bundan tashqari, Teams ovozni ajratib olish xususiyatiga ega: SI sizning ovozingizni taniydi va barcha tashqi shovqinlarni olib tashlaydi. 📟 DigiTech

⛰️ Alp tog’larida, 2667 metr balandlikda, sayyoradagi eng go'zal manzaralardan birini ko’rish mumkin bo’lgan kichik kulba joy
+3
⛰️ Alp tog’larida, 2667 metr balandlikda, sayyoradagi eng go'zal manzaralardan birini ko’rish mumkin bo’lgan kichik kulba joylashgan. Uy Bivouac Fanton deb ataladi va alpinistlar uchun boshpana sifatida ishlatiladi. Ichkarida 12 kishilik ikki qavatli karavotlar va qoyaning eng chekkasida ulkan deraza bor. 📟 DigiTech