AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 55 114 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 378,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 326 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 55 114 名订阅者。
根据 10 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 2 433,过去 24 小时变化为 4 792,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.84%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.09% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 212 次浏览,首日通常累积 9 472 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 118。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 11 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
55 114
订阅者
+4 79224 小时
+3 6317 天
+2 43330 天
帖子存档
55 014
🍔 Tadqiqot: Fast-food iste’mol qilish IQ'ni pasaytiradi
Buyuk Britaniyalik olimlarning fikriga ko’ra, oziq-ovqat tarkibidagi yuqori uglevod va shakar miqdori aql va ruhiy salomatlikka ta’sir qiladi. Gamburgerlar va shakarli ichimliklar yangi avlodning IQ'si o’rtacha 7% ga pasayishiga olib keldi.
Fast-food'da muhim ozuqaviy moddalar yetishmaydi va miya faoliyatini sekinlashtiradi. Professor Maykl Kroufordning ta’kidlashicha, inson miyasining hajmi dahshatli 20 foizga qisqargan va buning natijasida IQ ko’rsatkichlari doimiy ravishda pasayib bormoqda. Ruhiy kasallik holatlari esa o’sib bormoqda.
Bunga yechim: Omega-3 ga boy dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish IQ'ni o’stiradi.
📟 DigiTech
55 014
🚘 2022-yilda eng kuchli elektromobilni chiqargan Lucid Motors kompaniyasi yangi ultra-aerodinamik Gravity elektromobilini namoyish etdi.
Eng zo’r konfiguratsiyasida 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada erishadi, bir zaryadda 708 km masofani bosib o’tadi va 15 daqiqada 45 foizgacha tez quvvatlanadi. Ichki qismida ulkan displeylar, charm va o’nlab dinamiklar mavjud.
AQSh'da narxi 87 000 dollardan, ishlab chiqarish 2024-yil oxirigacha boshlanadi.
📟 DigiTech
55 014
Bitkoin va kriptovalyutalarga qiziqasiz lekin o’zbekcha ma’lumot va yangiliklar topolmayapsizmi? Unda ushbu kanalga obuna bo’ling! Eng so’nggi va sifatli ma’lumotlarga ega bo’ling.
https://t.me/bitcoinjon
Reklama
55 014
🎥 Videomontaj sehri
Malayziyalik rejissyor Quek Shio o’z orzusidagi velosipedni yig’ishga qaror qildi va jarayonni videoga oldi. So’ng videoni o’z uslubida shu qadar ustalik bilan tahrirladiki, xuddi sehrga o’xshaydi.
📟 DigiTech
55 014
🚀 AyTi sohasiga kirishning eng oson yo‘li — QA
«Najot Ta'lim»da hozirda AyTi bozorida talabgir yo'nalishlardan biri bo'lgan «QA» kursi yo'lga qo'yilgan.
hh.uz saytidagi ochiq ma'lumotlarga ko'ra 6 oy va undan ortiq tajribaga ega QA mutaxassislari uchun 3,500,000 dan 7,000,000 so‘mgacha oylik maosh taklif qilinadi. Tajriba ortgani sari oylik maosh ham ortib boradi.
✊ Ma'lumot o'rnida: markazimizdagi «QA» kursi bitiruvchilari 100% natija bilan ish faoliyatlarini boshlashgan.
Sizda ham bu sohani o'z ishining mutaxassislaridan o'rganish va «QA» sohasi bilan kelajagingizni bog'lash niyati bo'lsa, kurs uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting.
👉 Ro'yxatdan o'tish
Reklama
55 014
⚡️OpenAI "insoniyatga tahdid soluvchi sun’iy intellektni" yaratdimi?
Reuters ma’lumotlariga ko’ra, Sem Altman ishdan bo’shatilishidan sal oldin bir nechta xodimlar direktorlar kengashiga qiziqarli xat yuborishgan. Xatda ular sun’iy intellekt bo’yicha ancha oldinga siljishgani va insoniyatga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan SI yaratilganidan havotirda ekanliklari yozilgan.
Gap «Q» nomli loyiha haqida ketmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, ular hozirgi neyron tarmoqlar kabi javoblarni katta hajmdagi o’rgatilgan tayyor ma’lumotlardan olmasdan, mustaqil ravishda matematik masalalarni yechishga qodir SI modelini yaratishga muvaffaq bo’lishgan. Ya’ni, qo’pol qilib aytganda, u inson miyasi kabi o’rganish va tahlil qilishga qodir.
Sem Altman'ni aynan nima sababdan ishdan bo’shatishganini hali ham aytishmadi, balki Altman «Q»ni ommaga taqdim etmoqchi bo’lgandir.
📟 DigiTech
55 014
🚘 Toyota yangi Camry 2025 ni namoyish etdi: endi u faqat gibrid - boshqa benzinli versiyalari yo’q.
Sotuvlar 2024-yilning bahoridan, narxi taxminan 30 000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
55 014
📻 Dunyodagi barcha radiostantsiyalariga ulana oladigan globus. Istalgan mamlakatdan biriga qaratilganda u mahalliy radioto’lqinlardan biriga ulanadi.
Qiziqsangiz siz ham qo’llanma yordamida shunday globus yasashingiz mumkin, lekin oson bo’lmaydi, ayrim detallarni 3D printerda chop etishga to’g’ri keladi.
Aytgancha, dunyodagi barcha radiostantsiyalarga ulanish imkonini beruvchi sayt ham mavjud, sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 014
⚡️Rasmni videoga aylantiruvchi Stable Diffusion neyrotarmog’ini endi har kim to’g’ridan-to’g’ri brauzerdan ishga tushirishi mumkin.
Ishlatish uchun rasmni yuklang, FPS ni tanlang va RUN tugmasini bosing. Videoni o’rtacha 50 soniyada generatsiya qilib beradi. Ro’yxatdan o’tish ham shart emas.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 014
Yaponlarning velolyoti
Uchish va havoda qolish uchun juda ko’p harakat qilib faol ravishda pedallarni aylantirish kerak.
Yaponiyada bu alohida sport turi hisoblanadi va har yili u bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi: eng uzoqqa uchgan g’alaba qozonadi.
📟 DigiTech
55 014
⚡️Bill Geyts fikricha, sun’iy intellekt tufayli odamlar tez orada haftada atigi 3 kun ishlashadi
Milliarder va Microsoft asoschisi Bill Geyts, sun’iy intellekt yo’nalishidagi yutuqlar standart ish haftasini uch kungacha qisqarishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda u «What Now?» podkastiga bergan intervyusida aytib o’tdi, deb yozadi Business Insider.
Podkast boshlovchisi Trevor Noa'dan sun’iy intellektning rivojlanishi ish joylariga tahdid soladimi, degan savoliga Geyts shunday vaqt keladiki, odamlar «hozirchalik ko’p vaqt ishlashlari shart bo’lmaydi» deb javob berdi. Uning tasavvuricha «robotlar barcha oziq-ovqat va boshqa narsalarni ishlab chiqaradigan» bo’ladi.
📟 DigiTech
55 014
👨💻Yangi boshlayotganlar uchun Microsoft'dan bepul generativ sun’iy intellekt kursi
Generativ SI yordamida qanday turli xil ilovalarni yaratishni o’rganish mavzusida Github'da 12 ta bepul darslar mavjud. Darslarda turli til modellarini (LLM) o’rganish va taqqoslash, prompt-muhandisligi asoslari va SI ilovalarini yaratish o’rgatilgan.
👉 Github'ga havola.
Bunday top kompaniyalar bepul kurslar chiqarganda albatta o’rganish kerak.
📟 DigiTech
55 014
🎥 Runway jamoasi o’zining Gen-2 neyron tarmog’i asosida onlayn “televideniye”ni ishga tushirdi.
Bu Runway foydalanuvchilari tomonidan neyron tarmoq yordamida yaratilgan videolar, qisqa metrajli filmlar va kliplar namoyish etiladigan cheksiz translyatsiyadir.
Ular juda g'ayrioddiy va g’alati, translyatsiya xuddi multi olamlardan uzatilayotganga o’xshaydi :)
👉Translyatsiyaga havola.
📟 DigiTech
55 014
📱 Apple kompaniyasi Interbrand Corp. reytingi bo’yicha, 100 ta eng qimmat kompaniyalarning yillik reytingida o'n birinchi marta yetakchi bo’ldi.
Kompaniyaning qiymati 502,6 milliard dollarga baholandi. Top-10 talikdagi kompaniyalar:
Microsoft ($316,6 mlrd);
Amazon ($276,9 mlrd);
Google ($260,2 mlrd);
Samsung ($91,4 mlrd);
Toyota ($64,5 mlrd);
Mercedes-Benz ($61,4 mlrd);
Coca-Cola ($58 mlrd dollar);
Nike ($53,7 mlrd);
BMW ($51,1 mlrd).
📟 DigiTech
55 014
Biznes uchun bulutli server: ma‘lumotlar bilan ishlash, qonunlarga rioya qilish, mijozlarni saqlab qolish.
Vebinarda Servercore texnik direktori Ivan Romanko Servercore bulutli serverlar platformasi qanday ishlashini va O'zbekistonda biznesdagi muammolarni qanday hal qilishda yordam berayotganini ko‘rsatib beradi.
Vebinar dasturi:
— Ma‘lumotlar markazlarining infratuzilmasi qanday tuzilgan? Zaxira qilingan aloqa kanallari, DDoS hujumlaridan himoya va real vaqt rejimida monitoring nima uchun kerak.
— Infratuzilmani joylashtirish uchun eng yaxshi ma‘lumotlar markazini qanday tanlash kerak?
— Servercore bulutli serverining funksionalligi va vazifalari ko’rsatib beriladi.
— Servercore provayderi xizmatlari sizning biznesingizga qanday yordam beradi.
📲 Vebinarning barcha ishtirokchilari my.servercore panelida xizmatlarni sinovdan o'tkazish uchun 400 000 so'm oladilar.
Vebinarga havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Reklama
55 014
⚡️Sun’iy intellekt ob-havoni meteorologlardan yaxshiroq bashorat qildi
Google DeepMind'ning yangi GraphCast modeli, hozirda ob-havoni bashorat qilishda ishlatilinayotgan eng yaxshi qurilmadan ham aniqroq bo’lib chiqdi. GraphCast Kanadadagi Li dovulini meteorologlardan uch kun oldin bashorat qilgan.
GraphCast grafik neyron tarmoqlarga asoslangan bo’lib, o’n yillik ob-havo ma’lumotlari va sayyoramizning jismoniy kuzatuvlari asosidagi ma’lumotlar bo’yicha o’qitilgan.
📟 DigiTech
55 014
⚡️Sun’iy intellekt mutaxassislari boshqa IT mutaxassislariga qaraganda ko’proq maosh olishadi
Levels.fyi hisoboti shuni ko’rsatadiki, sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassislar boshqa IT kasblariga qaraganda 8-12,5% ko’proq maosh oladi.
Yetakchi mutaxassis yiliga 200 ming dollardan 370 ming dollargacha maosh oladi, ayrim kompaniyalarda bu ko’rsatkich 450 ming dollarga yetishi mumkin. Bundan tashqari, bonuslar va aksiyalar ish haqqini 800 ming dollargacha oshirishi mumkin.
Bu sohani hozirdan o’rganishni boshlasangiz kelajakda aniq ishsiz qolmaysiz.
📟 DigiTech
55 014
👨💻 Sun’iy intellekt video qo’ng’iroqlar vaqtida xonani «tozalaydi»
Microsoft Teams'ga yangi funksiya qo’shildi, u videoqo’ng’iroqda fondagi tartibsizliklarni olib tashlab, yangi yil chiroqlari, o’simliklar va boshqa dekoratsiyalarni qo’sha oladi. Funksiya Microsoft Ignite 2023 tadbirida namoyish etildi.
Bundan tashqari, Teams ovozni ajratib olish xususiyatiga ega: SI sizning ovozingizni taniydi va barcha tashqi shovqinlarni olib tashlaydi.
📟 DigiTech
55 014
⛰️ Alp tog’larida, 2667 metr balandlikda, sayyoradagi eng go'zal manzaralardan birini ko’rish mumkin bo’lgan kichik kulba joylashgan.
Uy Bivouac Fanton deb ataladi va alpinistlar uchun boshpana sifatida ishlatiladi. Ichkarida 12 kishilik ikki qavatli karavotlar va qoyaning eng chekkasida ulkan deraza bor.
📟 DigiTech
